Научная статья на тему 'ZAMONAVIY O’ZBEK KINO RASSOMLIGIDA BADIIY JARAYONLAR VA ULARNING RIVOJLANISH MUAMMOLARI'

ZAMONAVIY O’ZBEK KINO RASSOMLIGIDA BADIIY JARAYONLAR VA ULARNING RIVOJLANISH MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
326
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
kino rassom / kino dekoratsiya / eskiz / filmning tasviriy yechimi / kadr / janr / o’zbek kino tarixi

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Gulnoz Mannob Qizi Jalolova

Ushbu maqola tasviriy san’at turlaridan biri hisoblanadigan kino rassomligi va dekoratsiya san’atidagi badiiy jarayonlar va ularning rivojlanishi xususiyatlarini ochib beradi. Shuningdek, maqolada kino dekoratsiyasi va eskizlar yaratishdagi an’anaviy va zamonaviy uslublar tasnifi bir qancha rassomlar ijodi misolida tahlil qilinadi va eskizning badiiy va uslubiy jihatlari haqida ma’lumot beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY O’ZBEK KINO RASSOMLIGIDA BADIIY JARAYONLAR VA ULARNING RIVOJLANISH MUAMMOLARI»

ZAMONAVIY O'ZBEK KINO RASSOMLIGIDA BADIIY JARAYONLAR VA ULARNING RIVOJLANISH MUAMMOLARI

Gulnoz Mannob qizi Jalolova ORCID: https://orcid.org/0000-0003-4911-8723 j [email protected] Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti

Annotatsiya: Ushbu maqola tasviriy san'at turlaridan biri hisoblanadigan kino rassomligi va dekoratsiya san'atidagi badiiy jarayonlar va ularning rivojlanishi xususiyatlarini ochib beradi. Shuningdek, maqolada kino dekoratsiyasi va eskizlar yaratishdagi an'anaviy va zamonaviy uslublar tasnifi bir qancha rassomlar ijodi misolida tahlil qilinadi va eskizning badiiy va uslubiy jihatlari haqida ma'lumot beriladi.

Kalit so'zlar: kino rassom, kino dekoratsiya, eskiz, filmning tasviriy yechimi, kadr, janr, o'zbek kino tarixi

ARTISTIC PROCESSES AND PROBLEMS OF THEIR DEVELOPMENT IN

MODERN UZBEK CINEMA ART

Gulnoz Mannob kizi Jalolova ORCID: https://orcid.org/0000-0003-4911-8723 j [email protected] National institute Fine arts and Design after named Kamoliddin Behzod

Abstract: This article reveals the artistic processes and peculiarities of their development in the film-decoration art, which is considered as one of the types of fine arts. Also, the article will analyze the classification of traditional and modern styles in the creation of cinematic decorations and sketches on the example of the work of several artists.Information about the artistic and methodological aspects of the sketches created by the artists is given.

Keywords: film artist, film decoration, sketch, visual solution of the film, frame, genre, history of Uzbek cinema

O'zbekistonda kino san'ati nisbatan yosh san'at turi hisoblanadi. Hozirgacha kino xodimlari ushbu san'atning jadal rivojlanishi uchun barcha choralarni ko'rishdi va qisqa muddat ichida o'zbek kinosi biz uni hozir ko'rib turgan shaklda shakllandi. Kino san'ati - badiiy ijodning bir turi, texnik vositalar asosida tashkil etilgan kinematografiya ekranning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. U o'zida bir vaqtning

I icclT^^^^H 71 http://oac.dsmi-qf.uz

o'zida bir qancha san'at turlarini jamlaydi - musiqa, adabiyot va tasviriy san'at, shuning uchun u juda murakkab va eng ko'p ta'sirga ega san'at turi hisoblanadi.

Kino san'ati asarlari jamoaviy mahsulot, u yozuvchi-dramaturglar, rejissorlar, aktyorlar, operatorlar, rassomlar, bastakorlar va boshqa ijodkor odamlar hamkorligida dunyoga keladi. Kinoda yetakchi rolni rejissyor, operator va rassom ijro etadi. Film yaratish ijodkorlik va ishlab chiqarishni qamrab oladi. Uning yaralishida va visual ko'rinish olishida kino rassomlarning roli alohida qiymatga ega. Kino rassom film visual yechimi bilan shug'illanadi va uning eskizlari asnosida kino dekoratsiyalar yaratiladi.

