Научная статья на тему 'MUSIQA IJROCHILARINING KASBIY MAHORATINI OSHIRISHDA MUSIQIY-NAZARIY FANLARNING O‘RNI'

MUSIQA IJROCHILARINING KASBIY MAHORATINI OSHIRISHDA MUSIQIY-NAZARIY FANLARNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
354
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Madaniyat va san'at / sharq allomalari / cholg'u ijrochiligi / dars mashg'ulotlari / musiqa nazariyasi / ritm / temp / dinamika / artikulyasiya / garmoniya / ijro texnikasi. / culture and art / Oriental scientists / Instrumental Performance / lesson classes / music theory / rhythm / tempo / dynamics / articulation / harmony / technique of execution.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Abduvahobov Abdushukur

Ushbu maqolada musiqa ijrochilarining kasbiy mahoratini oshirishda musiqiynazariy fanlarning ahamiyati o'rganib chiqilib, hozirgi kunda musiqaga ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan musiqa ijrochilarining bir qator kamchiliklari yoritib berildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF MUSIC-THEORETICAL SCIENCES IN IMPROVING THE PROFESSIONAL SKILLS OF MUSIC PERFORMERS

In this article, the importance of music-Theoretical Sciences in improving the professional skills of music performers has been studied and a number of shortcomings of music performers currently studying in specialized educational institutions of music have been highlighted.

Текст научной работы на тему «MUSIQA IJROCHILARINING KASBIY MAHORATINI OSHIRISHDA MUSIQIY-NAZARIY FANLARNING O‘RNI»

MUSIQA IJROCHILARINING KASBIY MAHORATINI OSHIRISHDA MUSIQIY-NAZARIY FANLARNING O'RNI

Abduvahobov Abdushukur

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Xalq ijodiyoti: (cholg'u ijrochiligi)

1-bosqich magistr talabasi Ilmiy rahbar: dotsent S.Turatov

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada musiqa ijrochilarining kasbiy mahoratini oshirishda musiqiy-nazariy fanlarning ahamiyati o'rganib chiqilib, hozirgi kunda musiqaga ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan musiqa ijrochilarining bir qator kamchiliklari yoritib berildi.

Kalit so'zlar: Madaniyat va san'at, sharq allomalari, cholg'u ijrochiligi, dars mashg'ulotlari, musiqa nazariyasi, ritm, temp, dinamika, artikulyasiya, garmoniya, ijro texnikasi.

THE ROLE OF MUSIC-THEORETICAL SCIENCES IN IMPROVING THE PROFESSIONAL SKILLS OF MUSIC PERFORMERS

ABSTRACT

In this article, the importance of music-Theoretical Sciences in improving the professional skills of music performers has been studied and a number of shortcomings of music performers currently studying in specialized educational institutions of music have been highlighted.

Keywords: culture and art, Oriental scientists, Instrumental Performance, lesson classes, music theory, rhythm, tempo, dynamics, articulation, harmony, technique of execution.

Mustaqilligimizning ilk yillaridanoq barcha sohalar singari madaniyat va san'at sohasi ham yildan-yilga ravnaq topib bormoqda. So'nggi yillarda madaniyat va san'at ta'limida ko'plab yangi ta'lim muassasalari, yangi yo'nalishlar va ixtisosliklar ochilib soha mutaxassislari ko'lami kengayishda davom etmoqda. Xususan, yurtimiz tarixi, urf-odatlari, xalqimizga xos bo'lgan milliylik ruhini o'zida aks ettirib turuvchi xalq ijodiyoti, ya'ni, folklor, an'anaviy ijrochilik va qo'shiqchilik, xalq cholg'ulari ijrochiligi kabi san'at turlariga bo'layotgan e'tibor sohaga doir bir qator o'zgarishlarga misol bo'la oladi. Ammo yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlardan

qay darajada foydalana olayapmiz degan savol bugungi kunda dolzarb bo'lib bormoqda. Oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimida cholg'u ijrochiligi yo'nalishi bo'yicha ta'lim oluvchilarning soni yil sayin oshib borayotgani ayni haqiqat. Lekin ba'zi ta'lim oluvchilarning va yetishib chiqayotgan ayrim mutaxassislarning bilim nuqta'i nazaridan kamchiliklari yetarlicha. Nota savodxonligi, musiqiy-nazariy fanlarning to'liq o'zlashtirilmaganligi hamda ijro uslublarining bo'lajak o'qituvchi nomiga mos darajada emasligi, kelgusida yetishib chiqajak yosh cholg'u ijrochilarining nomutaxassis holiga kelishiga sabab bo'lmasmikin?

Shu o'rinda yana bir savol tug'uladi, musiqa ijrochilarining kasbiy tayyorgarliklarini oshirishda musiqiy-nazariy fanlarning o'rni nechog'liq yuksak?

