DRAMATIK ASARLARDA KONFLIKT
Umidaxon Boltaboyeva
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali
Annotasiya: Ushbu maqolada XX asrda o'zbek adabiyoti va dramaturgiyasi hamda dramatik asarlarlarda konflikt, ekspozitsiya, tugun, kulminatsiya, yechim haqida hikoya qilinadi.
Kalit so'zlar: Teatr, san'at, dramaturgiya, drama, aktyor, adabiyot konflikt, ekspozitsiya, tugun, kulminatsiya, yechim.
CONFLICT IN DRAMATIC WORKS
Umidaxon Boltaboyeva
Fergana regional branch of the Uzbek State Institute of Arts and Culture
Abstract: This article deals with conflict, exposition, knot, culmination, and solution in Uzbek literature and drama in the 20th century, as well as in dramatic works.
Keywords: Theater, art, dramaturgy, drama, actor, literary conflict, exposition, node, culmination, solution.
Bizga ma'lumki, eramizdan avvalgi XIII-V asrlarda - dunyo adabiyoti, aniqrog'i grek adabiyoti rivoj topdi. Grek adabiyotining o'lmas daholari Gomer, Sofokl, Esxil, Aristofanlar yuzaga keldi. Ularning badiiy asarlari qariyb uch ming yildan beri dunyo xalqlarining ma'naviy durdonalari bo'lib kelmoqda. Undan keyin Rim adabiyotida yuksalish bo'ldi. XVI asrda Yevropa xalqlaridan ingliz adabiyotida adib Shekspir, Marlo kabilarni adabiyot maydoniga chiqish dunyo madaniyati rivojiga yorqin rang bo'lib ko'rindi. XVIII asrda Gyote, Shillerlar olmon xalqi madaniyatiga shon-shuhrat keltiradi. XIX asrda Gyugo, Dyuma, Standel, flober, Mopassanlar fransuz adabiyotining o'lmas daholari bo'lib qad ko'tardi.Bu davrlarda rus adabiyoti ham o'zining Pushkin - Turgenov,Chexov, Gogol kabilar bilan dunyo ma'naviyatiga ulkan hissa qo'shdi. O'zbek adabiyoti ham qariyb ming yillik davrida "Alpomish", "Tohir va Zuhro" kabi xalq dostonlari, Mahmud Qoshg'ariy, Yassaviy, Navoiy, Bobur, Ogahiy, Nodira kabi o'nlab daho adiblarning asarlari bilan dunyoga yuz tutdi. XX asrda o'zbek adabiyoti Abdulla Qodiriyning nasriy-romanchilik asarlari bilan boyidi. Dramaturgiyaga asos solindi. Oybek, Abdulla Qahhor, Said Asqad, Mirmuxsin, Odil Yoqubov, Primqul Qodirov, O'lmas Umarbekov, O'tkir Hoshimov kabi iste'dodli adiblar nasriy asarlarni rivojlantirishgan bo'lsa, o'zbek adabiyotining nazm yo'nalishing XX asr gulshanini yaratgan G'afur G'ulom, Oybek, Hamid Olimjon,
Mirtemir, Zulfiya, Shayxzoda, Shukrullo, Asqad Muxtor, Turob To'la, Ramz Bobojon, Hamid G'ulom, Erkin Voxidov, Anvar Isroilov, Jamol Kamol, Abdulla Oripov kabi o'nlab iste'dodlar qad ko'tardi. Dramaturgiyada yorqin iz qoldirgan adiblarni filologiya fanlari doktori Hofiz Abdusamadov o'zining "Drama nazariyasi" kitobida milliy adaiyotimiz xalq xayotiga juda yaqinlashib ketdi, u bilan uyg'unlashdi, uni sevimli adabiyoti bo'lib qoldi. Xuddi ana shu davrda eng qiyin janr bo'lgan dramaturgiya paydo bo'ldi va u baquvvat namunalarini bera boshladi. Nihoyat, ular rivoj topgan mamlakatlarda yaratilgan pyesalar