Научная статья на тему 'O‘ZBEK MAROSIM FOLKLORI HAQIDA TUSHUNCHA'

O‘ZBEK MAROSIM FOLKLORI HAQIDA TUSHUNCHA Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Inter education & global study
Область наук
Ключевые слова
o‘zbek marosim folklori / nomoddiy madaniy merosi / xalq og‘zaki ijodi / to‘y marosimi / janr / qo‘shiq / she’riy kontekst / etnofolkloristika / folklor materiallari. / узбекский обрядовый фольклор / нематериальное культурное наследие / народное устное искусство / свадебный обряд / жанр / песня / поэтический контекст / этно-фольклористика / фольклорные материалы.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — N.A. Karimova

maqolada o‘zbek xalqining an’ana va marosimlari bilan bog‘liq, milliy o‘zlikni ifodalovchi turli folklor janrlarining shakllanishi milliy qadriyatlar timsoli bo‘lgan xalq og‘zaki ijodining tarixiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etgani ta’kidlandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

UNDERSTANDING OF UZBEK CEREMONIAL FOLKLORE

в статье отмечено, что формирование различных фольклорных жанров, связанных с традициями и обрядами узбекского народа, олицетворяющих национальную самобытность, имело большое значение в историческом развитии народного творчества, которое является символом национального ценности.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK MAROSIM FOLKLORI HAQIDA TUSHUNCHA»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© N.A. Karimova 1B_

1 Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: maqolada o'zbek xalqining an'ana va marosimlari bilan bog'liq, milliy o'zlikni ifodalovchi turli folklor janrlarining shakllanishi milliy qadriyatlar timsoli bo'lgan xalq og'zaki ijodining tarixiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etgani ta'kidlandi.

MAQSAD: o'zbek marosimi va folklorining asosiy maqsadlari bo'lib, ular o'zbek xalqining identifikatsiyasini saqlash, milliy madaniyatni oshirish va tarqatish, birlik va hamjamiyatni kuchiylatish, qadimiy yodgorliklarni saqlash, o'zbek tilini va adabiyotini o'qitish, turizm va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va ko'p qatlamli maqsadlarga erishishda muhim rol o'ynaydi

MATERIALLAR VA METODLAR: o'zbek marosimi va folklorini o'rganishda ko'plab materiallar va metodlar mavjud. Bu materiallar va metodlar o'zbek xalqining tarixiy, madaniy va ijtimoiy kontekstida tushuncha olishga yordam beradi. Quyidagi materiallar va metodlar o'zbek marosimi va folklorini o'rganish uchun foydalaniladigan eng ko'p ishlatiladiganlardan bir qismini bildirish mumkin:

MUHOKAMA VA NATIJALAR: o'zbek marosimi va folklori bo'yicha olib borilayotgan muhokamalar va olingan natijalar o'zbek xalqining milliy madaniyatining va identifikatsiyasining tushuntirilishi, tarixiy yodgorliklarining saqlanishi va o'zbekiston jamiyatining ijtimoiy hayotining o'zgarganligi uchun ahamiyatga ega. Quyidagi muhokama va natijalar, o'zbek marosimi va folklorining tushuntirilishi va qadriyatining yanada rivojlanishi yo'nida amaliy ko'rsatgich bo'ladi

XULOSA: xulosa qilib aytganda, xalq og'zaki ijodi namunalarini yoshlar ongiga singdirish hamda ular hayotidan o'rin olishida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Bulardan biri - respublikamizda mavjud bo'lgan folklor-etnografik ansambllari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bo'lib, xalqimizning milliy qadriyatlar bo'lmish mehr-saxovat, komil insonni tarbiyalashda, ajdodlar merosini avlodlarga yetkazishda barakali va xayrli ijod qilib kelmoqdalar.

Kalit so'zlar: o'zbek marosim folklori, nomoddiy madaniy merosi, xalq og'zaki ijodi, to'y marosimi, janr, qo'shiq, she'riy kontekst, etnofolkloristika, folklor materiallari.

