Научная статья на тему 'O‘ZBEK BOLALAR ADABIYOTINI O‘RGATISHNING ZAMONAVIY METODOLOGIK ASOSLARI'

O‘ZBEK BOLALAR ADABIYOTINI O‘RGATISHNING ZAMONAVIY METODOLOGIK ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
35
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O`zbek bolalar adabiyoti / bolalar adabiyoti fani / pandnoma / mavʼizatnoma / nasihatnoma / axloq kitoblari.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Obbosova Mukhtasarkhon Bakirali Qizi

Maqolada adabiyotning ajralmas va muhim qismlaridan bo`lgan o`zbek bolalar adabiyotining rivojlanish tarixi hamda ahamiyati haqida so`z boradi. Bu borada o’zbek tilshunoslarining qarashlari aks etgan. Bolalar adabiyoti fanining maqsad va vazifalari ham atroflicha tushuntirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK BOLALAR ADABIYOTINI O‘RGATISHNING ZAMONAVIY METODOLOGIK ASOSLARI»

O'ZBEK BOLALAR ADABIYOTINI O'RGATISHNING ZAMONAVIY

METODOLOGIK ASOSLARI Obbosova Mukhtasarkhon Bakirali qizi

Qo'qon Davlat Pedagogika Instituti 2-kurs magistranti, mukhtasarkhonobbosova31@gmail.com https://orcid.org/0009-0004-9947-1909 +998 91 157 0997 https://doi.org/10.5281/zenodo.10810463

Annotatsiya. Maqolada adabiyotning ajralmas va muhim qismlaridan bo lgan o^zbek bolalar adabiyotining rivojlanish tarixi hamda ahamiyati haqida sosz boradi. Bu borada o'zbek tilshunoslarining qarashlari aks etgan. Bolalar adabiyoti fanining maqsad va vazifalari ham atroflicha tushuntirilgan.

Kalit so'zlar: O"zbek bolalar adabiyoti, bolalar adabiyoti fani, pandnoma, mav 'izatnoma, nasihatnoma, axloq kitoblari.

Abstract. The article talks about the history and importance of Uzbek children's literature, which is an integral and important part of literature. In this regard, the views of Uzbek linguists are reflected. The aims and objectives of the science of children's literature are also explained in detail.

Keywords: Uzbek children's literature, the science of children's literature, pandnoma, mavyizatnoma, advice book, moral books.

Аннотация. В статье говорится об истории и значении узбекской детской литературы, которая является неотъемлемой и важной частью литературы. В связи с этим отражены взгляды узбекских языковедов. Также подробно разъясняются цели и задачи науки о детской литературе.

Ключевые слова: узбекская детская литература, наука о детской литературе, панднома, мавыизатнома, книга советов, нравоучительные книги.

Jamiyatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va ma'naviy o'zgarishlar ta'lim tizimi oldiga ham yangicha talab va vazifalar qo'ydi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»dagi yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol qilib tarbiyalash vazifasi, ayniqsa, ona tili va adabiyot o'qituvchilari zimmasiga katta mas'uliyat yuklaydi. Mamlakatimiz Prezidenti Sh. Mirziyoyev "Hukumatning, tegishli vazirlik va idoralar hamda butun ta'lim tizimining, hurmatli domlalarimiz va professor-o'qituvchilarning eng muhim vazifasi - yosh avlodga puxta ta'lim berish, ularni jismoniy va ma'naviy yetuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir. Farzandlarimiz uchun zamonaviy ish joylari yaratish, ularning hayotda munosib o'rin egallashini ta'minlashga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga ko'tarishni davrning o'zi taqozo etmoqda", deya ta'kidlashlari ham bejiz emas. Biz ko'p hollarda o'quvchini daryo o'rtasida turib, suv izlayotgan shaxsga o'xshatamiz [1; 14]

Mamlakatimizda yoshlar ta'lim va tarbiyasiga nihoyatda katta ahamiyat berilmoqda. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunida ta'lim O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e'lon qilindi. Yurtimizda xalqimizning ko'p asrlik ezgu orzulari ro'yobga chiqayotgan bugungi kunda madaniy va ma'rifiy sohada amalga oshirilishi zarur bo'lgan dolzarb vazifalardan biri — "Yoshlar bilan ishlash masalalari alohida e'tiborni talab qiladi. Biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya

topishiga,qanday ma'naviy fazilatlar egasi bo'lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog'liq ekanligini hamisha yodda tutishimiz kerak" [2; 26]

Binobarin, "Mustaqil fikr yuritadigan, to'g'ri va halol, jasur avlodni tarbiyalash davrimizning dolzarb muammolaridandir. Ha, bunday yoshlar kamolotida, albatta, badiiy adabiyot, xususan, bolalar adabiyoti katta rol o'ynaydi. Chunki kichkintoylar alla, qo'shiq, maqol, masal, topishmoq, tez aytish, ertak eshitib, o'qib kamol topadilar. Bu janrlar vositasida ularning qalblari nurga to'ladi, hayotga intilish, qiziqish hislari jo'sh uradi. Ma'naviy tomondan ham yuksala boradilar. Xususan, kitobxonlikka mehr uyg'otish, bolalarni tarbiyalash davlat ahamiyatiga ega bo'lgan jarayondir. Shuning uchun ham respublikamizda ushbu jarayonga katta ahamiyat berilmoqda. Ayniqsa, bolalarga atalmish vaqtli matbuot, bolalar kitobi, kitobxonlikka mehr uyg'otish orqali o'tkazish, ta'lim - tarbiya berishda alohida o'rinni egallaydi. Adabiyot fanining asosiy vazifasi o'quvchilarga faqat bilim berishgina emas, balki tarbiyalashdan ham iborat.

