Научная статья на тему 'О‘ZBEK MUSIQALI DRAMALARIDA NUTQIY XARAKTER, TUB MA’NONING OCHILISHI VA TA’LAFFUZ MEYORLARI'

О‘ZBEK MUSIQALI DRAMALARIDA NUTQIY XARAKTER, TUB MA’NONING OCHILISHI VA TA’LAFFUZ MEYORLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
18
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
spektakl / sо‘z / tub ma’no / talaffuz / san’at / ovoz / nutq / nutqiy xarakter / aktyor / sahna

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Xolida Xayrullayevna Saidova

Spektakl sahna nutqining eng nozik va hal qiluvchi omillaridan biri bо‘lgan sо‘zning faolligini, ta’sirchanligini muvaffaqiyat bilan namoyish qila oldi. Mazkur maqolada о‘zbek musiqali dramalarida nutqiy xarakter, tub ma’noning ochilishi va talaffuz meyorlari haqida sо‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «О‘ZBEK MUSIQALI DRAMALARIDA NUTQIY XARAKTER, TUB MA’NONING OCHILISHI VA TA’LAFFUZ MEYORLARI»

O'ZBEK MUSIQALI DRAMALARIDA NUTQIY XARAKTER, TUB MA'NONING OCHILISHI VA TA'LAFFUZ MEYORLARI

Xolida Xayrullayevna Saidova O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Spektakl sahna nutqining eng nozik va hal qiluvchi omillaridan biri bo'lgan so'zning faolligini, ta'sirchanligini muvaffaqiyat bilan namoyish qila oldi. Mazkur maqolada o'zbek musiqali dramalarida nutqiy xarakter, tub ma'noning ochilishi va talaffuz meyorlari haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: spektakl, so'z, tub ma'no, talaffuz, san'at, ovoz, nutq, nutqiy xarakter, aktyor, sahna

SPEECH CHARACTER, DISCLOSURE OF TUB MEANING AND

PRONUNCIATION STANDARDS IN UZBEK MUSICAL DRAMAS

Kholida Khairullaevna Saidova Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: The play was able to successfully demonstrate the activity and effectiveness of the word, which is one of the most delicate and decisive factors of stage speech. This article talks about speech character, discovery of basic meaning and pronunciation standards in Uzbek musical dramas.

Keywords: performance, word, literal meaning, pronunciation, art, voice, speech, speech character, actor, scene

Sahna nutqining hayotiy va badiiy jihatdan to'g'ri shakllanishi ko'pincha ijrochining mantiqan aniq fikr yuritishiga bog'liqdir. Nutqiy xarakteristika va so'z harakati mantiqning jonlantirilgan ko'rinishidir. Siymoning g'oyaviy va biografik asosini o'zlashtirish, navbati bilan uning badiiy qiyofasini yaratishda bu omillar muhim vazifani o'taydi. Fikr yuritish aktyor uchun o'zi ishtirok etayotgan voqealarni kashfiyotchisi va ishtirokchisi ekanini his etish bilan belgilanib, undagi istak va intilish qahramonning oliy maqsadiga muvofiq tub ma'noni to'g'ri ocha bilishga, ifodalashga imkon beradi. Nutqdagi jilo va badiiyot esa yuqoridagi elementlarni qay darajada izchil va qunt bilan amalga oshirilishiga bog'liq. Chunki, u jarayonning mahsulidir.

Spektakl sahna nutqining eng nozik va hal qiluvchi omillaridan biri bo'lgan so'zning faolligini, ta'sirchanligini muvaffaqiyat bilan namoyish qila oldi. Bu so'z ta'sirchanligini ta'minlashdagi muhim bosqichlar tasavvurlash, fikrlash, hoxish va nihoyat, so'z harakati kabi xususiyatlarni puxta egallab olishda hal qiluvchi vazifani

o'tadi. Jamoaning muhim yutug'i shunda bo'ldiki, u spektakl yaratishda ijodiy jarayonning hamma bosqichlarini o'zaro uzviy aloqadorlikda his etib, yaxlit birikma asosida nutqda badiiy ohanglar simfoniyasini yaratdi. Bu hol jamoa ijodida va, umuman, o'zbek teatri hayotida yangi bir davrni boshlab berdi. Darhaqiqat, K.S.Stanislavskiy aytganidek "ijodning mazmuni tub ma'nodadir".

