Научная статья на тему 'ASARNI IJRO ETISHDA DINAMIK BELGILAR VA MUSIQIY BEZAKLARNING TUTGAN O’RNI'

ASARNI IJRO ETISHDA DINAMIK BELGILAR VA MUSIQIY BEZAKLARNING TUTGAN O’RNI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
1126
172
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
musiqa / badiiy g’oya / shakl / dinamika / belgi / bezak / nota / ritm / tovush / tembr

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — G’ Usarov

Mazkur maqolada musiqa san’atining inson hayotida tutgan o’rni va uning ruhiyatiga ta’siri haqida so’z yuritiladi. Shuningdek, musiqa asarini ijro etish jarayonida dinamik belgilar va musiqiy bezaklarning ahmiyati hamda o‘rni to’g’risida ham fikr-mulohazalar bildiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ASARNI IJRO ETISHDA DINAMIK BELGILAR VA MUSIQIY BEZAKLARNING TUTGAN O’RNI»

ASARNI IJRO ETISHDA DINAMIK BELGILAR VA MUSIQIY BEZAKLARNING TUTGAN O'RNI

G'.Usarov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Mazkur maqolada musiqa san'atining inson hayotida tutgan o'rni va uning ruhiyatiga ta'siri haqida so'z yuritiladi. Shuningdek, musiqa asarini ijro etish jarayonida dinamik belgilar va musiqiy bezaklarning ahmiyati hamda o'rni to'g'risida ham fikr-mulohazalar bildiriladi.

Kalit so'zlar: musiqa, badiiy g'oya, shakl, dinamika, belgi, bezak, nota, ritm, tovush, tembr.

THE ROLE OF DYNAMIC SYMBOLS AND MUSICAL DECORATIONS IN

THE PERFORMANCE OF THE WORK

G.Usarov

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article discusses the role of music in human life and its impact on the psyche. There will also be feedback on the importance and place of dynamic characters and musical decorations in the performance of a piece of music.

Keywords: music, artistic idea, form, dynamics, character, decoration, note, rhythm, sound, timbre.

Musiqa san'ati ko'p asrlik madaniyatimizning, umuminsoniy qadriyatlarimizning ajralmas bir qismi hisoblanadi. Musiqa ayniqsa insonning axloqiy va estetik didini shakllantirish, hissiy tuyg'ularini rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini rag'batlantirish vositasi sifatida muhim ahamiyatga ega. Musiqa turli kayfiyatlar, masalan, shodlik, xursandchilik, ko'tarinkilik, tushkinlik, g'am-qayg'ulik va boshqa holatlarni o'zida mujassamlashtiradi. Musiqa qat'iyatlilik, intiluvchanlik, vazminlik, xushchaqchaqlik kabi insoniylik sifatlarini ham o'zida aks ettiradi. Har bir musiqiy asar ijrochi tomonidan maromiga yetkazib ijro etilsagina tinglovchi uni maroq bilan eshitib, undan zavq oladi.

Musiqaning muhim jihati ham shundaki, u eng avvalo his-tuyg'ular bilan bevosita bog'lanadi, qolaversa o'rganilayotgan har bir musiqiy asar yuksak insoniylik va ma'naviy poklikni namoyish etadi. Musiqa san'ati u bilan shug'ullanuvchilardan yuksak insoniylik, ma'naviy poklik va nihoyatda nozik didni talab etadi.

I ihSi^^Bl ®34 http://oac.dsmi-qf.uz

Insonning musiqa faoliyati asosan 3 bosqichda amalga oshiriladi: ijod, ijro va tinglash (uquv). Har bir bosqichda asarning mazmun va shakli alohida ko'rinishga ega bo'ladi. Ijodiy jarayonda badiiy g'oya va shakl muallif ongida bir-biriga bog'liq holatda tug'iladi. Ijro jarayonida shakl va mazmun ijrochi tomonidan uning

dunyoqarashi, estetik tasavvurlari, shaxsiy tajribahttpsV/qomus.info/encydopedia/cat-

t/tajriba-uz/ va mahoratiga mos ravishda o'zgartiriladi. Musiqa ixlosmandlari ham ijro etilayotgan asarni o'zlarining shaxsiy didi, hayotiy va badiiy tajribasiga asoslanib qabul qilishadi. Shunday qilib, musiqa faoliyati hamma bosqichlarda ijodiy tabiatga ega bo'ladi.

