Научная статья на тему 'UMAR SAYFIDDIN HIKOYALARI TARJIMALARIGA DOIR'

UMAR SAYFIDDIN HIKOYALARI TARJIMALARIGA DOIR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
101
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
turk hikoyachiligi / frazeologik birliklar / milliy adabiyot / grammatik shakl¬ / ekvivalent / “Til va tarjima” / Turkish novelistics / phraseological units / national literature / grammatical form / equivalent / "Language and Translation"

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Hamidov, Xayrulla, Tojiyeva, Afro‘za

Ushbu maqolada atoqli turk adibi Umar Sayfiddinning turk hikoyachiligida tutgan o‘rni va ahamiyati, xususan adib hikoyalarining o‘zbek tiliga tarjimalari, bunda tarjimonlar erishgan yutuq va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, tarjimalarning badiiy saviyasi xususida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ON THE TRANSLATIONS OF UMAR SAIFIDDIN'S STORIES

This article deals with the role and place of the famous Turkish writer Umar Sayfiddin in Turkish short stories, especially the translations of the writer's stories into Uzbek, the achievements of Uzbek translations of his stories and the shortcomings of translators in the process of literary translation.

Текст научной работы на тему «UMAR SAYFIDDIN HIKOYALARI TARJIMALARIGA DOIR»

UMAR SAYFIDDIN HIKOYALARI TARJIMALARIGA DOIR

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-28-319-327

Filol.f.d. Xayrulla HAMIDOV

TDSHU dotsenti, Toshkent, O'zbekiston

Tel: +998 960-0623;

E-mail: [email protected] Afro'za TOJIYEVA, TDSHU magistranti, Toshkent, O'zbekiston Tel: +998 946674556;

E-mail: [email protected]

Annotatsiya. Ushbu maqolada atoqli turk adibi Umar Sayfiddinning turk hikoyachiligida tutgan o 'rni va ahamiyati, xususan adib hikoyalarining o Zbek tiliga tarjimalari, bunda tarjimonlar erishgan yutuq va yo'l qo'yilgan kamchiliklar, tarjimalarning badiiy saviyasi xususida so Z boradi.

Kalit so'zlar: turk hikoyachiligi, frazeologik birliklar, milliy adabiyot, grammatik shakl, ekvivalent, "Til va tarjima "

Аннотация. В данной статье речь идет о роли и месте известного турецкого писателя Умара Сайфиддина в турецкой новеллистике, особенно о переводах рассказов писателя на узбекский язык, достижениях узбекских переводов его рассказов и недостатках переводчиков в процессе художественного перевода.

Ключевые слова: турецкая новеллистика, фразеологические единицы, национальная литература, грамматическая форма, эквивалент, «Язык и перевод».

Abstract. This article deals with the role and place of the famous Turkish writer Umar Sayfiddin in Turkish short stories, especially the translations of the writer's stories into Uzbek, the achievements of Uzbek translations of his stories and the shortcomings of translators in the process of literary translation.

Key words: Turkish novelistics, phraseological units, national literature, grammatical form, equivalent, "Language and Translation"

Har bir xalq, har bir millatning o'ziga xos madaniyati, urf-odatlari, tarixi va shu bilan birga o'zining milliy adabiyoti bo'ladi. Adabiyot millat ruhi, uning dardlarini aks ettiruvchi vosita hisoblanadi. Xuddi shunday turk adabiyoti jahonda o'z o'rniga ega adabiyotlar sirasiga kiradi. Millatning adabiyotini jahon adabiyoti darajasigacha chiqaradigan narsa yozuvchi va shoirlardir.

Turk adabiyotining zabardast, atoqli, juda oz vaqt ijod qilgan bo'lsa-da, turk adabiyoti ixlosmandlarining qalbida chuqur joy egallagan yozuvchilardan biri Umar Sayfiddindir. XX asr boshlarida Usmoniylar imperiyasining inqirozga yuz tutib, xalq boshiga behisob kulfatlarning yog'ilishi yosh yozuvchining ichki dunyosiga qattiq ta'sir ko'rsatadi va bularni u o'zining hikoyalarida ham aks ettiradi. Yozuvchi hikoyalarini yozishda ko'pincha xalq tarixi, milliy madaniyati va Onadolu afsonalaridan keng foydalangan.

