Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING IJODIY TASAVVURLARNI BOYITISHDA BOLALAR ADABIYOTI NAMUNALARIDAN FOYDALANISH. BOLALAR ADABIYOTI FANINI O‘RGANISH MASALALARI'

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING IJODIY TASAVVURLARNI BOYITISHDA BOLALAR ADABIYOTI NAMUNALARIDAN FOYDALANISH. BOLALAR ADABIYOTI FANINI O‘RGANISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
56
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ishchi o‘quv reja / boshlang‘ich ta‘lim / ta‘lim-tarbiya / Adabiyot nazariyasi / Bolalar adabiyoti / taraqqiyot / maʼrifatparvarlik / milliy adabiyot.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Matkarimova S.A.

Ushbu maqola orqali siz boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy tasavvurlarni boyitishda bolalar adabiyoti namunalaridan foydalanish, bolalar adabiyoti fanini o‘rganish masalalari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING IJODIY TASAVVURLARNI BOYITISHDA BOLALAR ADABIYOTI NAMUNALARIDAN FOYDALANISH. BOLALAR ADABIYOTI FANINI O‘RGANISH MASALALARI»

Matkarimova S.A.

OSIYOXALQARO UNIVERSITETI Ta'lim va tarbiya nazariyasi (boshlang'ich ta'lim) mutaxasisligi 1-bosqich magistranti

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING IJODIY TASAVVURLARNI BOYITISHDA BOLALAR ADABIYOTI NAMUNALARIDAN FOYDALANISH. BOLALAR ADABIYOTI FANINI

O'RGANISH MASALALARI

Annotatsiya. Ushbu maqola orqali siz boshlang'ich sinf o'quvchilarining ijodiy tasavvurlarni boyitishda bolalar adabiyoti namunalaridan foydalanish, bolalar adabiyoti fanini o'rganish masalalari haqida ma'lumotlarga ega bo'lasiz.

Kalit so'z: ishchi o'quv reja, boshlang'ich ta'lim, ta'lim-tarbiya, Adabiyot nazariyasi, Bolalar adabiyoti, taraqqiyot, ma'rifatparvarlik, milliy adabiyot.

Matkarimova S.A.

1 st stage master's student majoring in theory of education and training (primary education)

Asian International University

USE OF SAMPLES OF CHILDREN'S LITERATURE IN ENRICHING THE CREATIVE IMAGINATION OF PRIMARY CLASS STUDENTS. ISSUES OF STUDYING THE SCIENCE OF CHILDREN'S

LITERATURE

Abstract. Through this article, you will get information about the use of examples of children's literature to enrich the creative imagination of elementary school students, and the issues of studying the science of children's literature.

Key words: working curriculum, primary education, education, Literary theory, Children's literature, development, enlightenment, national literature.

Kirish: Ta'lim tizimidagi islohotni quyi bo'g'indan boshlash maqsadga muvofiqmi yoxud yuqoridan, degan savol barchani o'ylantiradi, albatta. Nazarimizda, dastavval oliy ta'lim dasturlarini qayta ko'rib chiqish va bo'lajak mutaxassislarga e'tibor qaratish zarur. Shu nuqtai nazardan, oliy ta'lim muassasalarining maktabgacha tarbiya va boshlang'ich ta'lim yo'nalishida mutaxassislik fanlari qatorida o'qitiladigan ona tili va adabiyot fani dasturi jiddiy tahrirni talab qiladi. Avvalo, bu ikkita mustaqil fanning sun'iy ravishda qo'shilib o'tilishi qator yillardan buyon talay muammolarga sabab bo'lmoqda. Masalan, boshlang'ich ta'lim va sport-tarbiyaviy ish ta'lim yo'nalishining 1-kurs talabalari uchun tuzilgan to'rt yillik ishchi o'quv rejasida umumkasbiy fanlar qatori ona tili va adabiyotga 712 soat (190 soat ma'ruza, 228 soat amaliy mashg'ulot (bu 2—4-