Musiqa asarlarini jozibali va maromiga yetkazib ijro etishda musiqa cholg'u asboblarining o'rni hamda ahamiyati kattadir.

Musiqa cholg'u asboblari musiqiy ton yoki o'ziga xos jarangdor tovushlar hamda ma'lum ritmik tuzilmalarni hosil etishga mo'ljallangan. Ular musiqani yakkanavoz yoki jamoa, turli ansambl, orkestr va boshqa tarzda ijro etishda ishlatiladi. Har bir musiqa cholg'u asboblarining sadosi o'ziga xos tembr, ma'lum diapazotm tovush va ifodaviy imkoniyatlarga ega. Musiqa cholg'u asboblari sadosining sifati, ko'pincha, cholg'u asbobining shakli, umumiy tuzilishi, yasalgan materialiga bog'liq bo'ladi.

Musiqiy janrlar ichida eng murakkabi, ammo inson qalbiga tez yetib bora oladigani, sozanda tomonidan mohirlik bilan cholg'u sozida ijro etiladigani kuy hisoblanadi. Sozanda ijro etayotgan har bir kuy-ohang o'zining ma'lum bir mazmun mohiyatiga ega bo'lib, u tinglovchiga tovush orqali ta'sir etadi va badiiy obraz yaratadi. Kuyning yana bir o'ziga xos xususiyati shundaki, so'z beoqibat qolganda kuy yordamida ko'ngilni eng hilvatli joylarini ham zabt etish imkoniyatiga egadir.

Kuy-ohang qo'shiqlar ijrosi yoqimli bo'lishi yoki biror musiqiy obrazni yanada boyitib tinglovchilarga eshittirish uchun musiqada dinamik belgilar qo'llaniladi. Tovush qanday kengaytirilishini ko'rsatuvchi, italyanchadan olingan bu belgilar nomlanishini va ma'nosini butun dunyo xalqlari bir xil tushunadilar.

Har bir musiqiy asarni o'z maromiga yetkazib, jozibali his- tuyg'u, mahorat bilan ijro etishda ijrochi (xonanda, sozanda) dan turli ijro uslublarini qo'llash, ularga amal qilish talab etiladi. Asarni ijro etishda dinamik belgilarning o'rni va ahamiyati muhimdir.

DINAMIKA (musiqada) - 1) muayyan asarning nota yozuvida va bevosita uni ijro etishda tovushlar sadolanishi kuchi (baland-pastligi) ning o'zgaruvchanligi;

2) shu o'zgaruvchanlikni ifodalovchi belgilar majmui;

3) mazkur jarayonni o'rganuvchi ta'limot.

Dinamika musiqiy ifodaning muhim vositalaridan bo'lib, xalq va professional ijod va ijrochilikda qadimdan qo'llanilib kelingan. Dinamika atamasi ilk bor shveysar musiqa o'qituvchisi X. Negeli tomonidan (1810) joriy etilgan degan taxmin bor. Dinamikaning eng aniq, ya'ni kuchli, baland - forte, fortissimo; kuchsiz, past, sekin -

I icclT^^^^H 535 http://oac.dsmi-qf.uz

piano, pianissimo (r, rr) va b. turlari qo'llaniladi. Shu bilan birga, muayyan Dinamikadan boshqasiga asta-sekin o'tib boruvchi (sadoning kuchayishi - crescendo, sadoning pasayishi - diminuendo, va b.) turlari ham joriy etiladi. Ijodiy amaliyotda butun bir asarni muayyan dinamika xususiyatlariga izchil tayanib yaratish misollari uchrab turadi.1

Demak, ijrochidan musiqa asarini ijro etish jarayonida ovoz tempini muayyan o'zgarishiga, past va kuchli ohangni o'z me'yorida qo'llanilishiga amal qilish talab etiladi. Musiqada ritm, metr va tempning ahamiyati katta, chunki ularning hammasi musiqaning harakati, uyg'unlashuvi va xarakterini belgilaydi.