Iqtibos uchun: Karimova N.A. O'zbek marosim folklori haqida tushuncha. // Inter education & global study. 2024. №4(1). B. 327-332.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №4(1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ПОНИМАНИЕ УЗБЕКСКОГО ОБРАЖДЕННОГО ФОЛЬКЛОР_

© Н.А.Каримова1Н

1 Культурология и нематериальные научно-исследовательский институт, Ташкент, Узбекистан

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в статье отмечено, что формирование различных фольклорных жанров, связанных с традициями и обрядами узбекского народа, олицетворяющих национальную самобытность, имело большое значение в историческом развитии народного творчества, которое является символом национального ценности.

ЦЕЛЬ: основными целями узбекской обрядности и фольклора являются сохранение самобытности узбекского народа, приумножение и распространение национальной культуры, укрепление единства и общности, сохранение древних памятников, обучение узбекскому языку и литературе, популяризация туризма и международная игра играет важную роль в развитие сотрудничества и достижение многоплановых целей

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: существует множество материалов и методов изучения узбекской обрядности и фольклора. Эти материалы и методы помогают понять исторический, культурный и социальный контекст узбекского народа. Следующие материалы и методы являются одними из наиболее часто используемых для изучения узбекских ритуалов и фольклора:

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: обсуждения и полученные результаты по узбекским обрядам и фольклору важны для объяснения национальной культуры и самобытности узбекского народа, сохранения исторических памятников и изменений в социальной жизни узбекского общества. Следующее обсуждение и результаты станут практическим руководством для дальнейшего развития объяснения и значения узбекских ритуалов и фольклора.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: подводя итог, проводится ряд работ по внедрению образцов народного творчества в сознание молодежи и их закреплению в их жизни. Одним из них является работа фольклорно-этнографических ансамблей нашей республики, которые ведут благодатную и благодатную работу по воспитанию национальных ценностей нашего народа, таких как доброта, щедрость, совершенный человек, передача наследие предков следующему поколению.

Ключевые слова: узбекский обрядовый фольклор, нематериальное культурное наследие, народное устное искусство, свадебный обряд, жанр, песня, поэтический контекст, этно-фольклористика, фольклорные материалы.

Для цитирования: Каримова Н.А. Понимание узбекского ображденного фольклора. // Inter education & global study. 2024. №4(1). С. 327-332.

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 4 (1)

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №4(1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

UNDERSTANDING OF UZBEK CEREMONIAL FOLKLORE

© Karimova A. Nilufar1® 1Culturology and intangible research institute, Toshkent, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: In the article, it was noted that the formation of various folklore genres related to the traditions and rituals of the Uzbek people, representing the national identity, was of great importance in the historical development of folk art, which is a symbol of national values.

AIM: the main goals of Uzbek rituals and folklore are to preserve the identity of the Uzbek people, enhance and disseminate national culture, strengthen unity and community, preserve ancient monuments, teach the Uzbek language and literature, popularize tourism and international play plays an important role in the development of cooperation and the achievement of multifaceted goals

MATERIALS AND METHODS: there are many materials and methods for studying Uzbek rituals and folklore. These materials and methods help to understand the historical, cultural and social context of the Uzbek people. The following materials and methods are among the most commonly used for the study of Uzbek rituals and folklore:

DISCUSSION AND RESULTS: discussions and results obtained on Uzbek rituals and folklore are important for explaining the national culture and identity of the Uzbek people, the preservation of historical monuments and changes in the social life of Uzbek society. The following discussion and results will provide practical guidance for further developing the explanation and meaning of Uzbek rituals and folklore.

CONCLUSION: to summarize, a number of works are being carried out to introduce examples of folk art into the consciousness of young people and consolidate them in their lives. One of them is the work of folklore and ethnographic ensembles of our republic, which carry out beneficial and beneficial work to educate the national values of our people, such as kindness, generosity, a perfect person, and passing on the heritage of our ancestors to the next generation.

Key words: uzbek ritual folklore, intangible cultural heritage, folk oral art, wedding ceremony, genre, song, poetic context, ethno-folklore, folklore materials.