So'zlarni bu qadar go'zal, jozibali, tabiiy chiqishida ijodkorning atrofdagi muhit, voqea va hodisalarni yaxshi idrok etgani, ichki ko'z bilan aniq ko'rgani, o'z qahramonining tarjimai holini mukammal bilgani, hal qiluvchi vazifani o'tagani, shubhasizdir. Shuningdek, o'zining hozirgi holati, kelajakdagi maqsadi va unga yarasha intilishining aniqligi, harakatidagi mantiq hamda izchillikka og'ishmay rioya qilishi ham spektaklning muvaffaqiyatiga samarali ta'sir ko'rsatgani tabiiydir. Bunda mantiqiy urg'udan tortib psixologik pauzagacha, artikulyatsiyadan tortib intonatsiya ohanggacha jo'shqin kayfiyatni, oliy maqsadni ifodalaydi.

So'z va uning tub ma'noning ochilishi sahna nutq san'atining gultoji xisoblanadi. Aktyor muallif tomonidan berilgan tub ma'noni yangi kamolot bosqichiga ko'tarish uchun, tasavvurga murojaat qiladi, rolning hayotini ko'z oldida gavdalantiradi, o'z qahramonining oliy maqsadiga erishish uchun unga taalluqli narsalar haqida fikr yuritadi, bir vaqtda qahramonning ruhiy dunyosiga kirib boradi.

"Sodda va chiroyli gapirish mahorati ham o'ziga alohida bir fan, uning o'ziga xos qonunlari bo'lishi kerak, men shu qonunlarni bilmasdim" K.Stanislavskiy nazarda tutgan ushbu qonunlar hech qachon unitilmasligi kerak. Ammo aktyor uchun asosiy vosita bo'lgan mashqlardan noto'g'ri foydalanish oqibatida hech qanday yaxshi natijaga erishib bo'lmaydi. Aktyor asosiy cho'qqini egallash uchun mashqlarni qaysi yo'l bilan o'rganish kerakligini bilish va uning mohiyatini anglab yetish kerak.

Uzeyir Xojibekovning "Arshin mololan" komediyasini eshitganman yoki uning asosida olingan filmni tomosha qilmagan odam bo'lmasa kerak. Mazkur komediya kompozitorning ulkan hayotiy hamda ijodiy tajribasi mahsuli sanaladi. Ulug' kompozitor o'z esdaliklarida bolalik xotiralarini eslab shunday yozgan: "Bobom Majidbey Beybo'tali betakror ovoz sohibi bo'lib, xalq qo'shiqlarini nihoyatda yaxshi ijro etgan ekan. Uning bu mahorati attorlik bilan shug'ullangan otasiga yordam berishda qo'l kelib, ko'cha-ko'yda "Arshin-mololan" deb kuylab gazlama sotib yurgan" Mashxur komediya ana shu ta'surot mevasi bo'lib yaratilgan bo'lib, liberettoni U.Xodjibekovning o'zi yozadi. Qo'shiqlarni yaratishda, Fuzuliy g'azallaridan foydalanadi. Nihoyatda xalqchil syujetga ega, betakror musiqa va qo'shiqlarga to'liq bu liberetto kino ekranlari va dunyo sahnalarini bezagan. U.Xodjibekov ozarbayjoncha milliy muqomlarni Yevropacha musiqa uslubiga olib kirgan, o'zaro uyg'unlik va mutanosiblik yo'larini kashf etgan ulkan san'atkor bo'lgan.

Ma'lum bo'lishicha bastakorning "Arshin mololan" liberettosi 76 tilga o'g'rilib, dunyoning 187 teatrida sahnaga chiqqan. Film tarzida esa 1916 yildan boshlab, to'rt

marotaba ekranlashtirilgan. Turli yillarda o'z davrining yuksak mukofotlarini qo'lga kiritgan va har davrda tomoshabinlarning sevimli filmi bo'lib kelgan. Mashxur xonanda R.Beybutov yaratgan Asqar obrazi insonlar xotirasida pokiza tuyg'ular, go'zal istaklar bo'lib muxrlandi.

