Научная статья на тему 'O‘ZBEK DRAMATURGIYASINING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISHI'

O‘ZBEK DRAMATURGIYASINING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISHI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
928
108
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
dramaturgiya / jadid / ma’rifatparvar / teatr / drama / ma’naviyat / san’at / madaniyat / ijod / rejissyor / istiqlol / sahna / milliy / mutafakkir

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — O Jo‘rayeva

Ushbu maqolada XX asrning boshlarida jadidchilar tomonidan asos solingan o‘zbek dramaturgiyasi tarixi, ma’rifatparvar jadidchilarning teatr rivojiga qo‘shgan salmoqli hissalari hamda hozirgi zamon dramaturgiyasining rivoji haqida fikr-mulohazalar yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK DRAMATURGIYASINING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISHI»

O'ZBEK DRAMATURGIYASINING PAYDO BO'LISHI VA RIVOJLANISHI

O.Jo'rayeva

O'zDSMI Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada XX asrning boshlarida jadidchilar tomonidan asos solingan o'zbek dramaturgiyasi tarixi, ma'rifatparvar jadidchilarning teatr rivojiga qo'shgan salmoqli hissalari hamda hozirgi zamon dramaturgiyasining rivoji haqida fikr-mulohazalar yuritiladi.

Kalit so'zlar: dramaturgiya, jadid, ma'rifatparvar, teatr, drama, ma'naviyat, san'at, madaniyat, ijod, rejissyor, istiqlol, sahna, milliy, mutafakkir

EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF UZBEK DRAMATURGY

O.Jorayeva

Fergana regional branch of UzSIAC

Abstract: This article discusses the history of Uzbek dramaturgy founded by Jadidists at the beginning of the 20th century, the significant contributions of enlightened Jadidists to the development of theater, and the development of contemporary dramaturgy.

Keywords: dramaturgy, modern, enlightener, theater, drama, spirituality, art, culture, creativity, director, independence, stage, national, thinker

O'zbek dramaturgiyasining paydo bo'lishi qadimgi davrlarga borib taqaladi. Qadimda xalq orasida turli bayram va sayllarda, marosimlarda turli tomoshalar tashkil etilgan. Bu tomoshalarda xalq orasida chiqqan qiziqchi-mas'harabozlar qiziqarli chiqishlar, sahna ko'rinishlari ijro etib, tomoshabinlarni xushnud qilishgan. Ular o'zlarining kulgili hangomalari, latifalari bilan xalq orasida og'zaki milliy dramaturgiyaga asos solishgan.

Drama so'zi yunoncha so'z bo'lib, 'harakat" degan ma'noni anglatadi. Syujetlilik, harakatlarning ziddiyatga asoslanishi va ularning sahna, epizodlarga bo'linishi, bayonning yo'qligi, personajlar munosabatlarining o'zaro so'zlashuvga asoslanishi dramaning o'ziga xos xususiyatidir. Ijtimoiy muammolarni aks ettiruvchi dramatik ziddiyatlar qahramonlarning xatti-harakatlarida, avvalo, dialog va monologlarda ifodalanadi. Drama matni ko'rishga (imo-ishora, harakat), shuningdek, eshitishga mo'ljallanadi; u sahnaviy makon, zamon va teatr texnikasi imkoniyatlariga ham muvofiq keladi. Drama adabiy asar sifatida aktyor, rejissyor tomonidan sahnada o'z

talqinini topadi. Drama tufayli teatr san'ati yuzaga kelgan va u kino san'ati uchun ham asos bo'lgan.

O'zbek dramaturgiyasi uzoq yillik, aniqrog'i bir asrlik boy tarixga ega. Mana shu bir asrlik vaqt orasidagi o'zbek milliy dramaturgiya faoliyatini ikki davrga bo'lib o'rganish mumkin. Birinchi davr, 1913-1990 yillarni o'z ichiga qamrab olgan salkam 80 yillik muddat. Ikkinchi davr, mustaqillik davri ya'ni 1991 va undan keyingi yillarni o'z ichiga oladi.

