Научная статья на тему 'DRAMATURG VA AKTYOR HAMKORLIGI – AKTYOR UCHUN YOZILGAN SAHNA ASARLARI'

DRAMATURG VA AKTYOR HAMKORLIGI – AKTYOR UCHUN YOZILGAN SAHNA ASARLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
195
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
p’esa / drama / dramaturg / spektakl / aktyor / rejissor / teatr / xarakter / obraz

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Qudratov Orifjon Alimovich

maqolada o‘zbek teatri tarixida dramaturglar va aktyorlarning ijodiy hamkorligi, xususan dramaturglarning aktyorlarga bag‘ishlab yozilgan sahna asarlari va ularning ijodiy yutuqlari haqida so‘z boradi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DRAMATURG VA AKTYOR HAMKORLIGI – AKTYOR UCHUN YOZILGAN SAHNA ASARLARI»

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

DRAMATURG VA AKTYOR HAMKORLIGI - AKTYOR UCHUN

Ж

>

YOZILGAN SAHNA ASARLARI

I )>*

Qudratov Orifjon Alimovich

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti "Drama teatri va kino aktyorligi

san'ati mutaxassisligi" magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6698133

Й> > Annotatsiya: maqolada o'zbek teatri tarixida dramaturglar va aktyorlarning

ijodiy hamkorligi, xususan dramaturglarning aktyorlarga bag'ishlab yozilgan sahna

asarlari va ularning ijodiy yutuqlari haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: p'esa, drama, dramaturg, spektakl, aktyor, rejissor, teatr, xarakter,

obraz.

Аннотация: в статье рассматривается творческое сотрудничество драматургов и актеров в истории узбекского театра, в частности пьесы,

*

написанные драматургами, посвященные актерам и их творческим достижениям.

Ключевые слова: пьеса, драма, драматург, спектакль, актёр, режсиссёр,

»

театр, персонаж, образ.

Annotation: the article discusses the creative collaboration of playwrights and actors in the history of Uzbek theater, in particular, the plays written by playwrights dedicated to actors and their creative achievements.

Keywords: play, drama, playwright, play, actor, director, theater, character, image..

O'zbek dramaturgiyasida aynan bir aktyor uchun p'esa yozish an'anasini I.Sulton boshlab berdi. Aktyorlar uchun rol yozish esa avvaldan A.Qahhor, O.Yoqubov asarlarida ko'zga tashlangan edi. Biroq ularning hech biri butun boshli asari va qahramonini muayyan ijrochiga atab bitmagandi. 1960-yilda sahnalashtirilgan I.Sultonning "Imon" dramasi O.Xo'jayev uchun maxsus yozildi. Dramaturgning aktyor ijrosiga bo'lgan muhabbati 1942-yil "Burgut parvozi" asarini sahnalashtirish chog'idayoq paydo bo'lgan. 1945-yil "Alisher Navoiy" p'esasi ustida ishlash jarayonida muallifning O.Xo'jayev ijodiga bag'ishlangan maqolasi ham e'lon qilindi. "Imon" esa ikki ijodkorning ma'naviy qarashlarini o'zaro birlashtirdi va hamkorlikdagi barkamol namunaga aylandi.

Odatda bunday yo'nalishdagi p'esalarda aktyorlarga bo'lgan talabning yuki ikki hissa ortadi. Ikki barobar mehnat qilishga to'g'ri keladi. Chunki bunda asosiy maqsad muallif va teatr jamoasi ishonchini "oqlash"ga qaratiladi. O.Xo'jayev ham I.Sulton va

j J ' H

\9><W ♦ ¡>

>q ] q )> >

u>,* ^ «KQs

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

] 'O.M.- 1>

hamkasblarining ishonchini oqlash niyatida anchayin izlanishlar olib bordi. Bu

haqida aktyorning o'zi shunday deydi:

"...Men Moor va Komilov obrazlari ustida ish olib borganimda Gamlet rolida o'ynashni ham davom ettirdim. Bu rollarni bir vaqtda galma-galdan o'ynash esa meni ko'p narsaga o'rgatdi. Agar biz Komilovning ko'zida, ovozida, ohanglarida, harakatlarida Gamlet va Karl Moordagiga o'xshamagan fikr jo'shqinligini, e'tiqod jasoratini, maqsadga intilish kuchini ko'rar ekanmiz, bu albatta rejissor talqinining natijasidir... Men eski dunyoning odil hayotga to'sqmlik qilayotgan, yo'limizda

-¡M.-?, '

j j o -70 1 1 o '

uchraydigan har qanday to'sqinliklar bo'lmasligi uchun kurashadigan obrazga yetib keldim. Gamletdagi hardamhayollik, Moorning yovuzlik bilan "umuman" kurashi orqada qolib, konkret fikriy kurashchi Komilovga yetib keldim". [1. B.]

