QADIMGI MISRLIKLARNING DAFN MAROSIMLARI
Setora Xolmirzayeva
O'zMU Tarix fakulteti 2-bosqich talabasi
ANNOTASIYA
Ushbu maqolada qadimgi davrlarda misrliklarning dafn marosimlarining o'ziga xos xususiyatlari va ularning qay yo'sinda bolganligi haqida malumotlar berilgan.
Kalit so'zlar: Mumiyolash, Dafn marosimari, Yer osti xudosi Osiris, Rek,
Shunt.
FUNERAL CEREMONIES OF ANCIENT EGYPTIANS
Setora Kholmirzaeva
2nd year student of the Faculty of History of the National University of Uzbekistan
ABSTRACT
This article gives information about the peculiarities of the Egyptian burial ceremonies in ancient times and how they were performed.
Keywords: Mummification, Funeral, Underground god Osiris, Rek, Shunt.
KIRISH
Qadimgi Misrliklarning diniy tomondan dunyoqarashi boshqa xalqlarnikidan ancha farq qiladi. Ular o'zlarining xudolarini hayvonlar timsolida aks ettirishgan. Misrliklarning bunday dunyoqarashlari ularning moddiy ma'daniyatiga ham o'z ta'sirini o'tkazmasdan qolmagan. Bularni ularning dafn marosimlarida, qurilish inshootlarida, tasviriy sa'nat asarlarida va arxeologik topilmalar yordamida ko'rishimiz mumkin. Ular o'z xudolarini sharaflab ibodatxona va saroylarga o'zlarining tasavvvuri buyicha ularni tasvirlashga harakat qiladi. Paleolit, neolit va boshqa davrlardagi ko'plab misrliklar jasadlarning o'limi ularning mavjud bo'lishining oxiri emas, balki hayotning yana bir yangi davri boshlanishi deb hisoblashganligini biz manbalarda ko'rishimiz mumkin. Lekin ba'zi misrliklar o'limdan keyin tanani meros qilib qolishga umid qilganlar va hayotni ikkinchi o'limdan so'ng tugatishiga ishonganlar.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Qadimgi Misrliklar dafn marosimi ham ularning tasavvuricha bo'lgan. Ular ,,haykallar tanani sehr yordamida qayta tiklashi''ga ishonishgan va ular
sehrgarlikning barcha jismoniy qobilyatlarini egallashadi. Bu esa ularning ,,yurakni tanaga qaytarish marosimi va jonlashtirish marosimlari''ni yaratishiga asos bo'ladi. Ularning eng muhim marosimi: ko'z va og'izni ochish hisoblangan. Bu Misr dafn marosimining asosiy g'oyalaridan biri edi [1: 43]. Ular ,,inson vafot etgandan so'ng uning ruhi osmonda Ra bilan yashaydi, tanasi esa yer osti xudosi Osiris bilan birga qoladi'' degan tushuncha paydo bo'lgan. Misr dafn marosimining asosiy maqsadi marhumning sehrli tirilishi va uni tirilgan holatda saqlab qolish edi[1 :47]. Paleolit davri odamlari o'lim haqida nima deb o'ylashganini biz hech qachon bilmaymiz, chunki na bu davrdagi yozuvlar va na maqbaralar saqlanib qolgan. Paleolit davri misrliklari, ehtimol, o'zlarining rahbarlarini Nil qirg'og'ini tashkil etuvchi konlaridan unchalik uzoq bo'lmagan holda, ishlov berilgan dalalar chetiga dafn etishgan. Agar qabrlar sayoz bo'lsa, o'liklarning jasadlarini gepard, gigena va shoqoldan himoya qilish uchun katta miqdordagi qum va toshlar quyilgan. Ehtimol, muhim shaxslar o'z uylarining pollari ostiga ko'milgan yoki Misr Sudanda hanuzgacha mavjud bo'lgan tukullar va kambag'allar va qullarning jasadlari yoki bemaqsad holda, ehtimol, shunchaki sahroga tashlangan. Shoqollar