Научная статья на тему 'O’ZBEK MILLIY KASHTACHILIK SAN’ATINING O’ZIGA XOS HUSUSIYATLARI'

O’ZBEK MILLIY KASHTACHILIK SAN’ATINING O’ZIGA XOS HUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
Kashtachilik / naqsh / vositalar / gulli bezaklar / igna / so’zana / milliy qadryatlar / amaliy san’at. / вышивка / узор / инструменты / цветочные украшения / игла / иголка / национальные ценности / прикладное искусство.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Mamaxanova Zebuniso Obidovna, O’rmonova Durdona Ramzjon Qizi

Maqolada o’zbek milliy kashtachilik san’atining o’ziga hos xususiyatlarini o’rganish asosida kashtachilikning zamonaviy rivojlanish yo’nalishlari yoritilgan. Dizaynerlik yo’nalishida tahsil olayotgan talabalar bilan tadqiqotlar asosida kashtachilikning zamonaviy rivojlanish yo’nalishlari belgilangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

УНИКАЛЬНЫЕ ЧЕРТЫ УЗБЕКСКОГО НАЦИОНАЛЬНОГО ИСКУССТВА ВЫШИВКИ

В статье описываются современные направления развития вышивки на основе изучения уникальных особенностей узбекского национального искусства вышивки. Определены направления современного развития вышивки на основе исследований со студентами, изучающими дизайн.

Текст научной работы на тему «O’ZBEK MILLIY KASHTACHILIK SAN’ATINING O’ZIGA XOS HUSUSIYATLARI»

O'ZBEK MILLIY KASHTACHILIK SAN'ATINING O'ZIGA XOS HUSUSIYATLARI

Mamaxanova Zebuniso Obidovna

Namangan muhandislik texnologiya instituti Dizayn kafedrasi assistenti. O'rmonova Durdona Ramzjon qizi Namangan muhandislik texnologiya instituti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7852301

Annotatsiya: Maqolada o'zbek milliy kashtachilik san'atining o'ziga hos xususiyatlarini o'rganish asosida kashtachilikning zamonaviy rivojlanish yo'nalishlari yoritilgan. Dizaynerlik yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar bilan tadqiqotlar asosida kashtachilikning zamonaviy rivojlanish yo'nalishlari belgilangan.

Kalit so'zlar: Kashtachilik, naqsh, vositalar, gulli bezaklar, igna, so'zana, milliy qadryatlar , amaliy san'at.

УНИКАЛЬНЫЕ ЧЕРТЫ УЗБЕКСКОГО НАЦИОНАЛЬНОГО ИСКУССТВА

ВЫШИВКИ

Аннотация: В статье описываются современные направления развития вышивки на основе изучения уникальных особенностей узбекского национального искусства вышивки. Определены направления современного развития вышивки на основе исследований со студентами, изучающими дизайн.

Ключевые слова: вышивка, узор, инструменты, цветочные украшения, игла, иголка, национальные ценности, прикладное искусство.

UNIQUE FEATURES OF UZBEK NATIONAL EMBROIDERY ART

Abstract: The article describes the modern development directions of embroidery based on the study of the unique features of the Uzbek national embroidery art. The directions of modern development of embroidery have been determined based on research with students studying design.

Keywords: Embroidery, pattern, tools, floral decorations, needle, needle, national values, practical art.

KIRISH

Kashtachilik - mato yoki boshqa materiallarni igna ip orqali bezash san'ati yoki qo'l san'ati hisoblanadi. Kashtachilik san'ati asrlar davomida rivojlanib, keng miyosda matolarga bezak berish maqsadida qo'llanilgan. Kashtachilikning kelib chiqishi Zamonaviy Odam davriga yoki miloddan avvalgi 30 000 yillikka to'g'ri keladi. Yaqinda o'tkazilgan arxeologik topilmalarni o'rganish davomida qo'lda tikilgan va bezatilgan kiyim, etik va bosh kiyimlarning toshga aylangan qoldiqlari topildi [1].