bilan raqobatlasha oladigan saviyaga ko'tarildi. Bunga Behbudiy, Xamza, Fitrat, Cho'lpon, Yashin, Abdulla Qahhor, Uyg'un Shayxzoda, Sobir Abdulla, G'ulom Zafariy, Xurshid, Said Ahmad asarlarining ayrimlari chet mamlakatlarning sahnalaridan joy olib tomoshabinlarni ijobiy baholariga sazovor bo'lganini asos qilib olishimiz mumkin. Bulardan tashqari Izzat Sulton, Nazir Safarov, Ziyo Said, Zinat Fatxullin, Umarjon Ismoilov, Shukrullo, Erkin Vohidov, O'lmas Umarbekov, Ramz Bobojon, Hamid G'ulom, Odil Yoqubov, Abdulla 31 Oripov A.Irohimov, Sharof Boshbekov,, Haydar Muhammad, M.Xayrullayev, S.Imomov kabi qator dramaturgalar yetishib chiqdiki, ulardan har birini o'ziga xos badiiy xizmatlari bor"1. Bu nomlar qatoriga aniq faol ishlayotgan dramaturg Xayitmat rasul, Erkin Hushvaqtov, S.Sirojiddinovlarni qo'shish mumkin. O'zbek dramasining tug'ilishi jadidlarning o'zbek milliy teatr san'atini yaratish yo'lidagi faoliyatlari bilan bog'liq. Ular teatrni milliy madaniyatning yangi shakli sifatida targ'ib qilish bilan birga, uning g'oyaviy asosini tashkil etuvchi repertuar -drama, tragediya va komediyalarni yaratish, ijrochi truppalarni uyushtirish, ularning iqtisodiy va boshqarish muammolarini hal etishni ham o'z zimmalariga oldilar.
Dramaturgiya va teatrda konfliktsiz - dramaturgiyada hech qachon to'qnashuvsiz sahnada hayotni namoyon qilish mumkin emas. Bayonchilikdan iborat asar hech qachon dramaturgik asar degan nomga ega bo'lmaydi. Bayonchilik faqat hikoya va romanlarga xos uslub, konflikt esa dramaga xos uslubga hisoblanadi. Agar konflikt xarakterlar qarama-qarshiligi ya'ni ziddiyati sifatida qaraladigan bo'lsa, kompozitsiya - bu konfliktni dramatik harakatda amalga oshirilishidir, u o'z navbatida til (monolog, dialog) yordamida amalga oshiriladi. Drama kompozitsiyasini dramatik harakatni vaqt va makonda tashkil qilish sifatida belgilash mumkin. "Kompozitsiya" so'zining o'zi aloqa, ulash, tuzish ma'nosini anglatadi. Kompozitsiya asarning hayotiy materiali va g'oyaviy mazmuni bilan belgilanadi, u to'qnashuvni ochish, rivojlantirish va yyechimini topish, xarakterlarni harakatda ma'lum qilish vazifasiga bo'ysindirilishi kerak. Arastu "Kompozitsiya" atamasini qo'llamadi, dramatik harakatni qismlarga ajratish haqida gapirdi.
U dramatik harakatni quyidagi uch qismga bo'ldi:
a) tugun, harakatboshi;
b) o'zgarishni o'zida jamlagan o'rta, yomonlik yoki yaxshilikka tomon burilish yoki peripetiya;
v) xotima yoki halokat, ya'ni qahramonning o'limi yoki maqsadga erishishi bilan bog'liq yyechim. 1863 yili nemis nazariyotchisi Gyustav Freytag "Drama texnikasi" kitobida dramatik harakatni besh qismga bo'lib, Arastu qoidalariga tuzatish kiritishni taklif etdi:
1) ekspozitsiya yoki kirish,
2) harakatni murakkablashuvi yoki tugun,
3) kulminatsiya,
4) harakatning to'xtashi, yaxshilik yoki yomonlik tomonga qaytish yoki burilish,
5) yyechim.
