Научная статья на тему 'SAMARQAND VILOYATI MUSIQALI DRAMA TEATRINING SHAKLLANISHI'

SAMARQAND VILOYATI MUSIQALI DRAMA TEATRINING SHAKLLANISHI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
156
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
teatr / rejissor / spektakl / talqin / aktyor / pyesa / dramaturg / xarakter / kechinma

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — M.I.Qodirov

Ushbu maqolada Samarqand viloyati musiqali drama teatrining shakllanish va rivojlanish bosqichlari, teatrda sahnalashtirilgan spektakllar, undagi rejissorlik va aktyorlik talqinlari haqida so‘z yuritiladi. Samarqand viloyati musiqali drama teatrining ijodiy rivojida jahon va o‘zbek dramaturglarining hissasi, ularning pyesalari aspsida sahnalashtirilgan spektakllar xususida, shuningdek, jadid dramaturglarinig Samarqand teatri rivoji yo‘lida amalga oshirgan ishlari borasida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SAMARQAND VILOYATI MUSIQALI DRAMA TEATRINING SHAKLLANISHI»

SAMARQAND VILOYATI MUSIQALI DRAMA TEATRINING

SHAKLLANISHI

M.I.Qodirov ortiqov.ismatullo 1967@gmail .com Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada Samarqand viloyati musiqali drama teatrining shakllanish va rivojlanish bosqichlari, teatrda sahnalashtirilgan spektakllar, undagi rejissorlik va aktyorlik talqinlari haqida so'z yuritiladi. Samarqand viloyati musiqali drama teatrining ijodiy rivojida jahon va o'zbek dramaturglarining hissasi, ularning pyesalari aspsida sahnalashtirilgan spektakllar xususida, shuningdek, jadid dramaturglarinig Samarqand teatri rivoji yo'lida amalga oshirgan ishlari borasida so'z boradi.

Kalit so'zlar: teatr, rejissor, spektakl, talqin, aktyor, pyesa, dramaturg, xarakter, kechinma.

FORMATION OF SAMARKAND REGIONAL MUSICAL DRAMA

THEATER

M.I.Qodirov ortiqov.ismatullo 1967@gmail .com Uzbek National Institute of Musical Arts named after Yunus Rajabi

Abstract: This article discusses the stages of formation and development of the Samarkand Regional Musical Drama Theater, theatrical performances, directorial and acting interpretations. The contribution of world and Uzbek playwrights to the creative development of the Samarkand Regional Musical Drama Theater, the performances staged in their plays, as well as the work of modern playwrights in the development of the Samarkand Theater will be discussed.

Keywords: theater, director, play, interpretation, actor, play, playwright, character, experience.

O'rta Osiyoda XIX asr oxiri - XX asr boshlarida ulkan madaniy o'zgarishlar yuz berishi uchun qulay imkoniyatlar mavjud edi. Chunonchi, XIX asr so'nggi choragiga kelib, Rossiya imperiyasi bilan aloqa kuchayishi natijasida Turkistonning barcha o'lkalari kabi Samarqandda ham bir qator madaniyat-istirohat maskanlari, shular jumlasidan teatr binolari qad rostlayotgan edi. Albatta, bunday inshootlar, birinchi navbatda shu yerda istiqomat qiluvchi Yevropa millatiga mansub aholi uchun barpo

I ibiSi^^Bl ^22 http://oac.dsmi-qf.uz

etilganligi hech kimga sir emas. Ushbu teatr binolarida rus va tatar ko'chma teatrlari gastrollari bo'lib, unda A.S.Pushkinning "Boris Godunov", N.V.Gogolning "Revizor", A.S.Griboyedovning "Aqllilik balosi", Prosper Merimening "Tamango" kabi sahna asarlari namoyish etilgan. [1. B. 150-151] Garchi bu spektakllar rusiyzabon aholi uchun mo'ljallangan bo'lsa-da, mana shunday teatr binolari va unda namoyish qilingan sahna asarlari ta'siri o'laroq mahalliy xalq ichida ham milliy dramaturgiya va teatr tez orada vujudga kelishini hayol qilish mumkin edi. Bu yillarda respublikada jadid dramaturglarining ijodiy faoliyati ko'zga ko'rinib, o'zining ijodiy ishlarini xalqqa namoyish etishni boshlagan edilar.

