Научная статья на тему 'DRAMATURGIYA'

DRAMATURGIYA Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1314
215
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
dramaturgiya / janr / drama / badiiy adabiyot / asar / komponent / epos / lirika / tragediya / komediya / xarakat / xarakter

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mahbubaxon Akramova, Mamlakat Jo‘rayeva

Ushbu maqolada vadiiy adabiyotning mavjud bo‘lgan uch turi epos, lirika, dramadan iborat bo‘lganligini e’tirof etgan holda, dramaturgiyaning ham uch turi: tragediya, komediya va drama (tor ma’noda) janrlari haqida batafsil fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DRAMATURGIYA»

DRAMATURGIYA

Mahbubaxon Akramova Ilmiy rahbar: Mamlakat Jo'rayeva O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada vadiiy adabiyotning mavjud bo'lgan uch turi -epos, lirika, dramadan iborat bo'lganligini e'tirof etgan holda, dramaturgiyaning ham uch turi: tragediya, komediya va drama (tor ma'noda) janrlari haqida batafsil fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: dramaturgiya, janr, drama, badiiy adabiyot, asar, komponent, epos, lirika, tragediya, komediya, xarakat, xarakter

DRAMATURGY

Mahbubakhan Akramova Scientific supervisor: Mamlakt Jorayeva Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: In this article, while recognizing that there are three types of classical literature - epic, lyric, drama, three types of dramaturgy: tragedy, comedy and drama (in the narrow sense) genres are discussed in detail.

Keywords: dramaturgy, genre, drama, fiction, work, component, epic, lyric, tragedy, comedy, movement, character

O'zbek yozma dramaturgiyasining kelib chiqishi va taraqqiyotini o'rganish uchun uning tarixi, kelib chiqishiga ta'sir etgan shart-sharoitlar, amaliyoti va nazariyasining paydo bo'lishi kabi komponentlarga e'tibor qaratish lozim. Shunday bo'lgach eng avvalo "dramaturgiya" so'ziga berilgan ta'riflarni o'rganib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Dramaturgiya so'zi nimani anglatadi? O'zbek tilining izohli lug'atida, "dramaturgiyani dramatik san'at; sahna asarining tuzilish tamoyillari va usullari haqidagi nazariya", deyilsa, O'zbekiston milliy ensiklopediyasida, "dramaturgiya -dramatik asarlar majmuasi; kino va spektaklning obrazli talqini konsepsiyasi", degan ta'rif beriladi.

Tadqiqotchi va soha olimlarining izohlaridan foydalanib, dramaturgiya badiiy asar sifatida faqat teatrda jonlanishini nazarda tutib, teatr san'atining yuzaga kelishi masalalariga to'xtalish lozim. Agar dramaturgiyani obrazlar xarakterlari va xarakatlari deb qaraladigan bo'lsa, unda sahnada yaratiladigan obrazlarning poydevori -

I icclT^^^^H 714 http://oac.dsmi-qf.uz

dramaturg fantaziyasidir deyish mumkin. Dramaturgiyaning barcha komponentlari dramatik obraz asosi bo'lgan maqsad sari bo'lgan harakatini tan olishga undaydi, yanada sodda qilib aytilsa, dramaturgiya qonunlari asosida sahnalashtirish uchun yaratiladigan asar drama deyilsa maqsadga muvofiq hisoblanadi. Drama teatrda rejissor rejasi va talqini yordamida spektakl shaklida amalga oshiriladi.

Badiiy adabiyotning mavjud bo'lgan uch turi - epos, lirika, dramadan iborat bo'lganligini e'tirof etgan holda, dramaturgiyaning ham uch turi: tragediya, komediya va drama (tor ma'noda) janrlari haqida batafsil fikr yuritiladi.

Bu janrlarni tahlil qilishdan avval dramaturgiya - drama degan fikrni anglash juda o'rinli hisoblanadi. Dramani - harakat, deguvchilar fikrida asos bor. Chunki, harakatsiz drama vujudga kelmaydi. Shu bois harakatni - dramaning qon tomiri degan ta'rif beruvchi olimlarning fikri ham asoslidir. Dramaning asosida g'oyani ochuvchi fabula birlamchi, fabuladan syujetga o'tish jarayonini kompozitsiya ta'minlashini e'tirof etish zarur. Chunki, dramada inson tuyg'ularining jonli ifodasi, real hayotni obrazli kashf etish jarayoni mavjud.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib dramaturgiyani: dramatik asarlar majmuyi, sahna asarlarining tuzilish tamoyillari va usullarini o'rganadigan, uning asoslarini, nazariyasini va tarixini targ'ib qiluvchi fan deb aytish ham mumkin.

