Научная статья на тему 'O‘ZBEK BOLALAR ADABIYOTI NAMUNALARI RUS TILIDA'

O‘ZBEK BOLALAR ADABIYOTI NAMUNALARI RUS TILIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
91
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bolalar adabiyoti / bolalar kitobxonligi / tarjima adabiyoti / she'riyat / nasr / tarjimon mahorati. / children's literature / children's reading / translated literature / poetry / prose / translation skills.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mahmudova, Sevara, Tashaliyeva, Sarvara

Mazkur maqolada o‘zbek bolalar adabiyoti namunalari va ularning rus tilidagi tarjimalari haqida so‘z ketadi. Unda Hamza, Q.Muhammadiy, A.Obidjon, X.To‘xtaboev, F.Musajonov, L.Mahmudov asarlarining tarjimalari asosida mulohaza yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SAMPLES OF UZBEK CHILDREN'S LITERATURE IN RUSSIAN LANGUAGE

This article deals with works of Uzbek children's literature and their translations into Russian. It discusses translations of works by Hamza, K. Muhammadi, A. Obidzhon, Kh. Tukhtaboev, F. Musadzhonov and L. Makhmudov.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK BOLALAR ADABIYOTI NAMUNALARI RUS TILIDA»

о

O'ZBEK BOLALAR ADABIYOTI NAMUNALARI RUS TILIDA

d https://doi.org/10.5281/zenodo.10336040

f.f.n. Sevara MAHMUDOVA,

O'zDSMI dotsenti, Toshkent, O'zbekiston Tel: +998 93 5880026; Email: makhmudovmurod55@gmail.com Sarvara TASHALIYEVA, TDSHU kat. o'qituvchisi, Toshkent,O'zbekiston Tel: +998 93 171 22 27; Email: tashaliyeva@mail.ru

Annotasiya. Mazkur maqolada o'zbek bolalar adabiyoti namunalari va ularning rus tilidagi tarjimalari haqida so Z ketadi. Unda Hamza, Q.Muhammadiy, A.Obidjon, X.To'xtaboev, F.Musajonov, L.Mahmudov asarlarining tarjimalari asosida mulohaza yuritiladi.

Kalit so'zlar: bolalar adabiyoti, bolalar kitobxonligi, tarjima adabiyoti, she 'riyat, nasr, tarjimon mahorati.

Annotasiya. В данной статье идёт речь о произведениях узбекской детской литературы и их переводах на русский язык. В ней обсуждаются переводы произведений Хамзы, К. Мухаммади, А. Обиджона, Х. Тухтабоева, Ф. Мусаджонова и Л. Махмудова.

Ключевые слова: детская литература, детское чтение, переводная литература, поэзия, проза, переводческое мастерство.

Abstract. This article deals with works of Uzbek children's literature and their translations into Russian. It discusses translations of works by Hamza, K. Muhammadi, A. Obidzhon, Kh. Tukhtaboev, F. Musadzhonov and L. Makhmudov.

Key words: children's literature, children's reading, translated literature, poetry, prose, translation skills.

Turli millat va elatlar o'rtasidagi madaniy va ma'naviy aloqalami yanada mustahkamlashda badiiy tarjimaning o'rni va ahamiyati juda katta. Bugungi kunda respublikamizda jahon mumtoz adabiyoti namunalarini nashr etishga katta e'tibor qaratilmoqda."Jahon adabiyoti" jurnali, "Jahon adabiyoti durdonalari" nomi bilan chiqarilgan turkum nashrlar bunga misol. Davlat dasturida farzandlarimizni lotin yozuvidagi adabiyotlar bilan ta'minlash vazifasi belgilanganligini inobatga olib, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi tashabbusi bilan "Yangi asr avlodi" nashriyot matbaa markazi tomonidan yoshlarimizning dunyoqarashi keng,

ma'nan ba^amol va intellektual salohiyati yuksak inson^ bo'lib voyaga yetishlariga hissa qo'shish maqsadida "Kamolot kutubxonasi" гuknida jahon va o'zbek adabiyotining oltin merosidan o'rin olgan 100 nomdagi asarni nashr etdi.

