Научная статья на тему 'MULTIMEDIA VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING BOLALAR ADABIYOTINI OʻQITISHDAGI OʻRNI'

MULTIMEDIA VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING BOLALAR ADABIYOTINI OʻQITISHDAGI OʻRNI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
725
88
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
multimedia vositalari / bolalar adabiyoti / texnikaviy ijod erkinligi / taʻlimda axborot texnologiyasi / pedagogik va psixologik yordamchilar. / multimedia tools / childrenʼs literature / freedom of technical creativity / information technology in education / pedagogical and psychological assistants.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — M. Abdullayeva

Mazkur maqolada bolalar adabiyotini oʻqitishda vositalardan, xususan, multimedia vositalaridan foydalanish ahamiyati haqida soʻz boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF THE USE OF MULTIMEDIA IN TEACHING CHILDREN'S LITERATURE

This article talks about the importance of using tools, especially multimedia tools, in teaching childrenʼs literature.

Текст научной работы на тему «MULTIMEDIA VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING BOLALAR ADABIYOTINI OʻQITISHDAGI OʻRNI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

MULTIMEDIA VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING BOLALAR ADABIYOTINI

O'QITISHDAGI O'RNI Abdullayeva Mohidilxon Dilshodbek qizi

WEB Expert muassisligidagi Kun.uz internet nashri musahhihi https://doi.org/10.5281/zenodo.7115030

Annotatsiya. Mazkur maqolada bolalar adabiyotini o'qitishda vositalardan, xususan, multimedia vositalaridan foydalanish ahamiyati haqida so 'z boradi.

Kalit so'zlar: multimedia vositalari, bolalar adabiyoti, texnikaviy ijod erkinligi, ta'limda axborot texnologiyasi, pedagogik va psixologik yordamchilar.

РОЛЬ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ МУЛЬТИМЕДИЙНЫХ СРЕДСТВ В ОБУЧЕНИИ

ДЕТСКОЙ ЛИТЕРАТУРЕ

Аннотация. В данной статье говорится о важности использования инструментов, особенно мультимедийных, в обучении детской литературе. Ключевые слова: мультимедийные средства, детская литература, свобода технического творчества, информационные технологии в образовании, педагогико-психологические помощники.

Ключевые слова: мультимедийные средства, детская литература, свобода технического творчества, информационные технологии в образовании, педагогико-психологические помощники.

THE ROLE OF THE USE OF MULTIMEDIA IN TEACHING CHILDREN'S

LITERATURE

Abstract. This article talks about the importance of using tools, especially multimedia tools, in teaching children's literature.

Keywords: multimedia tools, children's literature, freedom of technical creativity, information technology in education, pedagogical and psychological assistants.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasida milliy metodika yaratish va takomillashtirish masalasi ta'lim jarayoni uchun hayotiy ehtiyoj darajasiga ko'tarilayozdi. Barcha yo'nalishlarda kuzatilayotgan islohotchilik jarayoni metodika, pedagogika sohalarida yangilanish yasash uchun poydevor bo'ldi. Endi metodikaning mohiyat teranlashuvi va tarbiya jarayoniga ham daxldorlik kasb etishi har jihatdan muhim tushunchaga aylandi. Yangi metodlar halqasida ham ta'lim jarayonining tub mazmunini ochib berishda, ham tarbiya jarayonida o'quvchi tafakkuriga, xulq-atvoriga ijobiy ta'sir ko'rsatuvchi metodlar kamligi va ularga bo'lgan talabning yuqoridagi ko'rsatkichga teskari proporsional holatda ortib borayotgani hech kimga sir emas. An'ana, izlanish va yangilikni o'zida jamlangan zamonaviy axborot texnologiyalarining barcha turlari bugun o'qituvchi va o'quvchi uchun yordamchi vosita bo'lishga yaroqlimi, degan savol har kungidan ham dolzarbroq. "Bugungi kunda mamlakatimiz ijtimoiy-ma'naviy hayotining barcha sohalarini axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilish qiyin". "Va shuni alohida ta'kidlash kerakki, bolalar va yoshlarga maxsus fanlar, mamlakatimiz va jahon sivilizatsiyasi tarixini, xorijiy tillarni va zamonaviy kompyuter dasturlarini chuqur o'rgatish muammolariga hali sifatli va to'liq holda yechim topilgani yo'q. Yana bir muammoni hal etish o'ta muhim hisoblanadi: Bu - pedagoglar va professor-o'qituvchilar tarkibining professional darajasi, ularning maxsus bilimlaridir. Bu

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

borada ta'lim olish va ma'naviy-ma'rifiy kamolot masalalari va haqiqiy qadriyatlarni shakllantirish jarayonlariga faol ko'mak beradigan muhitni yaratish zarur".

