Научная статья на тему 'CHOLG‘U IJROCHILIGIDA O‘ZBEKONA MELIZMLARNING IJROCHILIK XUSUSIYATLARI'

CHOLG‘U IJROCHILIGIDA O‘ZBEKONA MELIZMLARNING IJROCHILIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
99
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Musiqiy cholg‘ular / “qochirim” / “to‘lqinlatish” / “nolish” / “kashish” / “molish” / Sayqal / Bildratma

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Shuhrat Talipovich Almatov

Ushbu maqolada o‘zbek milliy cholg‘u ijrochiligida qo‘llaniladigan bezaklar, nola qochirimlar va ularning ijrochilik xususiyatlari to‘g‘risida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHOLG‘U IJROCHILIGIDA O‘ZBEKONA MELIZMLARNING IJROCHILIK XUSUSIYATLARI»

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 4 Issue 1 / February 2023

CHOLG'U IJROCHILIGIDA O'ZBEKONA MELIZMLARNING IJROCHILIK XUSUSIYATLARI

Shuhrat Talipovich Almatov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada o'zbek milliy cholg'u ijrochiligida qo'llaniladigan bezaklar, nola qochirimlar va ularning ijrochilik xususiyatlari to'g'risida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: Musiqiy cholg'ular, "qochirim", "to'lqinlatish", "nolish", "kashish", "molish", Sayqal, Bildratma

PERFORMANCE CHARACTERISTICS OF UZBEKAN MELISMS IN

INSTRUMENT PERFORMANCE

Shuhrat Talipovich Almatov Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article discusses the ornaments used when performing on the Uzbek national instruments and their performance characteristics.

Keywords: Musical instruments, "kochirim", "moaning", "nolish", "kashish", "molish", Saikal, Bildratma

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda madaniyat va san'at sohasini rivojlantirish, jahon miqyosidagi ilg'or tajribalar asosida zamonaviy madaniyat va san'at muassasalari barpo etish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ijodkor ziyolilarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash masalalariga davlatimiz tomonidan ustuvor ahamiyat qaratib kelinmoqda.

O'zbek xalqining bebaho boyligi hisoblanmish milliy musiqiy cholg'ularimiz o'zining betakrorligi, naqsh bezagining jozibadorligi, ovoz tarovatining rang-barangligi va ijro imkoniyatlarining beqiyosligi bilan milliy musiqiy madaniyatimizda alohida o' rin tutadi.

Musiqiy cholg'ular azal-azaldan o'zbek xalqining ma'naviy hayotida muhim ahamiyat kasb etib, kundalik turmush tarzi bilan chambarchas bog'lanib ketgan. Ular hozirgi kunda ham kishilar dunyoqarashining shakllanishida o'ziga xos xususiyatlarga ega. Ayniqsa, cholg'u ijrochiligi san'ati ajdodlarimiz tomonidan asrlar davomida noyob estetik vosita sifatida shakllanib, nafaqat musiqa ilmida, balki zamonaviy musiqa ijodiyotidaham katta qiziqish uyg'otib kelmoqda. Uning barcha

o'ziga xos xususiyatlari va qirralarini o'rganish esa cholg'u ijrochiligi amaliyotini boyitishga yordam beradi.

Uzoq tarixiy rivojlanish davomida turli xalqlar musiqa amaliyotida o'zining tuzilishi, tovush hosil qilishi, ijro va ifoda imkoniyati jihatidan xilma-hil zarbli cholg'ularning turlari shakllangan. Taniqli olima T.Vizgoning ma'lumotiga ko'ra mudovara (tarelka) harbiy cholg'ular qatoridan ham o'rin olgan. Misli mudovara (sanj)lar ham meloddan uch ming yil oldin ma'lum bo'lsa-da, zamonamizgacha xuddi doyra cholg'usidek o'z shaklida yetib kelgan. Zarbli cholg'ular - doyra, debu, daff, daz, dov, sanj, g'o'lachalar meloddan ikki ming yil muqaddam (nisoniylar davri) vujudga kelib, turli shakllari, tuzilish va zarblari bilan takomillashib bizgacha yetib kelgan.

Xalq cholg'ularini o'rganish bo'yicha ma'lumotlar bir qator olimlarning ilmiy tadqiqotlarida o'z aksini topgan. Shuningdek, V.Belyaevning - "O'zbekiston musiqa cholg'ulari" (1933), R.Gruberning - "Musiqa madaniyati tarixi" (1941), I.Rajabovning - "Maqomlar masalasiga doir" (1963), A.Karomatovning - "O'zbek cholg'u musiqasi" (1972), T.Vizgoning - "O'rta Osiyo musiqa cholg'ulari" (1980), A.Petrosyansning - "Cholg'ushunoslik" (1990), A.Odilovning - "O'zbek xalq cholg'ularida ijrochilik tarixi" o'quv qo'llanmasi (1995), A.Lutfullaev va T.Solomonovaning - "O'zbek xalq musiqa cholg'ulari" o'quv-uslubiy qo'llanmasi (2005), A.Tashmatovaning - "Musiqiy cholg'ular muzeyi Katalogi" (2006), A.Lutfullaevning - "O'zbek xalq cholg'ularida ijrochilik san'ati tarixi" o'quv qo'llanmasi (2006), S.Sayidiyning - "Markaziy Osiyo madaniyatida urma cholg'ular" nomli o'quv qo'llanmasi (2008) o'zbek xalq cholg'ularini o'rganishga bag'ishlangan asarlardir.