Cholg'u ijrochiligi yo'nalishida o'qitish dars mashg'ulotlari shakllarining ko'p qirraliligi bilan ajralib turadi. Yakka dars, ansambl, orkestr, dirijorlik, cholg'ushunoslik, xalq cholg'ularini o'rganish, cholg'ulashtirish shular jumlasidan. Sanab o'tilgan dars shakllari bo'yicha talabalarning dars mashg'ulotlarini puxta egallashlarida musiqiy nazariy fanlarning o'rni muhim sanaladi. Mutaxassislik fanlarining har biri musiqiy-nazariy fanlar bilan chambarchas bog'liq tarzda olib boriladi. Faqatgina cholg'u ijrochiligi emas balki xalq ijodiyoti bilan bog'liq barcha san'at yo'nalishlarida ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchilar ohang, ritm xususiyatlari, garmoniya, polifoniya va uning qismlari, tuzilishi, musiqiy asarning mazmuni, musiqiy harakter va obraz tushunchasi, musiqiy tasvirlarni yorita olish va asosiysi ijro texnikasiga ega bo'lishi lozim.

Musiqa ijrochiligi hamda musiqa ilmi haqida so'z borar ekan avvalo, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Muso al-Xorazmiy, Sayfiuddin al-Urmaviy, Abdulqodir Marog'iy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy kabi sharq allomalarining musiqaga oid risolalari hamda asarlari haqida aytib o'tish joiz. Ularning musiqa ilmiga oid asarlari va risolalarida sharq musiqa nazariyasining ilk negizlari namoyon bo'ladi. Shu bilan birga sharq allomalarining musiqa haqida yozilgan risolalari hamda asarlarida aynan musiqachining mahoratli ijrosi borasida ko'plab fikrlarni ko'rishimiz mumkin. Shu o'rinda Zayniddin Vosifiyning "Badoye ul-vaqoye"sida keltirilgan quyidagi rivoyat musiqa ijrochisining mahoratini ulug'laydi: "Hazrati Dovud payg'ambardan keyin hech kim Hofiz Basirdek xonandalik qila olmas ekan. Shunisi ham mashhurki, uning xonandalik majlisida to'rt kishi vaj holida hushidan ketgan ekan".1

Shu bilan birga Amir Temur saroyida "saroy musiqachisi" Abdulqodir Marog'iy haqida ham shunday rivoyat mavjud: "U, bir vaqtning o'zida bir qo'li bilan ramalni (24 naqra), yana bir qo'li bilan xafifni (16 naqra), bir oyog'i bilan virshoni

1 O. Ibrohimov - A.Navoiyning samo falsafasi. Tashkent, Uzbekistan

Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash Providing the integrity of music education in instrumental performance

, y

(16 naqra), yana bir oyog'i bilan foxitiyni (20 naqra) ijro etar edi". (Ramal, xafif, virsho, foxitiy- urma-zarbli cholg'ular: "naqra"- zarb,taqillatish ma'nosida) Bunday mahorat ila musiqa ijro etishda albatta sozanda mukammal ijro texnikasi va musiqa ilmi, musiqa nazariyasini mukammal egallagan bo'lishi lozim.

Musiqa nazariyasi - musiqashunoslikning bir qismi bo'lib, etimologik jihatdan musiqani tafakkur qilish ma'nosida tushuniladi. Nazariya (ta'limot, qoidalar majmui) - voqealik qonuniyatlari va undagi muhim aloqalar haqida butun tasavvur beradigan bilim shakli. Nazariya hamma vaqt amaliyot bilan uzviy bog'liq bo'ladi va

"5

shundagina u harakat va rivojlanishning quroliga aylanadi. Musiqa nazariyasi musiqa ijrochilarining mukammal ijrosi uchun zarur bo'lgan barcha qonun q oida va tushunchalar ta'limoti hisoblanadi. Nota cho'zimlari, tonalliklar, alteratsiya belgilari, ritm, temp, dinamika, artikulyasiya, lad va nota yozuvini o'qish va ijro qilish davomida muhim bo'lgan belgi hamda tushunchalar musiqa asari ijrosi davomida professionalizmlikni ta'minlaydi. Xalq ijodiyoti yo'nalishida tahsil olayotgan ayrim talabalar, ayniqsa, an'anaviy ijrochilar va folklor yo'nalishida tahsil oluvchilarda musiqa nazariyasi bilimlarini egallash bo'yicha qator kamchiliklar mavjud.