XX asrning 10-20 yillari orasida Turkistonda ma'rifatparvarlik g'oyalarini keng targ'ib qilgan jadidchilik harakatining namoyandalari matbuotda o'z maqolalari bilan faol qatnashganlar. Lekin bu yurt aholisining 80% i savodsiz bo'lganligi sababli matbuotdan foydalanishni bilmagan. Shuning uchun jadidchilar xalq orasida teatr tomoshalarini o'ylab topib, mahalliy aholi orasidan ko'ngillilardan iborat teatr truppalarini tashkil etishgan. Jadidchilarning asosiy maqsadi o'zbek millatini savodsizlikdan chiqarish, ilm-ma'rifatli qilish va insonlar ma'naviyatini oshirish bo'lgan. Ular o'z maqsadlarini teatr orqali amalga oshirish uchun astoydil bel bog'laganlar.

1814 yilda Abdulla Avloniy rahbarligida birinchi o'zbek "Turon teatr truppasi" tashkil etilgan. Bu truppaga jadidchilarning o'zlari pesalar yozib, o'zlari sahnalashtirib, hattoki, o'zlari ham rol o'ynaganlar. O'sha yili buyuk ma'rifatparvarimiz Mahmudxo'ja Behbudiyning "O'qimagan bolaning xoli yoxud "Padarkush" (milliy fojiaviy kulgi)" asari sahnalashtirildi. Xuddi shu yili Hoji Muin va Nusratulla Qudratillaning "To'y", 1915 yilda Abdulla Qodiriyning "Baxtsiz kuyov", Hoji Muinning "Mazluma xotin", Abdulla Avloniyning "Advokatlik osonmi?", "Pinak", Fitratning "Begjon" dramalari, 1917 yili Samarqandda, "Temur sag'anasi", Toshkentda, "Abo Muslim", "Chin sevish" dramalari 1920 yilda "Turon" teatrida sahnalashtirildi. Hamzaning 1918 yilda yozilgan "Boy ila xizmatchi", "Xeva inqilobi" (bu pyesa saqlanmagan) asarlari yozilishi va sahnalashtirilishi bilan o'zbek milliy dramaturgiyasiga asos solingan.

Shunday qilib, ko'plab o'zbek san'atkor va adiblari o'z ijodlarini dramaturgiya sohasida ham boshlab yuborishdi. Xususan, Mannon Uyg'ur (1897-1955), G'ulom Zafariy (1889-1938), Abdurauf Fitrat (1886-1938), Abdulhamid Sulaymon Cho'lpon (1898-1938), Xurshid ( 1892-1960), Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929)lar sahna san'ati rivojiga ulkan hissa qo'shdi. Ular o'z navbatida milliy dramaturgiyamiz shakllanishiga va rivojiga ham munosib hissa qo'shdilar. Jumladan, Hamza rahbarligida Buxoroda ilk bor kichik "Sayyor truppa" tashkil qilinib, birinchi bor, "Nurxon" asarini sahnalashtirilgani tarixdan ma'lum. Hamzaning "Kim to'g'ri", "Tuhmatchilar jazosi", "Boy ila xizmatchi", "Ishchilar hayotidan", "Loshman fojiasi", "Farg'ona fitnasi", "Qizil qon ichida yosh go'daklar", "Mahbus to'raning holi asarlari sahna yuzini ko'rdi. Bu davrda Hoji Muinning "To'y" (Nusratulla Qudratulla bilan

hamkorlikda yozilgan), Cho'lponning "Temirchi", "Gunoh", "Cho'rining isyoni" asarlari yaratilganligi va ba'zilari sahnalashtirilganligi ham ma'lum.

