Научная статья на тему 'O’ZBEK MADANIYATIDA TA’ZIYA MAROSIMLARINING HUDUDIY JIHATDAN FARQLANISHI VA O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

O’ZBEK MADANIYATIDA TA’ZIYA MAROSIMLARINING HUDUDIY JIHATDAN FARQLANISHI VA O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
587
84
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta’ziya / marosim / yig’i marosimi / madaniyatlararo / ekstralingvistika / urf-odat. / condolence / ritual / mourning / intercultural / extralinguistic / ritual.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Narmurodova, Gulnoza Ilhom Qizi

Ma’lumki ta'ziya marosimlari turli hududlarda, ayniqsa musulmon mamlakatlarida turlicha boʻlib, ular tegishli urf-odatlar bilan bogʻlangandir. Maqola asosida o’zbek millatining ta’ziya marosimlarini o’tkazish tartibi, har bir hududda yaqinini yo’qotgan insonga o’ziga xos tarzda ta’ziya bildirish jarayoni haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, ta’ziya marosimida ishlatiladigan so’zlarning kelib chiqishi tarixi asosida etnolingvistikaga ham urg’u berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TERRITORIAL DIFFERENCES AND PECULIARITIES OF CONDOLENCE CEREMONIES IN UZBEK CULTURE

It is well known that condolence ceremonies vary from region to region, especially in Muslim countries, and are associated with appropriate customs. The article provides information on the procedure for conducting condolences of the Uzbek nation, the process of expressing condolences to the bereaved in each region. Emphasis is also placed on ethnolinguistics based on the history of the words used in the condolence.

Текст научной работы на тему «O’ZBEK MADANIYATIDA TA’ZIYA MAROSIMLARINING HUDUDIY JIHATDAN FARQLANISHI VA O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

O'ZBEK MADANIYATIDA TA'ZIYA MAROSIMLARINING HUDUDIY JIHATDAN FARQLANISHI VA O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-20-733-739

Narmurodova Gulnoza Ilhom qizi

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti "Umumiy tilshunoslik" kafedrasi katta o'qituvchisi e-mail: G.Ilhomovna@gmail.com Tel: 91 188-77-37.

ANNOTATSIYA

Ma'lumki ta'ziya marosimlari turli hududlarda, ayniqsa musulmon mamlakatlarida turlicha bo'lib, ular tegishli urf-odatlar bilan bog'langandir. Maqola asosida o 'zbek millatining ta 'ziya marosimlarini o 'tkazish tartibi, har bir hududda yaqinini yo'qotgan insonga o'ziga xos tarzda ta'ziya bildirish jarayoni haqida ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, ta'ziya marosimida ishlatiladigan so 'zlarning kelib chiqishi tarixi asosida etnolingvistikaga ham urg'u berilgan.

Kalit so'zlar: Ta'ziya, marosim, yig'i marosimi, madaniyatlararo, ekstralingvistika, urf-odat.

TERRITORIAL DIFFERENCES AND PECULIARITIES OF CONDOLENCE CEREMONIES IN UZBEK CULTURE

ABSTRACT

It is well known that condolence ceremonies vary from region to region, especially in Muslim countries, and are associated with appropriate customs. The article provides information on the procedure for conducting condolences of the Uzbek nation, the process of expressing condolences to the bereaved in each region. Emphasis is also placed on ethnolinguistics based on the history of the words used in the condolence.

Keywords: condolence, ritual, mourning, intercultural, extralinguistic, ritual.

Ko'p ming yillik tarixga ega bo'lgan o'zbek xalqi asrlar davomida o'ziga xos xilma-xil urf-odatlar, marosimlarni yaratdi. Ular doimiy takrorlanishi va xalqning ularga amal qilib kelishi natijasida umrboqiydir. Turmushga, zamonga qarab ularning

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

ayrimlari unutiladi. Zamonga qarab, yangilari paydo bo'ladi, eng xalqchillari esa avloddan-avlodga o'tib keladi.