So'ngi yillarda o'z an'analarini qayta tiklash maqsadida zamonaviy sahna san'ati yutuqlariga intilayotgan Muqimiy nomidagi musiqiy teatri ham sahna klassikasiga aylangan "Arshin mololan"ga qo'l urdi. Ma'lumki spektakl mazkur teatrda 1978 yilda rejissyor R. Hamrayev, 1982 yilda esa B.Ixtiyorov tomonidan sahnalashtirilgan va uzoq yillar repertuardan tushmay kelgan.

Teatrning mahoratli rejissyori O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi A.Parmonov ushbu asarni sahnalashtirdi. G'oya muallifi va postonovkachi rejissyorning o'zi. Yosh umidli ijodkor Azizbek Jo'rabekov spektaklga rejissyorlik qildi. Librettoni Oltinoy Tojiboyeva hamda Suxrob Muhammedovlar yozgan, raqslarini esa Shavkat Otaxonov sahnalashirgan.

Mazkur spektaklda an'anaviy syujetga yangicha yondashilar ekan, sahna asari "Arshin mololon" mavzusidagi "fantaziya" deb nomlanadi. O'z navbatida mazkur fantaziya klassikaga aylanib qolgan syujetni bugungi kun nigohida ko'rishga imkon yaratgan. Unga klassik Arshin mololon va zamonaviy yoshlar hayotidan olingan syujet asos bo'lgan. Har ikki syujet lirik komediya janrida bo'lib, voqealar o'tmishda va bugungi kunlarimizda kechadi. Yana bir murakkablik tomoni shundaki, har bir ijrochi bir vaqtning o'zida ikkitadan qaxramonni talqin etadi. 19 asrdan olingan syujetga boy savdogar Asqar eski tartibotlarni rad etib, muhabbatsiz oila qurmaslikni targ'ib qilar ekan, 21 asrning tabirkor Asqari ham, "sevmay bilmay uylanish"ni istamaydi. Nihoyatda mahorat bilan qurilgan sahna asarida zamonaviy yoshlarning o'ziga xos o'y-kechinmalari, ularni qiziqtirgan masalalar qiynayotgan muammolar o'z aksini topgan.

Zamonaviy Asqar o'z ishiga mukkasidan ketib shaxsiy xayotini unutgan. Jiyani uchun kuyib pishadigan Nozima dovrug'i ketgan firmaning rahbari Asqar nomini eshitgan xar qanday qiz "Tomdan tashlashini" aytganida u "Men uylanadigan qiz borimda shukr, yo'g'imda fikr qilsin, meni oddiy inson sifatida sevsin" deb javob qiladi. Asqar o'z navbatida bugungi ilg'or texnalogiyalar zamonida internet orqali tanishishlarga ham qarshi, chunki insonni ko'rmasdan vizual o'rganib, shu bilan ko'ngil qo'yish mumkin emas deya, bu boradagi aksariyat aldovlarni ta'kidlab o'tadi.

Voqealar rivoji Sulaymon obrazi bilan bog'liq xolda kechadi. Dasturchi Sulaymon ixtiro qilgan yangicha kompyuter o'yinlari turli tarzda kechuvchi ur-surlar, mashina poygalariyu, urush zo'ravonlariga tamoman ziddir. "Sakkiz D nuqta O'z" deb nomlangan yangicha formatdagi o'yin mashhur syujetlarni istalgan tomonga o'zgartirish orqali, o'ynovchining fikrlash doirasiga ta'sir o'tkazishdan iborat. Mazkur o'yinda xar qanday syujet ijobiy xotima bilan yakunlanar ekan, o'ynovchining o'zida ham fikriy yangilanish boshlanishiga asoslanadi. Hamonki Asqarni uylantirish dolzarb

masalalardan bo'lib turganda, Sulaymon unga o'zi ixtiro qilgan formatda "Arshin mololan"ni o'ynashni taklif qiladi. Ko'hna syujetdagi Gulchexraning go'zalligi, malohati to'rt devor ichida o'tirsada, boshqa qizlarga o'xshamay o'z erki va ko'nglini ulug'lashi Asqar e'tiborini tortadi, uning sevgisidan ta'sirlanadi. Voqealar rivojlanib borar ekan, zamonaviy Asqar ham o'zining hamkori xamisha talashib tortishib, katta ishlarni amalga oshirayotgan katta korxonaning yukini birgalashib tortishib yurgan Gulchexraga munosabati muxabbatga aylanib ketganini tushunib yetadi. Asqar "Go'zal tuyg'ularni kutib yashar ekanmizu, oldimizda turgan baxtni payqamay qolar ekanmiz" deydi. Sulaymonning "jaxon bozoridan ham kattaroq, xalqaro miqyosdan xam kengroq ko'ngil degan doira borligi" haqida so'zlari, uning fikrlarini yanada oydinlashtiradi. O'z navbatida Gulchehra ham Asqarsiz yashay olmasligini his qilsada, tan olmasligini tushunadi.