Shunigdek, "1918-1920 yillar orasida Farg'onada "O'lka sayyor drama truppasi", Toshkentda Mannon Uyg'ur rahbarligida "truppa" tashkil bo'ldi. Shu yillar orasida Andijonda, Samarqand, Buxoro, Qo'qon va boshqa shaharlarda teatr guruhlari tuzildi. Shu tariqa 1920 yilga kelib, Toshkentda "O'zbek davlat drama teatri" ochildi. Boshqacha qilib aytganda, "Turon teatr truppasi" "davlat teatri" maqomiga ega bo'ldi. Natijada ko'plab sahna san'atkorlari o'z ijodlarini boshlab yuborishdi."[1]

M.Behbudiy, A.Avloniy, Cho'lpon, A.Qodiriy, H.H.Niyoziy kabi iste'dodli yozuvchilar o'zbek teatri, uning g'oyaviy asosi bo'lmush milliy dramaturgiya namunasini yaratib beribgina qolmay, uni hayotga joriy etib, karvonboshlik qilgan siymolar sifatida e'tirof etildi.

60-80-yillar avlodlari bo'lgan Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Erkin Samandar, Hayitmat Rasul, Haydar Muhammad, Sharof Boshbekov, Abduqahhor Ibrohimov, Usmon Azim, Xurshid Davron, Erkin A'zam, Erkin Xushvaqtov, Nurillo Abbosxon, Sanjarali Imomov, Salohiddin Sirojiddinov, Rixsivoy Muhamadjonov, Komil Avaz, Habib Sa'dulla, Husniddin Sharipov, Farhod Musajonov, Ulug'bek Hamdam, Erkin A'zam, Shuhrat Rizayev, O'tkir Hoshimov, Nurali Qobil, Tilab Mahmudov, To'lqin Muhiddin, Diloram Yo'ldosheva, Farida Bobojonova kabi bir qator ijodkorlar ham o'zbek milliy dramaturgiyasining rivojiga o'zlarining davr talabiga mos tarbiyaviy, ma'naviy-ma'rifiy mavzularda yaratilgan asarlari bilan salmoqli hissa qo'shishdi.

Mustaqil yillarida boshqa sohalar singari o'zbek teatri hayotida ham yangi davr boshlandi. Istiqlol tufayli milliy merosga tayanib ijod qilish, milliy qadriyatlar, an'analarni tiklashga intilish jiddiy tus oldi. Bu davrda o'zbek teatrida ilg'or tendensiyalar, ijodiy izlanishlar ko'zga tashlandi, jumladan, teatrlar repertuarida tarixiy mavzuning salmog'i oshdi. Buyuk ajdodlarimiz — allomalar, shoirlar, davlat arboblari, lashkarboshilarning hayoti va taraqqiyot uchun kurashini yorituvchi o'nlab sahna asarlari yaratildi. Sahnalarda buyuk mutafakkirlar - Bahouddin Nashqband, Hakim at-Termiziy, Imom al-Buxoriy, Abdulla Avloniy, Behbudiy kabi allomalar, "Avesto" kitobi asosida Zardushtiy hayotini yorituvchi sahna asarlari vujudga kelib, davrimiz tomoshabinlari ma'naviyatini boyitdi, tarixiy, diniy e'tiqodga nisbatan qarashlarni o'zgartirdi. Ayniqsa, Amir Temur va temuriylar haqida yaratilgan 20 ga yaqin sahna asarlari ma'naviy va madaniy hayotimizda katta voqea bo'ldi.

Shu yo'nalishda Alisher Navoiy asarlarini teatr sahnasida yangicha talqin etish boshlandi. Jahon va milliy mumtoz dramaturgiya namunalarini zamonaviy talqin va vositalarda sahnalashtirish boshlandi. Navoiy, Shekspir, Molyer, Ayniy, Behbudiy, Fitrat, Qodiriy, Cho'lpon, Avloniy, G'afur G'ulom asarlarining sahnaviy talqinlari shundan guvohlik beradi. Shuningdek, sahna asarlarida etnografiya va folklor manbalari vositalaridan foydalanish butun bir uslubiy yo'nalish sifatida ko'zga yaqqol

tashlanib, sahna san'atining milliy o'ziga xosligini kuchaytirishga xizmat qilmoqda. "Alpomish" qahramonlik dostoni asosida poytaxt va viloyat Teatrlari sahnalarida yaratilgan 10 ga yaqin spektakllar ham bu yo'nalishning istiqbolidan nishonadir. O'zbek dramaturgiyasida zamonaviy mavzularda asarlar yaratilib, sahnalashtirish yildan yilga sezilarli darajada avj olib bormoqda. Zamonaviy mavzular ko'proq melodrama, komediya, tragikomediya janrlari doirasida ishlanmoqda. Ayniqsa, maishiyaxloqiy komediyalar Teatrlar repertuaridan keng o'rin egallamoqda.

