Научная статья на тему 'MUSIQIY TAFAKKURNI ILMIY-NAZARIY RIVOJLANTIRISH VA METODOLOGIK ASOSLAR'

MUSIQIY TAFAKKURNI ILMIY-NAZARIY RIVOJLANTIRISH VA METODOLOGIK ASOSLAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
196
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta’lim-tarbiya / idrok / badiiy-ijodkorlik qobiliyat / estetik tarbiya. / education / perception / artistic and creative abilities / aesthetic education.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — A. Juramirzayev, N. Xoliqova, M. Karimova

Ushbu maqolada bolalarda ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalarda musiqiy tafakkuni rivojlantirish, ularga musiqa haqida tushuncha, tasavvurlarni uyg’otish nazariy bilimlari keltirilgan. Bolalar bilan shug’ullarnish, musiqani ular ongiga singdirish, o’zbek milliy hamda jahon musiqasini ularni ongida singdirib, mumtoz musiqa haqida fikr yurita olishlarini nazorat qilishdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SCIENTIFIC AND THEORETICAL DEVELOPMENT AND METHODOLOGICAL FOUNDATIONS OF MUSICAL THINKING

This article presents theoretical knowledge on the development of musical thinking in children, especially preschool children, awakening their understanding and ideas about music. Working with children is to introduce music into their consciousness, to introduce Uzbek national and world music into their consciousness, to control their ability to think about classical music.

Текст научной работы на тему «MUSIQIY TAFAKKURNI ILMIY-NAZARIY RIVOJLANTIRISH VA METODOLOGIK ASOSLAR»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

MUSIQIY TAFAKKURNI ILMIY-NAZARIY RIVOJLANTIRISH VA METODOLOGIK

ASOSLAR Juramirzayev Abrormirza Anvarjon o'g'li

Farg'ona davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti talabalasi Xoliqova Nilufar Anvarjon qizi

Farg'ona davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti talabalasi Karimova Maftuna Anvarjon qizi.

Farg'ona davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti talabalasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7130349

Annotatsiya. Ushbu maqolada bolalarda ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalarda musiqiy tafakkuni rivojlantirish, ularga musiqa haqida tushuncha, tasavvurlarni uyg'otish nazariy bilimlari keltirilgan. Bolalar bilan shug'ullarnish, musiqani ular ongiga singdirish, o'zbek milliy hamda jahon musiqasini ularni ongida singdirib, mumtoz musiqa haqida fikr yurita olishlarini nazorat qilishdan iborat.

Kalit so'zlar: ta'lim-tarbiya, idrok, badiiy-ijodkorlik qobiliyat, estetik tarbiya. НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКАЯ РАЗРАБОТКА И МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ

МУЗЫКАЛЬНОГО МЫШЛЕНИЯ

Аннотация. В данной статье представлены теоретические знания по развитию музыкального мышления у детей, особенно детей дошкольного возраста, пробуждение у них понимания и представления о музыке. Работа с детьми заключается в том, чтобы внедрить в их сознание музыку, внедрить в их сознание узбекскую национальную и мировую музыку, контролировать их способность думать о классической музыке.

Ключевые слова: воспитание, восприятие, художественно-творческие способности, эстетическое воспитание.

SCIENTIFIC AND THEORETICAL DEVELOPMENT AND METHODOLOGICAL FOUNDATIONS OF MUSICAL THINKING

Abstract. This article presents theoretical knowledge on the development of musical thinking in children, especially preschool children, awakening their understanding and ideas about music. Working with children is to introduce music into their consciousness, to introduce Uzbek national and world music into their consciousness, to control their ability to think about classical music.

Keywords: education, perception, artistic and creative abilities, aesthetic education.

KIRISH

Mustaqil O'zbekistonning kelajagini, ertasini yoshlarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Ajdodlarimizga munosib avlodni tarbiyalash bizga, endi yetishib chiqayotgan kadrlar zimmasiga mas'uliyatli va sharafii ishni, ya'ni bola tarbiyasini to'g'ri yo'lga qo'yish yuklatildi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar musiqa tarbiyasi, uning taraqqiyoti timsolida yurtimizning porloq kelajagi, davlatimizni buyukligini tasavvur etganining natijasiga ko'ra ta'lim to'g'risidagi qonun va yangicha dunyoqarash talab etilar edi. Bunga 1997- yildagi «Ta'lim to'g'risidagi qonun» hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» asosiy omil bo'lib xizmat qildi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODODLOGIYASI

