Научная статья на тему 'O‘ZBEK MULTIPLIKATSIYASIDA MILLIY QAHRAMONLARNI VA QADRYATLARIMIZNI TAHG‘IB ETUVCHI PERSONAJLARNI YARATISH, ULARNI BOLA TARBIYASIDAGI AHAMIYATI'

O‘ZBEK MULTIPLIKATSIYASIDA MILLIY QAHRAMONLARNI VA QADRYATLARIMIZNI TAHG‘IB ETUVCHI PERSONAJLARNI YARATISH, ULARNI BOLA TARBIYASIDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
59
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
ssenariy / eskiz / fantaziya / ekspozitsiya / personaj / obraz / xarakter / rejissyor / rassom / multiplikator

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Azizbek Jabbarovich Jabbarov, Isroiljon Kadirjonovich Urinbayev

Mazkur maqolada O‘zbekiston animatsion filmlarida milliy qahramon yaratishga doir amalga oshirilayotgan ishlar va unda yuzaga kelayotgan muammolar haqida tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK MULTIPLIKATSIYASIDA MILLIY QAHRAMONLARNI VA QADRYATLARIMIZNI TAHG‘IB ETUVCHI PERSONAJLARNI YARATISH, ULARNI BOLA TARBIYASIDAGI AHAMIYATI»

O'ZBEK MULTIPLIKATSIYASIDA MILLIY QAHRAMONLARNI VA QADRYATLARIMIZNI TAHG'IB ETUVCHI PERSONAJLARNI YARATISH, ULARNI BOLA TARBIYASIDAGI AHAMIYATI

Azizbek Jabbarovich Jabbarov azizbek.j abbarov@list. ru Isroiljon Kadirjonovich Urinbayev [email protected] Andijon davlat universiteti

Annotatsiya: Mazkur maqolada O'zbekiston animatsion filmlarida milliy qahramon yaratishga doir amalga oshirilayotgan ishlar va unda yuzaga kelayotgan muammolar haqida tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: ssenariy, eskiz, fantaziya, ekspozitsiya, personaj, obraz, xarakter, rejissyor, rassom, multiplikator

CREATION OF NATIONAL HEROES AND CHARACTERS PROMOTING OUR VALUES IN UZBEK MULTIPLICATION, THEIR SIGNIFICANCE IN

CHILD EDUCATION

Azizbek Jabbarovych Jabbarov [email protected] Isroiljon Kadirjonovich Urinbayev israilO [email protected] Andijan State University

Abstract: This article analyzes the ongoing work on the creation of a national hero in animated films of Uzbekistan and the problems that arise in it.

Keywords: screenplay, sketch, fantasy, exposition, character, image, character, director, artist, multiplier

Mamlakatimiz multiplikatsion filmlarida yaratilib kelinayotgan har bir obraz ma'lum asosga ega. Ijodkorlar har vaqt asar uchun obraz yaratishda milliy ko'rinishda ifoda etishga intilib kelishmoqda. Multfilm ishlash jarayonida turli xil qahramonlar obrazini yaratishda rassomdan kuchli mahorat talab qilinadi. Obraz yaratishda har bir rassom-multiplikator eng avvalo kuchli ijodiy qobiliyatga ega bo'lishi lozim. Ijodiy yondashib yaratilgan multfilmlar o'zining ta'sir kuchiga ega. Yaratilgan barcha multfilmlar bolalar tarbiyasiga ta'sir etuvchi katta kuchga ega. Farzandlarimiz nafaqat Uolt Disney qaxramonlarinigina bilib-tanib qolmasdan,

I fci^lS^^Bl 593 ISSN 2181-063X/ Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

o'zbek xalq ertaklarini, milliy qahramonlarimizni ham tanib, ular bilan iftixor qilishga odatlansin.

