Научная статья на тему 'VOKAL-XOR SAN’TI TARIXINING ZAMONAVIY SAN’AT BILAN UZVIYLIGI'

VOKAL-XOR SAN’TI TARIXINING ZAMONAVIY SAN’AT BILAN UZVIYLIGI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
266
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
vokal / primar jarang

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Shavkat Axmedovich Turdiyev

Maqolada vokal san’ati tarixi xaqida, buyuk namoyondalar ijodlaridan ma’lumotlar, ovoz imkoniyatlari tembr, tassitura, diapazon, o‘tish notalari va primar jarang kabi belgilar, vokal ishi ovoz va musiqiy imkoniyatlar hamda zamonaviy san’at bilan bog‘liklik bo‘yicha asosiy tamoyillar xususida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «VOKAL-XOR SAN’TI TARIXINING ZAMONAVIY SAN’AT BILAN UZVIYLIGI»

VOKAL-XOR SAN'TI TARIXINING ZAMONAVIY SAN'AT BILAN

UZVIYLIGI

Shavkat Axmedovich Turdiyev

QDPI

Annotatsiya: Maqolada vokal san'ati tarixi xaqida, buyuk namoyondalar ijodlaridan ma'lumotlar, ovoz imkoniyatlari tembr, tassitura, diapazon, o'tish notalari va primar jarang kabi belgilar, vokal ishi ovoz va musiqiy imkoniyatlar hamda zamonaviy san'at bilan bog'liklik bo'yicha asosiy tamoyillar xususida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: vokal, primar jarang

THE CONTINUITY OF THE HISTORY OF VOCAL-CHORAL ART WITH

MODERN ART

Shavkat Akhmedovich Turdiyev

KSPI

Abstract: The article contains information about the history of vocal art, information from the works of great artists, features of voice such as timbre, tassura, range, transition notes and primary tone, vocal work, voice and musical possibilities, and connection with modern art. the main principles are discussed.

Keywords: vocal, primary sound

XX asrning 20 - yillarida yaratilgan dastabki qo'shiqlar asosan xalq farovonligi, fidokor mehnatkashlar hayotini ifodalashga qaratilgan bo'lib, ushbu janrda jonbozlik ko'rsatgan bastakor va kompozitorlar qo'yidagilar edi: To'xtasin Jalilov, Yunus Rajabiy, Komiljon Jabborov, Imomjon Ikromov, Fahriddin Sodiqov. 30-yillarga kelib janr rivojiga taniqli bastakor - kompozitorlardan - tashqari Toshkent davlat konservatoriyasining talabalari ham o'zlarining beqiyos hissalarini qo'sha boshlaydilar. Xususan: M.Burhonovning "Tabassum qilmading hech...", "Ey bulbul, girya makun" romanslari, A.Kozlovskiyning "Tanovar", "O'zgancha", "Gul yuz uzra", "Fig'on" kabi vokal - simfonik asarlarini misol tariqasida keltirib o'tish mumkin. Keyingi yillarda vokal musiqa yangi janr turlari bilan boyidi. Mavjud qo'shiq va romanslardan tashqari a'kapella xorlari, yirik 102 vokal shakllar sohasida esa kantata, oratoriya va syuitalar yuzaga keldi. Qo'shiq janri rivojiga beqiyos hissa qo'shgan keksa avlod kompozitorlardan T.Sodiqov, M.Burhonov, M.Ashrafiy, M.Leviyev, S.Yudakovlarning nomini alohida eslab o'tish joiz. Bastakorlar o'zbek milliy usullari negizida vals usuliga ko'proq murojaat eta boshlaydilar. Misol

tariqasida Nabijon Hasanovning "Toshkent piyolasi", "Dilrabodan bu chiroy" qo'shiqlarini keltirish mumkin. Shuningdek mazkur janr rivojida O'zbekiston (gimn) madhiyasini (1946) yaratish yuzasidan e'lon qilingan tanlov ham ulkan ahamiyat kasb etadi. Ko'plab kompozitorlar o'z ijod namunalari bilan ishtirok etishlariga qaramay, M.Burhonov tomonidan yaratilgan. Asar o'zining yorqinligi va kuychanligi bilan O'zbekistonning yangicha hayot muhitini o'ziga xosligini namoyon etadi. Folklorning an'anaviy janrlariga ijodiy yondashgan va turli usullarni qo'llagan holda O'zbekiston kompozitor (D.Zokirov, X. Rahimov, I.Akbarov, S.Yudakov) larining yangi qo'shiqlairi vujudga kela boshlaydi. Umuman O'zbekiston kompozitorlarining qo'shiq janrida samarali ijod etishlariga, umrboqiy ijod namunalarini yaratishga xalq ijodiyoti bilan uzviy bogiiqlik asosiy omil sifatida xizmat qilishi begumon. Romans janrining rivojiga 1948-yilda Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligi va 1949-yilda A.S.Pushkin tavalludining 150 yilliklari munosabati bilan o'tkazilgan romanslar tanlovi ulkan hissa qo'shdi. Mazkur tanlov romans janri o'zbek musiqasi uchun yaqin, xalq aytim san'atiga bevosita bog'liqligini namoyon etdi. Davrning eng sara romanslari qatoriga S.Yudakovning Navoiy matni asarida bastalagan "Basandast" romansini keltirish joiz. Romans band shaklida, folklor an'analariga tayanga holda yaratilgan. A.Navoiy tavalludining yubileyi munosabati bilan yaratilgan yana bir e'tiborga molik asar - M.Leviyev qalamiga mansub "Dilistonim sen mening" romansidir. Romansda kompozitor rechitativga murojaat qilgan boiishiga qaramay, kuy talqini o'z xususiyatini saqlab qola olgan.

