Научная статья на тему 'OʻZBEK BOLALAR ADABIYOTI VA KITOBINING SHAKLLANISHI'

OʻZBEK BOLALAR ADABIYOTI VA KITOBINING SHAKLLANISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Bolalar adabiyoti / milliy pedagogika / jadid adabiyoti / darslik / alifbo / oʻqitish tizimi / didaktik asar / hikoya / badiiy matn / usuli savtiya.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Najotbekjo’Raboyev

Maqolada bolalar adabiyotining turli davrlarda tutgan o'rni, xususan bolalar folklorining o'zbek xalq og'zaki ijodiga ta'siri, mumtoz adabiyotda didaktik tamoyilning ustuvorligi, jadid adabiyotining bolalar adabiyotining fan sifatida shakllanishiga qo'shgan hissasi, hozirgi o'zbek bolalar adabiyoti va bolalar adabiyoti.uz multimedia elektron platformasining bolalar adabiyotini rivojlantirishdagi ahamiyati xususida bahs yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OʻZBEK BOLALAR ADABIYOTI VA KITOBINING SHAKLLANISHI»

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281

www.in-academy.uz

central asian journal ui

Education and

innovation

• A -/ V

OZBEK BOLALAR ADABIYOTI VA KITOBINING SHAKLLANISHI.

Najotbek Jo'raboyev

Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti Tasviriy san'at fakulteti Dastgoh va kitob grafikasi kafedrasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11439755

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 01-May 2024 yil Ma'qullandi: 04-May 2024 yil Nashr qilindi: 04- May 2024 yil

Maqolada bolalar adabiyotining turli davrlarda tutgan o'rni, xususan bolalar folklorining o'zbek xalq og'zaki ijodiga ta'siri, mumtoz adabiyotda didaktik tamoyilning ustuvorligi, jadid adabiyotining bolalar adabiyotining fan sifatida shakllanishiga qo'shgan hissasi, hozirgi o'zbek bolalar adabiyoti va bolalar adabiyoti.uz multimediali elektron platformasining bolalar adabiyotini rivojlantirishdagi ahamiyati xususida bahsyuritiladi.

KEYWORDS

Bolalar adabiyoti, milliy pedagogika, jadid adabiyoti, darslik, alifbo, o'qitish tizimi, didaktik asar, hikoya, badiiy matn, usuli savtiya.

Bolalar adabiyotining fan sifatida shakllanishi XX asr boshlarida usuli jadid maktablarida yaratilgan ilk alifbo va darsliklarga badiiy matnlar sifatida kirib kelishi bilan boshlandi. Bolalar adabiyotining rivojlanishida bolalar folklorining ahamiyati alohida o'rin tutadi. Bola tug'ilganidan to esini tanish davrigacha bo'lgan vaqt oralig'idagi aytimlar bolaning chor atrofga munosabatini belgilash bilan barobar

bolalar folklorining yashovchanligiga ham xizmat qiladi. Bolalar adabiyoti bolaning ruhiyati,ma'naviyatiga ta'sirini o'tkazadigan, uni kamolot bosqichiga tayyorlaydigan adabiyotdir. Shu bois Sharq xalqlari adabiyotida bolalar adabiyoti alohida o'ringa ega. Sharq ma'rifat maktabida "Kalila va Dimna", "To'tinoma", Yusuf Xos Hojibning

"Qutadg'u bilig", Kaykovusning "Qobusnoma", Sa'diy Sheroziyning "Guliston", "Bo'ston", Rabg'uziyning "Qisasi Rabg'uziy", Alisher Navoiyning "Mahbub ul qulub", "Xamsa" turkumidagi dostonlari qa'tiga singdirilgan pand- nasihat tarzidagi hikmatlar, Xojaning "Gulzor", So'fi Olloyorning "Sabot ul-ojizin" kabi durdona asarlarida inson ma'naviyati, tarbiyasi, kamolot bosqichida muhim o'rin tutuvchi didaktik hikoyatlar, purhikmat ifodalar o'rin topganki, bu asarlar mutafakkirlarning farzand tarbiyasiga bee'tibor bo'lmaganini ko'rsatatdi.

Bolalar adabiyotining taraqqiyotida Sharq adabiyoti o'lchovsiz ta'sirga ega. Bolalar adabiyotida didaktik funksiya yetakchilik qilgani uchun ta'lim va tarbiya bilan birga olib boriladi. Boshlang'ich sinflar "O'qish kitobi" darsliklarida ham asosan bolalar adabiyotiga oid materiallar izchil o'rin oladi. Bolalar adabiyoti bola ruhiyatining rivojlanishi hamda ta'lim va tarbiyada quyidagi vazifalarni bajaradi:

1. Bu adabiyotbolani sharqona axloq bilan tarbiyalanishida muhim ahamiyatga ega.

2. Asar mazmuniga singdirilgan g'oya bola tafakkurini rivojlantiradi.

3. Badiiy matndagi topqirlikka da'vat qilingan o'rinlar bola xarakterida faollikni rivojlantiradi.

4. Ramzlar vositasida ifodalangan obrazlar bola tasavvur olamini kengaytiradi, bolani mantiqiy analiz qilishga o'rgatadi.

5.Bolalar adabiyoti bolaning nutqini o'stiradi, hozirjavoblikka o'rgatadi.

6. Bolalar adabiyoti bolaning o'zaro muomala- munosabatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.

7. Bolalar adabiyoti xotirani kuchaytirishda muhim omil hisoblanadi. Shu bois milliy adabiyotimizda bolalar adabiyoti o'z o'rniga ega.