For citation: Karimova A. Nilufar. (2024) 'Understanding of uzbek ceremonial folklore', Inter education & global study, (4(1)), pp. 327-332. (In Uzbek).

O'zbek xalq poetik ijodida turli janrlar negizida marosim folklorining o'rni beqiyos bo'lib, u orqali xalqimizning asrlar mobaynida urf-odat va an'anaga aylanib kelayotgan marosimlarini qo'shiq, alla, lapar, o'lan va aytimlarini saqlab qolishda asosiy vositalardan biri hisoblanadi.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 4 (1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Ma'lumki, mamlakatimiz hududida ming yillar davomida shakllangan qadimiy xalq og'zaki ijodi namunalarining o'ziga xosligi, avvalo, bu milliy qadriyatlar tizimining har bir hududda mavjud bo'lgan folklor ijrochiligini o'zida ifoda etgani bilan belgilanadi. Shu jihatdan olganda, xalq og'zaki ijodi namunalarining janrlar tarkibi, undagi turli-tuman dostonlar, ertaklar, topishmoqlar, qo'shiqlar, laparlar, to'y marosimlardagi aytimlarning rang-barangligi bilan ajralib turadi. O'ziga xos turmush tarzi va milliy an'analariga ega bo'lgan xalqimiz qadim zamonlardan buyon xilma-xil janrlardan iborat og'zaki badiiy ijod namunalarini yaratgan. Ajdodlarimizning badiiy iqtidori va ijodiy salohiyati keng qamrovli bo'lgani tufayli g'oyat ulkan folklor merosi yuzaga kelganki, bu bebaho qadriyatlar silsilasi ma'naviyatimizning taraqqiy etishini ta'minlagan muhim omillardan biri vazifasini o'tagan. Zero, "folklor xalq ommasining maishiy hayoti, ijtimoiy-siyosiy turmushi, kundalik faoliyati bilan mahkam bog'langan, o'ziga xos g'oyaviy-estetik tizimga ega bo'lgan ijod sifatida yuzaga kelgan va rivojlanishda davom etgan. O'zbek folklori xalqimiz badiiy faoliyatining tarkibiy qismi, so'z san'atining og'zaki turi hisoblanadi. U uzoq tarixga, murakkab taraqqiyot bosqichlariga ega" [1] .

Darhaqiqat, bevosita xalqning kundalik mehnat faoliyati va turmushi bilan bog'liq holda shakllangan folklor ijrochiligi an'analari uzoq davrlarni o'z ichiga qamrab olgan izchil tarixiy-folkloriy jarayon natijasida muttasil takomillashib, taraqqiy etib keldi. Natijada, xalq ijodiyotining u yoki bu namunalarini (masalan, qo'shiq, doston, rivoyat, ertak va boshqa) aytishga, ijro etishga iqtisoslashgan professional ijrochilar tipi yuzaga kelgan. Xalq ijodiyotida voqelikni badiiy idrok etish va talqin qilish usullarining takomillashib borishi jarayonida hayotiy-maishiy funksiyasi va qamrovining o'ziga xosligi, muayyan poetik tizimga egaligi hamda badiiy ifoda usulining originalligi bilan bir-biridan farqlanib turuvchi folklor janrlari tarkibi ham doimiy ravishda rivojlanib, takomillashib boravergan. Ayniqsa, xalqimizning milliy o'zligini ifodalovchi urf-odat va marosimlari bilan bog'liq xilma-xil folklor janrlarining shakllanishi xalq ijodiyotining tarixiy taraqqiyotida muhim rol o'ynagan.

Chunki marosim folklori benazir nomoddiy madaniy meros namunasi bo'lishi bilan bir qatorda, yosh avlodning badiiy-estetik didini o'stirish hamda millatning ma'naviy birligini ta'minlashga xazmat qilishi bilan ham xarakterlanadi [2].