Aktyor uchun mazkur obraz yangi ijodiy marraga aylandi. Zamonaviy qahramon obrazi mavzusida ham aktyor ijodida ham yangi sahifa ochdi.

Musiqali janrda ham bir aktyor shaxsiga bag'ishlab yozilgan asarlar kam bo'lmadi. 1961-yil sahna yuzini ko'rgan H.G'ulomning "Toshbolta oshiq" komediyasi musiqali janrdagi baxshidalarning to'ng'ichi bo'ldi. P'esa boshidanoq S.Xo'jayev uchun yozilgandi, biroq bu haqida aktyorning o'zi hech nima bilmasdi. Asar o'qilayotgan vaqtda S.Xo'jayev o'zining rolini darrov tanidi va "Asar menga

»

m?

atab yozilgan ekan", deya o'zini bosh rol ijrochisi etib sayladi. Bu ijod jarayonidagi tabiiy holat hisoblanadi. Aktyor doim o'z iste'dodi, qurbi va chegarasi nimaga yetishini, qayergacha borishi mumkinligini yaxshi biladi. Ayniqsa tajribali aktyorlar. Unga qanday rol mos keladi, qaysi rolda imkoniyatini to'liq namoyon eta oladi, bu

ham unga ayon bo'ladi. S.Xo'jayev ham ana shunday aktyorlardan edi.

,, ,......... , ......

Aktyorning "Toshbolta"si haqida ko'p va xo'p yozilgan. Lekin barida munaqqidlarimiz asar muvaffaqiyatining bosh sababchisi sifatida S.Xo'jayev nomini keltirib o'tishadi. Buning sabablarini birma-bir izohlashadi. "Har spektakl S.Xo'jayev uchun premera, u bir marta topilgan harakat, ohang, mezanssenaga mahkam yopishib, ko'r-ko'rona takrorlayveradigan aktyorlardan emas. U har spektaklga ilhom va zavq bilan, yangi detallar bilan kelib, rolda xuddi birinchi marta chiqayotgandek o'zgacha berilib o'ynaydi", [2. B. 42-43.] - deydi M.Qodirov.

T.Tursunov esa - "Toshbolta rolining ijrochisi S.Xo'jayevga badiha quvvatini mukammal yuz ko'rsatishi uchun imkon berildi. Bu spektakl muvaffaqiyatini ta'minladi. Artist ijro jarayonida ko'p o'rinlarda matn va mezansahnalarga o'z tahririni kiritib, ularni muallif va rejissorga ma'qullatib, ish ko'rdi. Toshbolta -S.Xo'jayevning, butun ijodi davomida komediya janrida yaratgan Ana shu rol

i J>:*-

misolida S.Xo'jayevning insoniy tabiati bilan birga ijro mahoratiga xos quvnoq hazil-mutoyiba qilishi kabi tuyg'ulari to'laligicha ochildi", [3. B. 363.] deya fikr bildiradi.

Nazariy faktlarnina hammasiHa akfyor imdinina yetakchilipi va iistiivorlim' hamda ¿4M >

Nazariy faktlarning hammasida aktyor ijodining yetakchiligi va ustuvorligi haqida

n____J___ 1,_____jj..___j________J„J __1,___J____I„„UJI„JJ

so'z ketadi. Bundan, komediyaning zamini bo'sh ekani anglashiladi.

31><}>

a > I

WiW к/

>q )> q )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

Uzoqni ko'ra biladigan haqiqiy ijodkor aktyor har qanday nimjon, zaif,

#

>

navbatdagi asarni ham kasbiy e'tiqodi, tinimsiz mehnati, ijodiy nafasi bilan qayta j ) ) ^ j ^ tiriltirishi, undagi kam-ko'stlarni, sahnaviy shtamplarni ilg'ab, zarur chora-tadbirlarni

qo'llashi mumkin. Soyib Xo'jayev ham tajribali aktyor sifatida "Toshbolta oshiq"ni

qator ijodiy izlanishlari, badihago'ylikka yo'g'rilgan topilmalari bilan boyitdi. Kam-

ko'stlarini to'ldirishga harakat qildi. Aktyorning zakiy topqirligi, mahorati va sa'y-

harakatlari tufayli maishiy voqeliklarga qurilgan sodda va ixcham p'esa hayotiy,

xalqchil, tabiiy unsurlar bilan boyitilib, musiqali komediya talablariga to'la mos

1 > J J ■> 1 J о

keluvchi badiiy jihatdan pishiq, tomoshabop, bir butun sahna asariga aylandi.