Usmoniylar imperiyasidagi ijtimoiy hayot muammolarini dadillik bilan o'rtaga tashlagan, asarlari jamiyatda turli bahs-munozaralarga sabab bo'lgan buyuk iste'dod sohibi - Umar Sayfiddinning ayrim hikoyalari O'zbekistonda o'tgan asrning 70-yillarida jurnallarda e'lon qilingan. Biroq yozuvchi ijodiga bo'lgan qiziqish 90-yillar oxiri, ya'ni O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligi yillarida yanada ortdi. So'nggi 10-15 yil ichida adibning o'nlab hikoyalari taniqli tarjimonlar va havaskor ijodkorlar tomonidan ona tilimizga o'girilib, respublika jurnal va gazetalari, tarjima to'plamlarida nashr etilib, turk adabiyoti ixlosmandlariga armug'on etildi. Chunonchi, 2012 yilda adib hikoyalari taniqli tarjimon Boboxon Muhammad Sharif tomonidan o'zbekchaga ag'darilib, "Yangi asr avlodi" nashriyotida chop etildi [1]. Ushbu to'plamga adibning "Tutqun", "Ont", "Kamalak", "Vasiyatnoma", "Valine'mat", "Pushti dur to'n", "Ajinali ko'shk", "Oq yuz", "Jasorat", "Chanoqqal'adan so'ng", "Xari", "Do'stu nodo'stlarimiz", "Afro'z bey", "Farmon" va boshqa hikoyalari kiritilgan.

Bugungi kunga kelib U.Sayfiddin hikoyalarining salmoqli qismi o'zbekchaga tarjima qilib bo'lindi, desa bo'ladi. Bunda Toshkent davlat sharqshunoslik institutida ijod qilayotgan mutaxassislar va havaskor tarjimonlarning ham hissalari bor [2]. Adib asarlariga bo'lgan ehtiyoj hisobga olinib institutda tuzilgan yangi to'plamga uning Turkiyada mashhur bo'lgan yigirmadan ortiq hikoyasi tarjimasi kiritildi. Hikoyalarning asosiy qismi institutda 2014-2017-yillarda nashr etilgan kam adadli "Bu qadimiy san'at" tarjima maktabi talabalari almanaxi"ning 1-4-sonlarida berib borilgan.

So'z borayotgan to'plamdan joy olgan tarjimalarning ayrimlari 2014 -2017-yillarda M.Yusuf ijtimoiy fondi qoshidagi "Oltin qalam" gazetasi sahifalarida chop etilib, jahon adabiyoti ixlosmandlari, tarjimashunos

tadqiqotchilar, tanqidchilar e'tiboriga havola qilindi. Adib hikoyalarining ayrimlari "O'zbekiston" radiokanali to'lqinlari orqali ("Jahon adabiyoti" rukni ostida) 2016-2017-yilda tinglovchilar e'tiboriga ham havola qilindi. Tarjimalarning qayta nashr etilayotgani havaskor ijodkorlar va tal abalar ijodi namunalarining respublikamiz miqyosida keng tarqalayotganligidan dalolat beradi.

Millatlar orasida madaniy va ma'naviy aloqa quroli bo'lgan badiiy tarjima vositasida dunyo xalqlarining ma'naviy boyliklari, insonlarning ko'p asrlik orzu-armonlari, g'oya va qarashlari mujassam bo'lgan asarlar o'zga til sohibi bo'lgan xalqlarga etkaziladi, kitobxonlar jahon adabiyotining sara namunalari vositasida dunyo xalqlarining boy madaniyati, milliy an'analari bilan yaqindan tanishadilar.