O'zining shakllanish tarixi va genetik asoslariga ko'ra marosim folklori janrlari bidiiy tafakkurning eng qadimiy namunalari sirasiga mansub bo'lib, unda o'tmishda yashagan ajdodlarimizning mifologik qarashlaridan tortib, turli rasm-rusumlari va iptidoiy rituallarigacha bo'lgan etnomadaniy qatlamning izlarini uchratish mumkin. Shuning uchun ham xalq og'zaki janrlaridan biri - marosim folklorini o'rganish, ayniqsa, tarixan urf-odat va rasm-rusumlarning verbal komponenti sifatida yuzaga kelib, an'anaviy tarzda ijro etib kelingan marosim qo'shiqlarini turli hududlar materiallari asosida qiyosiy-tarixiy va lokal xususiyalarini e'tiborga olgan holda o'rganish, o'zbek xalqi badiiy tafakkurining shakllanishi va taraqqiyoti qonuniyatlarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Marosim folklori nima? U qanday holatlarda yuzaga keladi va tashkil etiladi? - degan savollarga aniq va ilmiy tahlil qilgan holda javob berishimiz lozim.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Marosim folklori o'zbek xalq og'zaki ijodi janrlarini o'z ichiga qamrab olgan, sahnalashtirilgan, hayotiy voqealarni o'z ichiga olgan jarayon hisoblanadi. Masalan: beshik to'yi marosimini tahlil qiladigan bo'lsak, marosim jarayonida ijro etiladigan alla, lapar, o'Ian, turli aytimlar, erkalamalar kabi xalq og'zaki janrlarining birgalikda ijro etilish jarayonini ko'rishimiz mumkin.

Marosim jarayonida beshikni kelin uyiga olib kelish jarayonidan boshlab, beshikni bezatish, turli liboslarni ustiga yopgan holda chaqaloqni qo'yishga tayyorlanish jarayoni hamda bolani beshikka yotqizish jarayonida aytiladigan aytimlar, uni belash jarayonida aytiladigan iboralar, niyat va tilaklar, olqish va duolar ssinariylashtirilgan tomoshabob holda xalq ichida o'z-o'zidan an'anaga aylanib qolgan holda avloddan-avlodga o'tib kelayotgan marosim hisoblanadi. Shu o'rinda marosim so'ziga izoh berib o'tsak. Marosim - 1) diniy yoki an'anaviy urf-odatlar munosabati bilan o'tkaziladigan ma'raka, yig'in: diniy marosimlar, to'y marosimlari, dafn marosimi va boshqalar; 2) tantanalar bilan o'tkaziladigan rasmiy yig'in: yubileylar, mukofot berish marosimi, haykalning ochilish marosimlari va boshqalar kiradi [3]. Yana bir izoh; Xalq ichidagi maishiy hayot tarzidan kelib chiqqan holda ularning hayotida yuz beradigan turli voqea va hodisalarning negizi asosida yuzaga kelayotgan jarayon. Masalan: bola tug'ilishi bilan unga ism qo'yish maqsadida, "ism qo'yish" marosimi yoki uni muborakbod etish maqsadida sog'-salomat ko'z va suqlardan asrash uchun "aqiqa" marosimini tashkil qilish. Yuqorida aytganimiz kabi beshik to'yi marosimini shakllantirish jamoatchilik o'rtasida insoniyat tug'ilganidan to o'limiga qadar o'nlab marosimlar o'tkazilab kelinmoqda. Marosimlar jamoaviy, mahalliy va oilaviy turlarda o'tkazilishi bilan ajralib turadi.