Respublikamizning biг qatoг oliy o'quv yurtlarida bolalaг adabiyoti fani o'qitiladi, unda nafaqat jahon bola^ adabiyoti namunalari, balki o'zbek bola^ adabiyoti namunalari ham o'гganiladi. Biï qancha oliy o'quv yuгtlaгida ms guruhlarida o'qiyotgan talabalaгga bolalaг adabiyoti fanini o'qitish jaгayonida o'zbek bola^ adabiyoti namunalaгining yetaгli daгajada ms tiliga o'girilmaganligi muammosiga duch kelamiz.Masalan, Mahmudxo'ja Behbudiyning "Pada^s^' dramasining, Abdulla Avloniyning "Trn-kiy guliston yoxud axloq"asari, zamonaviy o'zbek bolalaг adabiyotining ko'plab namunalari hanuz гus tiliga o'girilmagani achinarli hol.

O'zbek bolalaг adabiyoti namunalarining гus tilidagi taqimalari haqida so'z ketaгkan, biг qancha o'zbek bolalar shoiri va yozuvchilarining asarlari rus tiliga mohirana taqima qilinganligini aytib o'tish joiz. Jumladan, Quddus Muhammadiy she'riyatini rus tiliga mohirona tarjima qilgan rus bolalar yozuvchisi Samuil Maгshak haqida gapiгmaslikning iloji yo'q.

Ma'lumki, Marshak she'rлaрni juda kamdan-kam hollaráa so'zma-so'z taqima qilgan; taqimaga qo'l uгishi uchun uning e'tiborini haqiqatan ham nimadir jalb qilishi, qandaydir turtki kerak edi, shundagina tarjima qilishga эхдтсёж paydo bo'ladi. O'zbek shoiгi Quddus Muhammadiy she'riarini timglaganda bunday holat sodiï bo'ldi. Ulami гus tilida qayta yaгata olgan taqimon buni o'ziga xos, mutlaqo o'ziga xos, Marshaaкоna rnhda amalga oshiгdi. Bu o'ziga xoslik bilan biïga she'гlaгdagi butun milliy koloritni saqlab qola oladi. Muallifning fikri va mazmunini aniq va to'laligicha ms o'quvchisiga yetkaza олган. Misol uchun Quddus Muhammadiyning o'sha mashhrn- "Dum" she'гini olaylik. Taqimada u shunday yangraydi: В одной из школ Слушок прошел. Прошла молва О том,

Что в этой школе, в пятом «А», Есть ученик с хвостом. С хвостом? С хвостом! С каким хвостом? Ответьте на вопрос нам: С хвостом

В значении простом Иль только в переносном?

Marshak tomonidan tarjima qilingan бу she'r juda quvnoq, qiziqarli va ustalik bilan boshlanadi. Shok Ыг necha Ьог ko'tarilgan bu mavzu bayonini zukko bir topilma bilan boshlaydi. Bajarilmagan maktab topshiriqlarining allegorik "dumi" hayvonlar va qushlarning haqiqiy dumlari bilan taqqoslanadi. Хвосты полезны для скота — Коней, ослов, коров: Они при помощи хвоста Сгоняют комаров. Хвостом лисица на бегу След заметает на снегу. Хвостом-мечом вооружен В песках живущий скорпион. Орел в парении своем Хвостом владеет как рулем. Мы видим хвост у разных птиц: Кукушек, ласточек, синиц. Хвостом украшен чиж и дрозд, Индюк, павлин, фазан... Но ни к чему твой пышный хвост. Товарищ Тургунджан!

Bu saftte har qanday nasihatdan ustunroq, o'quvchida kulgu uyg'otadi; shoiг maqsad qilgan didaktik xulosani taqimon juda aniq va qiziqarii shaklda, to'g'ri so'zlami tanlagan holda beгa olgan. She'rni tarjimon bunday yakunlaydi: За книжки, милый мой, садись, Учиться будь готов И навсегда освободись От всех своих хвостов!

Quddus Muhammadiy she'rlarini Samuil Marshakdan tashqari N.Grebnyova, Ye.Blaganina, Ye.Taraxovskaya kabi tarjimonlar ham rus tiliga tarjima qilgan.[1, 18-20 ]

Hamza Hakimzoda Niyoziyning bolalar uchun yozilgan qator didaktik she'rlari ham rus tiliga S.Marshak, V.Lipko, L.Xaustov, S.Somova, A.Naumov, K.Fenomenova, S.Ivanov kabi tarjimonlar tomonidan mahorat bilan tarjima qilingan.[2, 112-136 ] Masalan, uning "Ilm ista" she'ri гus tiliga taqimon K.Fenomenova tomonidan quyidagicha tarjima qilingan: Как можешь сказать, чем люди живут и мир животных каков?