Kashtachilik va boshqa ko'plab matolarga bezak berish bilan bog'liq tikuvchilik san'ati Aynan biz yashayotgan hududlarga va Yaqin Sharqda paydo bo'lganligini ko'plab arxeologik tadqiqotlar natijalari bilan isbotlangan. Ibtidoiy insoniyatning rivojlanishi hayvonlar terisini birlashtirish uchun ishlatiladigan choklarni bezak uchun ham ishlatilishi mumkinligini angladilar. Turli qadimiy buyumlarda aholi tomonidan tasvirlangan tarixiy yodgorliklarda, haykallar, rasmlar va vazalarda ip bilan bezak berib tikilgan kiyim kiygan odamlar tasvirlangan.

Kashtachilikning tarixiy rivojlanish bosqichida diniy buyumlarni bezash maqsadida mayda shakldagi marvaridlar kiyimlarga tikilishi keng yoyildi. Shu bilan birga kiyim-kechaklarga munchoqlar tikilishi ham rivojlanib bordi. Miloddan avvalgi 1500 yilga kelib kashtachilik dunyoning boshqa hududlari kabi O'rta Osiyo hududida ham rivojlanib bordi. Aynan o'zbek

milliy kashtachilik san'atida 1700-yillarda kiyimlar ip orqali hosil qilingan naqsh va munchoq kashtachiligi mashhurlikka erishdi. Kashtachilik inson liboslari bilan bir vaqtda uy jihozlari hamda boshqa ko'plab buyumlarni bezatilishi keng tarqala boshladi.

Ozbek milliy kashtachilik xalq hunarmandchilik san'atining eng qadimiy turlaridan biri hisoblanib, u millatning oz turmushini gozal qilish maqsadi natijasida shakllangan. Milliy kiyimlar va uy ro'zg'or buyumlarini bezashda kashtachilik san'ati qadimdan qollanilib kelingan.

Milliy kashtachilik san'atimizning o'ziga hos go'zalligi va jiloli naqshlar bilan boyitilganligi bois bugungi kunda nafaqat mamlakatimizda, balki horijiy mamlakatlarda ham shuhrat qozonib kelmoqda. Ozbek xalqining qo'li gul kashtachilari qollari bilan tikilgan kirpich, sozana, zardevor, gulko'rpa, choyshab kabilar Amerika Qo'shma Shtatlari, Fransiya, Italiya, Yaponiya, Germaniya, Belgiya, Hindiston hamda Rossiya Federatsiyasi kabi mamlakatlarning san'at muzeylarida doimiy yuqori ahamiyatga ega eksponat sifatida ko'rilib kelinmoqda.

XIV-XV asrlarga oid manbaalar va miniatyuralarda kashtachilik na'munalarini keng miqyosda uchratishimiz mumkin. Jumladan, Amir Temur saroyida yashagan ispan elchisi Rui Gonzales de Klavixo o'z esdaliklarida saroyda kashta bezaklarini tomosha qilganini yozgan. Behzod "Zafarnoma" qo'lyozmasiga ishlagan "Temur taxtda" miniatyurasida (1467) kashtali chodirni ham aks ettirgan.

Kashta choklari, kashta tikish va uslublarining turli-tumanligi o'zbek kashtado'zlarining katta san'atidan dalolat beradi. Masalan Nurota, Buxoro, Samarqand Kashtado'zlik mahsulotlari ko'proq yo'rma chok bilan, Shahrisabzda yo'rma, kandaxayol, iroqi, Toshkentda esa ko'proq bosma chok bilan tikilgan. Ijtimoiy hayotda ro'y bergan o'zgarishlar Kashtado'zlik an'analariga, mahsulotning turlariga ta'sir ko'rsatgan [2].

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Tadqiqotlarimiz davomida milliy kashtachiligimizning qadimiyligini Markaziy Osiyo davlatlari hududida o'tkazilgan arxeologik topilmalar va yozma manbalarining mavjud dalillaridan foydalanilgan holda olib borildi. Kashtachilik bo'yicha olingan tarixiy manbaalarni tahlili asosida shuni ta'kidlash mumkinki, aynan XIV-XV asrlarga mansub miniatyuralar orqali kashtachilikning o'ziga hos rivojlanganligini qayd etishimiz mumkin. XIX asrda kashta tikish mashinasining kashf etilishi sohada yangi san'at asarlarini ko'payishiga hamda turlarini ortishiga sabab bo'ldi. Qolaversa kashta ranglari va naqshlar turlarining yuqori simmetrik o'lchamlarda amalga oshirish imkoniyati yuzaga keldi. Shunday bo'lishiga qaramay, xalqimiz orasida kashtachilikning ko'pgina turlarini aynan qo'l bilan tikish an'anasi saqlanib keng miqyosdagi xunarmandchilik tarzida bugungi kungacha rivojlanib kelmoqda [3].