Jamoaviy marosimlarga xalq bilan hamkorlikda o'tkaziladigan nikoh to'y, sunnat to'y, qiz uzatish kabi marosimlar kiradigan bo'lsa, mahalliy marosimlarga hududga xos bo'lgan marosimlarni o'z ichiga qamrab oladi. Ushbu marosim turiga koinot va tabiat bilan bog'liq mavsumiy marosimlar ya'ni yilning to'rt fasli bahor, yoz, kuz va qish fasllarida nishonlanadigan marosimlar kiradi. Ushbu jarayonning mahalliy marosimlar tipiga kirishini e'tirof etishimizdan maqsad, har bir hududda turli tarzda o'tkazilishi yohud ba'zilari keyingi vaqtda o'tkazilmay qolganligi bilan belgilanadi. Folklor marosimining o'rganilishi va tadqiq qilinishining o'ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat. Bizga ma'lumki folklor asarlarini ijro etish jarayonida unda ijro etilayotgan lapar, o'lan, alla, yalla , aytishuv, aytimlar, qiqillamalar, erkalamalar asosida ma'lum bir voqea va hodisani yotishi tabiy holat. Undagi misralar, so'zlarning mazmun va mohiyati voqealarni ifodalib berishi bilan ajralib turadi, bu esa umumlashgan folklor marosim jarayonini tashkil etadi.

O'zbek xalq og'zaki badiiy ijodiyoti janrlar tarkibining shakllanish tarixi va tarixiy-tadrijiy rivoji masalalari fundamental asnoda tadqiq etilmagan bo'lsa-da, u yoki bu janrga oid matnlar qadimiy yozma manbalari namunalarini aniqlash, xalq og'zaki ijodiyoti namunalarining yozib olinishi, ommalashtirilishi va yoshlar ongiga singdirishga doir bir qator ishlar amalga oshirilgan [4].

Xalq og'zaki ijodi namunalarini yoshlar ongiga singdirish hamda ular hayotidan o'rin olishida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Bulardan biri - respublikamizda mavjud

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

bo'lgan folklor-etnografik ansambllari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bo'lib, xalqimizning milliy qadriyatlar bo'lmish mehr-saxovat, komil insonni tarbiyalashda, ajdodlar merosini avlodlarga yetkazishda barakali va xayrli ijod qilib kelmoqdalar. Masalan, Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi "Kulol shodasi" folklor-etnografik havaskorlik jamoasi ham o'z milliy qadriyat va an'analarimiz tiklanayotgan bugungi kunda xalq ijodiyotini keng ommalashtirish, ma'naviy sarchashmalarini targ'ib etish, ya'ni ajdodlar badiiy mulkini xalqqa qaytarish kabi xayrli ishlarni amalga oshirmoqdalar. Kelajak avlod ushbu yangi tafakkur xazinasidan bahramand bo'lib, asrlar davomida tildan tushmagan xalq og'zaki ijodiyoti namunalarini san'at sifatida sayqallab, keyingi avlodga to'laligicha yetkazishiga hissa qo'shmoqda.

Bugungi kungacha xalq ijodiyotining yorqin namunasi bo'lgan folklor-etnografik ansambl ishtirokchilari va soha mutaxassislarining ijodiy izlanishlari natijasida tarixiy jihatdan shakllangan juda ko'p marosim qo'shiqlari tiklanmoqda.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Bahodir Sarimsoqov "Xalq og'zaki poetik ijodi" Toshkent. G'.G'ulom nashriyoti 1992.

2. M.Bekmurodov, A.Umarov, U.Qoraboev, Z.Haydarov "Ijtimoiy-madaniy faoliyat tarixi, nazariyasi va uslubiyati". Toshkent. "Ma'naviyat". 2016.

3. T.Mirzayev. Kirish // O'zbek folklori ocherklari. Uchtomlik. 1-tom. - Toshkent: "Fan", 1988. 3-b.

4. M.Murodova. Folklor va etnografiya. Toshkent. "Aloqachi" 2008.

5. MMurodava. Xalq ijodiyoti. Toshkent. "O'zbekiston". 2015.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Karimova Nilufa Axmatovna, Kichik ilmiy xodimi [Каримова Нилуфар Ахматовна,

младший научный сотрудник], [Karimova Nilufar Akhmatovna, junior researcher]; manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Xadra MFY, Navoiy ko'chasi, 30-uy [адреа Ташкент, Шайхантахурский район, МФЦ "Хадра", ул. Навои, д. 30, [address: Tashkent, Shaikhantakhur district, MFC "Khadra", Navoi str., 30];

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.