Ushbu muhitni yaratishdagi texnikaviy ijod erkinligi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasi bilan ham tasdiqlab qo'yilgan:

"Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g'amxo'rlik qiladi".

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

O'zbekiston Respublikasida ta'lim jarayonidagi bolalar adabiyotining tarixiga nazar tashlasak, ma'rifatparvarlik davri o'zbek adabiyoti namoyondalari ijodiga murojaat qilishimizga to'g'ri keladi. Negaki, aynan shu davrdan boshlab bolalar adabiyoti tushunchasiga alohida adabiyot sifatida qarala boshlandi. Jadid adabiyotining namoyondalari bolalar uchun bir qancha kitoblar, darsliklar, o'quv kitoblari, chunonchi, badiiy adabiyotlar ham yaratdilar. Bulardan ko'zlangan maqsad bolalarda bilim olishga bo'lgan qiziqishni shakllantirish, ularni savodxon, jamiyatdagi o'zgarishlarni to'g'ri baholay biladigan, erkin shaxs sifatida tarbiyalashdan iborat edi. Xalq og'zaki ijodi namunalarining maxsus turiga kiruvchi maqol, matal, topishmoq kabilar ham aslan bolalardagi topqirlikni oshiruvchi, ularni badiiy adabiyotga qiziqishini shakllantiruvchi kichik asarlar hisoblangan. Bundan ko'rinib turibdiki, xalqimiz bola tarbiyasi, uning maorifiga hech qachon bee'tibor bo'lmagan. Shu jihatdan, bolalar adabiyotining tarixini xalq og'zaki ijodi kelib chiqqan davrdan boshlasak ham xato bo'lmaydi. Maktab ta'lim tizimida 1-6-sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan darslik-majmualarda, xususan, "O'qish" va "Adabiyot" kitoblarida bolalar adabiyotining yetuk namoyondalari va ularning asarlari berib boriladi. Kelgusida bola ilmiy layoqatli shaxs bo'lib ulg'ayishida ushbu darsliklar, yuqorida ta'kidlanganidek, poydevor vazifasini o'taydi. "Adabiyot solnomasida bolalar adabiyoti tushunchasining paydo bo'lishi o'rinlimi?", "Alisher Navoiy "Mantiq ut-tayr"ni yod olgan payt bola yoshida emasmidi?" - kabi savollar tug'ilishi tabiiy. Lekin zamonaviy texnologiyalar davrida adabiyotning asosiy tushunchalaridan biri bo'lgan ko'ngil va bola qalbi masalasini chetlab o'tuvchi omillar shusiz ham yetarli. Shunday ekan, bolalarga bolalarcha fikrlash va bu fikrlar asnosida kelajak uchun mustahkam zamin hozirlash kabi qator vazifalar bugun pedagoglar zimmasida turibdi. "Bolalar adabiyoti namunalari yosh kitobxonni nimagadir o'rgatadi, nimagadir da'vat etadi". Va bularning barchasi ezgulikka da'vatdir.

Bolalar adabiyoti kichik asar namunalari shaklida maktabgacha ta'lim tarbiyalanuvchilari va maktab o'quvchilari uchun mo'ljallangan darslik va kitoblarda uchrabgina qolmay, balki ma'nan va ruhan ulg'aygan, kamol topgan nigohlar tomonidan o'rganilishi uchun yuqori sinf, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylarning o'quvchilari uchun nashr qilingan darslik-majmualarga ham kiritilgan. Xususan, akademik litseylarning III kurs o'quvchilari uchun mo'ljallangan nashrda Abdulla Avloniyning "Birinchi muallim" hamda "Ikkinchi muallim" nomli kitoblaridan o'rin olgan "To'g'rilik", "Yolg'on do'st", "Xurus ila bo'ri", "Janjalchilik zarari" kabi hikoyalari bolalar uchun atalgan asarlardir. Yuqorida nomi keltirilgan ikki asar muallif tomonidan aynan bolalar uchun o'quv kitobi shaklida yozilgani barchaga ma'lum. Bundan tashqari, ushbu darslik-majmuadan joy olgan Abdulla Avloniy "Turkiy guliston yoxud axloq", "Maktab gulistoni" kabi darsliklar muallifining asarlari ham bolalarga atalgan edi. Ushbu darslikda Mahmudxo'ja Behbudiyning ta'lim-tarbiyaga oid "Kitob ul-atfol" (Bolalar uchun yozuv kitobi, 1908) hamda Abdurauf Fitratning "O'quv" hamda "Ona tili" darsliklari