Musiqiy ijro davomida eng oddiy tushuncha ritm hamda temp tushunchalari mavjud. Ular eng oddiy ammo eng asosiy tushunchalardan hisoblanadi. Aynan ushbu ikki tushuncha musiqa ijrochisining mahorati va qobiliyatini belgilab berish imkoniyatiga ega ekanligi shubhasiz. Ritm tushunchasi yunon tilidan olingan bo'lib "rhythmos" oqim, marom degan ma'nolarni anglatadi. Musiqiy ritm - bu metr hissalarini o'zaro uyushib kelishi va ularning izchilligidir4. Ritm musiqiy ifoda vositalaridan biri bo'lib, kuy tuzilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Tovushlarning o'zaro metrik jihatidan to'g'ri taqsimlanishi natijasida ritmning ravonligi ta'minlanadi. Har bir kuchli va kuchsiz hissalarning o'zaro bir maromda kelishi ritmning asosiy mezonidir. Temp esa musiqa asarining belgilangan ijro sur'atini va tezligini ifodalaydi. Temp o'z o'rnida vazmin (largo, lento, adajio, grave va boshqalar), o'rtacha ( andante, andantino, moderato, allegretto va boshqalar) va tez (allegro, vivo, vivace, presto, prestissimo va boshqalar) kabi turlarga bo'linadi. Musiqiy asar davomida belgilangan tempni bir maromda his qilish va ijro vaqtida uni qo'llay olish ijrochining qobiliyati va musiqiy savodini belgilab beradi. Ushbu ikki musiqiy tushuncha musiqa va san'at maktablarining boshlang'ich mavzulari hisoblanadi. Ammo, hozirgi kunda hatto oliygoh talabasi darajasidagi musiqa ijrochilarida ham ritm va tempni his qilish qobiliyatlari rivojlanmaganligi, ritm va tempning bir maromda emasligi va shu kabi muammolar ko'zga tashlanadi. Musiqa va san'at maktablarida cholg'u ijrochiligi bo'yicha kirish imtihonlarida o'quvchining

2 Shodmonov Nafas -Xoja Abdulqodir Marog'iy.- Toshkent, 2000. 22b

3 O'zbekiston milliy ensiklopediyasi 1-jild T.2000

4 Sposobin I.V- Elementar musiqa nazariyasi

muayyan tempni his qila olishi birinchi navbatta tekshirilishi ham bejiz emas. Shu bilan birga musiqaning inson ongi va rnhiyatiga ta'sir etishida musiqa asarida qo'llanilgan dinamika, artikulyasiya va garmoniya ham muhim hisoblanadi.

Dinamika - musiqiy asarning nota yozuvida va uni bevosita ijro etishda tovushlar sadolanishining baland yoki pastligi va o'zgamvchanligi, musiqiy ifodaning muhim vositalaridan biгi bo'lib, xalq ijodiyoti hamda akademik ijrochilikda qadimdan qo'llanib kelingan. Ushbu atama ilk bor amaliyotda shvetsar musiqa o'qituvchisi X.Negeli tomonidan joгiy etilgan.5 Dinamika kuchli (forte, fortissimi, metsoforte), kuchsiz (piano, metsopiano, pionissimo), o'zgaravchan (crescendo, diminuendo va boshqalar) turlari mavjud. Musiqiy asar ijrosi davomida ijrochi dinamik belgilarni to'g'гi qo'llay olishi asar mazmunini tovushlarning baland yoki pastligi orqali ifodalab berishda xizmat qiladi. Asar xarakterini ijro uslublari orqali ifodalashda artikulyasiya belgilari, shtrixlar hamda "ornomental" usullar, bezak kabilar keng qo'llaniladi. Musiqiy asar xarakter jihatdan tinglovchiga ma'lum bir fikrni tasvirlaydi, fikr esa albatta iboralardan iborat, iboralar o'z navbatida so'zlarda qo'llanilgan artikulyasiya orqali hosil bo'ladi.

Artikulyasiya - lotincha "artikuo" so'zidan olingan bo'lib, bog'inlamoq, qismlarga bo'lib ijro qilmoq ma'nolarini anglatadi6. Artikulyasiyaning ligato, stakkato, markato, portamento, spikato va boshqa turlari mavjud bo'lib, musiqa asari ijrosida juda muhim belgilardan biri hisoblanadi. Bu borada nemis kompozitori Teodor Vimayer shunday deydi! - "Ibora bu og'zaki nutqdagi tinish belgilariga o'xshaydi, artikulyasiya esa alohida so'zlarning talaffuzi kabidir. Iboralar ichida so'zlar bog'lanmasi uchun artikulyasiya zarur" Darhaqiqat, musiqa ham badiiy asar singari ma'lum bir fikrni eshituvchiga yetkazib berishni maqsad qiladi. Fikrning tinglovchiga to'g'ri va o'z mazmuniga mos tarzda yetib borishida musiqa ijrochisining artikulyasiya belgilarini o'zlashtirganlik darajasi muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Har bir musiqa ijrochisi xonanda, cholg'u yoki vokal ijrochisi bo'lishidan qat'iy nazar, ijro qilinayotgan asar mazmunini tahlil qila olish, asar ichidagi asosiy motivni his qila olish va qo'llanilgan garmoniyalarni idrok qilish orqali asar kim tomonidan, kimga qarata, qay maqsadda yo'naltirilganligini tushuna olishi lozim. Ana shundagina mukammal ijroga erishish mumkin bo'ladi. Mukammal ijroning hosil bo'lishida albatta musiqiy asar davomida qo'llanilgan garmoniyalarni his qila olish hamda unga monand tarzda ijro etish musiqachidan a'lo darajadagi nazariy bilimlarni talab qiladi.