kurslar o'quv rejasida ham bir xil), 294 soat mustaqil ta'lim ajratilgan. Bu ko'rsatkich maktabgacha ta'lim-tarbiya yo'nalishida ham 200 soatdan oshadi. 27 Ona tili va adabiyot fani yetti semestrda o'qitishga mo'ljallangan bo'lsa-da, uning faqat bittasida adabiyot fani(bolalar adabiyoti)ni o'tish rejalashtirilib (bu 36—40 soatni tashkil qiladi), qolgan oltitasida faqat ona tili fani o'qitiladi.Albatta, ikkala fan ham birdek muhim bo'lib, uzoq asrlik boy tarixga ega, ilmiy-nazariy yutuqlari behisob. Ularni puxta o'rganish orqali yosh avlod idroki, ma'naviyati, so'z boyligi, tamaddun va taraqqiyot haqidagi qarashlari shakllanadi. Ammo ularning mohiyati, mazmun-mundarijasi, ob'ekti bir-biridan farqlanishini bilaturib, bir fan doirasida o'rganish maqsadga muvofiq emas. Shu bois milliy adabiyotimiz va ona tilimiz oliy o'quv yurtlarida mustaqil fan sifatida ajratilib, hajmi o'quv jarayoni bo'yicha teng taqsimlanishi fanga oid o'quv qo'llanma va darsliklar yaratish, innovatsion loyihalar ustida ishlash imkoniyatini kengaytiradi.Hozirgi holatda ayrim oliy o'quv yurtlarida ona tili va adabiyot fani taqsimotining har xilligi mutaxassislarning yagona dastur asosida ilmiy-ijodiy ish olib borishiga to'sqinlik qilmoqda. Chunki barcha tilshunos olimlarning ham adabiyotni mukammal egallash imkoniyati bo'lmaganidek, ayrim adabiyotshunoslar fanning ona tili qismida ikkilanadi. Bundan tashqari, adabiyot fanining o'zi ham "Adabiyot nazariyasi", "Adabiyot tarixi", "Mumtoz adabiyot", "Milliy uyg'onish davri adabiyoti", "XX asr adabiyoti", "Hozirgi adabiy jarayon" singari alohida nomlar bilan tarmoqlanadi.

Tadqiqot metodlari. Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim yo'nalishlarida umumadabiyotning tarkibiy qismi bo'lgan bolalar adabiyoti o'qitilishi rejalashtirilgan ekan, fan dasturiga ham ushbu fan albatta kiritilishi lozim. Zero, bolalar bilan ishlaydigan pedagogni tayyorlashda bu fandan voz kechib bo'lmaydi.Maktabgacha ta'lim muassasalarining bo'lg'usi tarbiyachilari hamda boshlang'ich sinf o'qituvchilari oliy o'quv yurtida bu fanni puxta o'rganmas ekan, kichkintoylarni savodga o'rgatish yoxud boshlang'ich sinf "O'qish kitob"laridagi badiiy ijod namunalarini keng tahlil qilish malakasini qanday egallaydi? Bolalar adabiyotining muhim qismi sifatida xalq og'zaki ijodi, chet el bolalar adabiyoti, ifodali o'qish, adabiy tur va janrlar haqida tushuncha beradigan tanlov fanlarga ham ehtiyoj kata Bolalar adabiyotining shakllanishi deyarli barcha xalqlarda asosan ma'rifatparvarlik va maktab-maorif tizimi islohotlari bilan chambarchas bog'liq. O'zbek Bolalar adabiyotining barqarorlashuvi ham 19-asr 2 yarmi - 20-asr boshlaridagi ma'rifatparvarlik harakatiga borib taqaladi. Saidrasul Aziziy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy va boshqa o'nlab ma'rifatparvarlarning „Yangi usul" („usuli jadidiya")dagi o'zbek maktablari talabalari uchun yaratgan ellikka yaqin alifbo va o'qish kitoblari o'zbek Bolalar adabiyotining tom ma'nodagi yorqin namunalari hisoblanadi. Bolalar adabiyotiga bolalar uchun maxsus yaratilgan asarlar sifatida qarash, uning o'ziga xos tamoyillarini belgilash 20-asr boshlariga xosdir. Sharq adabiyoti eng yaxshi

27 https://lex.uz/docs/-5705038 Oliy ta'limning davlat ta'lim standarti. Asosiy qoidalar" o'zbekiston respublikasining davlat standartini tasdiqlash to'g'risidagi 2021-yil 27-oktabrdagi qarori.