Qayd etish joizki, cholg'ular, cholg'u musiqasi hamda ijrochiligi azal-azaldan bir-birini to'ldirib, rivojlanishiga va takomillashishiga zamin yaralib kelgan. Ijrochilik mezonining rivoji cholg'ular ko'lamini kengaytirish, imkoniyatlarini oshirish uchun xizmat qilgan. O'zbek an'anaviy cholg'ularining tarixiy shakllanishi ham bir qator xalq milliy an'analari negizida qaror topgan. Kasbiy musiqaning ijodiyoti va uning rivoji aynan cholg'ular bilan chambarchas bog'liqligini qayd etib o'tish lozimdir. Chunonchi, mumtoz ijodiyot cholg'ularning mukammallik xususiyatlarini namoyish etibgina qolmay, ularning rivojiga ham o'z ta'sirini ko'rsatib kelgan. Shu bois, cholg'ular va cholg'u musiqasi an'analari o'zining shakllanish davri, ya'ni qadim zamonlardan xalq musiqa madaniyatining asosiy omillaridan biri sifatida muhim ahamiyat kasb etib kelgan.

"O'zbek musiqachisi o'zini nega o'zbek musiqasiga ta'luqliligini chuqurroq anglamoqchi bo'lsa, u avvolo o'zining ijrosida o'bekonalikni ohangga aylantirib berayotgan unsurlarini (element) imkon qadar ilg'ashi kerak. Bu unsurlarga musiqamizdagi nola, bezak, qochirim, pardalar, tovush qator va xokazolar kabi

I icclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz

tushunchalar kiradi. Musiqachi ijro vaqtida ushbu unsurlardan son sanoqsiz holda foydalanadi. Lekin, har doim ham o'zi DchizganD ushbu musiqiy naqshni o'zi aniq o'lchamga solib bera olmaydi. Har bir ijodkor o'z ustida ishlar ekan, san'atning ana shu chuqur olamlarigacha anglab yetish, eng noyob javharlarini izlab topishga urinadi"1.

Odatda o'zbek xalq va ustozona musiqa ijrochiligida oddiy tovushlarni turli xildagi bezak va sayqallar bilan boyitib ijro etish muhim mezonlardan hisoblanadi. Zero, tovushlarni sayqal bilan ijro etish har bir Sharq xalqlari musiqa jrochiligiga xos an'anadir. Bu omil ohang mazmunini boyitib, turli xalqlar musiqiy ruhiyatining o'ziga xos ifodasi demakdir.

Milliy musiqa ijrochiligida qo'llaniladigan bezaklarning maxsus atamalar bilan nomlanishi ko'pchilik xonanda va sozandalarga ma'lum. Masalan: "qochirim", "to'lqinlatish", "nolish", "kashish", "molish" va boshqalar. Ularning ayrimlari tovushning sifatini belgilaydi.

Qochirim - oddiy va murakkab melizm (kuyni turlicha qisqacha tovushlar bilan bezatuvchi belgi)larning barcha turini o'z ichiga oladi;

Bezaklar - forshlaglar turlari;

Bildratma - trellar turlari;

Sayqal - mordentlar turlari;

O'zbek an'anaviy musiqasida qo'llaniladigan bezaklarni uch guruhga bo'lish mumkin:

1. Oddiy - bir tovushdan tashkil topgan;

2. Qo'sh - ikki tovushdan tashkil topgan;

3. Uchtalik - uch tovushdan tashkil topgan.

Ijroda bu bezaklar yangrashi lozim bo'lgan tovushlar hisobida bo'ladi.

"SAYQAL (mordent) - bildratmadan tamomila farq qiladi. Agar bildratma uzun va qisqa notalarga (nota cho'zimiga qarab) bevosita taaluqli bo'lsa, sayqal uch yoki besh tovushdan tashkil topadi. Uni ijro etishda dastlabki asosiy notadan uni cho'zimini yarmigacha qisqartiriladi. Sayqalni nota yozuvida quyidagicha belgilaymiz:"2

1' r r » 3»

<.0 • --I 1«= J-- = 1

1 Manba: http://musicuzbekistan.com/index_uz.htm

ABROR ZUFAROV. "Asil ohangni izlab...". O'zbekiston mumtoz musiqasi.

2 Pu^aTH^a KOCHMOB,. AHbaHaBHÖ TaH6yp H^ponH^ura: MagaHHHT^affbaT KOïïœ^apH Ba OOTH yKyB ropraapu ynyH gapcnHK. - T.: «^ymoH», 2002. - 88 6.

