Nurullayev F.G. - Buxoro davlat pedagogika instituti dotsenti, Emilova E.A. Buxoro Davlat Pedagogika Instituti "Musiqa va tasviriy san'at" kafedrasi 1- bosqich talabasi
Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekiston musiqa tarixining eng qadimgi davrlardan to XVI asrgacha davrdagi rivojlanishi va IX-XVI asrlarda Sharq allomalarining musiqa nazariyasi va musiqada shakllar rivoji borasida qo'shgan hissasi haqida ma'lumotlar berilgan.O'zbek musiqa tarixi fanini o'qitishda innovatsion yondashuvlar haqida fikr yuritilgan.
Tayanch so'zlar: musiqa, davr, tarix, sozanda, xonanda, cholg'u, xofiz, bastakor, pedagogika, ta'lim, tarbiya, sharq,madaniyat, san'at, innovatsiya.
ИННОВАЦИОННЫЕ ПОДХОДЫ В ПРЕПОДАВАНИИ ПРЕДМЕТА «ИСТОРИЯ УЗБЕКСКОЙ МУЗЫКИ» Нуруллаев Ф.Г. - Бухарский государственный педагогический институт, доцент, Эмилова Э.А. Бухарский государственный педагогический институт, студент 1 курса каферы «Музыка и изобразительное искусство»
Аннотация. В данной статье представлена информация об истории музыкы в Узбекистане с древнейших времен до XVI века и о вкладе восточных ученых в развитие теории музыки и форм в музыке в IX-XVI веках. Обсуждаются инновационные подходы к преподаванию истории узбекской музыки.
Ключевые слова: музыка, эпоха, история, исполнитель, певец, исполнительство, хафиз, композитор, педагогика, образование, воспитание, восток, культура, искусство, инновация.
INNOVATIVE APPROACHES IN TEACHING THE SUBJECT
"HISTORY OF UZBEK MUSIC" Nurullayev F.G. - Bukhara State Pedagogical Institute, Associate Professor, Department of Music and Fine Arts, (PhD),
Emilova E.A. Bukhara State Pedagogical Institute, 1st course student of the "Music and Fine Arts" department
Abstract. This article provides information about the history of music in Uzbekistan from ancient times to the 16th century and the contribution of Eastern scientists to the development of the theory of music and forms in music in the 9th-16th centuries. Innovative approaches to teaching the history of Uzbek music are discussed.
Key words: music, era, history, performer, singer, performance, hafiz, composer, pedagogy, education, upbringing, east, culture, art, innovation.
Bugungi kunda inson faoliyatining ko'plab sohalari, jumladan, ta'lim ham turli xil yangiliklarni joriy etish orqali ko'proq darajada rivojlanmoqda. Garchi innovatsiya va ta'limning umumiy jihatlari ko'p bo'lsa-da, ta'limga innovatsion usullarni joriy etish unchalik ham oson emas. Buning sababi shundaki, innovatsiyalar yangi g'oyalarni ishlab chiqarish va ularni jamiyatga tatbiq etish sifatida, o'z mohiyatiga ko'ra konservativ bo'lgan ta'lim ijtimoiy instituti bilan murakkab, ziddiyatli munosabatda bo'ladi.
Musiqa ta'limidagi innovatsiyalarni tadqiq etish va qo'llash masalalariga ko'plab musiqashunoslar (E.B. Abdullin, D.B. Kabalevskiy, V.V. Medushevskiy, G.M. Tsipin, L.V. Shkolyar va boshqalar) ilmiy izlanishlarni amalga oshirganlar. Mualliflar musiqa ta'limi jarayonida innovatsion texnologiyalarni joriy etish bugungi kunning dolzarb umammolari ekanligini ta'kidlab o'tganlar. Biroq, o'qituvchilarning amaliyotida o'qitishda an'anaviy, umume'tirof etilgan metod va yondashuvlar ustunlik qiladi; qo'shimcha ta'lim o'qituvchilari tomonidan innovatsion o'qitish usullarining ahamiyatini yetarli darajada baholamaslik; an'anaviy ta'limda bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirish, o'z-o'zidan bilim olish imkonini beruvchi asosiy kompetensiyalarni egallash uchun mo'ljallangan imkoniyatlarning yetarli emas.