Barchamizga ayonki, ta'ziya marosimlari bu inson olamdan o'tganidan keyin, ularni hurmat va ehtirom ila dafn etish jarayonidir. Ushbu marosim ingliz va o'zbek madaniyatida ham o'z ahamiyatiga ega hisoblanadi. Millatlar va madaniyatlararo ta'ziya marosimlarini o'rganish jarayonida ularni hududiy jihatdan ham turlicha o'tkazilishiga bevosita guvoh bo'lamiz. Milliy madaniyatimizga xos bo'lgan urf odat va an'analarimizda ta'ziya marosimlari 7kunlik aza, 20kunlik, 40kunlik, 52 kunlik, Payshanbasi, Jumasi kabi vaqt kesimini o'z ichiga oladi. [Madayev O. 2010. 152]

Dastavval O'zbekiston Respublikasi Navoiy viloyatida ta'ziya marosimi qanday tartibda o'tkazilishi haqida ma'lumot bermoqchiman. Navoiyliklar ta'ziya marosimida yaqin insoni ya'ni padari, volidasi yoki jigarbandlari olamdan o'tganida 40 kun davomida 7 kishi ko'k rangdagi uzun libos kiyadi, ayollar boshlariga kichik ro'mol o'ragan holatda paranji yopinib yurishadi. 40 kunlik aza davomida ular fasillarimizning qaysi biri bo'lishidan qatiiy nazar oyoqlariga mahsi va kalish kiyib yurishadi. Shuningdek bu hududning yana bir ajoyib an'anasi dafn marosimida volidasi, padari buzrikvori va farzandlaridan judo bo'lganida alohida qayg'uli ohangda, yig'i bilan she'r yoki qo'shiq aytishadi. [Madayev O. 2010. 152] Onasidan ayrilganda farzand nolasi: Huvillaydi xonalarim Chirqillaydi bolalarim Cheksiz ohu-nolalarim Endi sizni qaydan topay Onajon ayting sizni qaydan topay Mehribonim.

Dardingizni topolmadim Vaqtida ko'p borolmadim Qol dedingiz qololmadim Onajonim ayting sizni qaydan topay

Olloh sizni rahmat qilsin Makoningiz Jannat bo'sin Unutmasin sizni farzand Mehribonim sizni qaydan topay

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

Borar edim o'tdek yonib Ko'rar edim mehrim qonib Endi yig'lay yonib-yonib Onajon ayting sizni qaydan topay

So'zlaringiz qulog'imda Hidlaringiz dimog'imda O'lmagansiz hayolimda Mehribonim sizni qaydan topay.

Otasi ya'ni padari buzrikvori vafot etganda uning farzandlari janoza vaqtida otasini eslab yig'i qilishadi.

Uyimizning parishtasi (farishtasi) Saranjomu sarishtasi Otajonim qo'rg'onim Qo'rg'ondan baland ko'rganim

Suvga kelsam guzarim Pulsiz kelsam bozorim Oqshomlar yulduz sanardim Kunduzlar yo'lga qarardim Kelmaganin eshitib Uylarga kirib yig'lardim

O'n yilda o'rni to'lmaydi

Qirq yilda qaytib kelmaydi

Qibladan kelgan shamoldek, panaga ololmadikmi?

Hudodan kelgan ajalga, o'rtaga tusholmadikmi?

Jigarlarini, aka, opalarini yo'qotganida quyidagicha aytib, aytib yig'lashadi:

Izlovchim, so'rovchim jigarlarim

Kelganimda kel degan

Sening joying tur degan

Burum, burum yo'llarga

Buralib kelgan jigarim

735

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

O'ng yengida tumori O'ndirmaydi humori Chap yengida tumori Chalg'itadi humori

Samarqandliklar ham huddi Navoiy viloyati singari janoza kuni o'zlarining motam liboslarini kiyib, boshlariga oq ro'mol o'rab vafot etgan insoning yahshi fazilatlarini, qilgan ezgu ishlarini xotirlashadi. Vafot etgan insonning haqqiga duolar qilishadi. Otasi vafot etganida bag'ishlov aytib yig'lashadi. [Madayev O. 2010. 152] Osmondagi bulutni yog'adi deb o'ylamabman Esizgina otamni o'ladi deb o'ylamabman Otajonim qo'rg'onim Qo'rg'ondan baland ko'rganim

Otajonim jon degan Jonim bilan teng degan Hovlimdagi teragim Hammamizga keragim

Ko'p ko'raman deganda Kunning ko'zi tutildi Yer bosaman deganda Yer bag'riga yiqildi

Tut yog'ochdek mevali Qayrag'ochdek qiyali Soyasida yotganim Mevasidan totganim

Chorxona ko'ylak ustida Chayqalib chiqsa bo'lmaydimi Tengqurlari kelganda Tenglashib chiqsa bo'lmaydimi Mehribonim otam Qiblagohim otam.