Shu jixatdan Asqar obrazi o'ziga qo'yilgan ijtimoi y yukning zalvori bilan ham an'anaviy qaxramonlardan farq qiladi. Zamon qaxramoni sifatida talqin etilayotgan Asqar amalga oshirgan loyihalari bilan dunyo miqyosida tanilgan va endilikda maxsulotni chet eldan valyutaga olib kelib emas, aksincha o'zimizda ishlab dunyo bozoriga olib chiqayotgan tadbirkor. Konflikt ham o'zimizning mahalliy xom ashyoni ishlatish bilan xorijdan sotib olingan texnalogiyani qo'llash borasidagi baxsdan boshlanadi. Avvaliga, o'jarlik qilib, boshqa hamkorlar topishini ta'kidlagan Gulchehra ham "Asqarning har qanday qilayotgan ishlari to'g'ri ekanligiga ishongani"ni tan olib uning yoniga qaytadi.

Zamonaviy asarning e'tiborli jihatlaridan biri, unda bugungi kunimizda o'z nomimiz, ulkan imkoniyatlarimiz, yuksak salohiyatimiz bilan xalqaro doiralarga chiqayotgan yosh tadbirkorlarning maqsad yo'lida kurashishi, mamlakat ravnaqi uchun fidoiyligi badiiy ifoda etilganligida bo'ldi. Voqealar davomida ijtimoiy muammolarga ham munosabat bildirilib, soliq nazorati, militsiya va mahalliy hokimiyatlardagi tadbirkorlar ishiga o'rinsiz aralashuvlari pisanda qilib o'tiladi.

Postanovkachi rejissyor har bir obrazning to'laqonli ishlanishiga, qahramon xarakteri, dunyoqarashi, voqelikdagi maqsad va vazifasi aniq belgilanishiga alohida e'tibor qaratganligini qayd etish lozim. Bu o'rinda korxona faoliyati va jiyanining mavqei uchun kuyib pishadigan Nozima, qizi Gulchehraning hayotda o'z o'rnini topishi, jamiyatning foydali a'zosi bo'lishiga jon kuydiruvchi Sultonbek obrazlarini alohida ta'kidlash lozim. Ayni mana shu maslak yo'lidagi kurashda ikki beva Nozima va Sultonbeklar bir-birini topadilar. Agar klassik "Arshin mololon"da Sultonbek yolg'izlikdan charchab, "bir beva bo'lsa, uylanardim" degan o'yda Jahonni tanlagan bo'lsa, zamonaviy Sultonbek, o'y qarashlari, yoshlar kelajagi borasida fikrlari bilan o'ziga yaqin turadigan ayolni uchratib, unga ko'ngil qo'yadi.

Bosh qahramonlardan biri Asqar obrazini teatrning yosh umidli aktyorlaridan Ravshan Ibrohimov talqin qilgan. Ravshanning ijro mahoratiga alohida to'xtaladigan

bo'lsak, rejissyor Asqar obrazini to'g'ri tanlagan. Aktyor Asqarning ichki-kechinmalarini, obrazning mohiyatini to'liq ochib bera olgan. R.Ibrohimov Asqarning ariyalarini o'z notasida avj pardalarini qiynalmasdan ijro qilgan. Tomoshabin ariyalarni tinglab turib unda ozarbayjoncha ohanglarni, milliy kuy bilan o'yg'unligini xis qiladi. Asqar obrazi xozirgacha dublyorsiz ijro qilinib kelinmoqda. Sababi ariya, duet va zamonaviy qo'shiqlarni yuqori notada kuylay oladigan dublyorning ovozi tushsa tashqi ko'rinishi to'g'ri kelmaydi.

Sulaymon rolini talqin etgan Rasulxon Qodirxonov hamda Bahrom Boltayev, Osiyo roli ijrochilari Ma'rifat Ortiqova hamda Gulasal Rahmonovalar o'z qahramonlarini fe'l-atvori, dunyoqarashini chuqur idrok etib, obraz yaratishga uringanlar.