Musiqada tovushning balandligi, qattiqligi, tembri muhimdir.Musiqa tovushining baland yoki past holatda ijro etilishi kuyning ohang va yo'nalishiga qarab belgilanadi. Ma'lumki, har bir cholg'u asbobi yoki kishi ovozi o'ziga xos tembrga ega bo'lib, ularda eshitiladigan ma'lum bir baland-likdagi tovushlar o'zlarining rang-barangliklari bilan bir-biridan ajralib turadi.Har bir musiqiy tovush betakror o'ziga xos tembriga, yahni musiqiy rangiga ega. Ovoz tembrlari xususiyatiga ko 'ra mayin, jarangdor, nozik, yo'g'on, ingichka, bo'g'iq, yoqimli kabi his-tuyg'ularni ifoda etadi. Tembrlarning farqlanishi har bir tovushga xos bo'lgan yuqori tonlarning tarkibiga, tabiiy aks sadolarga va ijro mahoratiga bog'liq.

Musiqaning ijrosida musiqiy bezaklarning o'rni ham kattadir. Musiqiy bezaklar kuyning asosiy tovushlarini bezatuvchi ohangdor figuralardir. Musiqiy bezaklarga musiqashunos olim V.Vaxromeev o'zining "Muzikaning elementar nazariyasi" kitobida shunday ta'rif bergan:"Muzika bezaklari o'lchovi o'zlaridan oldin keladigan cho'zimlar yoki bezatuvchi tovush cho'zimiga teng keladi, shuning uchun ularning o'lchov hissalari mazkur taktning asosiy hissalari yig'indisiga qo'shilmaydi. Muzika bezaklarini asosiy tovushdan sekunda oralig'ida joylashadigan yordamchi tovushlar hosil qiladi.

Ular nota yozuvida maxsus belgilar yoki kichik shriftli notalar bilan ko'rsatiladi.2

Musiqada quyidagi musiqiy bezaklar qo'llaniladi: forshlag, mordent, gruppetto va trel va boshqalar. Bu musiqa bezaklari uzun yoki qisqa, asosiy yoki yordamchi tovushlar yordamida ijro etiladi. Ular notaning ust yoki quyi qismlariga yoziladi va o'qilishi orqali kuy ijro etiladi. Musiqiy bezaklar asosan sozandaga musiqa tovushlarini o'z o'rnida to'g'ri qo'llashi va notalarni to'g'ri anglab yetishi uchun muhim ahamiyatga egadir.

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, yoshlarni musiqa ijrochiligi san'ati bo'yicha tarbiyalashda o'zbek xalq cholg'ularining o'z o'rni bor. Bunda yoshlar o'zbek xalq cholg'ularining turlari, tarixi, yasalashi, cholg'ularning tuzilishi, qismlari, sozlanishi, diapozoni, tovush chiqarish madaniyati o'ng va chap qo'l harakati uyg'unligi, ijro

1https://qomus.info/encyclopedia/cat-d/dinamika-uz-2/

2 V.Vaxromeev. Muzikaning elementar nazariyasi. T.: "0'qituvchi"-1980 y.209 bet.

536

http://oac.dsmi-qf.uz

holati va qoidalari, ijrochilik uslublari, shtrixlar turini o'zlashtirish, applikatura, pozitsiya, sozandalik maktabi, cholg'u ijrochilar faoliyati, partitura bo'yicha cholg'ular joylashuvi va cholg'ularni saqlashni o'zlashtiradi. Har bir sozanda yoshlar xalq cholg'ularining rang-barangligini his qilishda dastlabki ijro malakalari, zarblari, temp, o'lchov, ritm, dinamika, ijro mahoratini oshirish uchun gamma, etyudlar, hamda kichik kuylar ijrosini egallashlari orqali o'z bilim va ko'nikmalarini hosil qiladilar. Bu esa o'zbek xalq kuy-qo'shiqlari va jahon klassik asarlari meroslari bilan tanishib, xalq cholg'ularinining rangbaranglidan foydalanish uchun ularning kelgusi faoliyatlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. N.Turg'unova. Cholg'u ijrochiligi. Toshkent. 2020.