Tadqiqotchi olim Miyon Buzruk yangi o'zbek teatrining vujudga kelishi tarixining XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Turkistonda kechgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy evrilishlar bilan bog'liqlikda o'rganishga uringan. Unga ko'ra, yangi o'zbek teatri haqida bahs yuritilganda, uning yuzaga kelishini yuqorida tilga olingan jarayon markazida turgan jadidchilik harakati bilan bog'lash to'g'ridir. [2. B. 57]

Miyon Buzruk jadidlarning adabiy faoliyat boshlagan kezlaridagi poeziya sohasida ozarbayjon shoirlari ta'siriga berilib ketishlari, xuddi tatarlar bilan bo'lgani singari, ozarbayjonlik savdogar boylar faoliyatlari bilan bog'liq bo'lganligini yozadi. Darhaqiqat, Samarqandda savdo bilan mashg'ul bo'lgan Hoji Zaynulobiddin Taqiyev kabi choychi va qorako'lchi ozariy boylar mahalliy xalq bilan yaqin aloqada bo'lganlar. Zotan, ozar boylari ham Turkistonda faoliyat olib borayotgan tatar va rus savdogarlari bilan raqobatda g'olib chiqish uchun mahalliy xalqqa diniy va milliy qardoshlik rishtalari vositasida yaqinlashishga intilganlar. Ya'ni ular mahalliy xalqni ozar madaniyatiga yaqinlashtirishga uringanlar. Bu aloqaning markazi Samarqand shahri bo'lgan. Binobarin, o'zbek jadid sheriyatining dastlab Samarqandda rivojlanishi va she'riy to'plamlarga ham ilk bor shu yerda tartib berilishi ayni holat bilan bog'liqdir. Tadqiqotchi Burhon Abdulhayirovning fikricha, "O'zbekistonda poeziya sohasidagi Ozarbayjon ta'siriga o'xshash holat teatr sohasida bo'lmagani kuzatiladi". Ammo, O'zbek teatrida ilk bora namoyish qilingan "Padarkush" pyesasining rejissori azarbayjonlik Aliasqar Asqarov bo'lgan. [3. B. 24] Pyesaning muallifi Samarqandning Shavdor (hozirgi Toyloq) tumani Baxshitepa qishlog'ida tug'ilgan Mahmudxo'ja Behbudiy bo'lib, u Rossiya imperiyasi hukumatidan birinchi bor milliy teatr ochish haqidagi hujjatni qo'lga kiritgan. Bu haqda o'zbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodriy shunday yozgan edi: "Ma'lumdirki, bizim Turkistonda drama ham teatrning ta'rixlari 1912-yildan boshlanib, ularni qabul etganimizga yetti yillar bo'ladi...

1912-yildan boshlab "Padarkush" isminda o'z turmushimizdan olingan teatr risolasi Mahmudxo'ja Bexbudiy tarafidan maydonga qo'yilur... "Padarkush" risolasi Turkistonning umuman deyarli har bir katta-kichik shaharlarinda maqi' tomoshag'a qo'yilib, yoshlarimiz uchun bir daraja teatru maqsadi onglashilur. Mana shundan so'ng bizda teatr masalasi bosh ko'tarib, yarim-yorti teatr risolalari yoza boshlaymiz" [4. B.

I ícclT^^^^H 423 http://oac.dsmi-qf.uz

64]. Samarqand shahrida ilk bora 1914-yil 15-yanvarda Mahmudxo'ja Behbudiyning "Padarkush" spektakli namoyish qilindi. [5.]. Samarqandda qo'yilgan birinchi teatr tomoshasida asosiy rollarni ijro etgan o'n bir nafar artistlardan bittasi ozariy, yana biri tatar va qolgan to'qqiz kishi mahalliy millat vakillari bo'lgan. Ushbu rol ijro etganlarning tarkibiga e'tibor berilsa, ularning hammasi boy tabaqa oilalarning farzandlari ekanligi, hatto ular orasida Mardonqul ismli boyning o'zi ham sahnaga chiqib, rol ijro etganligi ma'lum bo'ladi.[6. B. 94]. Ushbu teatr truppasi keyinchalik Qo'qon shahrida gastrol safarlarida bo'lib, "Padarkush" spektaklini namoyish qildilar. "Padarkush"ning Toshkentda sahnaga qo'yilishi "Samarqand va Qo'qondan keyin" deyilishi faqat xronologik jihatdangina to'g'ri. Haqiqatan esa mazkur asarning sahnalashtirilishi jarayoni, Sh.Rizayev to'g'ri ta'kidlaganidek, Samarqand va Toshkentda parallel kechgan. Faqat ma'lum bir sabablarga ko'ragina uning sahnaga olib chiqilishi Toshkentda Samarqanddan bir oz keyin amalga oshgan. Ammo uning Qo'qonda qo'yilishi samarqandliklar tomonidan qo'yilgan gastrol spektakli edi. Ya'ni u original, yangitdan sahnalashtirilgan variant emas.

