Научная статья на тему 'BОSHLANG‘ICH SINF O‘QISH DARSLARIDA CHET EL BOLALAR ADABIYOTI NAMOYANDALARINI O‘RGANISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

BОSHLANG‘ICH SINF O‘QISH DARSLARIDA CHET EL BOLALAR ADABIYOTI NAMOYANDALARINI O‘RGANISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
468
76
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Davlat ta`lim standarti / ko'nikma / nutq o'stirish / pedagogik texnologiya / metod / ta’lim-tarbiya / o‘quvchi / adib.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nilufar Do‘Siyazova Ulug‘Bekovna

maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish darslarida chet el bolalar adabiyoti namoyandalarini o‘rganish xususida. Shuningdek, muallif ushbu maqola orqali o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish bilan birga, ularning lug‘atini boyitishga, og‘zaki va yozma nutqini to‘g‘ri shakllantirish va nutq madaniyatini o‘stirishga ham to‘xtalib o‘tgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BОSHLANG‘ICH SINF O‘QISH DARSLARIDA CHET EL BOLALAR ADABIYOTI NAMOYANDALARINI O‘RGANISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

JffiTALQINVA 1

\-/TADQIQOTLAR No4 2022

«Cl

ilmiy-uslubiy jumaU

Rn«TTT ATVri'Tm ST1VF n'OT«TT TÏARST ARTTÏA fHFT FT ROT AT AR

BOSHLANG'ICH SINF O'QISH DARSLARIDA CHET EL BOLALAR

#

>

ADABIYOTI NAMOYANDALARINI O'RGANISHNING O'ZIGA XOS

XUSUSIYATLARI

)>j# *J>

Nilufar Do'siyazova Ulug'bekovna

Xorazm viloyati Yangibozor tumani 26-umumta'lim maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7304851

^ VT '^S s j ' >

Annotatsiya: maqola boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qish darslarida chet el bolalar adabiyoti namoyandalarini o'rganish xususida. Shuningdek, muallif ushbu maqola orqali o'quvchilarga ta'lim-tarbiya berish bilan birga, ularning lug'atini boyitishga, og'zaki va yozma nutqini to'g'ri shakllantirish va nutq madaniyatini o'stirishga ham to'xtalib o'tgan.

Kalit so'zlar: Davlat talim standarti, ko'nikma, nutq o'stirish, pedagogik

texnologiya, metod, ta'lim-tarbiya, o'quvchi, adib.

*

*

4 ï^C

Boshlang'ich sinf o'quvchilariga ta'lim-tarbiya berishdagi muhim vazifalarning

iw -

asosiy qismi o'qish mashg'ulotlari orqali amalga oshiriladi. O'qish va nutq o'stirish darslari jarayonida Davlat talim standarti belgilagan mavzular asosida o'quvchilarga muayyan bilim beriladi. O'qish ko'nikmalarini takomillashtira borish bilan bir qatorda o'quvchilarni barkamol yetuk inson ruhida tarbiyalash vazifasi ham diqqat markazda bo'ladi. Boshlang'ich ta'limda o'qish va nutq o'stirish dasturining maqsad va vazifalariga ko'ra o'qish mashg'ulotlari orqali o'quvchilar to'g'ri, ongli, ravon, tez va ifodali o'qishga o'rgatiladi. Bolalar bu jarayonda kitob bilan ishlash ko'nikmasiga ega bo'la boradilar va ularga kitobga muhabbat tuyg'usi uyg'otiladi.

O'qish darslarining asosiy vazifasi bolalarda xalq og'zaki ijodiga, adabiyotga qiziqish uyg'otish, kitobni sevish, undan mustaqil foydalana olish ko'nikmalarini shakllantirish, ma'naviy barkamol insonni tarbiyalashdan iborat. Albatta, bular muayyan asar

ustida ishlash orqali amalga oshiriladi. Boshlang'ich sinf o'qish darslarida chet el adiblarining asarlarini o'qish, asar matni ustida ishlash uchun dars J-jt soatlari ajratilgan.

O'qish darslarida bolalarning ijodiy faolligini oshirish uchun o'quvchilarning

o'qilgan va kuzatgan materiallar asosida asarni sahnalashtirish, hikoya qilish, og'zaki

j > ■ ^^ \ 1 > hikoyalar tuzish, rollarga bo'lib o'qish, tanlab o'qish kabi topshiriqlarni bajartirish

foydalidir. O'qish darslarida o'quvchilar asarning o'xshatish, sifatlash, mubolag'a, jonlantirish kabi badiiy-tasviriy vositalarni, yaqin ma'noli, qarama-qarshi ma'noli, ko'p ma'noli so'zlar, iboralar ustida ishlashni, she'riy asarlarni o'qiganda misralarni

____________<_________:_____• „„t.- • u • , • •

sharhlashni o'rganadilar. Bu esa o'quvchilarning estetik didini oshirish imkonini

i Js * iJ

NW J"

JffiTALQINVA *<il]

%#TADQIQOTLAR No4 2022

^^ ¡ImlyuHuOiy jumali i»--r «-W"

' 1 J E" I |

beradi. O'qish darslari tevarak-atrof, ijtimoiy foydali mehnat bilan o'zaro uzviy

- - - -

bog'liq holda bo'lishi lozim. Bolalarni o'qishga o'rgatishda ularning ko'rgan bilgan voqealaridan, shuningdek, ilg'or pedagogik texnologiya metodlaridan foydalanish ham nazarda tutilgan.

