BOLA SHAXSINI SHAKLLANTIRISHDA BOLALAR MUSIQA ADABIYOTI
VA MUSIQANING ROLI
Dilmurod Tursinovich Nosirov
QDPI
Annotatsiya: Ushbu maqola bola shaxsini shakllanishida "Bolalar musiqa adabiyoti"ning o'rni va ahamiyati haqida yozilgan. Maqolada bolalarning musiqa tovush tovlanishlari orqali fikr va tuyg'ularni aks ettirishi va hayot bosqichlarida insoniyatni to'lqinlantirib kelgan axloqiy muammolar haqida bayon qilingan.
Kalit so'zlar: shaxs, bola, musiqa, adabiyot
THE ROLE OF CHILDREN'S MUSIC LITERATURE AND MUSIC IN THE FORMATION OF A CHILD'S PERSONALITY
Dilmurod Tursinovich Nosirov
KSPI
Abstract: This article is written about the role and importance of "Children's music literature" in the formation of a child's personality. The article describes the way children express their thoughts and feelings through musical sounds and the moral problems that have affected humanity in the stages of life.
Keywords: person, child, music, literature
Musiqa shunday san'at turiki, u bolalarni kechinmalari, emotsional hissiyotlari orqali birlashtiradi. Ular orasidagi aloqa vositasiga aylanadi. Bir kompozitor tomonidan yaratilgan musiqa boshqa insonlar qalbida turli-tuman kechinmalar o'yg'otishining o'zini bir mo'jiza deb, atash mumkin. Musiqa tarbiyasi estetik tarbiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Inson shaxsini shakllantiruvchi yetakchi omillardan biri - ta'lim-tarbiyadir. Estetik tarbiya esa uning tarkibiy qismi sifatida go'zallikning mohiyati, estetik va axloqiy hissiyotlarning birligi, san'atning xalqchilligi to'g'risidagi ta'limotga suyanib, bolalarning ob'ektiv dunyo haqidagi bilimini kengaytiradi va chuqurlashtiradi, ijodiy qobiliyatini va iste'dodini o'stiradi hamda ularda yuksak ma'naviy fazilatlarning tarkib topishiga yordam beradi. Odatda, estetik tarbiyaning maqsadi bolalarda estetik his-tuyg'u va fikrlarni rivojlantirish, go'zallikni ko'ra, bilish va ulardan zavqlana olishdan iborat, deb tushuniladi. Aslida bolalarning estetik tarbiyasini maqsad va vazifalari bu - bilan chegaralanib qolmaydi, o'quvchilarni go'zallik va xunuklikni, yuksaklik va tubanlikni, shodlik, kulfatni anglash va ko'ra bilishga o'rgatadi. Bolalar estetik tarbiyasi umuminsoniy va milliy
qadriyatlar qaror topishiga xizmat qiladi. Ayonki, tarbiya inson ongiga, his-tuyg'ulariga, tasavvuriga, e'tiqodiga, dunyoqarashiga, hatti-harakatlariga, xulq-atvoriga ta'sir o'tkazadi. Musiqa tili barchaga tushunarli va yaqindir.
Bolalar musiqa adabiyotida bolalarning musiqa tovush tovlanishlari orqali fikr va tuyg'ularni aks ettiradi, hayot bosqichlarida insoniyatni to'lqinlantirib kelgan axloqiy muammolarni bayon qiladi. Bunda musiqaning falsafiy mohiyati ham namoyon bo'ladi. Ajoyib musiqa asarlari chuqur falsafiy mazmun bilan sug'orilgan bo'ladi, musiqada hayot va o'lim, shaxs va jamiyat, ezgulik va zulm, qudrat va zaiflik kabi masalalar aks etadi. Musiqaning bolalar ruhiyatiga ta'sir qilishining tugallanmas imkoniyatlari haqida qadimdan musiqashunoslar, mutafakkirlar va olimlar diqqatini o'ziga tortgan. Faylasuflar, psixologlar, pedagoglar va jamoat arboblari san'atlar ichida bolalar musiqa san'atining insonni shaxs sifatida shakllanishiga ta'sir qiladigan xususiyatlari haqida aniqlashga uringanlar. Qadim zamonlardan musiqaning, ayniqsa, uning komponentlari - ritm va kuyning inson kayfiyatiga ta'siri, uning ichki dunyosini o'zgartirishi haqida fikrlar mavjud bo'lgan.