736

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

Haqiqatdan ham ta'ziya marosimlari turli hududlarda, ayniqsa musulmon mamlakatlarida turlicha bo'lib, ular tegishli urf-odatlar bilan bog'langandir. Shu o'rinda Xorazm vohasining urf-odatlariga to'xtaladigan bo'lsam, chaqaloqdan tortib, barcha marhum va marhumalar vafot etganlarida yoshi katta otaxon va onaxonlarimiz tomonidan mayit oldida o'tirib salovatlar o'qiladi. [Madayev O. 2010. 152]

Boshqa hududlardagi kabi Xorazm xalqi ham ta'ziya kuni erkaklari qora do'ppi, chopon kiyib belbog' o'rashadi. Ayollari ko'k rangli libos kiyishadi va oq rangli ro'mol o'rashadi. Agar erkak kishi vafot etganida anasi(onasi) "Jonim bolam, nurididam dab", ayoli "Ro'zg'orim, susangan tog'im dab", farzandlari "Kavam ot am, darddoshim otam dab" yig'lashadilar. Ta'ziya marosimlaridagi umumiy jihatlari bilan o'xshash bo'lgan an'analar misolida: 3kunlik, 7 kunlik, Jumalik, 40 kunlik, 52 kunlik va Yil berish marosimlarini boshqa hududlardagi kabi Xorazmda ham kuzatishimiz mumkin. Azador xonadonda 9 oygacha telvizor ko'rish va hursandchilik marosimlarini o'tkazish umuman mumkin emas.

Ta'ziya marosimini Farg'ona viloyati jihatidan olsak, bu hududda mayyit qabrga qo'yib kelingach o'lik egalari osh pishirishadi. Bu oshning nomi "Sabr oshi" yoki "Qora osh" deyiladi. Buni o'likning erkak qarindoshlari yeyishadi. Janoza kunidan boshlab mayyitning umri o'tgan uyda yoki mayyit joni chiqqan paytda bo'lgan uyga hamon 40 kungacha chiroq yoqish bor. Ba'zilar bugungi kundagi elektr tokidan foydalanishsa, bazilar paxtani yog'ga botirib yoqib yoniga rayhon suv qo'yib qo'yiladi. Ta'zyaning 3-kuni ma'raka marosimidan so'ng aza tugatilmay endi har payshanba uy egalari ertalabdan qozon osishib, ta'ziyaxonlarni kutishadi.

Qishloq ahli, tanishlari, yaqin-uzoq kim eshitgan bo'lsa ayollardan iborat jamoa ertalabdan, to shomgacha kelaverishadi. Bu ta'ziyaxonlik to "40 kunlik" marosim o'tguncha davom etadi. Shu "40 kunlik" marosimiga qo'shib "Qa'da" marosimi ham o'tkaziladi. Bu mahalliy ayollarning eng muhim marosimlari hisoblanib, unda o'lik egalari hali alamlari, azalarining o'rni bitmay, ham ma'naviy, ham moddiy qiyinchilikda bo'lsalar-da, ayollarni to'plab o'lik haqqiga deb bu marosimni o'tkazishadi. Keyin 52 yoki 53 deyilguvchi marosim bor, bu ham ayo llar jamoasida davom etadi. Yana marosim boshqaruvchisi bo'lgan "otin oyi" deb nomlanuvchi ayol o'lik chiqqan xonaning poliga igna sanchib chiqadi. Keyin o'rtada biroz tin olishib musulmonlarning eng sevimli, eng shodon o'tadigan ikki bayrami Hayitlarning qaysi biri o'limdan so'ng kelgan bo'lsa, "Hayit oshi" tarqatiladi. Vodiy xalqi urf-odatlariga ko'ra azaxonlik, yana ta'ziyaxonlik uzoq vaqt davom etuvchi marosimlar sirasiga

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

kiradi. Vodiyda bir maqol bor: "To'yniki bir kun, O'likniki bir umr". Yaqin insonlari olamdan o'tganida vodiyliklar ham aytib, aytib yig'lashadi. [Alaviya. M. 2009. 164] O'limingdan har ko 'ngilga tushdi motam, Favti uchun har burchakdan chiqdi fig'on, Temir bo 'lsa, tosh bo 'lsa ham bag'ri yondi, Bu dahshatli musibatni bildi zamon.

