Central Asian Journal of
Education and Innovation
OZBEK ESTRADA QO'SHIQCHILIGI. TANIQLI IJODKOR VA
IJROCHILAR.
Artikbayeva Durdona Alisherovna
O'zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy Estrada san'ati instituti "Musiqiy nazariy va tarixiy fanlar" kafedra o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.12564501
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 20-June 2024 yil Ma'qullandi: 24- June 2024 yil Nashr qilindi: 27- June 2024 yil
KEY WORDS
milliy Estrada san'ati, ijro etish yangi texnologiyasi..
Mazkur maqolada Estrada san'atini shakllanishi va rivojlanishida samarali ijod qilayotgan va xalq qalbidan joy olgan ijodkorlar va ijrochilar haqida ma'lumot beriladi.
Qo'shiqni to'liq bayoni uch ijodkorning hamkorligida amalga oshiriladi. Bu kompozitor tomonidan yaratilgan musiqa, shoir tomonidan yaratilgan she'riy matn va qo'shiqchi - u asarning obrazini yoritib beruvchi, qo'shiqga jon ato etuvchi, xalq orasida ommalashishi, asarga hayot bag'ishlovchi inson sanaladi. Estrada qo'shiqlarining har biri o'z shakli, she'riy matni, aniq mazmun va ma'nosiga ega. Ularning hilma - hilligi kompozitorlarning yangilikka intilib, betakror asar yaratishga bo'lgan ishtiyoqini ko'rsatadi.
Mazkur jarayonda kompozitorlik ijodiyoti, jumladan, M. Mahmudov, M. Bafoev, H. Rahimov, R. Abdullaev, N. Norxo'jaev, A. Ergashev, A. Mansurov, A. Rasulov, D. Omonullaeva, A. Ikromovlar, B. Lutfullaev, Sh. Yormatov, F. Alimov, O. Abdullaeva, H. Raximov, X. Xasanovalarning ijodi ham shubhasiz katta o'rin tutmoqda. Zero, bu iste'dodli kompozitorlarning kichik janr doirasidagi ham ijodiy faolligi estrada qo'shiqlariga chuqur ma'no va mazmun bag'ishlamoqda. Bu hol qo'shiqlarning milliy negizga ega ohang kuy va so'z uyg'unligi, shakliy tuzilma, rivojlanish tamoyillari kabi ifodaviy vositalarida yorqin namoyon bo'ladi.
Nadim Norxo'jaev - ijodida qo'shiq ustuvor ahamiyat kasb etadi. U zamondosh shoirlar bilan hamkorlikda, turli mavzularda 100 dan ortiq estrada (shu jumladan, bolalar uchun ham) qo'shiqlar yaratdi U o'zining jozibali musiqiy asarlari, ayniqsa, bolalar uchun yarartgan qo'shqilari bilan el- yurt hurmatiga sazovor bo'ldi. Kompozitor estrada xonandalari va turli vokal cholg'u estrada ansambllariga rang-barang qo'shiq va cholg'u kuylar yaratib, ularning repertuarlarini boyitishga ko'maklashmoqda. Estrada qo'shiqchiligi rivojiga qo'shgan hissasi uchun 1981-yil O'zbekiston Yoshlar mukofoti bilan taqdirlangan. Uning qo'shiqlari "O'zbekiston - Vatanim manim" respublika tanlovlarida bir necha bor sovrinli o'rinlarga sazovor bo'lgan.
Kompozitor Dilorom Omonullaeva. - yirik asarlar bilan bir qatorda 100 dan ortiq badiiy yuksak estrada qo'shiqlari, shuningdek, bolalar bog'chasi va maktab o'quvchilari uchun ham
estrada uslubida 100 dan ortiq qo'shiqlar va mavzuviy qo'shiq to'plamlarini ("Topishmoq qo'shiqlar", " Alifbo qo'shiqlari") yaratdi. Hozirda O'zbekiston davlat konservatoriyasi "Estrada xonandaligi" bo'limi mudiri, dotsent D. Omonullaeva pedagogik faoliyatini yuritib, o'zi yaratgan estrada qo'shiqlarini yosh ijrochi-xlnandalarga o'rgatib kelmoqda.