Shu o'rinda Gulchehra rolini talqin qilgan Dilorom Ibrohimova hamda Zulfiya Umirovalar mahoratini alohida ta'kidlash lozim. YA'ni traktovkada Gulchehra murakkab obraz bo'lib namoyon bo'lgan. Klassik syujetda u eskicha udumlarga qarshi isyon qilib, o'z yoriga yetishgan sof qalb sohibasini aks ettiradi. Yangi davrga o'tganida esa so'nggi sahnaga qadar u kadr ortida bo'lsa-da, ammo telyefondagi so'zlashuvi, boshqa personajlar mulohazasi, qarashlari va unga munosabatlari orqali voqealarning eng faol ishtirokchisiga aylanadi, uning yorqin obrazi ko'z o'ngimizda tugal gavdalanadi. Qattiyatli, kuchli irodaga ega, dunyoqarashi boy, yangilikka intiluvchan va ayni paytda Asqarga bo'lgan iliq tuyg'ularini ko'ngil tubuda saqlayotgan Gulchehra obrazi ijrochilar tomonidan mahoratli talqinini topgan. Gulchehra va Asqarning "Senga aytaman" dueti har ikki qalbning boshqalardangina emas, balki o'z-o'zidan ham yashirib yurgan ko'ngil rozini ifoda etuvchi qo'shiq, obrazlar leytmotivi bo'la olgan.

Spektaklda xizmatkor Vali va Zebo obrazlari ham yetarlicha ochilgan. Klassik syujetdagi bu ikki qahramon zamonaviy talqinga olib o'tilarkan, Ali-shofyor Zebo esa ish yurituvchi tarzida keladi. Bu borada ham personajlarga yuklatilgan vazifa o'ta murakkab bo'lib, har ikki xizmatkordagi quvnoqlik, sho'xlik, biroz shumlik, hazilkashlik zamonaviy obrazlarga ham ko'chib o'tadi. Ali va Vali rolini talqin etgan Usmon Yusupov sho'x-shodon xizmatkor hamda quvnoq shofyor rollarini talqin etarkan, aytayotgan so'zi, hatti-harakatlari, kulguli qiliqlari bilan e'tiborni tortadi. U kalta shim, qiyshiq do'ppi bilan chiqmaydi, aksincha hamma qatori oddiy kiyimda bo'lsa-da, gap-so'zi, o'zini tutishi, harakatlari bilan kulgi uyg'otishga e'tibor qiladi.

Spektaklni har gal turli aktyorlar guruhi ijro qilar ekan, ularning har biri ikkinchisini takrorlamaslikka, yangicha qiyofa yaratishga urinadi. Zebo obrazida Inobat Umirova hovliqma xizmatkor, mag'rur ish boshqaruvchini yaratsa, ikkichi ijrochi Musallam Dadajonovaning esa xizmatkori ichidan pishgan, bir oz pismiq va ayni paytda kalondimog' ish boshqaruvchi. Bunda o'yin ichidagi o'yin usulidan foydalangan rejissyor aslida Zeboning bu tarzda ish tutishi Valida taasurot qoldirish

vajidan ekanligini ocha bilgan. Shu o'rinda klassik syujetga kiritilgan "Qurbon o'lam" ashulasi holat va vaziyatga nihoyatda muvofiq tushganligini ta'kidlash j oiz.

Postanovkachi rejissyor Ahad Farmonov o'zining avvalgi spektakllarida bo'lganidek, bu gal ham asosan yoshlardan iborat bo'lgan ijodiy guruhni o'z tevaragiga birlashtirgan. Ilgarigi talqinlarda mazkur spektakl obrazlari tajribali solistlar tomonidan ijro etilgan edi. A.Farmonov eksperimentida har bir personajning talqin yo'llari to'g'ri belgilanib, o'ziga xos uyushgan ansambl yaratilgan.