YIG'I MAROSIMI—o'iim va dafn marosimi bilan bog'liq udumlardan biri. O'iim oila boshiga tushgan og'ir musibat. Ko'p yerlarda, xususan, qishloq joylarda Yig'i marosimi odat usiga kirgan bo'lib, ma'lum tartibda o'tadi. Ayollar yakka tarzda yoki bir-birlari bilan ko'rishib yoki davra qurib o'tirib yig'laydilar. O'tirib yig'lashda katta davra quradilar. Odatda, qishloqda, shahar mahallalarida aza qo'shig'ini aytuvchi yig'ichi (go'yanda) ayollar bo'lgan. Ta'ziya marosimida yig'ini go'yanda boshlaydi, o'rtaga tushib va vafot etganning belbog'i, marhum, ayol bo'lsa, ro'molini bo'yniga tashlab, uning yaxshi xislatlarini, tirikligida qilgan ishlarini yaqinlari tilidan ta'sirli qilib aytib yig'laydi. Azador qiz va kelinlar yig'iga qo'shiladilar, boshqa ayollar ham jo'r bo'ladilar.

Yig'i marosimining ikkinchi ko'rinishi sadr (sadr tushish) nomi bilan ma'lum. Bunda marosimga yig'ilgan ayollar tik turib, davra qurib yig'laydilar. Aytuvchi davraning o'rtasida turadi, u bilann davra ichida shu xonadonning ayollaridan biri (onasi, xotini, qizi va b.) ham bo'lgan. Aytuvchi yuqoridagi tartibda, marhum nomini va uning yaxshi xislatlarini aytib yig'i boshlaydi. Ayollar aylanib, tepinib davrani buzmasdan, gir aylanib yig'laydilar. Aytuvchi yig'ining bu ko'rinishi qishloqda yoki mahallada bir yil davomida o'lgan kishilarning nomini navbat bilan aytib bo'lmaguncha davra yig'isi davom etgan. Bu odatlar Xorazm o'lkasida qadimdan mavjud bo'lib, bizgacha yetib kelgan. Ko'p joylarda, masalan O'zbekistonning janubiy viloyatlarida sadr tushish odati juda kam uchraydi. Bu marosimlarda marhumning el-yurtga qilgan yaxshi amallari, ezgu ishlari xotirlanib, unga Allohdan rahmat tilashga chaqiriladi. Yuqoridagi keltirib o'tilgan ta'ziya marosimidagi urf-odat va an'analar negizida inson qadri, uni oxirgi manzilga ham e'zoz, hurmat ila kuzatish yotadi.

REFERENCES

1. Austin, J. L. (1962). How to do things with words. Cambridge MA: Harvard University Press.

2. Condolence Phrases. (2013).

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

3. Сепир Э. Избранные труды по языкознанию и культурологии.

4. Madayev O. O'zbek xalq og'zaki ijodi - T. Mumtoz so'z .2010. - B .152.

5. Alaviya. M. Oq olma, qizil olma, 164-bet.

6. Khasanova, G. K. (2021). MAIN TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF EDUCATION AND PROFESSIONAL TRAINING IN THE WORLD. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, ^(Special Issue 1),

7. Kh, Khasanova G., and Kenjaboev Sh Kh. "The role of education system in human capital development." Восточно-европейский научный журнал 2-1 (66) (2021): 48-51.

8. Hashimova, S. A., & Nasirova, S. A. (2021). FEATURES OF FORMING OF ANIMATED NOUNS WITH THE AFFIXES IN MODERN CHINESE LANGUAGE. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 1-10

9. Nasirova, S. A. (2020). CONCEPTS OF ФШ ^Ш" CHINESE DREAM" AND Щ ^ Ш ^ ^ " COMMUNITY OF THE ONE FATE OF HUMANITY"-A LINGUISTIC AREA. Journal of Central Asian Social Studies, 7(01), 05-14.

10. Abdullaevna, N. S. (2020). Lexical-semantic and cognitive specifics of political discourse (based on Si Jinping's speeches). ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 70(5), 1086-1092.

11. Nasirova, S. A., Hashimova, S. A., & Rikhsieva, G. S. (2021). THE INFLUENCE OF THE POLITICAL SYSTEM OF CHINA ON THE FORMATION OF SOCIAL AND POLITICAL TERMINOLOGY. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 10-17.

257-262.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.