Научная статья на тему 'HOZIRGI ZAMON MUSIQA MADANIYATI FANI O’QITUVCHISI OLDIGA QUYILGAN TALABLAR'

HOZIRGI ZAMON MUSIQA MADANIYATI FANI O’QITUVCHISI OLDIGA QUYILGAN TALABLAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
210
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
konsepsiya / kontrast / didaktika / innovatsiya / shashmaqom. / conception / contrast / didactics / innovation / shashmakam.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — S. Nizomova, M. Muradov, A. Umarov, M. Abdullayev

Ushbu maqola Kitob tuman xalq ta’limi bo’limining oqituvchilarga metodik yordam va ko’rsatmalar berish bo’limi bilan hamkorlikda tayyorlandi. Maqolada keltirilgan Musiqa fanidagi Konsepsiya bo’yicha tumandagi musiqa ustozlari jamoasi bilan o’rganildi,darslarni tashkil etishda yangi metodlardan foydalanish reja qilib olindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

REQUIREMENTS FOR A MODERN MUSIC CULTURE TEACHER

This article was done by authorities of Kitab National Department of Education. The conception of Music which mentioned in the article was mastered by the group of Music teachers and composed the plan of the work of organized Music lessons by using the new methods.

Текст научной работы на тему «HOZIRGI ZAMON MUSIQA MADANIYATI FANI O’QITUVCHISI OLDIGA QUYILGAN TALABLAR»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

HOZIRGI ZAMON MUSIQA MADANIYATI FANI O'QITUVCHISI OLDIGA

QUYILGAN TALABLAR Sarvinoz Nomozovna Nizomova

Qasqadaryo viloyati Kitob tumani 5-sonli maktabning Musiqa madaniyati fani o'qituvchisi

Muxitdin Qodirovich Muradov

Qarshi Davlat universiteti katta o'qituvchisi Anvar Joxbarovich Umarov Kitob Tuman Xalq ta'limi bo'limi maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish sho'basi mudiri

Muhiddin Yusupovich Abdullayev

Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti musiqa fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7443596

Annotatsiya. Ushbu maqolaKitob tuman xalq ta'limi bo'limining oqituvchilarga metodik yordam va ko'rsatmalar berish bo'limi bilan hamkorlikda tayyorlandi. Maqolada keltirilgan Musiqa fanidagi Konsepsiya bo'yicha tumandagi musiqa ustozlari jamoasi bilan o'rganildi,darslarni tashkil etishda yangi metodlardan foydalanish reja qilib olindi.

Kalit so'zlar: konsepsiya, kontrast, didaktika, innovatsiya, shashmaqom.

ТРЕБОВАНИЯ К СОВРЕМЕННОМУ УЧИТЕЛЮ МУЗЫКАЛЬНОЙ КУЛЬТУРЫ

Аннотация. Данная статья подготовлена совместно с методистами отдела по оказанию методической помощи Китабского районного отдела народного образования. Приведённая в статье Консепция преподавания музыки в школах рассмотрена преподавателями музыки и составлен план работы по организации уроков музыки изпользуя новые методики, предложенные данной Концепции.

Ключевые слова: консепция, контраст, дидактика, инновация, шашмакам.

REQUIREMENTS FOR A MODERN MUSIC CULTURE TEACHER

Abstract. This article was done by authorities of Kitab National Department of Education. The conception of Music which mentioned in the article was mastered by the group of Music teachers and composed the plan of the work of organized Music lessons by using the new methods.

Keywords: conception, contrast, didactics, innovation, shashmakam.

Kirish

Ko'p narsa musiqaga bog'liq: kayfiyat, yurak urishi, harorat va keyingi harakatlar.

"Musiqa ruhning axloqiy tomoniga ma'lum ta'sir ko'rsatishga qodir; va musiqa shunday xususiyatlarga ega ekan, demak, uni yoshlar tarbiyasi uchun fanlar qatoriga kiritish kerakligi

aniq."

"Aristotel"

Musiqa ta'limi nazariyasi va amaliy faoliyati ilg'or tajriba asosida tashkil etilishi dars faoliyatida sifatli samara beradi. 1998-yil O'zbekiston Respublikasi umumta'lim maktablarida musiqa ta'lim-tarbiyasi Konsepsiyasi ishlab chiqildi. Unda jami V-bo'lim mavjud. I-bo'lim:"Musiqa madaniyati fani o'qituvchisining metodologik tayyorgarligi" III-bobi: "Musiqa ta'lim tarbiyasida mazmuni,tuzilishi va tabaqalanishi"deb nomlanadi.Shaxsni tarbiyalashda tafakkurini rivojlantirishda,hayotdan estetik zavq olishida Musiqa ta'lim sifatida muhimdir. IV-bo'lim: "Hozirgi zamon musiqa o'qituvchisi" deb nomlanadi. Hozirgi zamon musiqa o'qituvchisi yuksak madaniyatli,o'z kasbiga cheksiz sadoqat,yuksak pedagogik tafakkur egasi