namunalarini arab, fors tilidan tarjima qilish Bolalar adabiyoti tarjimachiligidagi bir yo'nalish bo'lsa, G'arb adabiyoti, xususan rus adabiyoti namunalarini o'zbekchalashtirish ikkinchi yo'nalishni tashkil etdi. I. A. Krilov masallari, A. S. Pushkinning „Baliqchi va baliq haqida ertak" asari, K. D. Ushinskiy hamda L. N. Tolstoyning bir qancha hikoya, ertaklari va boshqa ayni shu davrda tarjima qilinib, yangi usuldagi maktablar alifbo va o'qish kitoblariga kiritildi. Ijodkorlar tarjima vositasida realistik Bolalar adabiyotining o'ziga xos xususiyatlarini yanada mukammal egalladilar, bolalar uchun yozuvchi adiblar guruhi shakllandi.

Tadqiqot natijalari. Bolalar adabiyotida badiiylik bilan bir qatorda ma'rifiylik ham yetakchi o'rin tutadi. Chunki Bolalar adabiyoti namunalari yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga ham xizmat qiladi. Barcha davrlar Bolalar adabiyotining taraqqiyot tamoyillari, avvalo, ma'rifiylik va tarbiyaviylikda aks etadi. Biroq Bolalar adabiyoti rivojlanib borgani sari uning sof badiiyat unsurlarini egallashga intilishi va umumadabiyot taraqqiyot tamoyillari bilan hamkorligi ham ko'zga tashlanadi. Jumladan, 20-asr boshlarida o'zbek Bolalar adabiyotida ko'proq ma'rifatparvarlik g'oyalari yetakchilik qilsa, 30-yillar Bolalar adabiyotida realistik adabiyot tamoyillari ustuvor, 50-60- yillar Bolalar adabiyoti da sarguzasht fantastik adabiyot elementlari kuchaydi. 80-yillar Bolalar adabiyotida psixologizmning kuchayishi, yosh qahramon talqinida uni yosh bola tarzida emas, hayotga tobora jadal kirib kelayotgan, o'z qarashlariga ega bo'lgan shaxs sifatida tasvirlashga intilish ruhi mavjud.

Tadqiqot munozaralari Uzluksiz ta'limning boshqa bosqichlaridan farqli o'laroq, boshlang'ich sinflarning o'qish darslarida o'quvchilarning o'qish malakasini shakllantirish, asar matni ustida ishlash ta'limning didaktik maqsadi hisoblanadi. Shunga ko'ra, o'qish darslarining yetakchi xususiyati o'quvchilar savodxonligini ta'minlash bilan birga, badiiy adabiyot olamiga olib kirish, yuksak axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga asoslangan.O'qish fani bo'yicha davlat ta'lim standartlarida hikoya, ertak, maqol, topishmoq, doston, tez aytish, she'r, latifa, lof kabi janrlar namunasini o'qitish; o'zbek va xorijlik bolalar yozuvchilari asarlarini o'qish; yozuvchilar va ular asarlari haqida to'laroq tushuncha hosi l qilish; badiiy asarlar sharhi, ifodali o'qish; asar mazmuni va voqealari o'rtasidagi bog'lanishni, qahramonlar fe'l-atvorini aniqlash, qiyosiy tavsiflash; badiiy asarlarni estetik tahlil qilish; nasriy asar mazmunini to'liq, qisqartirib, shaxsini o'zgartirib hikoya qilish; badiiy asarlarni o'zaro qiyoslab, tegishli xulosalar chiqarish kabilar alohida ta'kidlab ko'rsatilgani ham bejiz emas. Bundan tashqari, 1—4-sinf o'quvchilari 540 soatdan ziyodroq o'qish darslarida o'zbek va jahon bolalar adabiyoti, xalq og'zaki ijodi namunalari bilan tanishadi. Adabiy janrlarni kuzatib, ifodali o'qish ko'nikmasiga ega bo'ladi. Demak, bu malakani bo'lg'usi boshlang'ich sinf o'qituvchisi, avvalo, o'zi egallamog'i lozim. Shu ma'noda, adabiyot darslari uzviyligini boshlang'ich sinflar "O'qish kitob"lari belgilaydi, o'quvchilar hikoya va qissa namunalarini mutolaa qilish, she'rlarni ifodali aytish bilan birga, uning mazmunini teran idrok etishi bundagi zarur jarayondir.Binobarin, boshlang'ich ta'lim yo'nalishidagi ixtisoslik larda fanning