Bolalar o'qishi uchun mo'ljallangan asarlar barcha xalqlar tarixida qadimdan davom etib kelgan. 0'zbek bolalar adabiyoti ham Sharq yozma adabiyotida "pandnoma", "ma'vizatnoma", "nasihatnoma", axloq kitoblari" singari nomlar bilan tasnif qilinuvchi asarlar zaminida voqelikka aylangan bo'lsa-da, uning shakllanishi ma'rifatparvarlik - maktab-maorif tizimi islohotlari bilan chambarchas bog'liqligi e'tirof qilinadi [3; 277]

Maye, Kaykovusning «Mav'izatnomai Kaykovus» («Qobusnoma»), Shayx Savdiyning «Guliston» va «Bo'ston», Jomiyning «Bahoriston» asarlari bolalar adabiyotining dastlabki namunasidandir. Bular tarjima vositasida o'zbek bolalar adabiyotiga kirib kelgan. Alisher Navoiyning «Hayrat ul-abror», "Mantiq ut-tayr" va "Mahbub ul-qulub" [4; 172] asarlari, Xojaning "Miftoh ul-adl" va "Gulzor", [5; 67] Gulxaniyning "Zarbulmasal" [6;112] asarlari esa o'zbek bolalar adabiyotining mumtoz namunalari bo'lib, pand-nasihat ruhidagi maqolat va hikoyatlari bilan asrlar mobaynida yosh avlodni yaxshi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda.

XX asr boshlaridagi ma'rifatparvar pedagog va adiblar Saidrasul Aziziy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Mahmudxo'ja Behbudiy, Sadriddin Ayniy, Abdurauf Fitrat, Elbek va boshqa o'nlab ziyolilarning "usuli jadid" maktablarida tahsil oluvchi o'zbek o'quvchilari uchun yaratgan ellikdan ortiq alifbo va o'qish kitoblari bu jarayonni yuzaga chiqishiga asos bo'ldi. Bu darsliklar avvalo, bolalarbop maxsus asarlar ijod etish an'anasini boshlab berganligi bilan diqqatga sazovor. Negaki, xalq bolalarini ma'rifatli qilishni ko'zlab ochilgan yangi usuldagi maktablar uchun o'zlari tuzgan "Kitobat ut-atfol" (Behbudiy), [7;45] "Birinchi muallim" [8;268] "Ikkinchi muallim" [9;282], "Turkiy guliston yoxud axloq" [10;97] , "Maktab gulistoni" (Avloniy) [11;47], "Yengil adabiyot", "Qiroat kitobi", "O'qish kitobi" [12;253], (Hamza), "Tahsib us-sibyon" ("Bolalar tarbiyasi") [13;43] "Qiz bola yoki Xolida" (S.Ayniy) [14;89], "O'qu"(Fitrat) singari darsliklarda hayotiy voqelikning badiiy ifodasida bolalarning yosh xususiyatiga alohida e'tibor qaratiladi. Bu haqda adabiyotshunos olim R.Barakayev kengqamrovli ma'lumot beradi. [16;15]

O'zbek bolalar adabiyoti ibtidosi jadidlarning o'zlari ochgan maktablar uchun yaratgan Alifbe, O'qish kitoblariga borib taqaladi. O'zbek bolalar adabiyotining dastlabki namunasi Saidrasul Azizov ijodida uchraydi. Bolalar adabiyotining ilk namunasi va dastlabki pedagogik darslik "Ustozi avval" 7 yoshli bolaga atab tuzilgan she'rlar, hikoyalar va matnlardan iborat. Ichida keltirilgan so'zlar va ularning miqdori, syujeti bolalar uchun xoslangan shaklda bitilgan.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz - Toshkent: O'zbekiston NMIU, 2016. - B.14.

2. Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi - Toshkent: Sharq NMIU, 1999. - B. 26.

3. Jamilova B. Bolalar adabiyoti - Toshkent: Innovatsiya-ziyo, 2020. - B. 277.

4. Alisher Navoiy. - Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2018. - B. 172.

5. Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti va folklor. - Toshkent: O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg'armasi nashriyoti, 2006. - B. 67.

6. Gulxaniy. Zarbulmasal - Toshkent: Ma'naviyat, 2016.- B. 112.

7. BexöygHH. KuroGaT yr-aT$o.. - TomKeHT: Ma^aBH^T, 1916. - E. 45.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.