Научная статья на тему 'O‘ZBEK AN’ANAVIY MUSIQA IJROCHILIGIGDA O‘ZIGA XOS BEZAKLAR'

O‘ZBEK AN’ANAVIY MUSIQA IJROCHILIGIGDA O‘ZIGA XOS BEZAKLAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
46
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
musiqiy bezak / qochirim / nolish / musiqiy meros

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — S.Saydaliyev

Har bir xalq o‘z milliy an’ana va qadriyatlari qatori milliy musiqasini qadrlashi, musiqiy merosini sevib, ajdodlari an’anasini ardoqlab, munosib tarzda o‘zlashtirsa san’at rivojiga munosib hissa qo‘shgan sanaladi. Zero, bizgacha yetib kelgan musiqiy an’analar avlodlar zanjirining mustahkamligi belgisidir. Bu borada xalqimizning ma’naviy boyligi hisoblangan maqomlar, maqom yo‘llariga mansub mumtoz musiqa asarlari hozirgacha o‘zining badiiy va estetik imkoniyatlarini yuqori darajada saqlab kelayotganligini ta’kidlab o‘tishimiz o‘rinlidir. Ajdodlarimdan qolgan boy merosni o‘rganish, tadqiq etish va kelajak avlodlarga bezavol tarzda yetkazish bugungi kunning dolzarb masalalardan biri sanaladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK AN’ANAVIY MUSIQA IJROCHILIGIGDA O‘ZIGA XOS BEZAKLAR»

O'ZBEK AN'ANAVIY MUSIQA IJROCHILIGIGDA O'ZIGA XOS

BEZAKLAR

S.Saydaliyev

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Har bir xalq o'z milliy an'ana va qadriyatlari qatori milliy musiqasini qadrlashi, musiqiy merosini sevib, ajdodlari an'anasini ardoqlab, munosib tarzda o'zlashtirsa san'at rivojiga munosib hissa qo'shgan sanaladi. Zero, bizgacha yetib kelgan musiqiy an'analar avlodlar zanjirining mustahkamligi belgisidir. Bu borada xalqimizning ma'naviy boyligi hisoblangan maqomlar, maqom yo'llariga mansub mumtoz musiqa asarlari hozirgacha o'zining badiiy va estetik imkoniyatlarini yuqori darajada saqlab kelayotganligini ta'kidlab o'tishimiz o'rinlidir. Ajdodlarimdan qolgan boy merosni o'rganish, tadqiq etish va kelajak avlodlarga bezavol tarzda yetkazish bugungi kunning dolzarb masalalardan biri sanaladi.

Kalit so'zlar: musiqiy bezak, qochirim, nolish, musiqiy meros

UNIQUE DECORATIONS IN THE PERFORMANCE OF UZBEK

TRADITIONAL MUSIC

S.Saydaliyev

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: Every nation appreciates its national music along with its national traditions and values, loves its musical heritage, honors the traditions of its ancestors, and makes a worthy contribution to the development of art. After all, the musical traditions that have reached us are a sign of the strength of the chain of generations. In this regard, it is appropriate to emphasize that classical music works belonging to statuses and status paths, which are considered the spiritual wealth of our people, still retain their artistic and aesthetic potential at a high level. Studying, researching and passing on the rich heritage left by my ancestors to future generations is one of the urgent issues of today.

Keywords: musical decoration, mule, lamentation, musical heritage

Ma'lumki, o'zbek xalqining musiqiy madaniyati milliy cholg'ularga boy bo'lib, tanbur, dutor, g'ijjak, nay, qo'shnay, surnay, chang, qonun, ud, rubob, doira va nog'ora kabi cholg'ular o'zining mukammalligi sabab mohir ijrochilar amaliyotida munosib o'ringa ega. Chunki har bir cholg'u o'zining shakllanish tarixi, ijro imkoniyatlari, betakror, jozibali sadolanishi va muhlislariga ega. Ularning barcha sir

va sinoatlarini ilmiy-nazariy tadqiq etish va yosh avlodga yetkazish har bir murabbiyning muqaddas burchidir.

Odatda, o'zbek xalq va ustozona musiqa ijrochiligida oddiy tovushlarni turli xildagi bezak va sayqallar bilan boyitib ijro etish muhim mezonlardan hisoblanadi. Zero, tovushlarni sayqal bilan ijro etish har bir Sharq xalqlari musiqa ijrochiligiga xos an'anadir. Bu omil ohang mazmunini boyitib, xalqlar ruhiyatini ifodasi demakdir. Milliy musiqa ijrochiligida qo'llaniladigan bezaklarning maxsus atamalar bilan nomlanishi ko'pchilik sozanda va xonandalarga ma'lum. Masalan: "qochirim", "to'lqinlatish", "nolish", "molish", "kashish" va boshqalar. Ularning ayrimlari tovushning sifatini belgilaydi.

Qochirim - oddiy va murakkab melizm (kuyni turlicha qisqa tovushlar bilan bezatuvchi belgi)larning barcha turini o'z ichiga oladi:

BEZAKLAR - forshlaglar turlari:

BIDRATMA - trellar turlari:

SAYQAL - mordentlar turlari.

O'zbek an'anaviy musiqasida qo'llaniladigan bezaklarni uch guruhga bo'lish mumkin:

1) ODDIY- bir tovushdan tashkil topgan ;

2) QO'Sh - ikki tovushdan tashkil topgan ;

3) UCHTALIK - uch tovushdan tashkil topgan

Ijroda bu bezaklar yangrash lozim bo'lgan tovushlar hisobida bo'ladi.

Orzu dil kuyini oddiy bezak uchun misol qilish mumkin.