O'zbek multiplikatsiyasida so'nggi yillarda milliy multqahramon yaratish talabi qo'yilmoqda. Buning dastlabki ko'rinishi 2019 yil yanvar oyida Maktabgacha ta'lim vazirligining "Eng yaxshi bolalar personaji yaratish" bo'yicha e'lon qilingan tanlovda ko'rindi. Mazkur tanlovga havaskor ijodkorlar tomonidan turli qahramonlar tasvirlangan eskizlar kelib tushgan. Masalan, buyuk daholarimiz Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, To'maris kabi qahramonlar tasviri va shuningdek, qiziqish asosida yaratilgan o'zbek farzandining kichik yoshdagi ko'rinishidan iborat tasvirlar tashkil etgan. Bu eskizlar orasida o'zbek millatiga xos qahramon sifatida buyuk daholarimiz tasvirida iborat eskizlar tanlov g'olibi sifatida e'tirof etildi. Lekin har qanday kirishilgan ishda natija muhim. Mazkur tanlovning natijasi esa afsuski o'zbek multiplikatsiyasi rivojida hech qanday ahamiyatga ega bo'lmadi. Qolaversa, puxta o'ylab topilmagan qahramonlar shuningdek, tag asossiz badiiy tasvir bilan yaxshi film yaratish mushkul.

Bugungi kunga kelib ya'ni, 2019 yil "Xalqaro animatsiya kuni" tadbirida e'lon qilingan tanlovning kelgusidagi natijasini puxta o'ylagan holda mazkur tanlovning e'lon qilinishiga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Chunki avvalgi tanlov respublikamiz multiplikatsiyasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar uchun maktab vazifasini o'taydi. Chunki multiplikatsion qahramon yaratish bo'yicha berilgan vazifaga ijodkorning ruhiy olami har doim ham bo'ysunavermaydi. Bu ichki qobiliyat natijasida yaratiladigan asar. Talab bo'yicha yaratilgan asar bilan ijodiy yondashib yaratilgan asarning osmon bilan yercha farqi bor. Shunday ekan, bugungi kunda milliy multqahramon yaratish bo'yicha qo'yilayotgan talab esa o'zbek multijodkorlarining ijodiy faoliyati uchun ramkadek gap. Multqahramon yaratish ermak yoki bir havas emaski uni har qanday inson yarata olsa. Multiplikatsiya san'atining tili, tabiati, butun bir fantaziyaga boy dunyosi, yaratuvchanlik mahoratiga ega bo'lgan ijodkorgina yaxshi obraz yarata olishi mumkin. Lekin bu san'atni yuzaki tushunadigan havaskorlar tomonidan yaratilgan qahramonlar esa uzoq yashamasligi tabiiy. Qolaversa, multfilm bu sintetik san'at. Shuning uchun bu ish faqat birgina ijodkor bilan amalga oshmaydi. Yaxshi ssenariy yoki yaxshi bir qahramon eskizi yaratilgan bo'lishi mumkin. Ammo bu qahramonni jonlantirish butun bir guruhning mahoratiga bog'liq.

Qahramonni filmda yashashini tasavvur etgan ssenariyst yoki rassom ko'zlagan natijani 50 ga yaqin animatorlar bilan ham ba'zan chiqarib berolmaydi. O'zbek multiplikatsiyasida esa bugungi kunda mutaxassislar tanqisligi haligacha davom etmoqda. Xorij multfilmlarida esa eng kichik guruh a'zolari 150 nafarni tashkil etadi. Qolaversa, bu davlatlarning tag asosi, fundamenti ya'ni, maktabi mavjud. O'zbek

594

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

multfilmidagi eng og'riqli nuqtalardan biri ham shunda. Shu bilan birga ssenariy yaratish borasida ham.

Tanlov bo'yicha multstudiyaga kelib tushayotgan ssenariylarning hammasi ham multfilm talabiga mos emas. Mazkur tanlovga 50 dan ortiq ssenariylar kelib tushgan. Masalan, "Quyonmi yoki filmi?", "Maqtanma, xo'roz...", "Akobir qitmir", "Alvon rangli ko'ylak siri", "Oybekning sarguzashtlari" kabi qator ssenariylarni keltirish mumkin. Ssenariylar orasida "Qaldirg'och", "Cho'pqo'g'irchoq" hamda "Uchar tipratikan" ssenariylari spesifik jihatdan oz bo'lsada ijodkor va tomoshabinda qiziqish uyg'otadigan ssenariy sifatida ko'rindi. Ammo kelib tushgan ssenariylarni aksariyati multiplikatsion asar yaratish yoki tomoshabinga milliy qahramonni tasvirlab berishga noloyiq materiallardan tashkil topdi. Misol uchun, "Quyonmi yoki filmi?" adabiy ssenariysida: ssenariyning ekspozitsiya qismida ro'y beradigan voqealar va personajlar dialogi faqat so'z orqali ifodalanib, uzoq daqiqani tashkil etgan. Ya'ni, ko'p daqiqali gap-so'zdan iborat bo'lib, unda harakat, ritm, xarakter keyingi makon voqealarining so'nggida aniqlangan. Agar multiplikatsion asarda personajlarning harakati emas, ularning gap so'zi ustunlik qilsa bu film yosh tomoshabin uchun zerikarli kadrlarni yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Shu jihatdan multiplikatsiya uchun yaratiladigan film ssenariysida syujet ritmga va qahramonlar dinamikaga boy bo'lishi kerak.