O'tgan asrning 90-yillari oxiri va 2000-yillardan boshlab adib asarlariga bo'lgan qiziqish shunchalik kuchaydiki, ulardan ayrimlari qayta tarjima qilindi. Masalan, tarixiy, qahramonlik mavzusiga bag'ish-langan, o'ziga xos uslubi, frazeologiyasi bilan ajralib turuvchi "Pembe incili kaftan" ("Pushti marjonli chakmon") hikoyasi qisqa davr ichida ketma-ket ikki marta tarjima qilindi. Ushbu asar tarjimon Boboxon Sharif tomonidan "Pushti dur to'n" deb, Davronbek Tojialiyev tomonidan "Qizil durli ko 'ylak" deb o'girildi.

Hikoyaning ilk jumlasi: "Büyük kubbeli serin Dîvan, bugün daha sakin, daha golgeliydi". Jumla Boboxon Sharif tarjimasida "Baland qubbali salqin devon bugun yanada sokin, yanada sersoya edi" deb o'girilgan bo'lsa, D.Tojialiyev uni "Katta gumbazli devonxona binosi har kungidan sokin, har kungidan salqin edi" shaklida tarjima qilgan. Birinchi tarjimada kubbe so'zi "qubba", dîvan so'zi "devon" deb, D.Tojialiyev tarjimasida - "gumbaz", "devonxona binosi" shaklida sal o'zgartirib berilgan.

Yoki, "Sadrazamin sagindaki, deminden beri, bir mezar ta§i gibi hareketsiz duran, kirmizi tuglu kavuk yerinden oynadi. Yava§ yava§ sola dondü " jumlasi birinchi tarjimada "Sadra 'zamning o 'ng tomonida halidan beri qabr toshi singari jim-jit, beharakat o 'tirgan qirmizi ukparli salla o'rnidan turdi. Astagina chapga yuzlandi" deb, ikkinchi tarjimada esa "Vaziri a'zamning o'ng tomonidagi vazirlardan biri bosh kiyimining yunglarini silar ekan, chapga o'girilib..." shaklida berilgan. Birinchi

tarjimada sadrazam (sadri a'zam, ya'ni "bosh vazir") so'zi "sadra'zam", ikkinchisida esa "vaziri a'zam" deb o'girilgan. "Bir mezar ta§i gibi hareketsiz duran" ("bir qabr toshi kabi harakatsiz turgan") birikmasi birinchi tarjimada "qabr toshi singari jim-jit, beharakat o'tirgan" shaklida berilgan bo'lsa ("jim-jit" so'zi ortiqchaga o'xshaydi), ikkinchi tarjimada ushbu birikma tushirib qoldirilgan. Bundan tashqari, jumlaning ikkinchi tarjimasi tushunarsiz bo'lib qolgan.

Turk va o'zbek tillarida iboralar asosan bir-biriga o'xshash, ko'pchi-ligi o'z ekvivalentiga ega. Ammo ayrim iboralarni tarjimada berishda tarjimonlar ibora obrazli asosini o'zgartirishni ma'qul ko'radilar. U.Sayfiddinning "Afro'z bey" asaridan olingan quyidagi parchaga e'tibor beramiz: Babasi nesi var nesi yok, bu kadina birakmi§ti. Lisani gibi tabiatini da degi§tirmeyen bu koylü Qerkez, sinegi sikip yagini gikaracak derecede muktesitti [35-b]. Parchada ikkita ibora qo'llanilgan. Birinchisi, "bor budi", "butun mulki" ma'nosidagi "nesi var nesi yok" (so'zma-so'z: nimasi bor, nimasi yo'q) iborasi va "o'ta tejamkor", "haddan tashqari hisob-kitobli" ma'nosidagi "sinegi sikip yagini gikaracak" (so'zma-so'z: "chivinni siqib yog'ini chiqaradigan") iborasidir. Ushbu parchani B.Sharif quyidagicha o'girgan: Otasi bor-yo'g'ini xotiniga tashlab ketgandi. Tili singari fe'l-atvori ham o'zgarmagan bu qishloqi cherkes ayol oshqovoqni siqib yo'g'ini oladigan darajada ziqna edi [187]. M.Sharif tarjimasida turkcha iboralar muvaffaqiyatli berilgan. Ayniqsa, ikkinchi ibora o'rniga tushgan. Tilimizda "chivinni siqib yog'ini chiqaradigan" iborasi bo'lmagani uchun tarjimon uning muqobilini topa olgan. Turk tilida "chivindan yog' chiqarib bo'lmagani" singari, o'zbek tilida oshqovoqdan yog' chiqarish qiyinligiga urg'u berilib, kishining o'ta tejamkor, haddan tashqari hisob-kitobli ekani, hatto ziqna, xasisligi obrazli ifodalangan.