Film uchun eskiz - tasviriy san'atning haqiqatda cheksiz bo'lgan dunyosida mutlaqo alohida badiiy ijod turidir. Kino eskiz hech qanday uslub, syujet yoki janrga moslanmaydi: u lakonik grafika va ayni paytda empressionist ranglarga boy polotno bo'lishi, albom varag'idagi oddiy akvarel eskiz va moybo'yoqda xolstda ishlangan epik jang sahnasiga boy eskiz bo'lishi mumkin.

Kino eskiz kinematografiyaning paydo bo'lishi bilan uning ajralmas qismi bo'lib kelmoqda. "Vizual ssenariy"siz filmni yaratish mumkin emas. Kino paydo bo'lgan ilk davrlarda kino rassomlarga uning yaratilishi uchun yangi uslub o'ylab topishga hojat yo'q edi - kino hozirgi kunga qadar sahna, kostyum va sahna ko'rinishidagi teatr tizimini o'ziga andoza sifatida qabul qildi. Biroq, vaqt o'tishi bilan kino ham o'z shakllariga ega bo'ldi va rivojlana bordi.

"Rassomning vazifasi kinoning yaxlit dunyosini yaratish - unga havo va atmosfera berishdir. Komediyada u kinoya bo'lishi mumkin, dramada esa -realistik. Haqiqat haqidagi tushunchamiz shundan iboratki, biz nimanidir ko'rganda to'liq tafsilotlarni deyarli eslay olmaymiz, lekin biz ko'rgan narsalarimizdan olgan his-tuyg'ularimizni yaxshi eslaymiz. Rassom eskizni yaratish jarayonida atrofdagi dunyodan faqat rejissyorlik g'oyasini eng katta ifoda eta oladigan, tomoshabinning zarur his-tuyg'ularini uyg'ota oladigan narsalarni oladi", deydi Sergey Fevralev1. Shuning uchun rassom qanday texnikani yoki rasm turini tanlashi muhim emas -ba'zida uning fikrini tartibga solish, kollaj yoki installyatsiya orqali unga osonroq bo'lishi mumkin. Sergey Fevralevning so'zlariga ko'ra, ko'p narsa rejissorga bog'liq -ba'zi rejissorlar oddiy qalam grafikalari, boshqalari esa batafsil rangli chizmalarni talab qiladi.

"Eskiz - kartinani yaratish vositalaridan biridir, Tasviriy san'at asarlarida ham kartina yaratish oldidan bir qancha eskiz variantlar, unda voqea hodisani ifodali ko'rsata oladigan harakat va holatlar tasvirlangan va ulardan eng saralari badiiy ishlangan holda yakuniy kartinada ishlatilgan. Xuddi shu kabi filmda ham eskizlar to'liq polotnoni yaxlit ko'rish uchun rejissor uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

1 Эскиз к фильму: от замысла до воплощения. Августа 2018-www.mostfilm.ru

72

Lekin bu bilan eskiz - bu filmning oxirgi ko'rinishi yoki butun filmning raskadrovkasi deb tushinib bo'lmaydi. Ba'zi eskizlar to'liq filmning koloriti holati haqida tushuncha berib, film atmosferasini ko'rsatishi va bunday kadr filmda bo'lmasligi ham mumkin, ammo u rejissorga filmning visual ko'rinishi ko'rishga yordam beradi.

Kino eskizlar avvaldan turli xil uslublarda yaratilgan bo'lib, uning yaratilishi uchun foydalanadigan texnika va texnologiyalar rivojlanib bormoqda. Kino eskiz yaratishda qanday materialdan foydalanish rassomning xohishiga ko'ra tanlanib, bunda asosan film ruhiyatini qaysi material ochib berishiga e'tibor qaratilgan. Qo'lda bajariladigan rangli eskizlar turli xil qattiq va yumshoq yuzalarga akvarel, moybo'yoq, guash, akril, tempera bo'yoqlarida, qog'oz va karton yuzasiga grafik ishlar esa sangina, pastel, rangli qalamlar, sepiya kabi materiallardan foydanilgan holda yaratilgan. Masalan kartinaga tarixiylik ruhiyatini berish uchun sangina va sepiyadan yoki kofedan ham foydalanish mumkin, ushbu materialarning qizg'ish jigarrang ranglari eskizga tarixiylik ruhiyatini va kayfiyatini berish bilan birgalikda, rejissorga eksplikatsiya qilish jarayonida juda qo'l keladi.