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

mavjudligi haqidagi ma'lumotlarga duch kelamiz. Ushbu darslikda mustaqil mutolaa qilish uchun o'zbek she'riyatidan namunalar safida ham bolalar adabiyotiga oid bo'lgan Halima Ahmedovaning "O'g'limga darsliklar" turkumidan bir necha she'rlar beriladi. Ham moziy, ham zamonaviy adabiyotda bolalarga atalgan asarlar mavjudligini birgina ushbu darslikning o'zi ham tasdiqlab turibdi. Oliy o'quv yurtlarida ham bugungi kunda filologiya, o'zbek tili va adabiyoti ta'lim yo'nalishi talabalari uchun "Bolalar adabiyoti" fanidan ma'ruza va seminar mashg'ulotlari yo'lga qo'yilgan. Bularning barchasi bugungi kunda jahonning ko'plab mamlakatlarida fojiaga aylanib borayotgan bolalar adabiyotining rivoji, ushbu fan yuzasidan ilmiy izlanishlarning ko'payishiga qaratilgan chora-tadbirlardir.

TADQIQOT NATIJALARI

"Ta'lim o'quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularning bilish qobiliyatlarini o'stirish, ularda amaliy ko'nikma va malakalar, shuningdek, dunyoqarashni shakllantirishga yo'naltirilgan jarayondir. Dars - bevosita o'qituvchi rahbarligida muayyan o'quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta'lim jarayonining asosiy shakli. Ta'lim jarayoni - o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o'zlashtirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayon." Bolalar adabiyotini o'qitish jarayoni ham ta'lim jarayoni, dars va pedagogik jarayonning ajralmas qismi ekan, ularga xos bo'lgan xususiyatlar va vazifalar muayyan o'xshashlikka ega bo'lishi tabiiy. Bolalar adabiyotini o'qitishda, umuman olganda, ta'lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanish qobiliyatiga ega mutaxassislarning ahamiyati haqida "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" da ham belgilab qo'yilgan. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida" gi Qonunining qoidalariga muvofiq, milliy tajribaning tahlili va ta'lim tizimidagi, jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umuminsoniy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo'ljalni to'g'ri ola bilish mahoratiga ega bo'lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodni shakllantirishga yo'naltirilganidir". Bolalar adabiyotini o'qitishda ham bolalarga qiziqarli tarzda nazariy bilim berish barobarida ularni hayotga tadbiq etishga o'rgatish, ularda tahlil ko'nikmalarini shakllantirishda ana shunday kadrlarga talab yuqori. Zamonaviy axborot texnologiyalari, yangi pedagogik texnologiyalardan dars mobaynida unumli foydalanish dars samarali bo'lishiga o'z hissasini qo'shadi. "Zamonaviy axborot texnologiyalarining qatoriga: kompyuter, skaner, videoko'z, videokamera, LCD proektor, interaktiv elektron doska, faks, modem, telefon, elektron pochta, multimedia vositalari, Internet va Intranet tarmoqlari, mobil aloqa tizimlari, ma'lumotlar omborini boshqarish tizimlari, sun'iy intellekt tizimlarini kiritish mumkin". Zamonaviy axborot texnologiyalarining dars jihozlari sifatida dars ishlanmalaridan joy olishi ham ularning darsni tashkil etishda va jarayonning borishida qanchalar muhim ekanligini isbotlaydi.

MUHOKAMA

Yuqorida bob mavzusini qamrab olgan barcha so'zlarga alohida etibor qaratilgandi, ularning ahamiyati nazariy jihatdan asoslandi. Keltirilgan nazariy ma'lumotlarni jamlagan holda shuni aytish mumkinki, bolalar adabiyotini o'qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning ta'lim jarayonlariga joriy etilishi ikki jihatdan muhim sanaladi: I. Pedagogik:

1) o'qish, tushunish, tushuntirish, tahlil kabi o'quvchi xususiy kompetensiyalarini shakllantiradi;

2) ular dars mobaynida o'qituvchi uchun "pedagogik yordamchi" vazifasini bajaradi;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

3) past o'zlashtiruvchi o'quvchilarning tafakkuridagi bo'shliqlarni ko'rgazmalilik va ko'rsatmalilik tamoyillariga asosan to'ldirib boradi;

4) ular yordamida tayyorlangan turli lug'atlar o'quvchiga istalgan vaqtda yordam beradi;

5) ulardan turli imtixonlarga tayyorlanish jarayonida tayyorgarlik maqsadida foydalanish mumkin.