Bolalar musiqa adabiyotida bolalar estetik tarbiyasining muhim omili sifatida shaxs shakllanishiga kuchli ta'sir etadi. Oilada, bog'chada, maktabda musiqa mashg'ulotlarini maqsadga muvofiq tarzda uyushtirish, yosh avlodning ichki dunyosini boyitish va san'atni to'g'ri tushunishdagi samarali yo'ldir.
Musiqa bola his-tuyg'ularini, orzu-umidlarini, xohish-istaklarini o'ziga xos badiiy tilda ifoda etadi va kishining his-tuyg'ulariga faol ta'sir etadi. Musiqa ham fan, ham san'atdir. Musiqa nazariy va amaliy jihatdan fizika va matematikaga asoslanadi, bu fanlar musiqani fanga aylantiradi. Lekin musiqa asariga shu fanning turg'un tushunchasi sifatida qarab bo'lmaydi. Chunki, bolalar musiqasi har doim rivojlanib turuvchi jonli san'atdir.
Musiqa san'ati inson hayotining ilk yillaridanoq, uning hamrohiga aylanib, umumiy madaniy rivojlanishiga salmoqli hissa qo'shadi. Musiqa bola umrining doimiy yo'ldoshi. Stendalning aytishiga ko'ra, musiqa - san'at turlari ichida bolaning yuragiga chuqur kirib, uning ichki kechinmalarini aks ettirishga qodirdir.
Musiqa san'atning ifodali turi tizimiga kiradi. Musiqa ham voqea-hodisalarni ifodali aks ettiradi. Ammo u me'morchilikdagi kabi fazo va moddiy ashyo o'lchovlari bilan belgilanmaydi. Musiqa ko'rish orqali emas, balki eshitish vositasida idrok qilinadi. Musiqa mavzui o'z xususiyatiga ega bo'lib, inson va voqelikdagi barcha tomonlarni qamrab ololmaganligi uchun, eng avvalo, inson ichki ma'naviy dunyosini, uning tuyg'u va kayfiyatini ifodalaydi... musiqa voqelikning his-tuyg'uli qiyofasini yaratadi"3. Musiqa kayfiyat holatini ifodalashda keng imkoniyatga ega. Inson kayfiyati murakkab hissiyot bo'lib, u hech narsa bilan bog'lanmagan. Kayfiyat umumlashgan xususiyatga ega bo'lib, undan ikkilamchi tomonlar chiqarib tashlanadi va insonning voqelikka bo'lgan tuyg'u munosabatini belgilaydigan eng muhim
tomonlari ajratib olinadi. Musiqaning kuch-qudrati shundaki, u shodlanish, qayg'urish, xayol surish, bardamlik, jasurlik, tushkunlik va shunga o'xshash inson ruhiy holatlarini xususiy va umumiy tarzda o'zaro bog'liqlikda, bir-biriga singib ketishida namoyish qila oladi.
Musiqa "tili" barcha qismlarning uzviy birligini, asar shaklini ifodalaydi. Shakl -musiqa mazmunining moddiy ifodasidir. Bastakor fikri, tuyg'ulari, tasavvurlari eshituvchilarga musiqiy shakl orqali yetib boradi. Shu bois musiqa "til"ini egallashga, uning mazmun-mohiyatini anglashga, musiqadagi fikrlar, tuyg'ular, kechinmalar boyligini o'zlashtirishga keng yo'l ochadi.
O'sib kelayotgan avlod uchun musiqiy tarbiyaning ahamiyatini nihoyatda buyuk ekanligini qadimiy mutafakkirlar alohida urg'u bilan ta'kidlashgan. Kelajak jamiyat a'zosining insoniy va ijobiy fazilatlari aynan bolalikdan boshlab shakllana boradi. Aynan shu davrda musiqa ijobiy sifatlarni shakllantiruvchi vosita hisoblangan. Musiqa qo'shiq va raqs tarkibida ham vujudga keladi va keyinchalik badiiy ijodning mustaqil turiga aylanadi, o'ta o'ziga xos badiiy ifoda tiliga ega bo'lib, maxsus ishlab chiqilgan va tanlab olingan tovushlar ana shu tilning manbaidir.