1993

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

bo'lmog'i lozim. U o'zinig kasbiy faoliyatini uzluksiz oshirib borishi,musiqa fanini o'qitish uslubiyotidan kompleks tarzda chuqur bilim hamda malakalar egasi bo'lmog'i lozim. Musiqa o'qituvchisi zarur me'yorda cholg'u ijro eta olishi,xonandalik,xor dirijyorligi va musiqa nazariyotchisi bo'lishi lozim. Hozirgi zamon musiqa o'qituvchisi AKT vositalaridan foydalana oladigan,izlanuvchan,bolalarni estetik tarbiyaga yetaklovchi,ularni qobiliyatini ko'ra oladigan hamda psixolog ham bo'lishi kerak!

XV-XVI asrlarda Yevropada ishlab chiqarishning rivojlanishi kuzatildi. Ushbu o'zgarishlar ta'limning ommaviy shaklini yuzaga kelishiga zamin yaratdi.Ulardan biri XVII asrda Yan Amos Komenskiy tomonidan "Buyuk didaktika" asarida sinf-dars tizimini nazariy jihatdan asoslab berdi va ommaviylashtirilishga o'z hissasini qo'shdi. Komenskiy pedagogikaga o'quv yili, o'quv kuni, dars, mashg'ulotlar orasidagi tanaffus, o'quv ta'tillari kabi tushunchalarni kiritdi.Sinf-dars tizimi garchi 360 yil avval asoslangan bo'lsada, bugungi kunda ham keng ko'lamda qo'llanilib kelinmoqda. Ta'lim jarayonida musiqa darslari ham ikki shakida dars va sinfdan tashqari musiqiy mashg'ulotlar tarzida amalga oshiriladi. Dars mashg'ulotlarini tashkil etishda Zamonaviy musiqa o'qituvchisining Innovatsion,interfaol uslublardan o'z o'rnida foydalanishi dars samaradorligini oshiish bilan bir qatorda o'quvchilarda shu fanga bo'lgan qiziqishini uyg'otadi.

Kontrast (TAFOVUT) - Taqqoslash metodi Akademik B.Asafyev tomonidan taklif etilgan va musiqani idrok etish malakalarini rivojlantirishga qaratilgan. Badiiy-pedagogik tahlil jarayonida o'qituvchi qo'ygan vazifalarga javob berish uchun o'quvchilar musiqiy obrazning o'zgarishi va rivojlanishini kuzatishlari, o'zlarining taassurotlarini anglashlari va xulosalar qila olishlarini taqozo etadi. O'quvchilar uchun tafovutli (kontrast) asarlarni taqqoslash orqali ijrochilik uslublarini o'zlashtirgan holda,asarlar to'g'risida mantiqiy tafakkurga ega bo'ladi.7-sinf Musiqa fani II-chorak "Maqom" bo'limidan Sashmaqomning cholg'u "Mushkilot" va Xorazmning maqomlarinig chertim "Mansur" bo'limlarini misol tariqasida taqqoslasak: "Mushkilot" "Mansur"

1. Tasnif. 1. Tani Maqom

2. Tarje. 2. Tarje

3.Gardun 3. Gardun

4. Muxammas 4. Muxammas

5. Saqil 5. Saqil Yoki ashula va aytim yo'llari misolida

"Nasr". "Manzum

I-GURUH

1. Saraxbor. 1.Tani Maqom

2. Talqin. 2.Talqin

3. Nasr 3.Nasr

II- GURUH

4.Savt. 4.Savt va

5.Mug'ulcha 5.Mug'ulcha shakllanmagan hamda

Xorazm maqomlarining Iroq maqomi faqat chertim yo'llaridan iborat,aytim yollari uchramaydi! Qiyosiy tahlil metodi:

Musiqiy asarlarni eshitish,yani tinglash orqali: a) Musiqa janrlarini

1994

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

b) Sharq xalqlarining kuy va ashulalarini (maqom janri orqali musiqa ladlari,usullar,nola,bezaklarini)

s) Cholg'u asboblarining umumiyliklarini bir biriga qiyoslash musiqiy nazariy bilimlarni mustahkamlashda ijobiy natijalarga erishish ko'zda tutiladi.