Freytag ta'kidlaganidek, dramatik harakat yuqoriga ko'tarilib, kulminatsiyagacha yetadi va finalga qarab tushib boradi. Hozirgi paytda dramatik harakat quyidagiga bo'linadi:
1) ekspozitsiya,
2) tugun,
3) harakat rivoji,
4) kulminatsiya,
5) yyechim.
Ekspozitsiya - dramatik asar qismi bo'lib, unda avvalgi vaziyatga tavsif beriladi, ishtirokchi shaxslarning keyingi harakat va holatlari izohlanadi. Dramatik ekspozitsiya haqida gapirilganda, tomoshabinni bo'lajak voqeadan ogoh qilish, bosh voqealar boshlanguniga qadar vaziyat bilan tanishtirish nazarda tutiladi. Tugun - asarda voqealar rivojini boshlovchi vujudga kelgan qaramaqarshiliklarni tasvirlashdir. Vujudga kelgan ziddiyatlarni ochib berar ekan, tugun asar mavzusini tushunishga olib keladi. ("Boy ila xizmatchi"). Harakat rivoji - tugundan boshlanadi. Harakat rivojida odamlar orasidagi qarama-qarshilik ma'lum bo'ladi, insoniy xarakter xususiyatlari ochiladi. Agar tugun muallif tomonidan qo'yilgan muammoni tushunishga olib kelsa, unda harakat rivoji uni hal qilishning mumkin bo'lgan yo'llari haqida tasavvur beradi. Kulminatsiya -harakat rivojidagi yuqori keskinlik holati. Kulminatsiyaning mazmuniy vazifasi asar muammosini yuqori darajada keskinlashuvida ko'rinadi. Shekspir "Gamlet"idagi "qopqon" sahnasini kulminatsiya deyish mumkin. Yyechim - to'qnashuvlarning ya'ni konfliktning hal qilinishi, uni hal qilishning u yoki bu imkoniyatlarini tushunishga olib keladi. Dramatik asarlarda prolog va epilog uchraydi. Prolog - bu asosiy syujet rivojiga o'ziga xos muqaddima hisoblanadi. Bu rivojni izohlab prolog asarda tasvirlanayotgan voqealarning dastlabki sababini ochadi. Epilog - bu asarda ko'rsatilgan voqealardan kelib chiqadigan yakuniy oqibatlarni tasvirlanishidir. "Har qanday tragediyada tugun va yechi bo'lishi zarur. Dramadan tashqaridagi barcha voqealar, shuningdek, ba'zan dramaning ichidagi ayrim voqealar - tugun, qolganlari esa - yyechimdir. Men
tragediyaning boshlanishidan to (qahramonning) baxtsizlikdan baxtiyorlikka yoki baxtiyorlikdan baxtsizlikka tomon o'tish harakati boshlangan chegaragacha bo'lgan qismini tugun deb atayman. Ana shu o'tish boshlangan joydan (asarning) oxirigacha bo'lgan qism - yyechimdir" Nazariyotchilar konfliktni bunday ta'riflaydi. Qarama-qarshi bo'lgan kuchlar o'zaro tarafkashlik tendensiyalari usulidagi konflikt, Xuddi shuningdek nomutanosib xarakterlar to'qnashuvi tarzidagi konflikt, Uchinchidan bir-biriga zid tuyg'ular jangi-tashqi yoki ichki kolliziya yo'sindagi konflikt. Demak murosasiz to'qnashuvlar oqibatida konflikt yuzaga keladi. To'qnashuv turlicha dunyo qarashga ega bo'lgan kishilar aro bo'lishi mumkin. Qonuniylik yoki noqonuniylik o'rtasida yuzaga kelishi ehtimoldan xoli emas. Bizga ma'lumki, konflikt ikki xil bo'ladi. Antogonistik va noantogonistik. Bunday konfliktlar bir-biridan farq qilishi bilan farqlanadi. Antogonistik konfliktda sinflar, guruhlar kurashi yotadi. Bularda manfaati, taraflari keskin kurashni talab qiladi. Ular keltirib chiqargan antogonistik ziddiyatlar isyonlar inqiloblarini o'zida aks