I jbÄÜ^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

a) uch tovushdan iborat sayqal - oddiy mordentning melizmatik belgisi bilan belgilanadi. Yuqoridagi ko'rsatma-tovushlar oralig'ini anglatadi:

b) pastda yotuvchi yordamchi tovush - oddiy o'chirilgan mordent belgisi bilan balgilanadi. Yuqoridagi ko'rsatma-tovush oralig'idir:

c) besh tovushdan iborat sayqal -mordentning melizmatik bclgisi bilan belgilanadi. Yuqoridagi ko'rsatma tovushlar oralig'idir:

d) pastga yotuvchi yordamchi tovush ton yoki yarim ton - qo'sh chizilgan mordent belgisi bilan belgilanadi:

An'anaviy ijrochilikda sayqalning yuqorida keltirilgan barcha shakllari asosan torga bir zarb berish bilan ijro etiladi. Bu zarb asosiy tovushga to'g'ri keladi. Bunda mordentlarning (bittalik, qo'shaloq, chizilgan) hamma belgilari ustiga qo'shuv belgisi qo'yiladi.

To'lqinlatish - (vibrato) deyarli barcha xalq cholg'ulari va ashula ijrochiligi uchun xos bezak. Misol uchun tanbur sozida barmoqni pardaga bosib noxun bilan urilgandan so'ng barmoqning o'zida torni vertikal xolda bosib titratish yo'li bilan hosil qilinadi. Shuningdek, ushbu bezakdan butun, yarimtalik, choraktalik va nimchorak notalarni ijro etganda foydalanish mumkin.

Nolish - yarim tongacha bo'lgan o'ziga xos yirik bildratma. Tanburni chalganda bu usul chap qo'l barmoqlarini bir tekisda dastada vertikal, chuqurroq, bosib

xrakatlantirish bilan ijro etiladi. Bu bezak ^ belgisi bilan belgilanadi.

Molish - barmoqni bir tovushdan ikkinchi tovushga ohangdor, ohista sirg'altirish usuli. U "glissando"ga yaqin bo'lib, badiiy talqin etishning muhim vositalaridan hisoblanadi. Shu bilan birga, tovush chiqarishning bir necha turlari bilan xarakterlanadi:

a) kvartadan oktavagacha va undan ham ortiq intervallarda (pastdan yuqoriga, shuningdek, ba'zi xollarda yuqoridan pastga) bir tovushdan ikkinchi tovushga sirg'alib o'tish. Bunda sirg'alish boshlang'ich tovushni oluvchi barmoqdan boshlanadi, keyingi ton boshqa barmoq bilan olinadi;

b) kichik va katta sekunda hamda tersiya intervallarida pastdan yuqoriga va yuqoridan pastga bir tovushdan ikkinchi tovushga bir barmoqda sirg'alib o'tiladi. Bir barmoqning sirg'alishi boshqa (yuqoridagi yoki pastdagi) barmoq bilan almashtirilgan usul ham uchrab turadi.

v) barmoqning bir necha yondosh tovushlar (ton yoki yarim ton) buyicha birin-ketin sirg'alishi. Bu usul faqat bir barmoq bilan bajariladi.

Molish an'anaviy musiqa ijrochiligida keng qo'llaniladi.

"Kashish - yarim va chorak ton oralig'idagi yuqoridan pastga qarab jaranglaydigan glissando ko'rinishidagi bezak. Changda har ikki qo'lning yengil va tez harakati bilan erishiladi"3

Xulosa o'rnida shuni alohida ta'kidlashimiz mumkinki, o'zbek milliy musiqa ijrochiligida har bir soz o'zining takrorlanmas ovoz tarovati, mungli, o'ynoqi, sho'xchan nola qochirimlari bilan bir-biridan tubdan farq qiladi. Eng asosiysi ushbu nola qochirimlar, o'zbekona melizmlar milliy musiqa ijrochiligimizning o'ziga xoslik jihatlarini ochib berishda xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Rozaxon Haydarova. An'anaviy cholg'u ijrochiligi (chang): o'quv qo'llanma Toshkent: "Musiqa", 2021, 168 b;

2. Pn^aranna KOCHMOB,. AHtaHaBHH TaH6yp H^poHunHrn: MagaHH^T, caHtar Konne^napn Ba ohhh yKyB ropraapn ynyH gapcnuK. - T.: «^ynnoH», 2002. - 88 6;

3 Rozaxon Haydarova. An'anaviy cholg'u ijrochiligi (chang): o'quv qo'llanma Toshkent: "Musiqa", 2021, 168 b.

138

3. Rifatilla Qosimov. O'quv qo'llanma. Ikkinchi nashr. - Toshkent: "Musiqa", 160 b;

4. Abror Zufarov. "Asl ohangni izlab" O'zbekiston mumtoz musiqasi. http://musicuzbekistan.com/index_uz.htm .

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.