O'zbekiston san'at arbobi Alisher Rasulov yirik asarlar bilan bir qatorda 1000 dan ortiq badiiy yuksak estrada qo'shiqlari yaratgan. Estrada qo'shiqlarini ko'plab xalq artistlari -G'ulomjon Yoqubov, Nasiba Abdullaeva, Mansur Toshmatov, shuningdek, O'zbekistonda hizmat ko'rsatgan artistlar - Kozim Qayumov, Gulbahor Erkulova, Bahtiyor Xolxo'jaev, Ravshan Komilov, Ra'no Sharipova, Yulduz Abdullaeva, xonandalar - Ra'no Bo'ronova, dutorchilar dastasidan Ozoda Madrahimova, Muhabbat G'ofurova, Mavluda Samandarova kabi ko'plab honanda, hamda "Bulbulcha", "Tomosha" singari bolalar qo'shiq ansambli va dastalari ijro etishgan. Kompozitorning 200 dan ortiq asarlari qatorida estrada qo'shiqlari ham O'zbekiston radiosi "Oltin fond"idan joy olgan.
Kompozitor Avaz Mansurov O'zbekiston Yoshlar mukofoti sovrindori, O'zbekiston davlat konservatoriyasida bir necha yillar rektor, hozirda 2022 yil Botir Zokirov nomli Estrada institutining rektori, professor o'zining individual uslubi bilan ajralib turadi. Kompozitor turli janrlarda ayniqsa, qo'shiqchilikda barakali ijod qilib kelmoqda. Ijodiy faoliyatida u estrada janrida ham unumli ijod qilib kelmoqda: "O'zbekiston ona - onajon", "Istiqlolim",
"Navro'z", "Askarlar qo'shig'i v.x.k. kabi estrada qo'shiqlari shular
ijod qilibgina qolmay,ko'plab
"Vatanginam", jumlasidandir.
Kompozitor Oydin Abdullaeva
turli janrlarda samarali yorqin instrumental asarlar bilan bir qatorda estrada qo'shiqlarini ham yaratdi. Mavzu jihattan rang - barang bo'lgan qo'shiqlar o'ziga hos ohangi va musiqiy tili bilan ajralib turadi. Qo'shiqlari ichida quyidagilar halq qalbidan joy egallagan asarlardir: "O'zbekiston", "Ont", "Yoshlik, baxor, muxabbat" v.h.k.
Kompozitor Farxod Alimov ijodiy faoliyati davomida barcha janrlarda go'zal asarlar yaratishka muvaffaq bo'ldi. Ijodkor zamonaviy qo'shiqchilik san'atiga katta e'tibor berib kelmoqda.Hozirgi kunda 100 ortiq turli mavzularda go'zal qo'shiqlar yaratdi: "Sen mening vatanimsan", " Buxoroga qayting laylaklar", "Xayr Samarqand" " O'zbekiston baxori", "Kelajak shulalarimiz", "Vatan ishqi" " Do'stlik qo'shig'i", "Navro'z keldi" v.h.k.
O'zbekiston san'at arbobi, "Shuxrat" medali sovrindori Habibulla Rahimov zamonaviy o'zbek professional musiqa san'atining namoyondalaridan biri. Kompozitor turli janrlarda ijod qilgan, ko'pgina asarlari dunyo konsert sahnalarida ijro etilib o'z muhlislariga ega bo'lgan. Estrada qo'shiqlari ham mavzuilik jihattan turfaliligi, o'ziga hos shakl va kuy ohanglari bilan ajralib turadi. Bular: "Vatan nadur", "Vatan", "Istiqlol qo'shig'i", "Samarqandim", "Posbonlarmiz", "O'zbekiston", "Chuchmoma", "Navbahor", "Navro'z", " Navro'z keldi" v.h.k.