ettiradi. Konfliktlar keskinligi, xarakterlarning to'laqonligi badiiy namoyon bo'lishi. O'zbek kino asarlaridan Tog'ay Murod romani asosidagi "Otamdan qolgan dalalar" Shuhrat Abbosov rejissorligidagi filmda namoyon bo'ladi. Bosqinchilarning o'z tizimlarini o'rnatish uchun shafqatsizliklar qilishi. Mahalliy aholini, azob-uqubatlari va antogonistik ziddiyati yorqin misolidir. Bu filmda o'rnatigan hayotiy sharoit bilan xalq vakillari o'rtasida-borgan qahramonlarning ziddiyatlar o'z ifodasini topadi. Filmda asosiy kolliziyani sodir etilishidan avval kurashga tushgan shaxslar o'zlarini nimalarga qodir ekanliklarini bildiradilar. Bosqinchlik va mahalliy aholi o'rtasidagi to'qnashuv o'sha zamon uchun xarakterli ziddiyatning hayotiy namunasi bo'lib gavdalanadi. Qahramon taqdirida sodir bo'ladigan fojialar yuragidagi kechinmalar, iztiroblar asosida alohida tashqariga zarb bilan portlab chiqadi va ichki olami ziddiyatlarining natijasi sifatida konfliktning uchinchi turi deb tasavvur qilsak o'rinli bo'ladi. Yurakdan kechadigan ichki kurash antogonistik konfliktlarda emas noantogonistik ssenariy voqealarida ham namoyon bo'ladigan konfliktdir. Konflikt asarda nafaqat personajlarni harakatga keltiradi. Qahramonlarning qilmishlarini ham fosh qiladi, balki ruhiyatini ham namoyish qiladi. Qahramonlarni ichki olami shaxslar orasida o'sishi va rivojlanishi film davomida namoyon bo'ladi. Qahramonlarni ozodlik yo'lidagi chekkan iztiroblari kolliziyani aniq va tiniq ko'rinishga xizmat qiladi. Xarakterlar o'rtasida ziddiyat ichki kurashni keltirib chiqaradi. Qahramon ongida bo'ladigan o'zgarish xox u salbiy xox u ijobiy bo'lsin, iztiroblar gumonsirashlar bu konfliktni tashqi turtki natijasi sifatida ko'rinadi. Buni ichki kolliziya deb qabul qilsa ham bo'ladi. Konfliktlar qahramonlarning ichki dunyosi, ruhiy kolliziyasi bilan ong tuyg'ulari bilan bevosita bog'lanishi mumkin. Konflikt ikki xil qiyofaga ega: biri ichki qiyofa, ikkinchisi tashqi qiyofada namoyon bo'ladi. Tashqi konflikt ochiq kurash ko'rinishida namoyon bo'ladi. Ichki konflikt (kolliziya) qahramonlarning ongi-ruhiyatida bo'lib o'tgan holda bo'ladi.
Bu holda qahramonlar voqealarga turli munosabatlarda: sharxlash, tushunish, idrok qilish sharoitga qarab ish tutish, qiyinchiliklarga duch kelishi, to'qnashuvlar in'kosi sifatida yuzaga keladi. Bir so'z bilan aytganda, ularni nozik hissiyotlardan izlamoq kerak. Bundan xulosa shuki ziddiyatlar kishi ruhini, psixologiyasini shaxsiyatiga borib taqaladi. Tashqi konflikt ichki ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Hayotda shunday shaxslar uchraydiki, ularning harakati ham antoganistik, ham noantoganistik konfliktlar bilan aloqador bo'ladi. Bu o'rinda biz konfliktlarga qat'iy chegara qo'yish o'rinsiz deb bilamiz. Konflikt voqea va qahramonlarning kurashuvi yig'indisi sifatida ta'rif berishni to'g'ri deb tushunamiz. Konflikt asarda mazmun va shaklni o'ziga xos hususiyatlarini ko'rsatib beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Rizayev O. XXI asr o'zbek teatri: muammolar va rejalar. "Teatr", 2002 yil, 6-
son.