Innovatsiya tushunchasining o'zi birinchi marta XIX asrda ilmiy tadqiqotlarda paydo bo'lgan. "Innovatsiya" tushunchasi XX asr boshlarida avstriyalik iqtisodchi Y. Shumpeterning ilmiy ishlarida "innovatsion birikmalar", iqtisodiy tizimlar rivojlanishidagi o'zgarishlarni tahlil qilish natijasida qo'llanilgan. Pedagogik innovatsion jarayonlar G'arbda taxminan 1950-yillardan boshlab maxsus o'rganish predmetiga aylangan.
1980-yillarda N.Yu. Postalyuk ta'kidlaganidek, pedagogikada innovatsiya muammosi va shunga mos ravishda uning konseptual ta'minoti ham maxsus tadqiqot ob'ektiga aylandi [2].
V.Ivanchenko, V. Lazarev, I. Miloslavskiy, M. Potashniklarning ishlariga asoslanib, biz innovatsiya deganda har xil turdagi yangiliklarni yaratish, ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek ularni qo'llaniladigan takomillashtirilgan mahsulot ko'rinishida o'zgartirishni tushunamiz.
Oliy ta'lim tizimida musiqa ta'limida an'analar va innovatsiyalarni birlashtirish tendentsiyasi mavjud. Musiqa ta'limi muammolarini hal qilishning yangi yondashuvlarni, birinchi navbatda, musiqa o'qitishning maqsadlari, mazmuni va usullarini qayta ko'rib chiqish bilan bog'liq edi. Ilg'or musiqa o'qituvchilarining ijodiy merosida targ'ib qilingan musiqa ta'limi metodlari bir tomondan musiqani san'at turi sifatida idrok etishga qaratilgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, inson tabiatini hisobga olishga, uni rivojlantirishga qaratilgan edi.
O'qituvchilar va talabalar faoliyatining xilma-xilligi didaktiklarni ushbu kontseptsiyani boshqacha talqin qilishga olib keladi va shu asosda ularni turli xil o'qitish usullarini ajratib ko'rsatish lozim bo'ladi. "O'zbek musiqa tarixi" fanini o'qitishning zamonaviy pedagogik usullariga doir ko'plab qo'llanmalar mavjud, bunday uslublarni ilg'or musiqa o'qituvchilarining o'zlari kashf qilganlar va ular yaxshi samara bermoqda. Xususan, "mavzu qanday bayon qilganda uning necha foizi o'quvchi yodida saqlanadi, u tomonidan o'zlashtiriladi?" degan tabiiy savolga javob topish maqsadida o'tkazilgan ma'ruzalarning dialog shaklida olib borilishi tajriba yakunida bugungi o'quvchilarning mustaqil fikrlashlari o'sib borayotganini ko'rsatmoqda. Musiqa ta'limi yo'nalishi talabalariga "Musiqa o'qitishning innovatsion texnologiyalari" fanini o'qitishda "Aqliy xujum", "Juftlikda ishlaymiz", "Musiqani top", "Raqamlarni tanla", "Xotira charxi" va boshqa usullarni qo'llash jarayonida yuqori natijalarga erishish imkoniyatini beradi.
"O'zbek musiqa tarixi" fanini o'qitishda talabalarga dars yakunida kelgusi darsgacha intellektual savollarni tuzib, unga nom qo'yish topshirig'iga javob olinishi ham samarali natija beradi.
Talaba mavzu yuzasidan o'rtoqlari, ustozi bilan o'zi muloqotga kirishishi, amaliy mashg'ulotlarda qatnashishi, darsdan olgan bilimlarini gapirib bera olishi, ayniqsa vaqtning qadriga yetishi, ya'ni berilgan imkoniyatida ko'proq manbalar haqida fikr yuritishi va nihoyat baholash hamda rag'batlantirish jarayonlarida ham faol bo'lishi kerak. Ana shunda olingan bilim mustaxkam bo'ladi. Turli uslublarni o'rganib, taqqoslab, hamkasblar bilan fikrlashib, har bir ustoz o'z uslubini yarata oladi Musiqa o'qituvchisi o'quv va tarbiya ishlarini olib boradi. U faqatgina keng bilimga ega bo'lib qolmay, o'zini fanini ham yaxshi bilishi lozimdir. Bolalarni musiqa san'ati bilan tarbiyalashi, dunyoqarashi, fikrlashi, tushunchasi birinchi darajali ahamiyatga egadir. Musiqa kishi xissiyotini ayniqsa emotsional estetik xissiyotini aktiv rivojlantiradi.