Odatda sahna asarining dunyoga kelishi ya'ni dramaturg va aktyor munosabatlarining to'qnashuvi ikki xilda kechadi. Yoki aktyor dramaturgga ergashib, u bilan hisoblashishga majbur bo'ladi, yohud dramaturg zabardast aktyor mahorati oldida ijodiy prinsipini chetga surib qo'yadi.

Dastlabki uchrashuvdayoq har ikki tomonning ijodiy yondashuvi, g'oyaviy qarashlari va estetik tamoyillari to'qnash keladi. Har ikki ijodkor ijodiy jarayonda

o'zining subektiv haqiqatini asoslashga va o'z pozitsiyasini mustahkamlashga urinadi. Biri rolni o'ziga moslab, o'zicha talqin qilish istagidan borsa, ikkinchisi aktyorni rolga moslashtirib, to'g'ri yo'lni ko'rsatishga chog'lanadi.

»

Individuallikka intiladigan har qaysi ijodkor kabi aktyor o'z nuqtayi-nazari,

mustaqil fikriga ega bo'lishni va kezi kelganda boshqalarni ham uning qarori bilan

hisoblashishlarini xohlaydi. Dramaturgga bo'ysungan taqdirda, tabiiyki uning erki,

shaxsiyati, rol haqidagi mushohadalariga darz ketadi. Aktyor dramaturg va rejissor

g'oyalarini tayyor holatda taqdim etadigan vositachiga, o'zi ishtirok etayotgan

, , . , , . . , ,. , , ...... „

tomoshaning shunchaki tomoshabiniga aylanib qolishdan cho'chiydi. Bu rolni uningchalik hech kim tushunmasligini, uning kabi ijro etolmasligini dalillashga tirishadi. Biroq muallif tomonidan asarning tub mohiyati, zamirini ochib berish uchun kiritilgan muhim epizod o'rniga aktyorning o'z epizodini "tiqishtirish"i spektakl badiiyati, kompozitsion yaxlitligiga putur yetkazishi mumkinligi haqida o'ylab ko'rmaydi. O'zlikni unutish sari bosilgan har bir qadam aslida o'zlikni topishga yaqinlashtirishini tushunish aktyor uchun hamisha ham oson kechavermaydi.

Sh.Burxonovning dramaturgiya va sahna qonunlarini yaxshi tushunishi, J-jt dramaturglarga nisbatan talabchanligi to'g'risida ko'plab dalillarni keltirish mumkin. Uning M.Shayxzoda bilan do'stona aloqasining o'ziyoq sahna yozuvchiligining nozik asrorlaridan durustgina xabardor bo'lganidan dalolat beradi. Aktyor va dramaturg o'rtasidagi ijodiy hamkorlik ibtidosi M.Shayxzodaning "Jaloliddin Manguberdi"

! !>»

tarixiy dramasi ustida ishlash jarayonida yuzaga keldi. Bu haqida Sh.Burxonovning o'zi shunday deydi - "Asarni sahnaga qo'yishda Shayx aka bevosita ishtirok etdi. Deyarli har kuni repetitsiyaga kelar, rejissorning deganlariga quloq solar. Ayni

u:______-«„л- „u:______u: ______u_____^

paytda bizga, ya'ni rollarda chiquvchi artistlarga maslahatlar berar edi. Ko'pincha

Ы> 3 ]> <}>

a j

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

repetitsiyadan keyin Shayx aka bilan qaytardik. Yo'lda ketar ekanmiz sahna asarlari

#

>

qanday bo'lishi, saviyasi, aktyorlik mahorati, til madaniyati haqida suhbatlashardik. Har bir suhbatda Shayx aka katta san'atkor, mashxur dramaturg, faylasuf, shoir, ayni chog'da oliyjanob inson sifatida namoyon bo'la olardi" [4. B.]

M.Shayxzodaning aynan Sh.Burxonov bilan kelishishida ham ma'no bor. Kuchli dramaturg hamisha zabardast, ijodiy kengligi yuqori bo'lgan ijrochini tanlaydi. Ijod mahsulining munosib egasini qidiradi. M.Shayxzodaning "Jaloliddin Manguberdi", "Mirzo Ulug'bek" kabi tarixiy dramalarini aynan Sh.Burxonovga bag'ishlab

О J J о о

yozilgani ana shundan.

Dramaturgning jumladan, yetarlicha bilim, tafakkurga ega yozuvchining o'z mehnati mahsuli taqdirini biror akyorga ishonib topshirishi kamdan kam hollarda yuz beradi. Biroq so'z Sh.Burxonov haqida ketarkan, har qanday ikkilanishga o'rin qolmaydi. Boisi, aktyor sahnadagi voqealar me'yorini va xalqqa qanday mavzular yoqishini biladigan zukko san'atkor. Mualliflar ham o'zi yozayotgan asarlari xususida bir necha bor Shukur Burxonov bilan maslahatlashishgan.