O'zbekiston xalq artisti, bolalar xori san'atining faol targ'ibotchisi, kompozitor, professor va dirijor Shermat Yormatov o'z hayoti davomida o'zbek bolalar xor musiqasi shaklantirishda o'zining beqiyos hissasani qo'shdi. "Bulbulcha" nomli ilk bolalar xor jamoasini tashkil qilib, ular uchun ko'plab xor akapellalari, qo'shiqlar yaratdi. O'zining ijodiy faoliyatida davomida yaratgan nafaqat bolalar balki, estrada qo'shiqlari ham o'zbek xalqi qalbidan joy egallagan: "Diyor madhi", "Boychechak", "Go'zal yurt madhiyasi", "Maysa", "Qatralabon dur tomadi", " Shalola" v.h.k.
O'zbekiston san'at arbobi, O'zbekiston Bastakorlar uyushmasi raisi, kompozitor Rutam
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281
Abdullaev. Kompozitor turli janrlarda ijod qilgan, ko'pgina asarlari dunyo konsert sahnalarida ijro etilib o'z muhlislariga ega bo'lgan. Estrada qo'shiqlari ham mavzuilik jihattan turfaliligi, o'ziga hos shakl va kuy ohanglari bilan ajralib turadi. Bular: "Vatan nadur", "Vatan", "Istiqlol qo'shig'i", "Samarqandim", "Posbonlarmiz", "O'zbekiston", "Chuchmoma", "Navbahor", "Navro'z", " Navro'z keldi" v.h.k.
Qoraqalpoq va O'zbekiston Respublikasi san'at arbobi, kompozitor Baxrulla Lutfullaev o'zining ijodiyoti davomida sifonik orkestr va xoral asarlar bilan bir qatorda ESO va ovoz uchun asarlar, xor,solist va simfonik orkestr uchun qo'shiqlar va Vatanni ulug'lovchi 50 dan ortiq estrada qo'shiqlar ham yaratdi.
Iqtidorli kompozitor Xurshida Hasanova estrada va bolalar uchun yaratgan qo'shiqlari ko'plab tanlovlarda sovrinli o'rinlar egallagan. Qo'shiqlari: "Chinni gullar". " Sog'inaman", "Yetolmayman", "Alangali nido", "Vatanjonim", "Bayram qo'shig'i", "Yagona vatan", "Yaxshilik qo'shig'i", "Turnalar", "Sog'lom avlod", " Chegaramiz harbiylari" v.h.k.
Yuqorida sanab o'tkan kompozitorlar o'zining professional ijodiy faoliyatida ma'naviy yetuk asarlar yaratishga muvaffaq bo'ldilar.
Estrada qo'shiqlarini ijrochilari xususida ham to'xtalib o'tsak. Qo'shiqga xalq orasida yashash huquqini beruvchi insonlar ijrochilardir. Ularning ovoz tembri, ijrochilik va aktyorlik mahorati juda katta ahamiyat kasb etadi. O'zbek milliy estrada qo'shiqchiligining rivoji iste'dodli san'atkor, mohir xonanda Botir Zokirov nomi bilan bevosita bog'liqdir. Chunki uning bu jabhadagi serqirra va samarali ijodiy izlanishlari natijasida o'zbek qo'shiqchilik san'ati Sharq va G'arb estrada badiiy vositalari bilan uyg'unlashib, yangi sifatlarga erishdi. Shu bois ham bejiz emaski, B.Zokirov ijro etgan qator qo'shiqlar ("Ra'no", "Maftun bo'ldim", "Gazli", "Arab tangosi", "Xabiba", "Qochoq qiz" va b.) bugungi kunda ham milliy estrada qo'shiqchiligining yuksak namunalari bo'lib qolmoqda.
Ta'kidlash joizki, B.Zokirovning estrada qo'shiqchiligi sohasidagi ijodiy parvozi o'tgan asrning 70-80-yillari respublikamizda vokal-cholg'u ansambllari yuzaga kelishiga ham sabab bo'lgan edi. Bu o'rinda ayniqsa "Yalla", "Navo", "Sado" kabi musiqiy folklor manbalariga tayangan vokal-cholg'u guruhlarining faoliyati e'tiborli bo'ldi.