Asrlar osha xuddi ertak kabi eldan-elga, tildan-tilga o'tib dillarni yashnatib yurgan "Qizil Shapkacha" (Sh.Perro), "Robinzon Kruzo" (D.Defo), "Gulliverning sayohatlari" (J.Svift), "Dyumchaxon" (X.Andersen), "Oltin baliq" (A.S.Pushkin), "Tom Soyerning boshidan kechirganlari", "Shahzoda va gado" (M.Myen), "Kapitan

o

Grant bolalari", "Ostin-ustin" (J.Vern), "Don Kixot" (J. Servantes) kabi asarlar yosh qalblarda olamga nisbatan qiziqishlarni jo'sh urdirib yuboradi.

XX asrda bunyod etilgan "Maugli" (R.Kipling), "Kichkina Shahzoda" (A. De Sent-Ekz Yuperi), "Katta va kichik Karlson" (A. Lindgren), "Toshkent - non shahri" (A. Neverov), "Vinni Pux" (A. Miln), "Ahmoq sichqoncha haqida ertak" (S.Marshak), "Uch baqaloq" (Yu. Olesha), "Quvnoq Japbaqlar" (B. Kerboboyev), "Doktor Aybolit" (K.Chukovskiy), "Timur va uning komandasi" (A.Gaydar), "Chipollinoning sarguzashtlari" (J.Rodari), "Styopa amaki" (S. Mixalkov), "Kim bolsam ekan?" (V.Mayakovskiy), "Bilmasvoy quyosh shahrida" (N.Nosov) singari olam kezib yurgan asarlar o'zbek kitobxon bolalarida ham katta taassurot qoldirmoqda.

Yuqorida tilga olingan asarlar yosh kitobxonni nimagadir o'rgatadi, nimagadir da'vat etadi. Bu asarlarning katta ko'pchiligida ona- Vatanga muhabbat, uning ozodligi va baxti uchun jon fido qilish "Uch baqaloq"); noshukr bolmaslik, ota-ona pand-nasihatiga quloq solish ("Ahmoq sichqoncha haqida ertak" ); inson va insonga mehr ( "Maugli"); tabiatni asrash, hayvonot olamini sevish "Doktor Aybolit");

- v ---o ------- —~ ? ---j ------ ---------- — - ~ —--------——

A/inm1nt" vnmn+ini /^i 11 irn Km 1 nnnI TrArnotr» l/A^frolifin / I 1 mi ir Trn iimnrr

odamlar xizmatini qilish, beminnat yordam ko'rsatish ("Timur va uning komandasi"); o'ziga pishiq puxta bo'lish, ichki sirlarni o'zgalarga oshkor qilmaslik "Qizil Shapkacha"); namunali o'qish, kasb-hunar egasi bolish "Kim bolsam ekan?"); sergak, tadbirkor, quvnoqlikka intilish "Quvnoq Japbaqlar"dek olijanob g'oyalarning yotishi bolalarning tarjima asarlariga nisbatan bo'lgan qiziqish va ishtiyoqlarini o stiradi.

O'quvchi matnni to'g'ri, tez, tushunib o'qish, mazmunini o'zlashtirish bilan ilk J-jt bor o'qish darslarida yuzlashadi. O'qish darslari orqali o'quvchilarning Davlat ta'lim standartlari (DTS) talablari bo'yicha o'zlashtirishlari ko'zda tutilgan o'quv-biluv ko'nikma-malakalari hamda bilimlarni egallashlariga yo'l ochiladi. Aynan o'qish ta'limida insonning, avvalo, o'zligini, qolaversa olamni anglashga bo'lgan intilishlariga turtki beriladi.

Umuman, «O'qish kitobi» darsliklaridagi barcha mavzular o'quvchilarga ta'lim-

tarbiya berish bilan birga, ularning lug'atini boyitishga, og'zaki va yozma nutqini

___4.:1____________j___1___1_________

to'g'ri shakllantirish va nutq madaniyatini o'stirishga ham qaratiladi.

31><}>

is* » J

>>

TALQIN VA TADQIQOTLAR

ilmiy-uslubry jurnali

№4 2022

jW^ У

q ж**

>>

ы J> 1

I ]>■ у

и>

Ы у! Й> ♦g*

>3

Я*

ы>

! >5>

Ы )>

• >4>

+И >

ш>

ЭЙ* *ф>

Ы р Ы >

3 >4»

+Н >

л w> -

Amaldagi «O'qish kitobi» darsliklarida materiallarning sinfdan sinfga o'tgan sari mavzu jihatidan ham, mazmun jihatidan ham kengaya borishi hisobga olingan.

Sinfdan sinfga ko'chish bilan yozuvchi hayoti va ijodi haqidagi o'quvchilar bilimi ortib boradi. Asar muallifi bilan tanishtirishga qo'yilgan talablar ham ko'payadi. O'qituvchi qisqa ma'lumot berishdan yozuvchi hayoti bilan to'liqroq tanishtirishga o'tadi. Bunda u kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning yoshiga mos imkoniyatlarni, ular yozuvchi bilan qay darajada tanish ekanligi va uning asarlaridan nimalarni o'qiganligini hisobga oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Matchonov S., G'ulomova X. va boshqalar. Boshlang'ch sinf o'qish darslarini pedagogik texhologiyalar asosida tashkil etish.- Toshkent: "Yangiyul Poligraph servise", 2008.

2. Nazarova H., Anorboyeva A. O'qish darsi- nafosat olami // Boshlang' ich ta'lim, 2008, 11-son.

3. Qosimova K., Matchonov S. , G'ulomova X., Yo'ldasheva SH., Sariyev Sh. Ona tili o'qitish metodikasi. -Toshkent, «Nosir», 2009

'H*

*i)3>

>

Щ >

шъ

J >

Й.5

>

]>ji Ы*

141

Î

1*V>

q

q

Ш >

Ш >

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

q >л ;

S м ^й >

И**

q q

q ж** q

*4>

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.