Taqqoslash, qiyoslash metodlari vokal-xor ishlarida, musiqa tinglash, musiqa savodxonligini o'zlashtirishda yaxshi samara beradi. Yuqorida keltirilgan metodlardan tashqari musiqiy ta'lim-tarbiyada yana bir qator xususiy va innovatsion metodlar qo'llaniladi. Konsepsiyaning V-bobi "Musiqa ta'lim tarbiyasining ilmiy-uslubiy ta'minlanishiga bag'ishlanadi. Unda umumiy ta'lim maktablarida musiqa ta'limi va tarbiyasi mazmuni hamda uslubiyoti milliy musiqa boyligimiz madaniy an'analarimizga tayangan holda ishlab chiqiladi. Venn diagrammasi

Metodning maqsadi: Bu metod grafik tasvir orqali o'qitishni tashkil etish shakli bo'lib,u ikkita o'zaro kesishgan aylana tasvira orqali ifodalanadi.Mazkur metod turli tushunchalar,asoslar,tasavvurlarning analiz va sintezini ikki aspekt orqali ko'rib chiqish,ularning umumiy va farqlovchi jihatlarini aniqlash,taqqoslash imkonini beradi.

Sinkveyn

"Skveyn" so'zi fransuzchadan olingan bo'lib, "besh qadam" so'ziga to'g'ri keladi. Skveyndan narsa yoki hodisa haqidagi fikr qisqa ko'rinishda ifodalanadi. Skveynda she'rdagi o'xshash 5 qatorga ma'lumotlar yoziladi.

1. Birinchi qatorda mavzu bir so'z bilan (odatda ot bilan) ifodalanadi.

2. Ikkinchi qatorda mavzuga juda mos keladigan sifat beriladi.

3. Uchinchi qatorda mavzu 3 harakatni bildiruvchi fe'l bilan ifodalanadi.

4. To'rtinch qatorda mavzuga doir muhokama etuvchilarning hissiyotini ifodalovchi jumla tuziladi. U 4 so'zdan iborat bo'ladi.

5. Beshinchi qatorda mavzu mohiyatini ifodalovchi bitta so'z beriladi. U mavzuning sinonimi bo'ladi. Buni sxematik ko'rinishda quyidagicha ko'rsatish mumkin:

Muamm o_

Sifat_

Hissiyotni ifodalovchi jumla_

Mohiyatni yangicha ifodasi_

1995

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Skveyn ma'lum mavzu tuzilgandan so'ng tuzilsa uning asosiy xususiyatlari mohiyatlari tushunilib, yakunlanadi. Skveyn materiallar ustida uylashga, murakkab axborotni sintezlashga va uni uzoq xotirada saqlashga yordam beradi. Ijodiy ishlash imkoniyati kelib chiqadi.

I.Orkestr 2.Simfoniyajaz 3.ljro va namoyish etadi

4.Mus»qa asboblarining tört guruhi

5.Jamoa

1 Tovush

2Kozga korinmaydi 3Eshitlladi.kuldiradi,yiQlatadi 4 Tebranishharakatdan vujudga keladi

50voz

Xulosa

Taniqli kompozitor Robert Shuman musiqiy eshitish tasavvurlarining ahamiyati to'g'risida quyidagilarni aytgan edi: "Siz har qanday musiqani qog'ozda ,ya'ni notasini tahlil qilib tushuna olishingiz kerak. Ijro etishingiz kerak bo'lgan musiqa asarini oldin ko'zlaringiz bilan o'qing va so'ngra ijro eting!" Demak,musiqa inson xotirasini rivojlanishida ham muhim rol o'ynar ekan!

Sharq allomalarining,shoir va yozuvchilarning,bastakor va kompozitorlarning Musiqa haqidagi fikrlari,ta'riflari inson xotirasining rivojlanishida,uning salomatligiga, ruhiyatiga, kayfiyatiga foydali ta'sir ko'rsatishi bilan bir qatorda tarbiyada ham asosiy ahamiyat kasb etishi aytib o'tilgan.

Musiqa ta'lim-tarbiyasining yangi Konsepsiyasiga asosan musiqa ta'lim-tarbiyasi maqsadi-yosh avlodni milliy musiqa merosimizga vorislik qilib,umumbashariy musiqa boyligini idrok eta oladigan hamda qadrlaydigan madaniyatli inson darajasida voyaga yetkazishdan iboratdir.

REFERENCES

1. "Musiqa madaniyati fanini o'qitish metodikasi moduli bo'yicha O'quv-uslubiy majmua" Nizomiy nomidagi TDPU Katta o'qituvchilari Ualiyeva G.I; Panjiyev Q.B.

2. "Musiqa san'ati fanlarini o'qitish metodikasi" Professor Qudratov I. SamDU nashriyoti, 2021 y.-188b

3. www@Ziyo.Net

4. www.edu.uz

5. www.pedagog.uz

1.Musiqa

2.Turli,chiroyli

3 llhomlamiradi.tinchlantiradi, uygotadi

4.Musiqainson hayotlm gözallashtiradi

5.Hayot

1996

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.