Ta'lim sohasida, jumladan, uning birinchi pog'onasi bo'lgan maktabgacha ta'lim bosqichida ham katta o'zgarishlar qilish ehtiyoji tug'ildi. Buning uchun pishiq - puxta o'ylangan,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ma'lum maqsad va vazifalarni o'zida mujassamlashtirgan istiqbolli dasturlar talab etar edi. Unda uzluksiz davom etadigan bir butun ta'lim-tarbiya jarayonining belgilovchi ilk turi «maktabgacha ta'lim» deb ataldi. Birgina shu yondashuvning o'ziyoq tarbiyaga mehribonlik va adolat bilan qarashni talab etadi. Negaki, bugunki yosh avlod zimmasida XXI asrda kuchga to'lib, sog'lom, bilimli, aqlli bo'lib jamiyatimizning faol a'zolariga aylantirishdek ulkan vazifa turibdi. Bunda esa ular siz-u bizga, ya'ni kattalarga ishonadilar. Agar yoshlarimizdagi shijoatni, kuch-qudratni, bilimdonlikni va vatanparvarlik bilan uyg'unlashtira olsak, bundanda ziyoda qudratni topa olmaymiz. Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish jarayoni oldiga qo'yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishiga erishish uchun «Uchinchi mingyillikning bolasi» tayanch dasturi va o'quv qo'llanma asosida amalga oshiriladi. Bundan tashqari ko'pgina o'quv va metodik qo'llanmalar mavjud. Bularning asosiy maqsadlari bir yo'lga qaratilgan, ya'ni komil insonni tarbiyalash va voyaga yetkazishdir. Prezidentimiz «Bolalarimiz bizdan ko'ra dono, aqlli, bilimdon, sog'lom va albatta baxtli bo'lishi kerak», - deb ta'kidlashlari bejiz emas.

TADQIQOT NATIJALARI

«Uchinchi mingyillikning bolasi» dasturi maktabgacha ta'lim bilan shug'ullanadigan barcha muassasalar uchun bajarilishi zarur bo'lgan tayanch dastur hisoblanadi. Tayanch dasturining pirovard natijasi maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'yiladigan davlat talablarining bajarilishiga erishishdan, ya'ni maktabga jismonan, aqlan va ma'nan yetuk bolalarni tayyorlashdan iboratdir. «Uchinchi mingyillikning bolasi» dasturi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni quyidagi 3 yo'nalishda amalga oshirilishini belgilab beradi:

1. Bolalarni jismonan rivojlantirish,

2. Bolalaming nutqi va tafakkurini rivojlantirish.

3. Bolalarni ma'nan rivojlantirishdir.

«Uchinchi mingyillikning bolasi» milliy dasturining 3-yo'nalishi bo'lmish bolalarni ma'nan rivojlanishida aynan musiqa mashg'ulotlarda bolani aqlan, jismonan va ma'nan yetuk qilib tarbiyalash ko'zda tutiladi. Bu borada «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da «Ta'lim to'g'risida»gi Qonun ta'lim tarbiya tizimini isloh qilish yo'lida hayotga tadbiq qilindi. San'at -kishilik faoliyatining ajralmas qismi bo'lib, kishi shaxsi san'at vositasi yordamida va ishtirokida to'laligicha yorqin namoyon bo'ladi. Hozirgi kelajak avlodni tarbiyalashda san'at muhim o'rin tutadi. San'at insonparvarlik va odamiylik hamkorligi ruhida uning hissiyotini o'stirishda yordam berib, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi. Hozirgi zamon yoshlariga estetik idroklarini tarbiyalash borasida g'amxo'rlik qilar ekanmiz, san'at bilan muomala qilishdan hosil bo'ladigan his-hayajondan uni o'z hayoti va faoliyatida foydalana olishga o'rgatishimiz kerak. Shu sababli musiqa estetik tarbiya tarmog'ining ajralmas qismi sanaladi.

Bolalarda yoshlik chog'idan idrok etish, his etish, turmush va san'atdagi go'zallikni tushunish ishtiyoqi tarbiyalanadi va bu kabi go'zallikni yaratishga intilish kuchayadi. Bolaning badiiy faoliyatga bo'lgan qiziqishi ortadi. Unda badiiy-iiodkorlik qobiliyati rivojlanadi. Musiqiy-estetik tarbiya demokratik jamiyat kishisini garmonik tarbiyalash yo'lida olib borilayotgan ulkan ishning tarkibiy qismiga aylanmog'i kerak, Ayniqsa, bolalar bilan musiqiy ish olib borish katta ahamiyat kasb etadi. Omma orasida musiqiy targ'ibot olib bormay turib, to'laqonli natijalarga erishib bo'lmaydi. Musiqiy tarbiya bolalarda erta yoshdan boshlanishi kerak. Musiqa bola qalbida kuchli emotsional his-tuyg'u uyg'otadi. Musiqaga yoshlikdan uyg'ongan qiziqish kishining keyingi musiqiy rivojiga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Shunga ko'ra musiqani idrok