II. Psixologik:

1) tayyorlangan zamonaviy axborot texnologiyalari safiga kiruvchi multimédia vositalarini qo'llash bolalarning yosh xususiyatlariga to'g'ri keladi;

2) dars mobaynida ularning diqqatlarini jalb qilishda ahamiyatli;

3) bolalarning xarakter xususiyatiga ko'ra o'yin texnologiyalarini qo'llash o'rinli.

XULOSA

"Ta'limda axborot texnologiyasi bu - "o'quvchi-kompyuter" o'rtasidagi muloqotdir, o'qituvchi esa - uni boshqaruvchi. Zamonaviy axborotlarga boy materiallar, vositalar bilan darsni boshqarish o'qituvchi mehnatini samarali qiladi." Bugungi kunda har bir o'qituvchi zamonaviy axborot texnologiyalarini o'quv jarayoniga tatbiq etgan holda pedagogik faoliyatini tashkil etishi va u bilan bog'liq barcha ko'nikmalarga ega bo'lishi kerak. Bu - davr talabi. Zamonaviy ta'limning tarkibiy qismiga aylanib ulgurgan internet tarmog'i bilan ishlash malakasi ham pedagoglar uchun ahamiyatli. Minglab yillar davomida rivojlangan inson tafakkuri uchun bugungi kunda dastlabki manba, ya'ni axborot olish hayotiy zaruratga aylandi. Mazkur axborotni topish, saqlash, qayta ishlash va boshqalarga yetkazishning qulay usullariga bo'lgan ehtiyoj kun sayin oshib bormoqda. Ana shu ma'lumotlarni topuvchi, saqlovchi, qayta ishlovchi va boshqalarga yetkazuvchi vazifasini bugungi kunda axborot texnologiyalari bajarmoqda. Xususan, internet tarmoqlarining maqsadi ham shulardan iborat. O'quvchilarga dars mobaynida ularning diqqatini bir joyga jamlashlari, mavzu mohiyatini to'liq anglab yetishlarida ko'makchi bo'ladigan bir qancha vositalar mavjud. Lekin ular faqatgina vosita ekanligini unutmaslik kerak. Ayrim jarayonlarda shu ko'zga tashlanmoqdaki, vositalarga asos sifatida qarab mohiyatdan uzoqlashish yuzaga kelmoqda. Vositalardan asosni ifodalashda to'g'ri foydalanish malakasi pedagoglarimizga har doimgidan-da ko'proq kerak. Dars jarayonida dars sifatini oshiruvchi jihozlar sifatida ko'p ko'zga tashlanayotgan kompyuter tizimlari, yangi metodlar, taqdimotlarni sanash barobarida multimedia vositalari ham shu tarkibda ekanligini unutmaslik lozim.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

REFERENCES

1. Muhammedova S., Abdullayeva M., Yuldasheva Sh., Eshmatova Y., O'zbek tili va adabiyoti ta'limida zamonaviy axborot texnologiyalari. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan nashrga ruxsat berilgan.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan kengaytirilgan majlisdagi ma'ruzasi// "Xalq so'zi" gazetasi, 2017-yil 16-yanvar.

3. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - Toshkent: O'zbekiston, 1992.

4. Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti va folklor. - Toshkent: O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg'armasi nashriyoti, 2006.

5. To'xliyev B., Shermurodov T., Isayeva Sh., Adabiyot (majmua) akademik litseylarning III bosqich o'quvchilari uchun . - Toshkent: Bayoz, 2015.

6. Toxtaxodjayeva M., Nishonova S., Hasanboyev J., Usmonboyeva M., Madiyarova S., Qoldibekova A., Nishonova N., Sayidahmedov N. Pedagogika (pedagogika nazariyasi va tarixi). - Toshkent: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010.

7. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi//Oliy ta'lim: me'yoriy hujjatlar to'plami. - Toshkent: Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, 2001.

8. Rahimov A. Kompyuter lingvistikasi asoslari. - Toshkent: Akademnashr, 2011. B124.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.