MATERIAL VA METODLAR

Ushbu maqolani yoritishda Yo'ldosh Abdullayevning "Eski maktabda xat-savodga o'rgatish", Ulug'bek Dolimovning "Turkistonda jaded maktablari", Mo'min Fattayevning "Atoqli pedagoglarimiz" kabi ilmiy kitoblarida keltirilgan dastlabki alifbo va darsliklarga oid badiiy matnlar,

Hamzaning "Tanlangan asarlar" II jildiga kirgan "Mevalar mojarosi"turkumi tahlil qilingan. Tahlilda qiyosiy tipologik, sotsiologik va stilistik tahlil metodlaridan foydalanilgan. Natijalar va ularning tahlili

Bolalar adabiyotining maktab darsliklarida o'rinlashuvi usuli savtiyaga asoslangan maktablardan boshlangani uchun mazkur maqolada shu davrga oid

asarlar va darsliklarga e'tibor qaratildi. Bolalarning psixologik olamini hisobga olib yaratilgan tom ma'nodagi bolalar adabiyoti usuli jadid maktablari

uchun yaratilgan darslik va qo'llanmalardan boshlandi. Yangi usul maktabalari 1895-yildan ochila boshlangan bo'lsa ham Turkistonda yangi usul maktablarining soni 1905-yildan keyin tez ko'paya boshladi. Chor hukumati 1908-yilgacha yangi usul maktablarini ro'yxatga olmagan. Bu turdagi maktablar mavjud hukumatning va mahalliy din peshvolarining ham maqsad-muddaolariga zid edi. 1908-yilga qadar XX asr boshlariga qadar yurtimizda musulmon diniy maktablari - eski maktab, ya'ni maktabxona, madrasa, shuningdek, qorixona deb yuritilgan o'quvyurtlari mavjud edi. Qorixona va madrasaga maktabni bitirgan o'spirinlar qabul qilingan va taxsil har birida 3-4 yil davom etgan. Nafaqat bolalar adabiyoti, balki boshqa dunyoviy fanlarni o'qitish eski maktablarda ko'zda tutilmagan.

Eski maktabda asosiy darsliklari hisoblangan "Haftiyak" va Chor kitob" arab imlosini o'rganish, Qur'on suralarini yod olish, diniy kitoblardan ta'lim olishga qaratilgan. Manbalardan kuzatganimiz bo'yicha eski maktabning bola ta'lim va tarbiyasiga, barkamol o'sishiga to'siq bo'luvchi quyidagi omillar bor edi. XULOSA

Yuqorida sanab o'tilgan asarlarga tanlangan matnlar didaktik xususiyatlari bilan umumiylashadi. Didaktik adabiyotda davrning axloqiy ta'limiy qarashlari o'z ifodasini topadi. Ayniqsa, bolalarga bag'ishlangan asarlarda didaktik xususiyatlar ancha bo'rtiq holda namoyon bo'ladi. Shuni ham aytish lozimki, XX asr boshlari bolalar she'riyati, nasri (hikoyatlar, masallar, ibrat va pandlar)ning mavzu ko'lami nisbatan cheklanganligini kuzatish mumkin.

Maktab mavzusi ("Yengil adabiyot"ning 6-13- darslaridagi she'rlar), ilm-ma'rifatga targ'ib ("Yengil adabiyot" 15-36-darslar) axloq-odob, vatanparvarlik mavzusidagi ("Turkiy Guliston yoxud axloq", "Adibus-soniy"), tarbiyaviy mohiyat kasb etadigan majoziy xarakterdagi asarlardan iborat edi.Shuningdek, bu davr bolalar adabiyotiga ajratilgan asarlar g'oyasida millat bolalariga xitob, ilm olishga da'vat, jaholatning zarari, ota-onaga munosib farzand, Vatanga muhabbat, axloq va tarbiya kabi umumiy didaktik masalalar yetakchilik qildi.

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281

www.in-academy.uz

Adabiyotlar:

1. Abdullayev Y. Eski maktabda xat- savodga o'rgatish. - Toshkent: "O'rta va oliy maktab", 1960.-152 b.

2. Barakayev R. Jadid ma'rifatparvarlik harakatining g'oyaviy asoslari."Jadid ma'rifatparvarlarining milliy ta'lim, matbuot, adabiyotva san'atni rivojlantirishga

3. qo'shgan hissasi va uning Milliy g'oya targ'ibotidagi ahamiyati" mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. - Toshkent: Toshkent islom universiteti, 2016.B. 145-150.

4. Dolimov U. Turkistonda jaded maktablari. - Toshkent: Universitet, 2006. - 128 bet.

5. Fattayev M. Atoqli pedagoglarimiz. - Toshkent: O'qituvchi, 1988. - 52 bet. [5] Niyoziy Hamza Hakimzoda.To'la asarlar to'plami. Besh tomlik. Ikkinchi tom. - Toshkent:Fan, 1988. -552 bet.

6. [6] Mahkamova T. Madrasalar ta'limida adabiyot o'qitish usullari. - T.: Mumtoz so'z, 2017.

7. Кафарова С. Г. Азербайджанская детская литература: общие вопросы. Ученые записк Таврического национального университета им. В. И.

8. Вернадского Серия «Филология.Социальные коммуникации». Том 23 (62). № 3. 2010 г. С. 247-250

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.