2. K.S. Stanislavskiy "Aktyorning o'z ustida ishlashi" - T., Yangi asr avlodi., 2010.
3. Jumanov I. Sahna nutqi - T., "Abu matbuot-konsalt"MCHJ nashriyoti - 2015.
4. Boltaboeva U. M. Sahna nutqi - o'quv qo'llanma Toshkent, "Innovasion ziyo"-2021.
5. Qurbonov, M. (2021). AKTYORLIK MAHORATIDA KECHINMA SAN'ATI. Oriental Art and Culture, (7), 26-36.
6. Qurbonov, M. (2021). Director and Author. International Journal of Culture and Modernity, 11, 83-89.
7. Mamatqulov, B. (2021). O'ZBEK AN'ANAVIY QO'G'IRCHOQ TEATRIDA IJROCHILIK SAN'ATINING O'ZIGA XOSLIKLARI. Oriental Art and Culture, 2(4), 139-148.
8. Mamatqulov, B. (2022). QO 'G 'IRCHOQ TEATRI AKTYORINING XUSUSIYATLARI. Oriental Art and Culture, 3(1), 70-76.
9. Mamatqulov, B. (2022). BOLALARNI TARBIYALASHDA QO 'G 'IRCHOQ TEATRINING AHAMIYATI. Oriental Art and Culture, 3(1), 435-442.
10. Xudoynazarova, S., & Mamatqulov, B. (2022). IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR VA YOSHLAR HAYOTIDA XOREOGRAFIYA SAN'ATINING O 'RNI. Oriental Art and Culture, 3(1), 741-744.
11. Mamatqulov, B. (2022). Directing in Puppet Theater. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(1), 123-127.
12. Mamatqulov, B. (2021). QO'G'IRCHOQ SPEKTAKLLARINING YARATILISHIDA BOSHQARUV MEZONLARINING O'RNI. Oriental Art and Culture, 2(4), 131-138.
13. Ahmedov, Z., & Umarova, X. (2021). Stage Approach and Story Evaluation Criteria. International Journal of Culture and Modernity, 11, 8-15.
14. Raximberdiyevich, M. A. (2022). TEMP VA RITMNING AKTYORLIK SAN'ATIDA TUTGAN O 'RNI. Oriental Art and Culture, 3(1), 15-19.
15. Raximberdiyevich, M. A. (2022). YOZMA DRAMATURGIYAGA ASOSLANGAN QO 'G 'IRCHOQ TEATRIDA AKTYORNING O 'RNI. Oriental Art and Culture, 3(1), 20-28.
16. Madaliev, A., & Mirsolieva, D. (2022, March). QO 'G 'IRCHOQ TEATRI SAN'ATI. In Archive of Conferences (pp. 92-95).
17. Madaliyev, A. (2021). QO 'G 'IRCHOQ TEATRI VA IJROCHILIK MAHORATI. Oriental Art and Culture, 2(4), 9-16.
18. MaganneB, A. (2021). KYFHPTOK TEATP.ftAPH Y^YH MYTAXACCHC KA^P-ftAPHH TAHEP^Am MACA^ACH. Oriental Art and Culture, 2(4), 34-43.
19. Mamatqulov, B. (2021). QO'G'IRCHOQ SPEKTAKLLARINING YARATILISHIDA BOSHQARUV MEZONLARINING O'RNI. Oriental Art and Culture, 2(4), 131-138.
20. MaganneB, A. (2021). EO3OP HKTHCO^HETH BA K^FHPTOK TEATPH. Oriental Art and Culture, 2(4), 17-26.
21. Dadaboev, Y., & Dehqonov, R. Hordo Structures in Central Asian Architecture.
22. Dehqonov, R. (2022). Theoretical Foundations of Raising Children by Puppetry. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(1), 10-14.