U sahna qaysi gapni ko'tarish, ko'tarmasligini, tomoshabinni qanday yo'l bilan jalb qilish mumkinligini yaxshi biladi. Har bir so'zni o'z o'rnida qo'llaydi. Matndagi har bir tovush uning nutqida o'z jozibasi, ma'nosi va maqsadiga ega bo'ladi. Obraz

mohiyatini ifodalashga xizmat qilmaydigan so'zdan, butunning bir bo'lagi bo'la olmagan sahnadan u shu zahotiyoq voz kechadi.

Ulug' aktyorlarning qudrati ham shunda. Ular o'z rolining muallifi sifatida bor imkoniyati, ichki quvvatini obrazning to'laqonli va ta'sirchan chiqishiga sarflaydi. Rejissor bo'lib avvaldan epizodini sahnalashtiradi, muallif bo'lib personajini boyitadi. "Bu mening vazifamga kirmaydi, bu mening ishim emas", demaydi. Shu tufayli Sh.Burxonovning barcha obrazlarida faqat ungagina tegishli madaniyat, ichki dard va ijodiy dastxat sezilib turadi.

Aktyor ijodiy ufqining chegarasini, o'z imkoniyati darajasini to'g'ri baholay

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

oladi. Ijodiy kuchi, shijoati, quvvati manbayi nimaga yetishini ham tahlil qila biladi. Repertuaridagi obrazlarni ham ana shu me'zon doirasida o'lchaydi. Har bir materialni chertib, chertib tanlaydi. 1969-yil sahnalashtirilgan Sofokolning "Shoh Edip" tragediyasi ham artistning shaxsan taklifi bilan teatr repertuariga kiritilgan, uning

17/л1л 1 СЛ I'» 1 r»-n 1 ГГ» ' fil A IV At lAJ+rvf -f/\ -»--»-л /~\ -»-л Л /Л П П Г» ' rjl\ ГтЛ 7~ 1 1 ГГ С\ 4" Г> 1 "МЛЛ S4 1 1 1 П ГГ /Л/^1 ' ni--» n n S~J <-»

#

xohishiga ko'ra A.Muxtor tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilingan edi. O'shanda

asarni sahnalashtirish uchun rejissor qidirgan Sh.Burxonov M.Radunda to'xtagan. Ikki ijodkorning asar to'g'risidagi qarashlari mos kelib, aktyorning fojiaviy qudrati to'la namoyon bo'lgan.

Xulosa shuki, mazkur asarlarning aksariyati teatr bag'rida, ijodkorlar hamkorligida dunyoga kelgani bois unda dramaturg pozitsiyasidan ko'ra aktyor yetakchiligi yuqori o'rinda turadi. Albatta buning o'ziga yarasha sabablari bor. Dramaturgiyaga endi kirib kelayotgan yosh ijodkorning sahnada ko'p yillik tajribaga

ШЪ

m >

is* » J

• J^W

ы )>

эй» *ф:

эй»

эй» *ф>

^ >3> 1

Я>

И )>

эй» *ф:

ЭЙ»

< >S»

эйн

ы )>

ЭЙ» »ф>

! >5>

Ы )>

• >4>

>

ш>

ш»

j к-"

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5

ega aktyordan o'tkazib bir so'z ayta olishi, yoki qisqa fursatda bekami-ko'st asar yarata olishi dushvor masala. Shu tufayli dramatik materiallarning shuhratini muallifdan ko'ra ko'proq aktyor ta'minlashi kunday ayon haqiqatdir. Aktyor bunda mahoratini sinovdan o'tkazish, yaxshi asar ustida ishlash uchun p'esani takomillashtirishga hissa qo'shgan bo'lsa, dramaturg sahna yozuvchiligidagi ilk saboqni olish va ijodiy o'sish uchun aktyorga ergashdi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Xo'jayev O. Tafakkur teatri. // O'zbekiston madaniyati. 1968. 3-sentabr. 70-son.

2. Qodirov M. Soyib Xo'jayev. -T.: 1978. 42-43-b.

3. Tursunov T. XX asr o'zbek teatri tarixi. - T.: 2010. 363-364-b.

4. Murodov M. // Ikki do'st hamkorligi. // Toshkent oqshomi, 1988. 31-oktabr.

m>

ы J>

Ы > i >j>

»4 >

jW^ У

q ж»-

Ш

Í ;••»

Ш\)> Jm-<n>

]>ji Ы*

-^fV-iír ¡---^SfV-^ï f.—

1G4

q Й»

^H >

Ы:>

,»ф> Ш >

Ы >

Щ >

ж»-

3*1 > »ф>

1Й»: *ф>

q

q >si>

fH>

1*й >

q H> Ы >

q ж»-q

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.