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

etishning vazifasi va 4 mazmunini aniqlash muhimdir. Bular shaxsning har tomonlama rivoji, jumladan, estetik tarbiyasi vazifalari bilan bog'liq umumiy maqsadlar bilan belgilanadi. Ma'lumki, bunday vazifalar bolalarni musiqa sohasidagi faoliyatlarga jalb etish, badiiy musiqaga nisbatan estetik idrok etishni va emotsional o'zlashtirishni rivojlantirish, muhabbatni tarbiyalash, musiqiy qobiliyatlarini o'stirish, musiqiy didni shakllantirish, qisqasi bolalaning badiiy ijodkorligi hamda iqtidorini rivojlantirish kerak. Ma'lumki, musiqali obrazlarning shakllanishining asosiy manbai tabiat va kishi nutqiga mos kelishiga, atrofimizdagi dunyo va undagi go'zalliklarni idrok etishga bevosita bog'liqdir. Shu borada musiqa mashg'ulotlari mazmuni bolalar tomonidan bajaradigan qator faoliyatlarni taqozo etadi. Bulardan tinglash, kuylash, musiqiy ritmik harakatlar, musiqa cholg'ularida ijro etish jarayonida bolalar ijrochiligi va ijodkorligi malakalari shakllanadi. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning asosiy ustuvorligidan biri - bu fanlararo bog'liqlikni yo'lga qo'yishdir.

Musiqa - san'atning bir turi. Musiqa san'atning yana boshqa turlari bilan ham chambarchas bog'liqdir. Masalan, musiqa darslarini raqs, she'riyat, badiiy san'at va san'atning boshqa turlari, bulardan tashqari jismoniy tarbiya, tasviriy san'at va boshqalar bilan qo'shib olib borish nazarda tutilgan. Bu masala «Uchinchi mingyillikning bolasi» tayanch dasturi va o'quv qo'llanmada ham alohida ta'kidlanadi.

"Bolalar ijrochiligi - kuylash, musiqiy ritmik harakatlar, musiqa cholg'ularida ijro etish va hokazo" masalalari hozirgi kunda o'zining dolzarbligi bilan ko'pgina pedagog-olimlarning diqqat markazidadir. Musiqa ta'limi boshqa fanlar kabi maktabdan emas, balki maktabgacha ta'lim muassasalaridan boshlanadi va ta'lim tizimining barcha jabhalarida davom etadi. Shuning uchun biz kelajak avlodni musiqiy bilimga ega bo'lishlariga zamin yaratar ekanmiz, ularning musiqiy-estetik tarbiyalariga alohida e'tiborimizni qaratmog'imiz zarur. Uzluksiz ta'lim tizimida maktabgacha ta'lim muhim o'rin egallaydi. Hozirgi kunda maktabgacha ta'lim muassasalarining ahamiyati uzluksiz ta'limning oldingi bosqichi sifatida muhim rol o'ynamoqda. Maktabgacha ta'lim muassasalaridagi har bir fanning asosiy vazifasi bolalarni fikrlash va o'ylashga o'rgatishdir. Musiqa san'atining ahamiyati shunda-ki, musiqa - insonlarni kechinmalari, emotsional hissiyotlari orqali birlashtiradi. Ular orasidagi aloqa vositasiga aylanadi. Bir kompozitor tomonidan yaratilgan musiqa boshqa insonlar qalbida turli-tuman kechinmalar uyg'otishining o'zini bir mo'jiza deb, atash mumkin.

Musiqa tarbiyasi estetik tarbiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Inson shaxsini shakllantiruvchi yetakchi omillardan biri - ta'lim-tarbiyadir. Estetik tarbiya esa uning tarkibiy qismi sifatida go'zallikning mohiyati, estetik va axloqiy hissiyotlarning birligi, san'atning xalqchilligi to'g'risidagi ta'limotga suyanib, o'quvchilarning ob'ektiv dunyo haqidagi bilimini kengaytiradi va chuqurlashtiradi, ijodiy qobiliyatini va iste'dodini o'stiradi hamda ularda yuksak ma'naviy fazilatlarning tarkib topishiga yordam beradi. Odatda, estetik tarbiyaning maqsadi bolalarda estetik his-tuyg'u va fikrlarni rivojlantirish, go'zallikni ko'ra bilish va ulardan zavqlana olishdan iborat, deb tushuniladi. Estetik tarbiya umuminsoniy va milliy qadriyatlar qaror topishiga xizmat qiladi. Ayonki, tarbiya inson ongiga, his-tuyg'ulariga, tasavvuriga, e'tiqodiga, dunyoqarashiga, xatti-harakatlariga, xulq-atvoriga ta'sir o'tkazadi. Musiqa tovush tovlanishlari orqali fikr va tuyg'ularni aks ettiradi, hayot bosqichlarida insoniyatni to'lqinlantirib kelgan axloqiy muammolarni bayon qiladi. Ajoyib musiqa asarlari chuqur falsafiy mazmun bilan sug'orilgan bo'ladi, musiqada hayot va o'lim, shaxs va jamiyat, ezgulik va zulm, qudrat va zaiflik kabi masalalar aks etadi. Musiqaning inson ruhiyatiga ta'sir qilishining tugallanmas