2. V.Vaxromeev. Muzikaning elementar nazariyasi. Toshkent. "O'qituvchi",

1980

3. Sh.Raximov, A.Lutfullaev. Cholg'ushunoslik. Toshkent. "Asian Book House".2020.

4. R.Qosimov. An'anaviy cholg'u ijrochiligi. Toshkent. O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi "Fan" nashriyoti.2007.

5. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

6. Talaboev, A. (2021). O'ZBEK XALQ MUSIQA IJROCHILIGI SAN'ATIDA MAQOM JANRINI TIKLASH VA RIVOJLANTIRISH OMILLARI. Oriental Art and Culture, 2(4), 325-333.

7. Nabijonovich, T. A. (2022). RAJABIYLAR SULOLASIGA BIR NAZAR. Oriental Art and Culture, 3(1), 633-642.

8. Talaboyev, A. N. (2021). MAQOM SAN'ATI. MAQOM SAN'ATINI O'RGANISHDA VA UNI YOSH IJROCHILARGA O'RGATISHDA ETIBOR QARATILISHI LOZIM BO'LGAN JIHATLAR. Oriental Art and Culture, 2(4), 149155.

9. Talaboyev, A. N. (2021). Methods of Effective use of Teacher-Discipleship Traditions in Learning the Art of Makom. International Journal of Culture and Modernity, 11, 389-393.

10. Yunusov, G. X., Juraev, I., & Ahmedov, R. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

11. Ahmedov, R. (2021). SAN'ATGA BAXSHIDA UMR. Oriental Art and Culture, 2(4), 50-56.

12. Ahmedov, R. (2021). Murodjon Ahmedov-Fergana Valleys Singer. International Journal of Culture and Modernity, 11, 412-418.

I ibiSi^^Bl ^37 http://oac.dsmi-qf.uz

13. Yunusov, G. Y., Parpiev, A., & Ernazarov, Z. An International Multidisciplinary Research Journal. An International Multidisciplinary Research Journal.

14. Yunusov, G., Juraev, I., & Ahmedov, R. (2020). A look at the regional seasonal folklore and their origin. The role and importance of folklore in the development of dance art. European Journal of Arts, (1), 121-124.

15. Shermatova, X. (2021). MAKTABLARDA O 'QITILAJAK MUSIQA TA'LIMIGA BIR NAZAR: MUSIQA TA'LIMINING SHAKLI VA USULLARI. Oriental Art and Culture, 2(4), 156-163.

16. Tursunov, B. (2021). «DOIRA» CHOLG'USINING PAYDO BO'LISHI. Oriental Art and Culture, 2(4), 83-87.

17. Ismailova, M. (2021). SHOGIRDLARI QALBIDAN CHUQUR JOY OLGAN USTOZ YULDASHEV AHMADJON MIRZAEVICH. Oriental Art and Culture, 2(4), 27-33.

18. Маматов, Ж. (2021). САНЪАТ МУТАХАССИСЛАРИНИ ТАЙЁРЛАШДА ДИРИЖЁРЛИК. Oriental Art and Culture, 2(4), 353-360.

19. Mamatov, J. (2022). Parameters of the Connection between Art and Culture. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(3), 69-76.

20. Madaminov, S. (2021). MUSIQA VOSITASIDA O'QUVCHILARNI MILLIY RUHDA TARBIYALASHGA DOIR TARBIYAVIY ISHLARNI TASHKIL ETISH MASALALARI. Oriental Art and Culture, 2(4), 361-369.

21. Madaminov, S. (2021). The Importance of Music Education in Out-of-School Education. International Journal of Culture and Modernity, 11, 371-377.