Albatta, musiqa shaxsni shakllantirishning, uning ijobiy fazilatlarining yo'nalishlarini o'z-o'zidan belgilab bermaydi. Tarbiyaviy ta'sirning eng muhim tomonlari musiqiy asarning g'oyaviy mazmuniga bog'liqdir. Ana shu bilan musiqiy-estetik tarbiyaning vazifalari belgilanadi. Mashhur polyak kompozitori K.Shimanovskiy o'zining "Jamiyatda musiqaning tarbiyaviy ahamiyati" nomli maqolasida, musiqaning tabiiy kuchi haqida gapirar ekan, - uning ikki qarama-qarshi yo'nalishda - yaratish va bo'zish uchun ishlatish mumkinligini - "kerakli ishga yo'naltirgan holda, tez oqar daryoning suvlaridan foydalanib, foydali va unumli ishlar uchun, ya'ni tegirmonni aylantirish uchun ishlatgandek, musiqa kuchidan ham unumli foydalanish kerak", - deb aytgan.
Shu o'rinda Asafevning "...musiqa - bu ham san'at, ham fan, ham til, ham uyin" - degan so'zlarini eslash maqsadga muvofiqdir. Musiqaning bolaga ta'siri, shaxsning va jamiyatning ruhiy hayotidagi o'rni kompleks muammo hisoblanadi. Ushbu murakkablik va serqirralik fanga darrov kelmadi. Shu o'rinda Asafevning "...musiqa -bu ham san'at, ham fan, ham til, ham uyin" - degan so'zlarini eslash maqsadga muvofiqdir.
Bolalar musiqa tarbiyasi esa, nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biridir, u atrofdagi go'zal narsalarni to'g'ri idrok etishga va qadrlashga o'rgatadi. O'quvchilarga nafosatli tarbiya berishda umumta'lim maktablaridagi, musiqa fani darsi mashg'ulotlarining ahamiyati katta. O'quvchilar nafosat hissini, san'at sirlarini tushunishni va qadrlashni, san'atdan bahramand bo'lishni, avvalo maktablarga o'rganadilar. Nafosat didini shakllantirish uchun esa, musiqa fani darslari bilan bir qatorda sinfdan tashqari musiqa tarbiyasini ahamiyati katta. Chunki,
sinfdan tashqari musiqa tarbiyasining ommaviy va to'garak bolalarning jamoaviy shakllarida jalb etish yaxshi natijalarni beradi. Zotan, musiqa tarbiyasi sozanda yoki xonandani emas, eng avvalo insonni tarbiyalaydi. O'sib kelayotgan yosh avlodni musiqa, go'zallik olamiga olib kiradi. Chunki, musiqa bola hayotiga kuchli ta'sir ko'rsatish imkoniyatiga ega va ahloqiy - nafosat tarbiyasining muhim vositasidir. Bola musiqa bilan ona allasi orqali tanishib, umirbod musiqadan zavq topadi. Musiqadan ozuqa olish uchun esa, inson yuksak madaniyatli, sof qalb egasi, go'zallikni xis eta oladigan bo'lishi kerak. Olimlardan birlari: "Odam shaxs bo'lishi uchun, u ruhiy tomopidan rivojlanishi, o'zini bir butun inson deb xis qilmog'i kerak" - degan edi. Shaxsni rivojlantirish uchun avvalo, uning hulqiga ta'sir etuvchi omillarni, uning tabiatini, qiziqishini o'rganish lozim. Buning uchun shaxsni turli munosabatlar doirasiga qo'yib kuzatish kerak. Ana shundagina uning ijtimoiy hulqi, ma'naviy qiyofasi, insoniy fazilatlari ro'yobga chiqadi. "Har bir inson - degan edi Abu Nosir Al - Farobiy - o'z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va yuksak yetuklikka erishish uchun, insonlar jamoasiga extiyoj tug'iladi, shu sababli u ko'p narsalarni o'zaro yordamlashuvi orqali yetuklikka erishadi"
Bolani shaxs sifatida rivojlantirishda nasl, atrofidagi muhit, tarbiya muxim rolt o'ynaydi. O'qituvchi bu omillarni kuzatib, o'rganib chiqib, o'quvchilarni qiziqishi, qobiliyati, musiqaga, go'zallikka, mehnatga munosabatlariga qarab, musiqiy bilim, ko'nikma va malakalarini singdira borishi lozim. Inson musiqadan umrbod zavq topadi va madad oladi. Shu bois bolalarga musiqa madaniyatini tarbiyalash, yuksak did bilan qurollantirish, ma'naviy dunyoqarashini shakllantirish boshlang'ich sinf musiqa o'qituvchisini vazifasidir. Musiqa bola