Sho'hchan M.Mirzayev musiqasi

Naqmai Orazi Navo kuyini esa qo'sh bezak uchun misol qilish mumkin

Payravi asal

Uchtalik bezak esa faqat bir tovushning takrorlanishi bilan ijro etiladi. Misol: Ushshoq

Torga ulab ijro etiladigan bezaklar nota yozuvida keng rasm bo'lib, qolgan zarb belgilarining biri bilan P, torga urmagan holda erishiladigan bezaklar esa nota ustiga qo'shuv (q) belgisini qo'yish bilan belgilanadi. Mushkiloti dugoh

BIDRATMA - ikki yonma-yon tovush tebranishidan hosil qilinadi. U eng qisqa va eng uzun tebranishdan iborat bo'lishi mumkin. Mezrobni torga urib va torga urmasdan ijro etish usuli bidratmaga ham taalluqlidir. Qo'shuv belgisi bilan belgilanadigan trellar quyidagicha ijro etiladi:

- birinchi tayanch tovush mezrobni torga urib chalinadi, qolgan amallar (yordamchi tovushlar) torga urmagan holda hosil qilinadi:

Qo'shuv belgisi bo'lmaganda tovushlar noxunni pastga va yuqoriga urish bilan ijro etiladi. Misol uchun

O'zbek xalq kuyi

SAYQAL (mordent) - bidratmadan tamomila farq qiladi. Agar bidratma uzun va qisqa notalarga (nota cho'zimiga qarab) bevosita taalluqli bo'lsa, sayqal uch yoki besh tovushdan tashkil topadi. Uni ijro etishda dastlabki asosiy notadan uni cho'zimini yarmigacha qisqartiriladi.

Sayqalni nota yozuvida quyidagicha belgilaymiz:

a) uch tovushdan iborat sayqal - oddiy mordentning melizmatik belgisi bilan belgilanadi. Yuqoridagi ko'rsatma-tovushlar oralig'ini anglatadi:

b) pastda yotuvchi yordamchi tovush - oddiy o'chirilgan mordent belgisi bilan belgilanadi. Yuqoridagi ko'rsatma -tovush oralig'idir:

v) besh tovushdan iborat sayqal -mordentning melizmatik belgisibilan belgilanadi. Yuqoridagi ko'rsatma tovushlar oralig'idir:

g) pastga yotuvchi yordamchi tovush ton yoki yarim ton - qo'sh chizilgan

mordent belgisi bilan belgilanadi:

tt

An'anaviy ijrochilikda sayqalning yuqorida keltirilgan barcha shakllari asosan torga bir zarb berish bilan ijro etiladi. Bu zarb asosiy tovushga to'g'ri keladi. Bunda mordentlarning (bittalik, qo'shaloq, chizilgan) hamma belgilari ustiga qo'shuv belgisi qo'yiladi.

Nolish - yarim tongacha bo'lgan o'ziga xos yirik bidratma qashqar va afg'on ruboblarini chalganda bu usul chap qo'l barmoqlarini bir tekisda dastada ko'ndalangiga harakatlantirish bilan ijro etiladi. Bu bezak 'HiHV belgisi orqali ifodalanadi.

Molish - barmoqni bir tovushdan ikkinchi tovushga ohangdor, ohista sirg'altirish usuli. U «glissando»ga yaqin bo'lib, badiiy talqin qilishning muhim vositalaridan hisoblanadi. Shu bilan birga, tovush chiqarishning bir necha turlari bilan xarakterlanadi. Molish an'anaviy ijrochilkda keng qo'llaniladi.

Kashish - yarim ton doirasida amalga oshiriladigan bezak usuli. Bunda barmoqlar rubob dastasida ko'ndalang turgani xolda torni yuqoriga va pastga

Г P

Kashishning barcha ko'rinishi og'zaki an'anadagi mumtoz kuylarda vaayniqsa, maqom ijrochiligida keng qo'llaniladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Гапуров, М. К. (2022). РАЗВИТИЕ МУЗЫКАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯНА ОСНОВЕ ОПЫТА ИСТОРИЧЕСКИХ ДЕЯТЕЛЕЙ ИСКУССТВА. In АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ РАЗВИТИЯ ИСКУССТВА БАЛЕТА И ХОРЕОГРАФИЧЕСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ (pp. 243-246).

2. Гапуров, М. К. (2017). Использование научного наследия ученых-мудрецов в музыкальном образовании. ББК 71.0 Я41, 43.

3. Muydinov, F. (2022). Methodological Recommendations in Mastering the Nay Musical Instrument. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(5), 218-220.

4. O'G, M. Y. F. N. (2022). MILLIY MUSIQA CHOLG 'ULARI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(Conference DSMI), 207-210.

5. Mamajonova, D. (2021). O'ZBEKISTON XALQ HOFIZI MAHMUDJON TOJIBOYEVNING BASTAKORLIK MAHSULLARI. Oriental Art and Culture, 2(4), 268-277.

6. Abdurahimov, A. M. (2022). Considerations of Oriental Scientists on Musical Instruments. Nov-2022.

7. Topildiev, S. (2022). Makom-Invaluable Art. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(5), 261-263.

8. Topildiyev, S. (2022). AN'ANAVIY IJROCHILIK VA UNING RIVOJLANTIRISH YO'LLARI. Oriental Art and Culture, 3(2), 527-533.

9. Mamatov, J. (2023). The secret of the violins of the Cremonese school. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 2(5), 79-81.

10. MaMaroB, (2021). CAHLAT MYTAXACCHCTAPHHH TAHEP^Am^A ^HPH^EP^HK. Oriental Art and Culture, 2(4), 353-360.

11. Mamatov, J. (2022). Parameters of the Connection between Art and Culture. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(3), 69-76.

12. Mamatov, J. (2021). Directing in the Training of Art Professionals. International Journal of Culture and Modernity, 11, 90-96.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.