"Afro'z bey" asaridan olingan yana bir misolga e'tibor qaratamiz: Qekirdekten yeti§me tam bir Babiali mahsulü olan kose mümeyyiz, sanki hig bilmiyormu§ gibi sordu. Ma'lumki, har qanday daraxt, nihol yoki qalamchadan o'sib unadi. Ayrim daraxtlar esa urug'dan undiriladi. Urug'dan undirilgan niholning mustahkam, sog'lom daraxtga aylanishi ko'p vaqt, mehnat talab qiladi. Yuqoridagi jumlada qo'llanilgan gekirdekten yeti§me (urug'dan unib chiqqan) sifat birikmasi insonga nisbatan qo'llanilganda frazeologik ma'no kasb etib uning "sog'lom,

zuvalasi pishiq" ekanligini, asliyat jumlasidagi gekirdekten yetóme tam bir Babiali mahsulü birikmasining ma'nosi "tug'ma davlat xizmatchisi", "byurokratlik suyak-suyagiga singib ketgan devonxona xodimi", "davlat amaldori", ya'ni "o'z kasbida uzoq yillar ishlab, tajribasi, mahorati oshib ketgan", o'z kasbining ustasi bo'lgan ma'mur demakdir. Ana shu asliyat jumlasini tarjimon o'zbekchaga Tuxumdan chiqqanidan boshlab hukumat idorasida yetishgan Ko 'sa musahhih, go 'yo hech narsa bilmaydigandek, so'radi shaklida o'girgan. Holbuki, qap borayotgan kishi "tuxumdan chiqqanidan boshlab hukumat idorasida yetishgan" emas. Bu yerda muallif kuchli o'xshatish, mubolag'a usulini qo'llagan. Bundan tashqari, mümeyyiz degani ham "musahhih" emas, "davlat xizmatchisi", "devonxona xodimi", "amaldor" demakdir.

U.Sayfiddinning ko'pchilik hikoyalari tarixiy, qahramonlik mavzu-lariga bag'ishlanganining sababi shu ediki, u o'z asarlarida turk davlatining kuch-qudratini ko'rsatish, tarixiy shaxslar, qahramonlarni tanitish, ularning yuksak ma'naviy fazilatlarini madh etishni maqsad qilib qo'ygan edi ("Farmon", "Afsungar", "Qizil olma qaerda", "Badal" hikoyalari). Ularda milliy shuurga quvvat berish, mamlakatning tik-lanishini tezlashtirish orzusi sezilib turadi.

Bundan tashqari voqelikni yanada yorqinroq ko'rsatish, tashqi dunyo va qahramonlar ruhiyatini uyg'unlikda tasvirlash bobida yangilik olib kirgan adib o'z davri dolzarb masalalarini qalamga olgan va jamiyat hayotiga xos ziddiyatlar, murakkabliklarni mahorat bilan ochib bergan. Shu bois uning asarlariga nafaqat Turkiyada, balki dunyoning ko'p mamlakatlarida ham qiziqish katta va ular xorijiy tillarga, jumladan o'zbek tiliga ham tarjima qilinib nashr etilgan.