O'zbek kino rassomlari ijodini tahlil qilish davomida, ularning ijodiy uslublari zamon o'zgarishi va yangi texnika va texnologiyalardan foydalanishlariga ko'ra uch qatlamga ajratib o'rganish mumkin. Ilk kino rassomlar kino eskizlarni yaratishda asosan an'anaviy materiallardan foydalanishlagan bo'lib, ularda eskizni realistik tasvirlash va detallarga e'tibor qaratish kuchli bo'lganligini ko'rishimiz mumkin (Emonuel Kalontarov, Varsham Yeremyan, Narimon Raximboyev, Baxtiyor Nazarov va b.).

1. V.N.Yeremyan "Avitsenna" va "Orol baliqchilari" filmlari uchun eskiz O'rta qatlam vakillari ijodlari esa kino eskizlarda an'anaviy materiallardan ekspressionistik uslubda foydalanganligi va rakurslarga e'tibor qaratilganligi bilan ajralib turadi (Sh.Abdumalikov, B.Ismoilov, Q.Nuritdinov, A. Saidov va b.). Jumladan, Shuhrat Abdumalikovning "Oq kema" filmi uchun yaratilgan kema eskizi pastki rakusrdan olingan bo'lib, kemaning eskiligi va undan faqat ayrim qismlar qolganligiga qaramasdan eskizga viqor bag'ishlaydi. Rang, kolorit jihatidan ham sovuq kulrang,

I fctlT^^^^H 73 http://oac.dsmi-qf.uz

ko'k qora ranglardan foydalanilgan bo'lib bu rejissorga eksplikatsiyada juda qo'l kelgan. Filmda eskiz asnosida yaratilgan yana ko'plab dekoratsiyalarni ko'rish mumkin. Jumladan Jizzax cho'llarida yaratilgan mo'jaz qishloq dekoratsiyasi, undagi qabriston, hattoki turli ma'noga ega bo'lgan qayiqlar maketi ham aynan rassom g'oyalari asosida yaratilgan bo'lib, filmning badiiy jihatdan boyitgan.

2. Shuhrat Abdumalikov "Oq kema" filmi uchun eskiz va dekoratsiya So'nggi qatlam vakillarini esa mustaqillik tengdoshlari bo'lgan kino rassomlar guruhi tashkil etib, ular eskizlarni yaratish jarayonida yangi texnologiyalardan muvaffaqiyatli foydalanishayotganini ko'rish mumkin. (F.Bozorov, S.Kenjayev, Sh.Bahriddin, M.Rahimov va b.). Shamsutdinov Bahriddin va Muhammadali Rahimovning kinofilmlar uchun yaratgan eskizlarini o'rganish jarayonida, ularda zamonaviy uslublarning yaqqol ko'rinishini sezish mumkin. Kino eskizlar ba'zilari qo'lda bajarilgan bo'lsa, ba'zilarida zamonaviy texnika - planshetdan foydalanilganligini ko'rish mumkin. Kino eskizlar uslubi esa g'arb mangalarini va komikslarini eslatadi.

3. Shamsutdinov Bahriddin "Ilhaq" filmi uchun eskizlar Kino eskizlarining yaratilishida an'anaviy yoki zamonaviy uslublar foydalanishidan qat'iy nazar undagi badiiylik jihatlari o'zgarmaydi. Eskizlarda rang koloriti uyg'unligini, shakllarning kompozitsion to'g'ri joylashganligini, och va to'q dog'lar(n^THo)dan unumli foydalanganligini ko'rish mumkin. Shuningdek perspektiva qonuniyatlaridan ham to'g'ri foydalanilish bilan birgalikda, kompozitsiyaga kirish vazifasini o'tovchi shakllardan foydalanilgan.

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 3 Issue 3 / September 2022

Har uch qatlam vakillari o'z ishining ustalari bo'lib, ular yaratgan eskizlar film badiiy muhitini ochib berishga, filmga atmosfera berishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Сосновская А. Художники театра и кино. - Ташкент: Издательство литературы и искусства имени Гафура Гуляма, 1982. 65-85b

2. Aminov X.R Kino kompozitsiyasi. - Toshkent: Iqtisod-moliya, 2017. 42-56b

3. Abul-Qosimova X. Kinoteleradio tarixi va nazariyasi. - Toshkent, 2008

4. Скорик Е.А., Скорик А.А. Монтаж изобразительного и кинематографического пространства - Москва: Концепт. 2014. № 03 (март).

5. Иванов В.К., Калантаров Э.М. - Ташкент: Издательство советский художник. 1986

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.