O'zbek milliy dramaturgiyasi va teatr san'atining istiqboli uchun hukumatimiz tomonidan bir qator qaror va farmoyishlar qabul qilindi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 26-martda e'lon qilingan "O'zbekiston teatr san'atini rivojlantirish to'g'risida"gi farmoni va O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining shu asosda qabul qilgan "O'zbekteatr" ijodiyishlab chiqarish birlashmasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qarori Teatr san'ati strategiyasini belgilab berdi. Shu asosda "O'zbekteatr" ijodiyishlab chiqarish birlashmasi, Teatr ijodkorlari uyushmasi tuzildi. "Teatr" jurnali nashr etila boshladi. Muntazam ravishda turli seminar va festivallar o'tkazilmoqda. Davlatlararo shartnomalarga muvofiq xorijiy mamlakatlardagi ijodiy tashkilotlar, xalqaro birlashmalar bilan aloqalar o'rnatilmoqda. Bularning barchasi o'zbek teatr san'atining rivojlanishi, taraqqiy etishi uchun yaratilgan imkoniyatlardir.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, o'zbek dramaturgiyasi namoyandalari asrlar davomida avloddan-avlodga o'zining boy adabiy merosini qoldirib kelgan. Hozirgi kunda ham dramaturglar, rejissyorlar hayot bilan hamnafas, hayotiy voqealarni aks ettiruvchi, tarbiyaviy, ma'naviy-ma'rifiy asarlar yaratib, o'zbek dramaturgiyasini, teatr san'atini rivojiga salmoqli o'z hissalarini qo'shmoqda.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev "Adabiyot, san'at va madaniyat yashasa, millat va xalq, butun insoniyat bezavol yashaydi"-deb ta'kidlaganlari bejiz emas, albatta. Darhaqiqat, adabiyot, san'at va madaniyat har bir millat hamda xalqning ko'zgusidir. Xalqning tarixi va bugungi hayotini aks ettirib, keyingi avlodga yetkazish uchun, jahon sahnasida shu millatning milliyligini, o'zligini, yutuqlarini ko'rsatib, butun jahonga tanitish uchun xizmat qiladigan ham adabiyot va san'atdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. F. Abduvohidov. Dramaturgiya asoslari. T.; 2019. 122 b.

2. Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi ma'ruzasi. 2017.

3. H. Abdusamatov. Drama nazariyasi. T. ; G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va sanat nashriyoti. 2000.

4. F. Abduvohidov. Dramaturgiya tarixi. T.; 2019.

5. Mansurjonovna, B. U. (2022). JO 'ROVOZLIK SAN'ATI. Oriental Art and Culture, 3(1), 490-496.

6. Абидов, А., & Болтабоева, У. (2022). РОЛЬ ПУБЛИЧНЫХ ВЫСТУПЛЕНИЙ В ИЗУЧЕНИИ УЗБЕКСКОЙ КЛАССИЧЕСКОЙ ЛИТЕРАТУРЫ. Oriental Art and Culture, 3(1), 414-423.

7. Qodirova, X., & Boltaboyeva, U. (2022). MAMLAKATIMIZDA JISMONIY TARBIYA VA SPORTNI OMMALASHTIRISHDA XOTIN-QIZLAR SPORTINING O 'RNI. Oriental Art and Culture, 3(1), 699-704.

8. Xaydarov, A. (2022). O „SMIRLIK YOSHIDAGI IJODKOR BOLALARNING OVOZINI TARBIYALASHDA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR. Oriental Art and Culture, 3(1), 45-50.

9. Yuldashev, A., & Akbarov, T. (2022). A Look at the Work of Composer Franz Schubert. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(3), 20-25.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.