U.Sayfiddin uslubi turk tadqiqotchilari tomonidan salkam yuz yildan buyon tortishilib kelinadi. Kimdir tanqid qilsa, kimdir uni davrning novator yozuvchisi sifatida yoqlaydi. Bu borada adibning o'zi shunday degan edi: "Hamma mening uslubimni "ochiq-sochiq" deb tanqid qiladi. Chunki men tabiiy tilni o'rnak olaman. Tabiiy til deganda nutqda faol qo'llaniladigan til tushuniladi. Eski nasrga arabcha, forscha va boshqa ajnabiy tarkiblardan o'zlashib qolgan qovushqoqlik tabiiy tilga yot narsadir. Chunki sof turkchada jumlalar, asosan, qisqa, lo'nda, salmoqli bo'ladi. Turklar so'zlashuvda qisqa jumlalar qo'llaydilar. Men ana

shunday lison qo'llaganim uchun hammani hayron qoldirdim. Ko'pchilik mualliflarning asarlarini eski tarkibli, og'ir uslubda yozilganligi uchun yoqtirishadi. Men esa buni bir kamchilik, nuqson deb bilaman. Bu fikrim bilan haqlimanmi, yo'qmi, kelajak ko'rsatadi" [3,11]. Bu so'zlar adibning o'zi boshlagan ulkan, mashaqqatli ishning berajagi natijadan qanchalik ishonchi komilligini ko'rsatadi.

Shu o'rinda adibning "Ko'richak" nomli hikoyasining boshlanish qismidan olingan bir parchaga e'tibor qaratamiz: "Kechki ovqatda olxo 'ri kampoti bor edi. Kompot ichida suzib yurgan kichik va sarg'ish olxo 'rilar shunchalar mazali ediki, shoshib-pishib yer, lekin har birining danagini chiqarishni unutmasdim. Nihoyat kosaning tagida qolgan to'rt dona olxo 'rini qoshig'imga solib, og'zimga olib bordim. Birpasda og'zimda erib, nordon danaklari tilimning ustida qoldi. Sekingina chiqarib oldimda turgan likopchaga uchtasini tashladim. Holbuki, og'zimga solgan olxo'rilar soni to 'rtta edi. Tavba, bilmasdan bir donasini yutib yubordimmi, deb o 'yladim. Yo 'q, yutganimda sezgan bo 'lardim. Yo bo 'lmasa, olxo 'rining bittasi danaksizmidi? Qahvadan ho 'plar ekan o'ylanib qoldim. Olxo'ri bo'ladi-yu, danagi bo'lmaydimi? Kechasi uxlay olmadim... Hammasi tushunarli, bitta danakni yutib yuborganman..."[4] Ushbu parchani o'qigan o'zbek kitobxoni asarni o'zbek tilida yozilgan deb o'ylashi tayin. Asliyatni o'qigan kishi esa U.Sayfiddinning sodda uslubi, so'z tanlash mahorati va adibning haqiqatdan ham "yangi lison" vakili ekaniga tan beradi: "Ak§am yemeginde erik ho§afi vardi. Kuguk ve sari taneler o kadar leziz idi ki... Acele acele yiyor, fakat gekirdeklerini muntazaman gikariyordum. En nihayet kasenin dibinde kalan dort taneye ka§iga doldurdum. Agzima birden goturdum. Hepsi bir lokmada eridi. Kendilerinden daha ek§i ve daha serin olan gekirdekleri dilimin uzerinde kaldi. Yava§ga onumdeki tabaga biraktim. Bunlar ug gekirdek idi... Halbuki agzima dort erik tanesi koymu§tum. Kendi kendime: "Acaba bir tanesini haberim olmadan yuttum mu?" dedim. Hayir... Bunu mutlaka hissedecektim. O halde erigin birisi gekirdeksizdi! Kahvemi igerken du§undum, hig gekirdeksiz erik olur mu? Gece yatakta uyuyamadim ve karar verdim ki, agzimdan eksik gikan bu hain gekirdegi ben yutmu§um"[3,124].

Yangi bir milliy tilni shakllantirmoq lozimligini ta'kidlagan U.Say-fiddin eski tilning xasta, uni tuzatish uchun bir qator choralar ko'rmoq lozimligi, xalq bilmaydigan, ishlatmaydigan arabcha va forscha grammatik qoidalarga, so'zlarga, imkon boricha, o'rin bermaslik zarurligi, adabiy tilda faqat milliy grammatik qoidalar qo'llanilmog'i kerakligini aytadi va bunga o'z ijodida imkon qadar amal qiladi.