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Boir Xolmirzayev hamda teatrning tajribali solistlaridan Maqsuda Otajonovalar Sultonbek hamda Nozima obrazlarini talqin etarkanlar, qahramonlar talqinida to'laqonlilik va hayotiylikka erishganlar. Mazkur qahramonlarni ikkinchi guruhda yosh solistlar Umid Shodmonov va Nargiza Shohobovalar ijro etadilar. Har ikki solist talqin yo'lini va harakterini belgilashda munosib ifoda vositalarini topa bilgan. YA'ni Boir Xolmirzayev ijrosida zamonaviy Sultonbek salobatli, viqorli bo'lsa, Umid Shodmonov qahramoni biroz hovliqma qilib ko'rsatiladi. Nozima esa Maqsuda Otajonovada qattiqqo'l bo'lsa, Nargiza Shahobovada ancha-munchaga bo'yin egmaydigan mag'rur va tannoz qilib ko'rsatiladi.

Spektaklning eng kata muvaffaqiyati rejissyorning mualliflar, rassom, kompozitor, baletmeyster bilan o'zaro bir-birlarini tushunish, to'ldirish, boyitish asosida hamkorlik qilgani bilan belgilanadi. Xususan, rassom Natalya Glubokina voqealarni ikki davrda bo'lishidan kelib chiqib, zamonaviy ofisdan olis o'tmishga tushib qolishda ertaknamolikka diqqat qiladi. "O'yin" boshlanar ekan, dasturchi Sulaymon boshqaruvi bilan dekoratsiyalar tepadan tushib kelib, ko'z o'ngimizda boshqa davr namoyon bo'ladi. Sahnalashtiruvchi dirijyor Akmal To'rayevning mo'jizaga asoslangan, sir-sinoatlar olamiga yetaklovchi musiqalarni qo'llashi bu go'zallikni yanada boyitib turadi. Qahramonlar liboslarini tanlashda rassom har bir davrning o'ziga xos elementlarini saqlab qolib, zamonaviy yoshlar kiyimi hamda yuz yil ilgarigi ozarbayjoncha kostyumlarni aslidek ko'rsata bilgan.

Asarning yana bir yutug'i postanovkachi tomonidan mashhur asardagi ariya va duetlarga alohida e'tibor qilganligi, ularni o'z o'rnida mahoratli ijrosini topishga erishganligidadir. Zotan har qachon "Arshin mololon" komediyasi avvalo go'zal qo'shiqlari bilan diqqatni tortgan. Yangi postanovkadagi Asqar va Gulchehra, Vali va Zebo duetlari, Gulchehra, Sultonbek, Osiyo, Sulaymon, Jahon ariyalari o'z jilosi, betakror jilvasi bilan diqqatga molik. Asqarning "Nolalar" deb nomlangan mashhur ariyasiga esa yangi asarda alohida urg'u berilgan bo'lib, u bosh qahramonning ikki davr orasidagi qalb nidosi, tuyg'ularining yuksak cho'qqisi bo'lib tarannum etilgan. Spektaklning zamonaviy sahnalariga bugungi kunlarimizning eng ommalashgan qo'shiqlari kiritilgan. Xususan O'zbekiston xalq artistlari Nasiba Abdullayeva, Yulduz Usmonova, Ozodbek Nazarbekovlar tomonidan ijro qilingan va kishilar ko'nglidan joy

olgan "Umr bahori", "Senga aytaman", "Xonzoda" qo'shiqlari orkestrga moslanib, voqealarga mos ravishda qo'llanilarkan, solistlar ijrosida o'zining yangicha talqinini topadi va sahna asarini boyitadi.

Mazkur spektakl Muqimiy teatrining so'nggi yillardagi eng kata ijodiy yutuqlaridan biri bo'lib, uzoq vaqt tomoshabinlar e'tiborida turishi shubhasiz. Ijodiy jamoani kutilmagan eksperimentlarda o'zini sinab ko'rishi va shuningdek muvaffaqiyat qozonishi esa teatrning shakllangan an'analarini yangi davrga mos tarzda davom ettirishi hamda zamon bilan hamnafas ijod qilishi samarasidir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Stanislavskiy K.S. Sobraniye sochineniy v vosmitomax. "Iskusstvo", M., 1955, tom 3, 85- bet.

2. Stanislavskiy K.S. San'atdagi hayotim. T. Badiiy adabiyot. 1965 yil. 384-b.

3. Xoliqulova G.E. Sahna nutqi (tarixiy spektakllar misolida). Oquv qollanma -T., 2008.

4. O'zDSMI professori, dramaturg Nasrullo Qobil bilan bo'lgan suxbatdan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.