22. Yuldashyev, A., & Boboyev, V. (2022). CHOLG'UCHI-SOZANDA TALABALARNI O 'ZBEK XALQ KUYLARI VA BASTAKOR-KOMPOZITORLAR IJODIDAN NAMUNALAR IJRO QILISHLARIDA IJODIY YONDOSHUVCHANLIKKA O 'RGATISH. Oriental Art and Culture, 3(1), 219-225.

23. Юлдашев, С., & Азизов, С. (2022). ХАЛ^ ОГЗАКИ ИЖОДИ СУЗ САНЪАТИ. Oriental Art and Culture, 3(1), 726-734.

24. Yuldashev, A. M., Ortiqov, N. M., & Mirzaev, H. A. (2021). Methods of teaching students to work independently in performing musical instruments. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 656-560.

25. Yuldashyev, A. (2021). "ORKESTR SINFI" FANIDA O 'ZBEK XALQ CHOLG 'ULARI O 'QUV ORKESTR GURUXLARI BILAN ISHLASHNING IJROCHILIK MAXORATINI OSHIRISHDAGI O 'RNI. Oriental Art and Culture, 2(4), 346-352.

538

http://oac.dsmi-qf.uz

26. Yuldashev, A., Azizov, S., & Boboyev, V. (2021). A LOOK AT THE GENRE OF UZBEK FOLK MUSIC. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 226-232.

27. Yuldashev, А., & Azizov, S. (2021). MI Glinka's Place in Music History. International Journal of Culture and Modernity, 11, 228-234.

28. Yuldashev, A., & Akbarov, T. (2022). A Look at the Work of Composer Franz Schubert. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(3), 20-25.

29. Boboyev, V. (2022). The Multifaceted Creative Artist Chokariy-Matyusuf Kharratov. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(3), 77-80.

30. Davlatjon, T. (2022). ESTRADA VA BOLALAR QO'SHIQLARI IJROCHISI, BASTAKOR SH. RAMAZONOV. Oriental Art and Culture, 3(1), 331333.

31. Madalievna, I. S., & Abdurahimovna, J. R. (2021). The Analogies Used in Mukimi's Works. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 9, 95-99.

32. Abdurakhimovna, J. R. (2021, March). LEXICO-SEMANTIC PROPERTIES OF ANTHROPONYMS (On The Example Of Mukimi's Works). In E-Conference Globe (pp. 301-303).

33. Abdurakhimovna, R. J. (2021). Lexemas of meaning of clothes in mukimi's works. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 10(3), 199-202.

34. Juraeva, R. (2020, December). EMOTIONAL-EXPRESSIVES IN WORKS OF MUKUMIY. In Конференции.

35. Жамолиддинова, Д. М., & Тожибоева, Ш. Р. (2016). СЕМАНТИКО-ГРАММАТИЧЕСКИЕ СВОЙСТВА ПАРАНТЕЗ. Ученый XXI века, 68.

36. Жамолиддинова, Д. М., & Тожибоева, Ш. Р. (2016). THE SEMANTIC AND GRAMMATICAL PROPERTIES OF PARANTEZ. Учёный XXI века, (4-1 (17)), 67-68.

37. Султонова, У. С. (2017). КИРИТИШ ВА КИРИТМА ТЕРМИНИ ХУСУСИДА АЙРИМ МУЛОХДЗАЛАР. Интернаука, 8(12 Часть 3), 62.

38. Jamoliddinova, D. M. (2020). TERMINOLOGY AND PROFESSIONAL VOCABULARY. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(10), 294-298.

39. Jamoliddinova, D. (2020). The poetical actualization of terms in the literary works (As the sample of the works of askad mukhtar, abdullah kahhor and ulmas umarbekov). International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(6), 2597-2602.

40. Джамолиддинова, Д. М. (2020). ТЕРМИН ВА СУЗНИНГ ФАР^ЛИ ХУСУСИЯТЛАРИ. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(5).

41. Jamoliddinova, D. M. (2011). Semantic-grammatical and lingvopoetic features of parentheses units in artistic speech. Tashkent: Fan, 93.

I fcOT^^^^H 539 http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.