Dramaturgiya asoslari deganda, sahnalashtirish uchun asarning tug'ilishi, rivojlanishi, uning o'ziga xos xususiyatlari, turlari, unga qo'yiladigan talablar tushiniladi. Shunday ekan, dramaturgiyaning jahon miqyosida paydo bo'lish bosqichlarini o'rganish uchun uning tarixiga, teatrshunos, san'atshunos olimlar va soha mutaxassislari fikrlariga murojaat qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Mumtoz dramaturgiyaning paydo bo'lishi va rivojlanishi jarayonlariga qisqa bo'lsada tavsif bermay turib, o'zbek milliy dramaturgiyasining tug'ilishi va shakllanish bosqichlari haqida gapirish, rivojlanish jarayonlarini anglab yetish mushkuldir.

Adabiyotning eng qiyin turi hisoblangan dramaturgiya eramizdan avvalgi antik (antik-lotincha, qadim, qadimiy ma'nolarni anglatadi) davrda qadimgi Gretsiyada ya'ni Yunononistonda paydo bo'ldi. Mil. avvalgi VI asrlarda xalq hajviy tomoshalari, V asrlarga kelib ilk yunon dramalari, keyinroq yunon mualliflarining tragediya, komediyalari sahnalashtirilgan. Masalan, Esxil o'zining "Eroniylar", "Fivaga qarshi yettovlon", "Itijogo'ylar", "Zanjirband Prometey", "Oresiyeya" kabi asarlari bilan "tragediyaning otasi" degan nomga sazovor bo'ldi. Uning xizmatlaridan yana biri tragediya janriga ikkinchi aktyorni kiritib, uni chinakam dramatik janrga aylantirdi. Shu bilan birga diolog konfliktining yuzaga kelishiga imkon yaratgan ulug' siymo ham edi. Sofokl esa, sahna dekoratsiyasida tasviriy bezaklardan keng foydalanishni, fojialarga uchinchi aktyorni kiritib, voqealar jarayonidagi hati - harakatlarni yanada tezlashtirdi. Shu bilan birga aktyorlarning niqob kiyib o'ynashini targ'ib qilgan, o'sha

davr sahnasida mifologik syujetli pantomimik raqslar keng qo'llanishligiga munosib hissa qo'shgan buyuk ijodkor edi.

Eradan avvalgi beshinchi asrda yashagan Yunonistonning buyuk mutaffakirlari Esxil, Sofokl, Yevripidlar tragediyaga asos soldilar. Bu davrda yozilgan dramalar (ular asosan she'riy shaklda bo'lgan) tragediya nomi bilan atala boshladi.

Antik davr komediya janrini Aristofan yuqori cho'qqiga olib chiqdi. Qadimgi olamning buyuk mutafakkiri Arastu o'z davrining buyuk daho asarlari haqida "Poetika" asarida fikr yuritadi.

Undan keyingi davrlarga kelib, Rim dramaturgiyasi rivoj topa boshladi. Rim dramaturgiyasi va teatri yunonga nisbattan dunyoviyligi bilan farqlanadi. Rim dramaturglari Plavt, Terensiy, Sneka kabi ijodkorlar jamiyatda bo'layotgan ziddiyatlarni turli mavzu va janrlarda ifodalashga harakat qilishdi. Bunday ijodiy izlanishlar esa uyg'onish davri ijodkorlarining dramaturgiya va teatr san'atini qayta tiklab olishlari uchun asosiy manbalardan bo'lib xizmat qildi.

Uyg'onish yoki Renessans davrida, dramaturgiya Italiyada qayta shakllanib, Ispaniyada "oltin davr"ini o'taydi va Angliyada o'z rivojining kamolat cho'qqisiga ko'tariladi.

Italiyada Lyudoviko Ariosto, Nikolo Makiavello, Pyetro Aratinoning hamda Jordano Brunoning asarlari hajviy komediya janri taraqqiyotini boshlab berdi. Ayniqsa, Nikolo Makeavello (1469 - 1727) yaratgan "Mandragora" asari bu davrda yaratilgan pyesalar orasida o'zining hajviy o'tkirligi va badiiy puxtaligi bilan ajralib turardi.