Qadimdan o'rta osiyo xalqlarining yashash tarzi, madaniyati va marosimlari kabi kiyimlari ham bir biriga juda yaqin bo'lgan. Jumladan tojik kashtachiligida chiroyli gullar, doirasimon, gul shoxchalari, bulbul, aylanma yo'lli naqshlardan ko'p foydalanilgani holda, o'zbek kashtalarida o'simliksimon, geometrik hamda gul naqshlari ko'proq aks ettiriladi. Rus kashtachiligida geometrik, o'simliksimon shakllar, gullar, qush va mevalar ko'p tasvirlanadi. Qozoq va qirg'iz kashtachiligi bir-biriga yaqinroq bo'lib, ularda gul, geometrik shakllar bilan bir qatorda ko'proq hayvonlar, shox va tuyoqlarni eslatuvchi elementlar turli ranglarda tasvirlanadi.

O'rta Osiyo xalqlari, jumladan, tojik xalqida ham qadimiy an'analarga ko'ra, tojik qizlari ham turmushga uzatilayotganda kashtachilik buyumlari ularga sep tarzida berilgan. Kelinchakning kelinlik liboslari ham boshidagi ro'moli, paranjisi, ko'ylagi, nimchasi hatto oyoq kiyimlari ham chiroyli naqshlar bilan bezatilgan. Kelinchakning uyidagi ko'rpa-to'shak, ko'rpa ustiga tashlanadigan mato (ro'yjo), sholcha, gilam, supra va boshqa ro'zg'or buyumlari ham aynan

yuqoridagidek naqshu nigor bilan bezatilgan. Kelinchakni uzatiladigan uyga olib boradigan ot va arava ham xuddi shunday yasatilgan [4].

Eng ajoyibi shundaki, bo'lajak kelinchaklar mana shu seplaridagi har xil kashtachilik buyumlarini o'zlari tayyorlashlari lozim bo'lgan. To'y kuni kuyovning uyiga ilib qo'yilgan buyumlarga qarab, kelinning qanchalik chevar ekanligiga baho berishgan. Shuning uchun qizlarga 7-9 yoshidan boshlab kashta tikishga o'rgatishgan. Ular uch, to'rt yildan keyin mustaqil kashta tika boshlashgan. Chevar kashtachilar o'zining san'ati va tabiatiga ko'ra, go'zallik haqidagi orzularini ifodalashga harakat qilganlar. Kashtalar qanchalik nozik, chiroyli bo'lsa, shunchalik qimmatga baholangan.

TADQIQOT NATIJALARI

Kashtachilik - kashta tikish kasbi, amaliy san'atning qadimiy soxalaridan biri bo'lib kelgan. Arxeologik topilmalar kashtachilikning deyarli barcha xalqlarda qadiymiyligini, iqlim, tabiy sharoit, muxit bilan bog'liq xolda xar bir xalqning madaniyati, san'ati, kasb xunar turlari bilan birga, ularni tasiri bilan rivoj topganini ko'rsatadi. Kashtachilikni paydo bo'lishi teridan qilingan kiyimlarda bog'lam va choklarni yuzaga kelishi bilan bug'liq. Davrlar mobaynida toshlardan suyaklardan bigizlarga metal begizlardan o'tish bilan, to'qish, shuningdek mato to'qish bo'yash va boshqa ishlar bilan bog'liq [5,6].

Hozirgi kunda mamlakatimizda va undan tashqarida xalqimizning boy va betakror badiiy boyligiga va milliy qadriyatlariga, qolaversa o'zbek xalqining moddiy va ma'naviy hayotida, hozirgi madaniyatning rivojlanishi uchun asos bo'lgan. Tanlangan mavzuning muhimligi shundan iboratki, O'zbekistonda juda qadimdan rivoj topgan kashtachilik san'atida hunar sirlarini mukammal o'zlashtirib, bu hunarni san'at darajasiga ko'tarilganligini quyidagi rasmlarda ham ko'rishimiz mumkun.