Milliy Estrada rivojiga ulkan hissa qo'shgan ijrochilardan: 80 - 90 yil "Bolalar", "Setora",. "Dado", "Sahar" guruhlari katta mashhurlikka erishdi, Muhriddin va Husniddin Xoliqovlar, Laylo Aliyeva, Ruslan Sharipov, G'ulomjon Yoqubov, Nasiba Abdullaeva, Mansur Toshmatov, Kozim Qayumov, Ravshan Komilov, Ra'no Sharipova, Yulduz Abdullaeva, Yulduz Usmonova, Ra'no Bo'ronova va h.k.z ko'rishimiz mumkim. 2000 - yil ijrochilari Gulsanam Mamazaitova, Ozodbek Nazarbekov, Rayxon Ganiyeav, Shaxzoda, Lola Ahmedova, Lola Yo'ldosheva, Sevara Nazarxon, Maxmud Nomozov va h.k.z., hozirgi avlod ijrochilari: Nilyufar Usmonova, Xamdam Sobirov, Ulug'bek Raxmatullayev, Botir Qodirov va h.k.z. misol qilishimiz. Ammo ushbu maqolda ayrim ijrochilarni ijodini ko'rib chiqamiz.
G'ulomiddin Toshpo'latovich Yoqubovüixonanda, aktyor, O'zbekiston (1987) va Qoraqalpog'iston (1991) xalq artisti. Kuchli, jarangdor va yoqimli ovozga ega. Ijrochilik uslubi emotsional ko'tarinki ruhi bilan ajralib turadi. Repertuari muhabbat, go'zallik, Vatan mavzuidagi, shuningdek, raqsbop qo'shiq va ashulalardan iborat. Sozanda va bastakor A. Ismoilov bilan hamkorlikda yaratgan qo'shiklari ommaviylashgan: „Zilola", „Sen o'zing", „Qaraysan", „Oshiqnoma" va b. Repertuaridan turli xalqlar (ozarbayjon, eron, turk, hind,
https://uz.wikipedia.org/wiki/Yulduz Usmonova
uyg'ur va b.) qo'shiqlari, shuningdek, „Segoh", „Dugoh", G'. Yoqubov ommaviy sahnada. „Guluzorim", „Feruz" kabi o'zbek mumtoz ashulalar o'rin olgan. 1990-yillardan boshlab kompozitor A. Rasulov bilan hamkorlikda zamonaviy estrada qo'shiqchiligi uslubida ijod etmoqda: „Dilorom", „Begoyim", „Qomat", „Ketolmaysan", „Elim deb", „Xush kelding muborak sarvarim Navro'z" va b. Ba'zi qo'shiqlar kuylarini Yo. o'zi yaratgan: „Muhabbat", „Unutilmasin", „Majnuntol", „O'ylasam", „Sening kulishlaring", „Parvardigor asrasin", „Bir qarasam" va b. „Majnuntol" gramplastinkasi „Melodiya" gramyozuv firmasining „Oltin disk" mukofotiga sazovor bo'lgan (1985). „Do'stlik" (1996), „Elyurt hurmati" (1999) ordenlari bilan mukofotlangan.
Yulduz O'rayimoxunovna Usmonova o'zbek estradasi xonandasi, Bastakor, O'zbekiston (1995), Qoraqalpog'iston (2000), Tojikiston (2024) Xalq hofizi faxriy unvoni, Turkmaniston va Qozog'istonda xizmat ko'rsatgan artist. Bir necha xalqaro estrada tanlovlari laureati (Yurmala, 1989; Olmaota, 1991). „Sharq qo'shiqlari qirolichasi" unvoniga sazovor bo'lgan (2000, Turkiya). Yevropa, Osiyo, Amerika, Shimoliy Afrika mamlakatlarida gastrolda bo'lgan. 2-chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati (1995—2000)[2].