Musiqa o'qituvchisi yaxshi sozanda va yaxshi san'atkor bo'lishi lozimdir. Musiqa asbobida yaxshi chalish, ijro eta olish, yaxshi ovozga ega bo'lishi, notaga qarab yaxshi ijro etish bolalar qobiliyatini ajrata bilishi lozimdir. Musiqa o'qituvchisi musiqa asbobda yaxshi ijro etishni juda muhimligi quyidagicha ko'rsatiladi. Birinchidan: Jonli ijro etish -Sinfda kayfiyatni yaxshilaydi.
Ikkinchidan: Jamoa bo'lib (xor) ijro etayotganda hohlagan epizodni yoki ( taktik) jumlani qaytarish.
Uchinchidan: Musiqa asbobida ijro eta oladigan musiqa o'qituvchisi o'z tarbiyalanuvchilariga musiqani o'zi ijro etish naqadar qiziqarligini va muhimligini amaliyotda ko'rsatib o'tadi. Musiqa o'qituvchisi musiqa asbobini yaxshi ijro etishi bilan cheklanib qolmay yaxshi tovush, dirijyorlik jesti bilan musiqa nazariyasini mukammal bilmog'i va ijod qilishi lozimdir. O'qituvchini shaxsiyatini musiqa fanining taqdirini hal qiladi. O'qituvchi bulardan tashqari darslarni kuzatib borishi ham lozimdir. doimiy kuzatishlar sababli o'qituvchi pedagogik mahoratini egallay boshlaydi. U vaziyatni (situatsiyani) baholashga, talabalarning ichki tuyg'ularini sezishga o'rganadi.
"O'zbek musiqa tarixi" fani o'qituvchining so'z mahorati yuksak darajada bo'lishi lozim. O'qituvchini asar haqidagi kirish so'zi va dars mavzusini tushuntirib berishi, talabalarni ajoyib va sehrli sanoat-musiqa olamiga olib kiradi. Va qiziqarli suhbat bilan talabalar diqqatini musiqa mavzularga yo'naltirish mumkin. O'qituvchini musiqa asari haqidagi hikoyasi qisqa va qiziqarli bo'lishi kerak va o'quvchilarni badiiy idrok etishga erishtirishi lozimdir.
Dars davomida o'qituvchi o'quvchilar bilan muloqatda bo'lgan usulini qo'lasa, musiqa haqida to'g'ri mulohaza yuritishga, to'g'ri xulosalar chiqarrishga yordam beradi. Suhbat jarayonida ko'proq o'quvchilar baxsga o'qtadilar. Bu faoliyatida o'qituvchi rejissyor singari ularni boshqarib, to'g'ri xulosalarga erishtirilishi lozim. Musiqa darslarning samarali bo'lishi uchun albatta yangi pedagik texnologiyalar bilan dars olib borish lozim.
j>
Adabiyotlar
1. Боровкова, Н. Д. Общие рекомендации по проведению урока специальности в музыкальной школе (в помощь начинающему педагогу) / Н. Д. Боровкова // Теория и практика образования в современном мире: материалы междунар. заоч. науч. конф. (г. Санкт-Петербург, февраль 2012 г.). - СПб. : Реноме, 2012. - С. 245-248.
2. Ишмухамедов Р.Ж., Юлдашев М.Таълим ва тарбияда инновацион педагогик технологиялар. Т.: "Них,ол" нашриёти, 2013, 2016.-279б.
3. Нуруллаев Ф. Г. Интерактивные уроки музыки по программы STEAM //Science and Education. - 2022. - Т. 3. - №. 1. - С.