ruhiyatiga emotsional ta'sir ko'rsatish bilan birga, musiqiy tovush yordamida vujudga keladigan musiqiy tovush yordamida vujudga keladigan musiqiy oxanglar bilan ta'sir etadi, bolalarni quvontiradi, o'ylantiradi, yaxshilikka, go'zallikka yetaklaydi va nafosat olamiga olib keladi. Shunday ekan, boshlang'ich sinflarda musiqa fani darslariga e'tibor yanada kuchayib, boshlang'ich sinf musiqa o'qituvchisi oldiga katta vazifalarni qo'yadi. Shu bilan birga, iqtidorli o'qituvchilarni, maktab hayotiga ommaviy va to'garak ishlariga jalb etish boshlang'ich sinf o'qituvchisi zimmasidadir. Musiqa fani darslarida milliy musiqa meroslaridan to'laqonli foydalanish va bugungi zamonaviy asarlarni musiqa darslarida qo'llash, o'qituvchidan ish mazmunini va uslubini yangilashni talab etadi. Buning uchun musiqa o'qituvchisi o'z fanini puxta bilishi, bolalarni sevishi, pedagogika, psixologiya, bolalar fiziologiyasi, musiqa o'qitish metodikasidan chuqur bilimga ega bo'lishi lozim. Chunki, yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalashda musiqa o'qituvchisi yetakchi bo'lib hisoblanadi. Maktab hayotida boshlang'ich sinf musiqa o'qituvchisini faoliyat miqyosi kengdir. Musiqa fani darslaridan tashqari, o'quvchilar bilan tarbiyaviy musiqali ochiq darslar o'tkazadi. Bu hozirda ishlayotgan o'qituvchilardan ish mazmuni va uslubida yangilanish jarayonini talab etadi. Bunday
talablar yangi nashrdan chiqqan bolalar musiqa adabiyotlarini, qo'llanmalar, tavsiyanomalar, dasturlar, darsliklar keng ma'noda mazmunli qilib yoritilgan. Musiqa o'qituvchisi dars jarayonida qo'shiq kuylash, musiqa tinglash, musiqaga mos bolalar cholg'u asboblaridan jo'r bo'lish musiqiy ritmga harakatlar bajarish kabi dars faoliyatlarida musiqaga qiziqtira olish, ularni musiqiy qobiliyatlarini o'stirishga harakat qilish lozim. Chunki, musiqa o'quvchilarga tez ta'sir eta oladigan ta'lim -tarbiya vositasidir. U bolalarni shaxs bo'lib shakllanishi uchun ommaviy va ahloqiy tomondan ijobiy ta'sir ko'rsatadi. SHuning uchun ham, musiqa fan darslari, avvalo tarbiya darsi deb ataladi. Musiqa fani dars mashg'ulotlari samaradorligini oshirish borasida musiqa o'qituvchisidan samarali mexnat, o'z faniga muhabbat, bolalarni go'zallik va nafosat olamiga olib kirish uchun bilim, musiqaga mehr va shijoat talab etiladi.
Demak, bolalarning musiqiy hamda shaxsiy xususiyatlarini shakllantirishda musiqa san'atining o'rni beqiyosdir. Musiqa kishiga har tomonlama ta'sir ko'rsatar ekan, kuy va uning musiqiy ifodasi kishining hissiyotiga chuqur ta'sir qilib, unda har xil hislarni o'yg'otadi, turlicha kayfiyatlarni hosil qiladi. Qo'shiqning matni, g'oyaviy mazmuni faqat hissiyotga emas, balki bolalarning ongiga ham ta'sir qilib, ularni hayajonlantiradi va fikrlashga majbur etadi. Kishilarda asarda aks etgan ma'naviy muammolarga nisbatan muayyan munosabat uyg'otadi. Bunday ta'sir g'oyat murakkab va kuchlidir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Fitrat A. O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi. T. 1993.
2. Qodirov R. Musiqa pedagogikasi. T. 2019.
3. Qodirov R. Musiqa psixologiyasi. T. 2016.
4. Yu.Rajabiy "Musiqa merosimizga bir nazar" G'.G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, Toshkent-1978.
5. Yu.Rajabiy. I. Akbarov. O'zbek xalq musiqasi tarixi. 1981 yil.
6. Q.Mirzaev. Vokal-xor jamoalari bilan ishlash metodikasi. 2010 y.
7. B.SHamaxmudova. Xor lug'ati. 2009 y.
8. Eminjanovna, Shodiyeva Gavkhar. "The role of national music in education of youth." ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL 11.2 (2021): 1285-1288.