Shuningdek, ssenariydagi sayyohlarning harakatiga e'tibor qaratiladigan bo'lsa, ularning hatti harakati orqali sayyohlarga nisbatan salbiy munosabat yuzaga keladi. Multiplikatsion asarda esa ko'proq ijobiy qahramon orqali tomoshabinni ezgu g'oyalarga yetaklashga va buzg'unchi g'oyalarda yiroqlashishga harakat qilinadi. Mazkur ssenariyda syujet voqealari va personajlar harakati orqali sayyohlarni jalb etishga e'tibor qaratish kerak. Bunday ssenariylar multiplikatsiya san'atining tili va spesifik talabidan kelib chiqib, asar voqealari va qahramonlar harakatini tasviriy vositalar orqali ifodalanishini birinchi planga qo'ygan holda qayta ishlab chiqilishi lozim.

O'zbek multiplikatsiyasida bugungi kungacha yaratilgan filmlarda ijobiy natijani ko'rsatgan qator milliy qahramonlarimiz mavjud. Jumladan, D.Salimov va Yu.Petrov hamkorligida yaratilgan "Sehrli sandiq" qo'g'irchoq filmidagi Zumrad va Qimmat, mahoratli ijodkor M.Mahmudovning ilk perekladka filmi qahramoni "Xo'ja Nasridin", fantaziyaga boy iqtidorli ijodkor S.Alibekovning chizma usulda yaratgan "Uzviylik" kartinasi bosh qahramoni va ijodkor D.Vlasovning zamonaviy texnologiyada yaratgan "Bor baraka" filmi qahramoni bo'lgan keksa inson obrazi millatimizga xos xarakterda talqin etilgan.

Bugungi kunda zamonaviy jarayonda yosh ijodkorlar milliy multqahramon yaratishda sohaning yirik vakillari tajribalarini o'rgangan holda yondashsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Chunki aynan mazkur san'at asari uchun adabiy asar yaratishda u

rfccVÜ^^BI 595 ISSN 2181 -063X/lmpact Factor 4.047 (SJIF 2021)

hox ssenarist, yoki rejissyor bo'ladimi albatta, soha ijodkori bo'lishi kerak. Aks holda uning adabiy va badiiy asari mutaxassislar tanqidiga sabab bo'lishi tabiiy. Chunki animatsion film uchun yoziladigan ssenariy bolalar adabiyotidan tubdan farq qiladi. Animatsiya - bu dinamikani, voqealar boyligini, qiziqarli personajlar hamda turli-tuman xarakterlarni nazarda tutuvchi vizual san'at.

O'zbek multiplikatsiyasida rejissyorning eng katta muammosi, bu bolalar dramaturgini topish. Mazkur yo'nalishda ijod etuvchi dramaturglarning yetishmasligi sababli, badiiy asar rejissyor, rassom va animatorlar tomonidan yozilib, ekran tiliga moslashtirib kelinmoqda. Lekin bu sohada ijod etuvchi ijodkorlarning hammasi ham yozish san'atida birdek mahoratga ega emas.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Akbarov H. Adabiyot va kino. -T.: Fan, 1981.

2. Akbarov H. Kino-telerejessura montaj. "Garmoniya". Uch qismli television musiqali hujjatli film ssenariysi. - T.: Ilm ziyo, 2007.

3. Haydarova N. T. O'zbekiston animatsion filmlari davriy katalogi. T.: Turon-Iqbol. 2019.

4. I.A.Karimov. 1995 yil 23 fevralda O'zbekiston Oliy Majlisi birinchi sessiyasida so'zlangan nutqi.

5. "Multiplikatsion filmlar studiyasi" DUK hujjatlari.

596

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.