U.Sayfiddin hikoyalarining bir qismi bolalik, yoshlik xotiralari, adibning yoshligida eshitganlari asosida yozilgan ("Ont", "Qashlag'ich" va b.). Bu mavzudagi hikoyalarda bolalar hayoti, ular orasidagi do'stlik, sadoqat mavzulari ko'tarib chiqilgan. Tadqiqotda adibning "Ont" nomli hikoyasidan ayrim parchalar tahlilga tortildi. Hikoyaning o'zbek tiliga uch marta, ilk B.Sharif, keyinchalik Z.Hamidova va yaqinda talaba A.Olimjonova tomonidan amalga oshirilgan tarjimalaridan olingan misollarga e'tibor qaratamiz. Misollardan tarjimalarning saviyasini belgilash qiyin emas: "...ona birgok: «Hayirdir in§allah» dedirtirdim. Ve tabir ederken benim büyük bir adam, büyük bir bey, büyük bir pa§a olacagimi, bana kimsenin fenalik yapamayacagini temin ettikge yalan soyledigimi unutur, ne kadar sevinirdim". Ushbu jumla birinchi tarjimada "...unga bir necha bor "inshoolloh, xayrli bo 'lsin " deb ayttirardim. Onam aytgan tushimni ta'birlarkan, mening katta odam, ulug' bir general bo 'lishimni, hech kim menga yomonlik qilolmasligini aytar, buni eshitib, boshim osmonga yetar, yolg'on so'zlaganimni unutardim" deb, ikkinchi tarjimada "Yahshilikka bo'lsin insholloh" degizardim. Onam tushimning ta'birini aytar ekan, mening kelajakda ulug' kishi, buyuk bek, mashhur olim bo 'lishimni, menga hech kimning yomonlik qila olmasligini aytib tasalli bergani zamon yolg'on to'qiganimni unutar, qanchalar sevinardim!" deb, uchinchi tarjimada esa "U bir necha marotaba "Yaxshilikka bo'lsin, inshoolloh!" deb tushimni yaxshilikka yo'yib, mening kelajakda buyuk odam, buyuk bey, buyuk lashkarboshi bo 'lishim, hech kim yomonlik qila olmasligiga meni ishontirishga harakat qilardi. Men hamyolg'on gapirganimni unutar, rosa sevinar edim " deb berilgan.

Jumlalarni tahlil qilishdan oldin shuni ta'kidlash joizki, o'tmish va o'zi yashagan davr orasidagi farqni yaxshi bilgan zamonaviy yozuvchi o'tmishni jonlantirish yoki uni mavjud davr bilan qiyoslashga urinmaydi, boshqa yozuvchilarga o'xshab o'tmishni sog'inib tushkunlikka berilmaydi.

Tarixiy shaxslarni namunali inson modellari sifatida o'z asarlarida aks ettiradi. Ana shunday ruhda yozilgan kichik bir hikoya o'zbek tiliga uch marotaba o'girilgan. Bunga sabab, tarjimonlarning o'zlaridan oldingi tarjimalardan bexabarliklari bo'lsa kerak. Jumla tarjimalari tahliliga qaytadigan bo'lsak, hikoyaning uchala tarjimasi ham talabga javob b eradi. Faqat uchinchi tarjimada (A.Olimjonova) bironta so'z e'tibordan chetda qoldirilmagani, muallif uslubi to'la saqlanganini ko'ramiz. Birinchi va ikkinchi tarjimada ayrim grammatik shakllarning (degizardim) til me'yorlariga amal qilmasdan qo'llanilgani, so'zlarning aniq tarjimasi berilmagani (qarang: pa§a - general, bey - bek, pa§a - olim, temin -tasalli) ko'zga tashlanadi. Chunki, pa§a degani harbiy boshliq, lashkarboshi, bey - bey, temin - kafolat demakdir.