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

imkoniyatlari haqida qadimdan musiqashunoslar, mutafakkirlar va olimlar diqqatini o'ziga tortgan. Faylasuflar, psixologlar, pedagoglar va jamoat arboblari san'atlar ichida musiqa san'atining insonni shaxs sifatida shakllanishiga ta'sir qiladigan xususiyatlari haqida aniqlashga uringanlar. Qadim zamonlardan musiqaning, ayniqsa, uning komponentlari - ritm va kuyning inson kayfiyatiga ta'siri, uning ichki dunyosini o'zgartirishi haqida fikrlar mavjud bo'lgan. MUHOKAMA

Musiqa san'ati inson hayotining ilk yillaridanoq uning hamrohiga aylanib, umumiy madaniy rivojlanishiga salmoqli hissa qo'shadi. Musiqa Olim Stendalning aytishiga ko'ra, musiqa — san'at turlari ichida insonning yuragiga chuqur kirib, uning ichki kechinmalarini aks ettirishga qodirdir. «Musiqa san'atning ifodali turi tizimiga kiradi. Musiqa ham voqea hodisalarni ifodali aks ettiradi. Ammo u me'morchilikdagi kabi fazo va moddiy ashyo o'lchovlari bilan belgilanmaydi. Shu asosida, musiqa ko'rish orqali emas, balki eshitish vositasida idrok etiladi. Musiqa mavzusi o'z xususiyatiga ega bo'lib, inson va voqelikdagi barcha tomonlami qamrab ololmaganligi uchun, eng avvalo, inson ichki ma'naviy dunyosini, uning tuyg'u va kayfiyatini ifodalaydi. Musiqa voqelikning his-tuyg'uli qiyofasini yaratadi. Musiqa kayfiyat holatini ifodalashda keng imkoniyatga ega. Inson kayfiyati murakkab hissiyot bo'lib, u hech narsa bilan bog'lanmagan. Kayfiyat umumlashgan xususiyatga ega bo'lib, undan ikkilamchi tomonlar chiqarib tashlanadi va insonning voqelikka bo'lgan tuyg'u munosabatini belgilaydigan eng muhim tomonlari ajratib olinadi. Musiqaning kuch-qudrati shundaki, u shodlanish, qayg'urish, hayol surish, bardamlik, jasurlik, tushkunlik va shunga o'xshash inson ruhiy holatlarini xususiy va umumiy tarzda o'zaro bog'liqlikda, bir-biriga singib ketishida namoyish qila oladi. XULOSA

Musiqa «til»i barcha qismlarning uzviy birligini, asar shaklini ifodalaydi. Bastakor fikri, tuyg'ulari, tasavvurlari eshituvchilarga musiqiy shakl orqali yetib boradi. Shu bois musiqa «til»ini egallashga, uning mazmun-mohiyatini anglashga, musiqadagi fikrlar, tuyg'ular, kechinmalar boyligini o'zlashtirishga keng yo'l ochadi. O'sib kelayotgan avlod uchun musiqiy tarbiyaning ahamiyatini nihoyatda buyuk ekanligini qadimiy mutafakkirlar alohida urg'u bilan ta'kidlashgan. Kelajak jamiyat a'zosining insoniy va ijobiy fazilatlari aynan bolalikdan boshlab shakllana boradi. Mana shunday paytida bolalarda musiqiy estetikani shakllantirish, uning qobiliyati, qiziqishlarini rivojlantirib borishda albatta, musiqaning o'rni, vazifasi katta. Yuqorida faylasuflar va olimlar ta'kidlab o'tishganidek, bolani kelajakda komil inson bo'lishida, tafakkurini rivojlantirishda musiqa tayanch tirgak vazifani bajaradi.

REFERENCES

1. Dildora Soipova - "Musiqa o'qitish nazariyasi va metodikasi" - Toshkent-2009.

2. G.M.Sharipova, D.F.Asamova, Z.L.Xodjayeva - "Musiqa o'qitish nazariyasi metodikasi va maktab repertuari" - Toshkent-2014.

3. O.U. HASANBOYEVA, - "Maktabgacha ta'lim pedagogikasi" - Toskent "Ilm ziyo"-2011.

4. Z. Z. Rashitovich - "O'zbek xalq milliy-an'anaviy cholg'ularida o'qitish metodikasi" -Toshkent- 2019.

5. N. Yuldasheva, N. Raxmatova "O'zbek musiqa adabiyoti" - Toshkent - «iqtisod -moliya» -2016.

6. www.scientificprogress.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.