Mahmudxo'ja Behbudiyning "Padarkush" dramasida ma'rifatparvarlarning ijtimoiy-ma'rifiy g'oyalari o'z ifodasini topgan. Asarda bir boyning boylik turganda ilm-ma'rifatning keragi yo'q qabilida ish tutib, o'g'li Toshmurodni takasaltang, noshud qilib o'stirganligi haqida so'z boradi. Boy ilmning afzalligi haqida gapirgan domla hamda taraqqiyparvar ziyolini jerkib tashlaydi. Voqealar rivoji Domla bilan Ziyoli fikrlarining naqadar to'g'riligini tasdiqlaydi. Ilm-ma'rifat ko'chasiga kirmay, ichkilikka, maishatga mukkasidan ketgan o'g'il o'z otasining kushandasiga aylanadi: pyesaning yakunida o'g'il sheriklari bilan o'z otasini tunash uchun kelib, uning o'limiga sababchi bo'ladi.

Asar u qadar katta emas, syujeti ham sodda, biroq muallif unga teran ma'noni singdira olgan: ma'rifatdan, ilm nuridan yiroq boylar, umuman jamiyatning oxiri - voy. Behbudiy millat bolalari omi bo'lib o'sishlariga yo'l qo'ymaslik kerakligi, ularni ilmga intilishlarini qo'llab-quvvatlash haqida jon kuydirib gapiradi. Dunyoviy ilmlarni diniy ilmlar bilan bir qatorda ko'rish ham farz, ham qarz deb biladi.

Pyesa ommaga shu qadar ta'sir qildiki, ko'pchilik boylar ilm yo'lida "usuli jadid" maktablarini ochishda mablag'larini ham ayamadilar. Bu asar bir maktab, ibrat vazifasini o'tadi: xalqni ogohlikka chaqirdi.

"Padarkush" 1911-yilda yozilib, 1913-yilda bosilib chiqqaniga qaramay, muntazam teatr guruhlari bo'lmagani va bu ishga moyillik bildjirgan yoshlarga "masxaraboz", "buzuq", "axloqsiz" deb qarash oqibatida ancha vaqtgacha o'ynalmadi. Behbudiy bu haqda kuyinib shunday deb yozgan edi: "o'ynayturg'on odam yo'q , azbaski, Turkistonda bekor odam yo'qki, xalq uchun ishlasa. Va bekor kishi yo'qki, teatruv sahnasiga chiqib, masxarabozlik qilsa. (chunki Turkistonda teatrni masxarabozlikdan ayirmadilar), qachonki masxarabozlik (artislik) xizmatini

I ícclT^^^^H 424 http://oac.dsmi-qf.uz

zimmasiga oluvchi o'n kishi topilsa o'ynalur". [7.] Nihoyat, Samarqandda mana shunday yoshlar topildi va pyesani sahnalashtirish ishi boshlandi. Avval boshida Behbudiyning o'zi havaskor aktyorlarga yordam berdi. So'ngra rejissor sifatida Aliasqar Asqarovni taklif qildilar. 1914-yil 15-yanvarida Samarqandda "Xalq teatri" binosida "Padarkush" spektakli qo'yildi. Fojea tatar truppasi qo'ygan "Oldaduk ham oldanduk" nomli komediyasi bilan bir vaqtda sahna yuzini ko'rdi. "Oina" jurnalida bu voqea shunday ta'riflanadi: "Padarkush"ning nihoyatda yaxshi qo'yilgani hozir bo'lgan har bir sinfning roziligidan ma'lum edi. Xalq nihoyat ko'p kelib, bilet yetmagan va joy yo'qligi uchun uch-to'rt yuz kishi qaytib ketdi. Biletlar ikki kun ilgari sotilib tamom bo'lib edi. Soat yettidan boshlab minglab xalq ibratxoan (teatr) ga hujum qilgan. Ammo bilet yo'q. Uch so'm berib, tikka turmoqqa ham rozilar. Bo'sh yer yo'q. Ushbu jihatdan ibratxona muboshiri Muhtaram ham kelganlardan uzr so'radi" [5.].

"Padarkush", bir tomondan, yangi teatr san'atiga bo'lgan ehtiyojni ko'rsatsa, ikkilamchi, ma'rifatparvarlarning teatrchilik harakati o'sishiga keskin turtki berdi. Spektaklda rollar taqsimoti quyidagicha bo'lgan: Boy - Abdusalom Abdulrahim o'g'li, Hayrullo - Abbos, Domla - Mardonqul Shomuhammad o'g'li, Toshmurod - Yozdonqul Shohmuhammad o'g'li, Ziyoli - Mirzo No'mon mulla Fozil mufti o'g'li, Liza hamda boyning xotinini Abdulla Badriy ijro etganlar. Matbuotda Abdulla Badriy tomonidan yaratilgan Liza xonim obraziga juda ko'p to'xtalingan. Tomoshabinlarning bu obrazni erkak kishi ijro etganini sezmaganliklari haqida yozishgan. Demak, aktyor qiyofasini shu qadar o'zgartira olgan, ayollarga xos xatti-xarakat, imo-ishoralarni topa bilgan. Boy obrazini yaratgan Abdusalom Abdulrahim o'g'li boyligigagina ishonib yashaydigan, badfe'l, uquvsizligi, kaltabinligi tufayli halokatga yuz tutgan boy qiyofasini gavdalantirilgan. Albatta, truppa havaskorlardan iborat bo'lib, hali dekoratsiya, kiyim-kechak, texnik vositalar bilan ta'minlanmagan, aktyorlar sahna mahoratidan yiroq, har biri o'zidan kelib chiqqan holda obraz yaratgan.