uzviyligini ta'minlovchi "Ifodali o'qish" va "Adabiyot qoidalari" (1-kurs), "Xalq og'zaki ijodi va bolalar kitobxonligi" (2 -kurs), "O'zbek bolalar adabiyoti" (3-kurs), "Jahon bolalar adabiyoti" (4-kurs) qismlarini mukammal o'rganish orqali ko'zlangan maqsadga erishish mumkin. O'tgan asr boshlaridayoq adabiyotni o'qitish masalasiga alohida diqqat zarurligini anglagan ulkan shoir va ma'rifatparvar Abdulhamid Cho'lpon: "Adabiyot yashasa — millat yashar!" degan umumbashariy shiorni ko'targan edi. Bu haqiqat bir asrdan ortiq muddat mobaynida sinovdan o'tdi. Demak, badiiy adabiyot bilan tanishuv boshlanmasi va umumkitobxonlik ostonasi bo'lgan "Bolalar adabiyoti" fanini mutaxassislik ta'lim yo'nalishlarida tiklash asosiy muammo bo'lib, o'zbek va jahon bolalar adabiyoti hamda folklori, uning tarixiy-tadrijiy taraqqiyoti hamda yangi tamoyillarini izchil o'rganish ertangi kun tarbiyachilari uchun birinchi darajali vazifadir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Suyumov A., Kichkintoylar adabiyoti, T., 1962;

2. Jahongirov F., O'zbek bolalar folklori, T., 1975;

3. Bolalar adabiyoti va zamonaviylik, T., 1981;

4. Safarov O., O'zbek bolalar poetik folklori, T., 1985;

5. O'zbek bolalar adabiyoti va adabiy jarayon, T., 1989;

6. Barakayev R., Jonajonim, she'riyat, T., 1997.

7. https://uz.wikipedia.org/wiki/Bolalar_adabiyoti#

Mavlanova B.Sh.

teacher

NTM "Mamun University"

IMPORTANCE OF TOURISM SERVICES IN THE REGION

Annotation. Tourism as a set of practical actions and activities is an important means of physical education. Its educational and health-enhancing properties have an important place in the development of society in terms ofform and content. That is, it directly serves to improve the quality of production and the formation of a healthy lifestyle by improving knowledge and practical skills in the process of travel. As we have mentioned, tourism expresses its form in excursions and trips. This article discusses the potential of tourism and their origin, their importance in the activity of our region is studied.

Key words: tourist services, organizational mechanism, innovations, characters of tourist services, types of tourist services.

Until now, a number of studies have been carried out on the development of tourism in the region scientific approaches differ in the direction. Russian economist Ye.A.Zaliznyak "Regional tourism is each other necessary for the satisfaction of tourism needs in a certain area and its development performing functions related to is a complex system organized for given by". 28

Tourism in the development of regional tourism market is important. Russian economist according to I.T.Balabanov, "Tourism market is touristic" between consumers and sellers of products it consists of the sum of economic relations commented".29

One of the main objects of the regional tourism market one is tourist services, Russian economists I.V.Zorin and V.A.Kvartalnov they define as follows: "Tourist services are basic, additional, meeting tourist needs and is a complex set of services. They are necessary for the organization and transfer of tourism to basic services services, including travel to additional services30 in the place of rest if not received and needed provided services, to comprehensive services a set of tourist services guaranteed in the ticket" - introduced by.

Nowadays, among the daily news media and the scientific community different approaches and interpretations about the concept of the region continue. This leads to unique confusion and difficulties in scientific research. That's it Therefore, every researcher has a clear idea about the concept of the region important for In the five-volume explanatory dictionary of the Uzbek language,

28Zorin I.V., Kvartalnov V.A. Entsiklopediya turizma. — M.: Finans i statistika, 2003. - 368 s.

29 Zaliznyak Ye.A., Regionalny turizm: Osnovne priznaki i usloviya razvitiya, Vestn. Volgogr. gos. un-ta. Ser. 3, Ekon. Ekol. 2011. № 2 (19).

30 Balabanov I.T., Balabanov A.I. Ekonomika turizma: Ucheb. pos. — M.: Finans i statistika, 2003. - 176 s. 6.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.