На эти вопросы один ответ — науку постигай!

Свойства вещей и творений узнать желанье к тебе придет —

Стремись к познанию с юных лет, науку постигай!

Невежества мрак человека гнетет, как землю объемлет ночь.

Разуму знанья — как солнца свет: науку постигай!

Когда у тебя есть мечта и цель и хочешь ты их достичь,

Над книгой склоняясь, встречай рассвет — науку постигай!

Чтоб истина эта в твоих устах обычной стала для всех,

Нихан, ты и сам исполняй свой завет — науку постигай!

O'zbek tilida esa she'r shunday yangraydi:

Kim bilurdi odamu olam nadir, hayvon nechik?

Bo'lmasa erdi agar insonda bu osori ilm.

Qaysi bir mavjuda boqsang bilmoqa kayfiyatin

Lozim o'lgay topmaqa avval o'qib axbor ilm...

Olamning xurshidi kundir, odamning xurshidi ilm,

Olamning zulmoti tundir, odamning nodori ilm.

Har murodu maqsadingga yetmoq istarsan murod,

Ko'z ochib bedor bo'l, darkor ilm, darkor ilm!

Ul haqiqat oyiniga sayqal istarsan Nihon

Ilm ista, ilm ista, istag'il zinhor ilm!

Nazarimizda she'rning rus tiliga tarjimasi shoir fikrlarini aniq bera olmagan, shu sababli uni va yana bir qancha she'rlarni rus tiliga qaytadan tarjima qilinsa maqsadga muvofiq bo'lar edi.

O'zbek bolalar nasri vakillaridan O'zbekiston xalq yozuvchilari X.To'xtaboev, A.Obidjon, F.Musajonov, L.Mahmudov asarlari ham rus tiliga tarjima qilingan. Xudoyberdi To'xtaboev asarlarining keng kitobxonlar auditoriyasiga ega bo'lishida tarjimon Ervin Umarovning xizmatlari katta. Jumladan, yozuvchining asarlari "Верхом на жёлтом диве", "Конец жёлтого дива", "Золотой выкуп», «Золотая голова мстителя», "Свет в заброшенном доме" nomlari bilan rus tilida nashr qilingan[ 3, 173 ] Shuni alohida ta'kidlash joizki, Ervin Umerov tarjimada o'zbek xalqi hayotining o'ziga xos jihatlarini, milliy koloritini juda aniq va kontekstga mos so'zlar bilan tasvirlay olgan va asarlarning original matniga juda yaqin mazmunni o'quvchiga yetkazib bera olgan.

Sevimli o'zbek bolalar yozuvchisi va shoiri Anvar Obidjon asarlarining qardosh xalqlar o'quvchilariga yetib borishida esa tarjimonlar Z.Tumanova, R.Azimova, L.Samoylova, X.Ismoilovalarning xizmatlari katta. "Грозный Мешпалван» nomi bilan nashr qilingan to'plamdan ijodkorning o'nga yaqin asari o'rin olgan. [4]

O'zbek bolalar adabiyoti vakillaridan F.Musajonov, L.Mahmudovlarning bir qancha asarlari rus tiliga tarjima qilinganligi ham e'tiborga arzirli. L.Mahmudovning "Дневник, письмо, первоклассница", "Приключения лентяев" kitoblariga ijodkorning qator hikoya, qissalari kiritilgan bo'lib, tarjimonlar F.Kamalova, E.Umerov, P.Shufalarning bunda xizmatlari juda katta bo'lgan.[5]

Xorijiy asarlarning rus tilidan o'zbek tiliga tarjima qilinishi borasida bugungi O'zbekistonda I.G'afurov, J.Kamol, N.Otaboev, A.Fayzulla, M.Ahmad singari yuksak salohiyatli tarjimonlar borligi behad quvontiradi. Lekin badiiy tarjima sohasida yosh mualliflar - tarjimonlarning kamligi, ayniqsa, o'zbek adabiyoti namunalarini rus tiliga mahorat bilan o'giruvchi tarjimonlarning yetishmasligi sir emas.