Garmoniya (yunoncha "harmonia" - bog'lanish, mutanosiblik) - bu ko'p ovozli musiqaning asosiy ifoda vositalaridan biridir. Bunda asar mazmuni kuy rivoji

5 Yu.V.Keldsh-Musiqa ensiklopediyasi 1973

6 Yu.V.Keldsh-Musiqa ensiklopediyasi 1973

Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash Providing the integrity of music education in instrumental performance

bilangina emas, balki unga hamohang bo'lgan turli akkoгdlaгning almashinuvi yordamida ifodalanadi. Garmoniya muayyan lad va tonallikga oid akkordlarning sadolanish xususiyatlariga hamda ulaming musiqa jarayonidagi tuгg'unligi yoki beqarorligiga asoslanadi. Odatda bosh melodiya yuqori ovozda bayon etilib, qolgan ovozlarda unga uzviy bog'liq bo'lgan kuy parchalari ham ma'lum gaгmoniya majmuini tashkil etishi mumkin. Garmoniya musiqa nazariyasidan keyingi bosqichda o'tiladigan fan sifatida musiqa musiqaga ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalaгi fan dasturiga kiгitilgan. Bundan ko'zlangan maqsad ham aynan musiqa ijrochiligida ijro qilinayotgan asarga tahliliy yondashuvni shakllantirish va ijrochida garmoniya va sola uyg'unligini his qilish ko'nikmasini hosil qilish hisoblanadi. Umuman olganda musiqa ijrochiligi ta'limida musiqiy-nazariy fanlarning o'tilishi ijrochida musiqa va uning tarkibiy qismlari, uning tahlili va ijro uslublaгi bo'yicha mukammal tushunchalaгga ega bo'lishi hamda musiqiy-nazariy fanlami amaliyot bilan bog'lash ko'nikmalarini hosil qiladi va bulaming baгchasi yakka daTs mashg'ulotlaгining samaгali va mazmunli o'tishiga hissa qo'shadi.

Xulosa qilib aytganda, musiqa ham badiiy asar singari inson tarbiyasi va psixologiyasini ijobiy yo'nalishga o'zgartirishda yordam beradi. Badiiy asarda harflaг musiqada esa notalar ma'lum biг fikrni tinglovchiga yetkazish uchun xizmat qiladi. Har bir musiqiy asar negizida bir inson, millat yoki jamiyatning tarixi yashirin va u insonga tarbiyaviy ozuqa berish maqsadida bizga taqdim etiladi. Ijro qilinayotgan musiqiy asar xarakteridagi ma'no va mazmunni to'liq anglagan holda ijra qilish musiqa ijrochilarining asosiy vazifasi hisoblanadi, shunday ekan mutaxassislik fanlari bo'yicha imtihonlar jarayonida har Ыг ijra qilingan musiqa asarining tahlili, harakteri va asar davomida uchraydigan atamalar yuzasidan savol va topshiriqlar berilishi talabalar o'rtasida har biг asarni mukammal o'rganishga bo'lgan xohishni uyg'otadi va shu tariqa ijrochilarda nazariy bilimlar darajasi kengayib boraveradi. Musiqiy-nazariy fanlar musiqa ijrochilariga o'z ijгo mahoratini oshiгishlaгida, xalqaгo va гespublika ko'rik-tanlovlarida ham g'alaba qozonishi, shu bilan birga kasbiy tayyorgarligining oshishida asosiy omil bo'lib xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Sposobin I.V - Elementar musiqa nazariyasi. 1951 -y.

2. Shodmonov Nafas-Xoja Abdulqodir Marog'iy.- Toshkent, 2000-y.

3. Bershadskaya T.S - Musiqa nazariyasi. 2003-y.

4. Keldish Yu.V - Musiqa ensiklopediyasi. 1973-y.

5. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi 1-jild T.2000-y.

6. O.Ibrohimov - A.Navoiyning samo falsafasi. Maqola.

7 O'zbekiston milliy ensiklopediyasi 1-jild T.2000y Tashkent, Uzbekistan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.