Dramaturg Lope de Rueda ijodi bilan oyoqqa tura boshlagan ispan dramasi "Don kixot" romanining buyuk muallifi Migel de Servantes pyesalari bilan yangi taraqqiyot bosqichiga ko'tarildi. Ispan dramaturgiyasining gullash bosqichi ya'ni "oltin davri" Lope de Vega (1562 -1635) va uning izdoshi Don Pedro Kalderon (1600 - 1681) ijodisiz bunday darajaga erishmagan bo'lardi.

Uyg'onish davri dramaturgiyasi rivojining eng yuqori cho'qqisi ingliz dramaturgiyasi "Buyuk Temurlang" ("Sohibqiron Temur") pyesasining muallifi Kristofer Marlo (1564 - 1593) hamda Tomas Kid, Jorj Grin, Jon Lili va albatta buyuk Vilyam Shekspir (1564 - 1616) nomlari bilan bog'liq.

XVIII asr nemis dramaturgiyasi erishgan ulkan muvaffaqiyatlarda Gotgold-Efraim Lessing (1729 - 1781), Iogani-Volfgang Gyote (1749 - 1832), Fridrix Shiller (1759 - 1805), Fransuz dramaturgiyasida Fransua Mari Volter (1694 - 1778), Deni Didro (1713 - 1784), Pyer-Ogyusten Karon Bomarshe (1732 - 1799) kabi ulug' ijodkorlar faoliyati tufayli g'arb dramaturgiyai va teatri yuqori marralarni zabt etdi.

Italiya dramaturgiyasida ilg'or badiiy an'analar asosida yozma adabiy drama turini yaratishgan ikki yirik dramaturg - Karlo Goldoni (1707 - 1793) va Karlo Gotssi (1720 - 1806) xizmatlarini e'tirof etmaslik mumkin emas.

I icclT^^^^H 716 http://oac.dsmi-qf.uz

XIX-XX asrda ruslarning Fonvizin Denis Ivanovich (1744-1792), Griboyedov Aleksandr Sergeyevich (1795-1829), Gogol Nikolay Vasilyevich (1809-1852), Pushkin Aleksandr Sergeyevich (1799-1837), Ostrovskiy Aleksandr Nikolayevich (1823-1886), Gorkiy Maksim (taxallusi; asl ismi Aleksey Maksimovich Peshkov , 1868-1936), Chexov Anton Pavlovich (1860 - 1904), Tostoy Aleksey Nikolayevich (1882-1945) kabi adiblari tomonidan mohirona yozilgan dramatik asarlar umum jahon dramaturgiyasi xazinasiga salmoqli ulush bo'lib qo'shildi.

O'sha davrlarda turli "izm"lar, ya'ni oqimlar paydo bo'ldi. XVIII asrning ikkinchi yarmida, masalan, Fransiyada klassitsizm, bu oqim har bir janr "oliy" - tragediya yoki "quyi" - komediya" sifatida talqin qilinadigan yo'lni yoqlab chiqdi. To'g'ri, u teatrning tragediya janriga o'z ta'sirini ko'proq o'tkazdi. Ammo bu "oqim"ning buyuk vakili, klassitsizm komediyasining asoschisi bo'lgan Jan Batist Poklen Molyer (1622-1673) o'zining "Taryuf', "Mizantrop", "Xasis", "Don juan" asarlari bilan tarixda qoldi va dramaturgiya rivojiga salmoqli hissa qo'sha oldi. Shu bilan birga komediyaning ham "oliy" janr ekanligini asarlari orqali isbotlab berdi. Shu davrda yana bir oqim -sentimentalizm ham mavjud edi. XIX asr boshlarida avvalgi "izm"lar qarashlarini rad etgan yangi "izm"- romantizm hayot sahnasiga chiqdi. Romantizm oqimi tarafdorlari san'atkorga turli janrlarni bir asarga jamlash ya'ni tragik va kulgi aralash spektakl o'ynash mumkinligini isbotladi. Bu oqim namoyandalari janrni ko'pqirrali, hayotiy voqealarni haqqoniy tasvirlash va uni baholashga undadi. Masalan, Bomarshening "Figaroning uylanishi" komediyasi bu oqimning ajoyib ko'rinishiga asosli misol bo'la oldi.