Shu o'rinda badiiy asar tarjimasini rivojlantirish uchun quyidagi takliflarimizni ham bayon qilmoqchimiz:

Badiiy tarjimani rivojlantirish uchun DTSga binoan yoppasiga o'rganilishi zarur bo'lgan o'quv-uslubiy vazifalarni amaliyotga joriy qilish, bilingv tarjimonlarni (o'zbek-rus, rus-o'zbek, o'zbek-ingliz, ingliz-o'zbek kabi...) tayyorlash, shu yo'nalishga ixtisoslashgan nashriyotlarni ko'paytirish, ularni qo'llab-quvvatlash, tarjima qilinayotgan badiiy asarlarning monitoringini olib borish kabi ishlar yanada yaxshi yo'lga qo'yilishi lozim. Shuningdek, o'zbek adabiyoti namunalarini tarjima qiluvchi xorijlik tarjimonlarning yurtimiz bilan tanishishiga, malaka oshirishiga imkoniyat yaratilsa, tarjimonlar mehnatini kengroq miqyosda ma'naviy va moddiy jihatdan mukofot va grantlar vositasida rag'batlantirishga yanada e'tibor qaratilsa, bu faoliyatning haqiqiy ijodiy faoliyat bilan teng qiymatli murakkab jarayon ekanligining tan olinishiga erishilsa ayni muddao bo'lardi.

Shu maqsadda uzoq va yaqin xorijlik tarjimonlarning malakasini, kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan qisqa va uzoq muddatli ijodiy rejalarni ishlab chiqish, ularning ijrosini ta'minlashga alohida e'tibor qaratish lozim deb o'ylaymiz. Mazkur faoliyatga daxldor nazariy va amaliy ishlanmalar sirasini ko'paytirish, nashrini tezlashtirish va bu yo'nalishda elektron va bosma OAVlaridan unumli foydalanish zarur.Bu o'z-o'zidan O'zbekiston kitob palatasi va O'zbekiston davlat kutubxonasi bilan hamkorlikda ishlashni, xorijiy tillarga o'girilishi zarur bo'lgan o'zbekcha badiiy asarlar va aksincha, o'zbek tiliga o'girish lozim bo'lgan xorijiy badiiy asarlar ro'yxatining elektron bazasini yaratishni taqozo etadi.

2016-yilda Prezidentimiz farmoniga ko'ra tashkil etilgan Alisher Navoiy nomli o'zbek tili va adabiyoti instituti tarkibida tarjimonlar tayyorlovchi maxsus fakultet mavjud, bu esa kelajakda badiiy tarjima sohasida ham mahoratli yosh mutaxassislar sonining ortishi va jahon adabiyotining yana ko'plab nodir namunalarini yaqin kelajakda o'zbek tilida o'qish imkoni yaratilishiga sabab bo'lsa ajab emas. Shu bilan

birga ba'zi qo'shni davlatlardagi kabi badiiy tarjima nazariyasi va amaliyoti taraqqiyotiga hissa qo'shadigan "tarjima instituti"ga o'xshash tashkilot ham ta'sis etilsa, O'zbekistonda tarjimonlik sohasining tarixi, buguni va ertasi haqida turli tildagi ma'lumotlarni muntazam berib boruvchi veb-saytlar ochilsa, yuksak mahoratli tarjimonlarning ijodiy faoliyatiga har tomonlama yordam ko'rsatilsa, oliy o'quv yurtlarida o'qitilayotgan tarjima va tarjimashunoslikka oid fanlarni madaniyatshunoslik fanlari bilan muvofiqlashtirilib ta'lim berilsa millatlararo nurko'prik sanalgan tarjimaning, ijodkor tarjimonning intellektual madaniyat targ'ibotchisiga aylanishi shubhasiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):

[1] - Бать, Л. Верный друг - Куддус Мухаммади // Детская литература. - 1966. - № 11. - С.18-20.

[2] - Ниязи Хамза Хакимзаде. Избранные произведения. Издательство «Советский писатель», 1970.112-b

[3] - Тухтабаев Х. Свет в заброшенном доме. Повесть.» Детская литература».Москва, 1990

[4] - Анвар Абиджан. Грозный Мешпалван.-Т.: «Чулпан», 1991.

[5] - Махмудов Латиф. Приключения лентяев.-Т.: Издательство литературы и искусства, 1984.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.