va chumolilar, ulardan ba'zilarida bo'lgani kabi, tezda yo'q qilinishiga yordam berishdi. Misrliklarning neolit va arxey davrlarining oxirlarida, ya'ni miloddan avvalgi 10-6-ming yilliklardagi diniy va dafn marosimlari haqida ko'proq ma'lumot yo'q edi. Godard qabrlarini qazish jarayonida topilgan qabrlardagi holat: o'liklarni chap tomonlariga yotqizib, egilgan oyoqlari va tizzalari iyagigacha tortib , yuzlari oldida qo'llarini cho'zgan. Ba'zilari qamish gilamchasida yotib, qo'pol zig'ir bo'laklariga o'ralgan , boshqalari hayvon terilari bilan qoplangan. Ko'plab qabrlardan piyolalar, plitalar, vazalar va boshqa tosh va gul idishlar ham topilgan . Qabrlarda ko'pincha turli xil donlardan tayyorlangan oziq-ovqat qoldiqlari topilgan. Bunday qabrlar misrliklarning qat'iy ishonchini isbotlaydi, garchi ularning qarindoshlari va do'stlarining jasadlari qishloqlar yaqinidagi qabrlarda yotsa ham, o'liklarning bir qismi yashashda davom etmoqda. Ular o'liklarga oziq-ovqat kerak bo'lishi mumkin deb taxmin qilishdi, shuning uchun ular uchun donli idishlar qoldirdilar: ularga yovvoyi hayvonlar yoki dushmanlar bilan kurashish vaqtida foydalanish uchun ularga qurol va ov qurollarini qabrda birga qoldirishadi. Bir narsani to'liq aniqlik bilan aytish mumkinki; ,,ular o'liklarning Misrga qaytishini istamagandilar, chunki ular qaytib kelsa, ularga oziq-ovqat kerak bo'ladi va ular tiriklarning zahiralarini iste'mol qiladilar va hatto ularni o'ldiradilar"degan tasavvur bilan birga yashashgan. O'liklarning hech qachon o'z yashash joylariga qaytib kelmasliklariga ishonch hosil qilish uchun neolit davridagi misrliklar bir vaqtning o'zida o'liklarning jasadlarini qismlarga ajratishgan, ko'plab qoldiqlar, boshlari, oyoqlari va qo'llari tanadan uzilgan holda topilgan. Keyin jasadlar qisman yoqib yuborilgan va suyaklar holida qabrga sochilgan holda ham ko'rishimiz mumkin [5: 296-297-298]. Qadimgi Misrliklarning qabrlarini qazib o'rganish jarayonida ularning o'ziga xos
xususiyatlari o'rganildi. Ularda jasadlarni oddiy mato bilan o'ragan holda yog'och tobutlarga joylashtirishgan. Bundan tashqari nozik matolar bilan o'raigan qushlarning jasadlari fil suyagi va qora daraxt yog'ochidan ishlangan tobutlarda saqlangan holda qabrlarning sharq tomoniga quyilgan va tobutning yoniga kichik bo'sh idish ham quyilganligini ham ko'rishimiz mumkin. Keyinchalik ular dafn marosimlarini qushning dafn marosimiga o'xshash holda o'tkazishgan, lekin uning bitta farqi bo'lgan, ya'ni misrliklar qush bilan birga itni ham dafn qilishgan. Misrliklar keyinchalik qabrlarga jasadlarni faqat qimmatbaho matolarga o'rab, ularning qo'riqchisi sifatida yoniga bir nechta idishlar bilan birga dafn qilishgan[2: 93]. Qabrlar keyinchalik misrliklar hayotida asosiy o'rinni egallaydi. Ularning diniy tasavvuri buyicha marhumning uyi bo'lsa, u qabriga ham ega ekanligi haqida e'tiqod mustahkam saqlanib qolgan. Ularning e'tiqodi o'limdan oldingi hayot bilan o'limdan keyingi hayotning o'xshashligi va yer yuzidagi barcha moddiy kundalik jarayoni bir xil davom etishi haqidagi g'oyalar bilan boyitilgan[3 :130]. O'limdan keyin marhum dafn qilingan joyda mavjud bo'lishni davom ettirishi va tanani turli xil vayronagarchiliklardan saqlash istagi kelib chiqadi va buning natijasida tanani butunligini saqlab qolish maqsadida mumiyolash marosimini o'tkazishgan. Bu jarayonda barcha tanani a'zolarni mato bilan o'rashgan. Oradan vaqtlar o'tib marosimda tanadan ichaklarni olib tashlab, tanani yaxshi saqlab qolish uchun turli xil minerallar va o'simliklar vositalari bilan o'rin almashtirish yo'li bilan mumiyolash jarayoni yanada murakkablashadi[3 : 131]. Misr madaniyatida o'lim bilan hayot doim bir-biriga qarama-qarshi turgan. Ajalsiz ruh Misr dinida alohida o'rin egallagan. Mana shu ajalsizlikka intilish ko'mish marosimlarining shakllanishiga olib kelgan. Diniy marosimlarda har bir odam alohida xususiyatga ega bo'lgan. Masalan, sax- inson tanasi, shunt-uning soyasi, rek- uning ismi, ax- uning arvohi hisoblangan. Bu yerda eng muhim rolni Ra- insonning joni, ya'ni ajalsizlikning negizi o'ynagan[4 :58].
XULOSA
Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki: Misrliklar diniy urf- odatlari va diniy tasavvurlari bo'yicha boshqa xalqlardan ancha farq qiladi. Ularning dafn marosimlari inson vafotidan so'ng, tana a'zolarini saqlab qolish va ularni jarohatlanishidan asrash maqsadida o'tkazilgan. Bundan tashqari vaqt o'tgan sayin diniy marosimlari murakkablashib borgan. Ularning diniy tasavvurlarida o'zlari o'tkazayotgan dafn marosimlari marhumning keyingi hayotiga ta'sir o'tkazishga ishonishgan. Dafn marosimlarining qay tartibda o'tkazilishi ham marhumning ijtimoiy tabaqasiga bog'liq bo'lgan. Vaholanki, oddiy yoki kambag'al oiladagi dafn marosimi bilan boy yoki yuqori mansabga ega bo'lgan oilada dafn marosimi tubdan farq qilgan. Dafn marosimlarida marhumni qabrga qo'yish jarayonida jasad yoniga uni himoya qilish uchun turli xil qimmatbaho matolarga o'ralgan narsalarni birgalikda qo'shib dafn qilishgan. Ular bu
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021
ISSN: 2181-1601
narsalar marhumning keyingi hayotida unga asqotadi deb uylashgani uchun shu ishlarni qilishgan. Dafn marosimlarining yana biri - mumiyolash sanaladi. Bu marosim ham insonning keyinga hayotiga ta'sir ko'rsatishiga ishonganligi sababli o'tkazilgan. Misrliklar dafn marosimlari turli davrlarda turli xil bo'lgan. Dafn marosimlari vaqt o'tgan sari murakkablashib boravergan. Barcha dafn marosimlari ularning keyingi hayotida yaxshi yashashiga asos bo'ladi deb ishonishgan. Bu ham diniy e'tiqodlarning o'ziga xos xususiyatlaridan biri hisoblanadi.
REFERENCES
1. М.Э. Матье : « Изобранные труды по мифологии и идеологии древнего Египта » М: 1996 г. Стр - 43- 47.
2. Ю.Я. ПЕРЕПЁЛКИН : « История Древнего Египта » С-П: 2000 г.Стр - 93
3. Михаил Александрович КОРОСТОВЦЕВ: « Религия Древнего Египта » СПб : Журнал «Нева» ; «Летний Сад» 2000 г. Стр 130 - 131 .
4. R. Rajabov «Jahon tarixi - Qadimgi Sharq , Yunoniston , Rim » Т: 2015. bet-58.
5. E.A. Wallis Budge: « From fetish to god in ancient egypt », Уоллис Бадж: « Древний египет: духи, идолы, боги » М: Центрполиграф: 2009 г. Стр 296 -297-298.