O'rta asrlarda xrestian cherkovi teatr san'atiga qarshi chiqqanligi sababli sahna asarlari faqat o'qish uchun yozilganligi tarixdan ma'lum. Ammo teatr san'ati o'z rivojlanishida davom qildi. Bu davrda katolik diniy mavzu marosimlarini nishonlash va bayram qilinishiga mo'ljallangan toat-ibodat tomosha sifatida yashadi. Bu o'z navbatida uyg'onish davri dramaturgiyasi rivojiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Natijada, drama janri Angliyada V.Shekspir, K.Marlo, Ispaniyada Lope de Vega, Servantes, P.Kalderon ijodi ta'sirida rivojlana boshladi va namuna darajasiga ko'tarildi.

Italiyada K.Goldonining komik teatri vujudga keldi. Germaniyada dramaga inqilobiy ruhiyat singdirishga intilish kuchaydi. Shillerning "Qaroqchilar" dramasi, I.V.Gyotening asarlari bunga misol bo'la oladi.

Bu davrda, Yevropada dramaturgiyaning yana bir turi - melodrama paydo bo'ldi. (melodrama - yunoncha "qo'shiq va drama"demakdir.)

XIX asrga kelib, butun Yevropa, asosan romantik dramaga, XIX asrning ikkinchi yarmida esa zamonaviy mavzudagi dramaga yuzlandi. Bu davrga kelib E.Zolya, B.Shou, G.Ibsen ijodi bilan g'arb dramaturgiyasi yanada rivojlandi. Ular naturalizm (naturalizm - lot., tabiiy degani, bu oqim tabiat butun mavjudodni izohlashning yagona

va universal tamoyili deb hisoblaydigan falsafiy yo'nalish) oqimi prinsiplarini himoya qilishdi. Bu oqim unga zid bo'lgan romantik shijoatkorlikka intilishni kuchaytirdi.

XX asr boshlarida naturalistik drama bilan bir qatorda impressionistik (fr.-taassurot, yo'nalish) va simvolik (simvolik- yun. belgi, ramz, timsol) asarlar yaratila boshlandi. Ularda g'oyaviylik, ijtimoiy mazmun o'rniga shaxsiy taassurotlar, shaklbozlik ko'rinishlari ustunlik qildi. Ammo, B.Shou va R.Rollanning ilg'or ruhdagi pyesalari dramaturgiyadagi bunday tushkunlikka qarshi turdi.

Dramada ijtimoiy mazmun kasb etilgan asarlar AQSH da A.Miller, Islandiyada Laksness, Italiyada E.De Filippo, Angliyada SH.O.Keysi singari ilg'or san'atkorlar ijodida ko'rindi. Bu holat ikkinchi jahon urishidan keyingi davrda yuz berdi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Arastu. Poetika. Ahloqi kabr.— T.: Yangi asr avlodi, 2004.

2. Abdusamatov H. Drama nazariyasi.— T.: G'.G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 2000.

3. Tursunov T. Sahna va zamon. — T.: Yangi asr avlodi, 2007.

4. CHo'lpon. Adabiyot nadir? — T.: CHo'lpon, 1994.

5. G'afur G'ulom "Tanlangan asarlar"- Fan va adabiyot . 1987.

6. Ikromov H. Davr va teatr — T.: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat taxiliy nashriyoti, 2009.

7. Tursunov T. O'zbek teatr tarixi . — T.: Yangi asr avlodi, 2007

8. Bayandiev T. San'at masalalari - teatrshunos nigohida - T.: Fan va texnologiyalar markazining bosmaxonasi, 2009.

9. Tursunboev S. O'zbek teatri sarhadlarida - T.: Fan va texnologiyalar markazining bosmaxonasi, 2012.

10. Yuldashev Karim, Joraeva Mamlakat Alijanovna - PINDUS Journal of Culture, Literature, and ELT 02.04.2022 - Features of Dramaturgy

11. Yuldashev Karim, Joraeva Mamlakat Alijanovna - Oriental Art and Culture O'zbekiston. Volume 2 Issue 4. 12.2021 - Nurli umr

12. Yuldashev Karim, Joraeva Mamlakat Alijanovna - PINDUS Journal of Culture, Literature, and ELT 18.06.2022. Volume 2 No 6 ISSN 2792-1883 - Gulom Zafari Dramaturdiy( 1889-1938)

13. K. Yuldashev, M. Jo'raeva "A look at the creative path of the people's artist of Uzbekistan Habibakhanim Ahunova" - Theory and analytical aspects of recent research international scientific-online conference 28.04.2022

14. K. Yuldashev, M. Jo'raeva "Theatriacal Art" - PINDUS Journal of Culture, Literature, and ELT 21. 05.2022. Volume 2 No 5 ISSN 2792-1883

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.