"...Tarjimon xalqining didi, saviyasi, xarakteri va talabini qat'iy suratda hisobga olgan holda tarjima qilishi lozim" - deb yozgan edi G'.Salomov o'zining "Til va tarjima" [5] nomli kitobida. Darhaqiqat, tar -jimani o'qiyotgan kitobxon asarning tarjima ekanligini xayoliga ham keltirmasligi kerak. Buning uchun tarjimon ijodiy mehnat jarayonida asl nusxa nafosatini ifodalovchi so'zlar, frazeologik birliklar zamirida yashiringan ma'no nozikliklarini mohirona ilg'ay olishi, ularni ilmiy asosda tahlil qilib, asarning butun murakkabligi bilan o'z tiliga o'girishi kerak. Shundagina tarjima milliy adabiyot mulkiga aylana oladi.

Xulosa shuki, XX asr boshi turk adabiyotining yirik vakili, yuzdan ziyod hikoyalari bilan turk tilining soddalashuvi va milliy tilga aylanishida jonbozlik ko'rsatgan atoqli adib - Umar Sayfiddin qisqa umri davomida o'zi orzu qilgan durdona asarlarning barchasini yozib tugatishga ulgurmagan bo'lsa-da, yozgan asarlari bilan vafotidan keyin, mana salkam yuz yildan buyon dunyo klassik adiblari orasida sanalib, nafaqat Turkiyada, balki dunyoning ko'plab mamlakatlarida ma'lum va mashhur bo'lib kelmoqda. Adib asarlarini tarjima qilar ekan, turk va o'zbek xalqlari turmush tarzlarining qanchalik o'xshashligi, buning natijasida ko'pgina mushtarak so'z va frazeolofik birliklarning yuzaga kelganligi ma'lum bo'ladi. Asarlar frazeologiyasining o'zbek tiliga tarjimalarda qayta ifodalanishi, mushtarak, ya'ni bir-biriga to'la ekvivalent bo'lgan matal va iboralar asarlarning o'zbek kitobxoni ongiga asliyatdagi kabi muhrlanishini ta'minlaydi. Bu bilan bog'liq masalalarning hal etilishi

o'zbek tarjimashunosligi oldida turgan vazifalardan biri bo'lib qoladi. Shu bilan birga, turk va o'zbek xalqlari badiiy tafakkuri, hayot tajribasining asosan o'xshashligi, shunga qaramay ular orasida ayrim farqli jihatlarning ham borligi aksariyat hollarda millatning ruhi, mentaliteti, turmush-tarzini namoyon qiluvchi frazeologik birliklarni talqin qilishda muammo keltirib chiqarishi tabiiydir. Shunga ko'ra, asl nusxa va tarjima tilidagi birliklarning o'ziga xosliklarini qiyosiy o'rganish, ular orasidagi maz-muniy-uslubiy muvofiqlik holatlarini aniqlash va tarjima jarayonida ularning birini ikkinchisi vositasida talqin etish yo'llari va imkoniyatlarini belgilash to'laqonli tarjima yaratish uchun zamin hozirlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Умар Сайфиддин, Бадал. Х,икоялар. Жахрн адабиёти хазинасидан. -Тошкент, "Янги аср авлоди", 2012. - 248 б.

2. Turk adabiyotining sara asarlari. 1-qism. Umar Sayfiddin (hikoyalar). - Т., 2017. - 132 б.

3. Seyfettin, Omer, Butun Eserleri, Hikâyeler 1. Dergâh Yayinlari, Istanbul, Ocak 1999.

4. Sayfiddin Umar, "Ko'richak", hikoya, turkchadan H.Asatova tarjimasi, "Bu qadimiy san'at" tarjima maktabi talabalari almanaxi, Toshkent, ToshDShI, 2015, 47-49-b.

5. Саломов F., Тил ва таржима. -Т.: Фан, 1966.

6. Hamidov, X., & Abduraximova, D. (2019). Приведение фразеологизмов в переводе с японского на узбекский. Sharqshunoslik, 4(4), 100-112.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.