Nasiba Melikovna Abdullayeva (1961-yil 15-noyabr, Samarqand, O'zbekiston SSR) -sovet va o'zbek estrada xonandasi. O'zbekiston (1993) va Ozarbayjon (2022) xalq artistil3]. O'zbek, fors, ozarbayjon, arab, tojik, rus va boshqa tillarda qo'shiqlar ijro etadi.
Nazarbekov Ozodbek Ahmadovich taniqli o'zbek qo'shiqchisi, O'zbekiston xalq artisti (2010) va Qoraqalpog'iston hamda Tojikiston (2024) xalq artisti, O'zbekiston madaniyat vaziri, O'zbek milliy musiqa san'ati instituti rektori (2020-yildan). Hozirgi kunda madaniyat vaziri lavozimida ishlab kelmoqda.
Sevara Nazarxon o'zbek estrada va folk-rok xonandasi, shuningdek, an'anaviy o'zbek musiqasi ijrochisi, bastakor. O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artist. O'zbek estradasida Sevara Nazarxon nomi 1999-yilda kirib keldi. Muhammad Yusuf she'riga bastalangan „Yur muhabbat" qo'shig'i unga omad olib keldi. 2000-yildagi ilk „Ko'rgim kelar" albomidan joy olgan qo'shiqlari hamon katta ahamiyatga ega. 2001-yil 31 avgust kuni Mustaqillik maydonida bo'lib o'tgan Istiqlolning 10 yillik tantanalarida Muhammad Yusuf qalamiga mansub „Ulug'imsan Vatanim" qo'shig'ini ijto etib, haqiqiy iste'dodini namoyon etdi.
Bugungi kunda o'zbek musiqiy estradasini milliy asosda rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjud. Biz bu sohada ijod qiluvchi - xonanda va sozandalar qatorida kompozitor va shoirlarimizdan ham xalqimizga manzur bo'ladigan, ayni paytda esa, yosh avlodning ta'lim-tarbiyasiga ijobiy ta'sir o'tkaza oladigan, ma'naviy yuksak asarlar yaratishlarini kutib qolamiz
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Amanullaeva D., Amanova N. Istoriya djaza i estradnoy muziki. T.: San'at, 2010.
2. Amanova N. Osnovnie etapi razvitiya uzbekskoy estradnoy muziki. V sb: O'zbekiston san'ati makon va zamon talqinida Toshkent, 2011
3. Bekov O., Mullajonov D. Milliy estrada san'ati. // O'zbekiston san'ati (1991 - 2001yillar). -T.; "Sharq" nashriyot - matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2001.
4. Vaxidov S. Estradnaya pesnya // Uzbekskaya muzika na sovremennom etape. T.; GILI im. G. Gulyama. 1977. - 123 - 139s.
2 https://uz.wikipedia.org/wiki/Yulduz_Usmonova
3 https://uz.wikipedia.org/wiki/Nasiba Abdullayeva
Page 153
5. Vaxidov S. Uzbekskaya sovetskaya pesnya. - T.; GILI im. G. Gulyama, 1976.
6. Gafurbekov T. "Estraditsiya" uzbekskogo folklora: PRO E CONRA // "An'anaviy madaniyatni saqlash muammolari" Boysun bahori xalqaro ilmiy konferensiya materiallari. Boysun.2003. -23 - 24 s.
7. San'atshunoslik masalalari. Imiy maqolalar to'plami. - T. San'at, 1998.
8. Karomatov F. Osnovnie cherti muzikalnogo stroeniya uzbekskix narodnix pesen // Voprosi muzikalnoy kulturi Uzbekistana. T. Izdatelstvo xudojestvennoy kulturi UzSSR. - 1961.
9. Omonullaeva D. Estrada xonandaligi. // Oliy ta'lim muassasalar uchun o'quv qo'llanma. T. O'zbekdavkons. tahrir - nashriyot bo'limi. 2007.