VIII asrning boshlarida O'rta Osiyoga islom madaniyatining kirib kelishi, badiiy bezak va naqqoshlik san'atining yanada rivojlanishiga sabab bo'ldi. Mahobatli rasmlardagi jonli mavjudotlar o'rnini tabiat tasvirlari, o'simliksimon va geometrik elementlar ishtirokidagi naqsh namunalari egalladi. Arab yozuvlari o'zlashtirilib, bezakli (epigrafika) uslubi paydo bo'ldi. Naqqoshlikda turli shakllar, gul elementlari va rang tuslarining ramziy falsafiy ma'nolari kengroq ifodalana boshlandi:

Kvadrat - abadiylik, mustaxkamlik .

Quyosh - hayot ramzi.

Zirk guli (gulsafsar) osoyishtalik va uzoq umr.

Olma - muxabbat ramzi.

Sher - mardlik, adolat va kuchlilik ramzi.

humo - baxt keltiruvchi qush.

Yashil rang - ona zamin.

Havo rang - musaffo osmon.

Yuqorida keltirilgan kashtachilik shakllari bugungi kunda ham o'zining ahamiyatini saqlash bilan birga turli zamonaviy ko'rinishda ifodalana boshlandi. Anan yuqorida keltirilgan shakl va ranglarning zamonaviy o'zbek milliy kashtachiligida aks ettirish borasida dizayin yo'nalishida tahsil oluvchi talabalar fikrlari so'rovnoma tarzda o'rganildi. So'rovnomada 212 nafar sohada tahsil oluvchi talabalar fikrlari o'rganildi. So'rovnoma natijalariga ko'ra kvadrat, Quyosh, zirk guli, olma, sher va Humo qushi kabi shakllarini kashtaning elementlari sifatida ifodalash zarurati mavjudligini hamda tarixiy an'analarimiz bilan bog'lanishda muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi.

Kashtachilikda ranglardan foydalanishda zamonaviy rangshunoslik natijalari bilan bir vaqtda yashil va havorangni markaziy rang sifatida saqlab qolish lozimligi ta'kidlandi. Talabalarimiz tomonidan 'Milliy kashtachiligimiz Sizning tassavvuringizda" nomli san'at asarlaridan keltirilgan n'munalar 1-rasmda keltirilgan.

MUHOKAMA

Talabalar tomonidan yaratilgan kashtachilik tasvirlarini tahlili asosida shuni qayd etish lozimki, qadimiy an'analarimizni saqlab qolgan holda zamonaviy rang va naqsh turlariga alohida e'tibor qaratish lozim bo'ladi. Kashtachilik san'at na'munalarini bugungi kundagi bozor iqtisodiyoti va marketing talablari asosida shakllantirish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

«

1-rasm. Milliy kashtachiligimizni libosga tushirilgan namunasi

XULOSA

Xulosa qilib aytish joizki, kashtado'zlik san'atida har bir millatning o'ziga xos eng ko'p qo'llaydigan naqshlari mavjud hamda ularni zamon talablari asosida rivojlantirish muhim hisoblanadi. Aynan tasviriy san'at sohasida ta'lim oluvchi talabalarga o'zbek millatining anana va qadryatlariga mos holda kashtachilik san'ati bilan bog'liq bilim va ko'nikmalarini shakllantirib borish zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati

1. Kamalova S.R , Babaxanova Х.А, Komilova S.D. OzTTITI Toshkent filiali direktori, k.f.n "Rangshunoslik injiniringi" fani bo'yicha maruzalar to'plami

2. N.S. Gaipova, M.A. G'afurova, Q.M. Abdullayeva. "Tikuv buyumlarini loyihalash, modellash, badiiy bezash". T.: Cholponnomidagi nashriyot-matbaaijodiy uyi. 2006y.

3. T.A.Ochilov, N.G.Abbasova, F.L.Abdullina, Q.I.Abdulniyozov. "Gazlamashunoslik". -T.: Cho Ipon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2010 y.

4. K.M. G'ulomov, S.S.Bulatov Sharqona usta shogird odobi. - O'zROO"MTV o'quv adabiyotlari, jurnal va byuletenlarni nashrga tayyorlash markazi, 2000. 120 bet.

5. S.S.Bulatov va M. Ashirov Amaliy san'at atamalar lug'ati. - Toshkent : Ensiklopediya bosh red., 1991. 86 bet.

6. K.M. G'ulomov Amaliy san'at. - T: Iqtisod -moliya, 2008. 90 bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.