9. Shodiyeva, G., and O. Sobirova. "UZBEK NATIONAL INSTRUMENTS OF THE LATE XIX AND EARLY XX CENTURIES." International Journal of Early Childhood Special Education 14.7 (2022).
10. Shodiyeva, G. "The Importance of Harmony of Music and Physical Movement in Students' Comprehensive Development." CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ARTS AND DESIGN 3.6 (2022): 1-4.
11. Tursinovich, Nosirov Dilmurodjon. "Development Methods of Teaching Disciplines Orchestric Specializations!!" European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 38-41.
12. Tursinovich, Nosirov Dilmurodjon. "Advanced in Improving the Effectiveness of the Music Culture Lesson Role and Importance of Pedagogical Technologies." INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION 1.5 (2022): 76-78.
13. Tursunovich, Nosirov Dilmurod. "A BRIEF ANALYSIS OF THE LIFE AND CREATIVITY OF CONDUCTOR ARTURO TOSKANI." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 90-95.
14. TURSINOVICH, NOSIROV DILMURODJON. "Uzbek National Musical Instrument Performance." JournalNX 7.1 (2021): 315-318.
15. Nosirov, Dilmurod Tursunovich. "The role of music in the development of our national spirituality." ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL 11.1 (2021): 679-684.
16. Sabirovna, Rasulova Saida. "Analysis Of The General State Of Music Education In A Secondary School." Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching 1.1 (2021): 112-116.
17. Axmedovich, Turdiev SHavkat. "Problems of student preparation for work with children's choir collective." World Bulletin of Social Sciences 3.10 (2021): 133135.
18. Akhmedovich, Turdiev Shavkat. "Features Of Pedagogical Traditions In Uzbek Folk Music." Journal of Positive School Psychology 6.9 (2022): 2263-2266.
19. Ahmedovich, Turdiyev Shavkat. "FROM THE HISTORY OF PRESERVATION AND RECORDING OF SAMPLES OF NATIONAL UZBEK MUSICAL FOLKLORE." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.12 (2022): 59-61.
20. Imomaliyevich, Boratov Shukurjon. "THE PATH OF FORMATION AND DEVELOPMENT OF UZBEK FOLK MUSIC CREATIVITY." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 57-61.
21. Imomalievich, Shukurjon Boratov. "METHODS OF FORMATION OF VOCAL SKILLS." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10.11 (2022): 808-811.
22. Imomaliyevich, Boratov Shukurjon. "RESTORATION AND DEVELOPMENT OF THE STATUS GENRE AS THE MAIN PROBLEM OF UZBEK FOLK MUSIC PERFORMANCE ART." INTERNATIONAL JOURNAL
OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 110-115.
23. Muhammadjonovna, Asqarova Sohibaxon. "THE ROLE AND ROLE OF MUSIC IN THE FORMATION OF THE SPIRITUAL AND AESTHETIC PERFECTION OF YOUNG STUDENTS." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 106-109.
24.Asqarova, Sohibaxon, and Muslimaxon Muhammadjonova. "O 'YIN TA'LIM JARAYONINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK VOSITASI SIFATIDA." Scientific progress 2.2 (2021): 317-321.
25. Расулова, С. С. "МУЗЫКАЛЬНО-РИТМИЧЕСКАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ ШКОЛЬНИКОВ В КОНТЕКСТЕ ШКОЛЬНОГО ОБУЧЕНИЯ." ТРАДИЦИИ И ИННОВАЦИИ В НАЦИОНАЛЬНЫХ СИСТЕМАХ ОБРАЗОВАНИЯ. 2021.
26. Rasulova, Saida Sabirovna, and Orif Tursunovich Tillahojayev. "PECULIARITIES OF TRAINING MUSIC TEACHERS FOR INNOVATIVE EDUCATIONAL ACTIVITIES." Academic research in educational sciences 2.Special Issue 4 (2021): 14-17.
27. Sabirovna, Rasulova Saida. "BASIC PRINCIPLES OF VOCAL PEDAGOGY." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10.11 (2022): 812-815.