Samarqanddan so'ng bu asar butun Turkiston o'lkasi bo'ylab sahnalashtirila boshladi. Spektakllardan tushgan pullarni faqat ilm-ma'rifat tarqatish, maktablar ochish, kitoblar chop ettirish yo'lida sarf qilganlar.

1918-yil 14-fevralda Mahmudho'ja Behbudiy Samarqandda milliy teatrni qayta tiklab, unga "Samarqand musulmon musiqa drama dastasi" deb nom berdi. Ushbu teatr dastasi Hamzaning "Masaraning ishi", "Boy va batrak", Fitratning "Abulfayzxon", Cho'lponning "Yorqinoy" kabi dramalari keng tomoshabinlar ommasiga namoyish qildi. [1. B. 151].

1920-yilga kelib esa "Musulmon agittruppasi"ga aylanadi. 1929-yil 20-oktabrda Samarqand shahar musiqa teatri deb ataldi. 1930 yilda O'zbekistonning Samarqanddagi poytaxt teatri maqomida ishlayotgan O'zbek davlat drama truppasi yangi poytaxt - Toshkentga ko'chirilishi munosabati bilan "Musulmon agittruppasi"

425

http://oac.dsmi-qf.uz

va "Ko'k ko'ylak" havaskor teatr to'dasi asosida Samarqand viloyat o'zbek davlat musiqali drama teatri tashkil topdi.[8. B. 461]

Samarqand teatri o'z faoliyatini 1930-yili Sobir Abdullaning "Bog'bon qizi" (bastakor T.Sodiqov; rejissor S.Jo'raboyev) musiqali dramasi asosida sahnalashtirilgan spektakli bilan boshlaydi. Ketma-ket G'ulom Zafariyning "Halima" pyesasini rejissor S.Jo'raboyev sahnalashtiradi. Komil Yashinning "O'rtoqlar", Rahim Pirmuhamedovning "O't bilan o'ynashmangiz" asarlarini esa rejissor A.Jo'rayev kabi rejissorlar spektakllarni sahna yuzini ko'rishiga muvaffaq bo'ladilar. 1934-yilda Samarqand viloyati birlashgan rus, o'zbek yosh tomoshabinlar teatriga aylandi va Abulqosim Loxutiy nomi berildi.

Teatrda professionalizm, ijroda mahorat tamoyillarini chuqurroq qaror toptirish maqsadida "Hamza" nomidagi o'zbek davlat akademik drama teatri Shekspirxonlik va rejissorlik laboratoriyasining a'zosi Vafo Xo'jayev 1938-yili Samarqand teatrining badiiy rahbari vazifasiga tayinlandi.

Uning rahbarligida ijrochilar "Lyubov Yarovaya", "Nomus va muhabbat", "Farhod va Shirin", "Gulsara", "Chegarachilar" spektakllari misolida hayotiy ijro amallarini badiiy obraz darajasiga ko'tarish yuzasidan samarali izlanishlar olib bordi.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, Samarqandda tashkil qilingan teatr truppasi va "Padarkush" spektaklining dunyo yuzini ko'rishi bu nafaqat Turkistonda, balki butun Markaziy Osiyoda birinchi marta uchraydigan madaniy hodisalardan biri hisoblanadi. Bunga jadid mutafakkirlaridan bo'lgan Mahmudxo'ja Behbudiyning qo'shgan hissasi katta bo'lgan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Sharofov B., Sirojiddinov S. Samarqand davlat drama va musiqali teatri tarixiga bir nazar. -T.: 2008.

2. Abdulhayirov B. Miyon Buzruk - jadid dramaturgiyasi va teatri tadqiqotchisi. -T.: Fan, 2009.

3. Rizayev Sh. Jadid dramasi. -T.: Sharq, 1997.

4. Qodiriy A. "Diyori Bakr". -T.: Yangi asr avlodi, 2007.

5. "Oyina" jurnali, 1914. 25-yanvar. 14-son.

6. Abdulhayirov B. Miyon Buzruk - jadid dramaturgiyasi va teatri tadqiqotchisi. -T.: Fan, 2009.

7. "Oyina" jurnali. 1913. 51-son.

8. Tursunov T. XX asr o'zbek teatri tarixi. 1900-2007-yillar. -T.: Art-Press, 2010.

426

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.