Romans janriga taalluqli asarlar milliy musiqadagi turli xil uyg'unliklar me'yorida ishlatilganligi bilan qiziqarli. Bu o'zbek musiqasi ritmik aylanma va parda intonatsiyasi uchun tabiiy birikmalar (melodik yurishlar, past turdagi melodik harakatlar va avjning "nolalari", romanslarda noturg'un pog'onalaming yetishmasligi, sinkopik ritmlar), yevropa professional musiqasida tarkib topgan. Buning natijasida o'zbek musiqasida yangi - romans janri paydo bo'ldi. Romansning obraz qatorida, uning musiqiy tilida, milliy an'anaviy meros boyliklarini aniq, ravshan ko'rish mumkin. 30-yillaming ikkinchi yarmiga kelib ovoz va orkestr uchun yozilgan dastlabki katta asarlaring paydo bo'lishi kiradi. Katta e'tibor bilan A.F.Kozlovskiyning simfonik orkestr jo'rligidagi ayollar ovozi uchun yozilgan partituralar ijro etilgan. Bu asarni yaratishda kompozitor keng tarqalgan xalq qo'shiqlari "Tanovar", "O'zgancha", "Gulyuz uzra", "Fig'on" musiqalaridan foydalangan, Mazkur asarlar Moskva konservatoriyasini tamomlab, 1936-yilda Toshkentga kelgan A.F.Kozlovskiyning o'zbek folklori asosida qayta ishlangan kuy namunalarining ilk tajribalaridan biridir. Partituralarning barchasi 1938-yilda vujudga kelgan. Muallifning aytishicha o'zbek xalq san'atini o'rganish ishlariga ikki yil ketgan. Kozlovskiy yon daftarchasidan hech ham ayrilmagan, qayerda qanday kuy tinglasa, xoh cholg'u kuyi boiadimi, xoh raqs kuylari, xoh qo'shiqlar deyarli

barchasini mana shu yon daftarchasiga yozib borishga harakat qilgan. Bu musiqiy folklor yozuvlari keyinchalik musiqa asarlarining yaratilishida katta rol o'ynagan. "Men ishondim, kompozitor uchun aynan o'zining xalq musiqalari yozuvlaridan foydalanish zarur. Tembrlarni nota yozuvlariga tushirib bo'lmaydi va yozuvlar - bu sxema" - deydi A.F.Kozlovskiy. O'zbek xalq san'atiga boigan asl muhabbat, milliy nolalaming chuqur xarakterli xususiyati A.F.Kozlovskiyning partituralarida ko'rsatilgan. Bu asarlarda "qayta ishlash" termini kam ishlatilgan. Ularning formasi qanchalik rivojlangan boisa, uning fakturasi shunchalik chiroyli, simfonik orkestrning o'mi qanchalar yuqori boisa, ular vokal simfonik poema sifatida qabul qilinadi. Xalq kuylaridan — dardli "Tanovar", nafis "O'zgancha", yorqin, lirik xarakterli "Gulyuz uzra" va fojiyaviy asar "Fig'on", asarlarni kompozitor boy simfonik imkoniyatlar orqali rivojlantirish, ularga yanada jozibali sayqal berish mumkinligini yaxshi anglairdi. Kuylaming asos kuy negizini saqlab qolgan holda, asosini o'zgartirmasdan, simfonik orkestrning vositalari fonnasini rivojlantirishga erishdi. Kuylar orasida ayniqsa "Tanovar" kuyi o'zgacha rang va boy sayqalga ega asar sifatida gavdalandi. "Tanovar" O'zbekiston xalq lirik qo'shiqlari ichida eng mashhuri bo'lib, Farg'ona folklorining xususiyatlari bilan sahnalashtirilgan. Sekin usulda yozilgan kuy, shiddatli yuksalish yumshoq va ravon kamayishlar bilan o'zgaradi. Ritmik ko'rinishning sinkopalari, ko'tarilish paytidagi keng ifodali mavzusi va qaytish paytida toliqqan intonatsiyalar, kuy jarayonlaming qaytarilishi, har bir bo'limning tugallanishi va ko'p shakllarda qollanilgan asosiy butunlik - bulaming barchasi aniq muhabbatning poetik obraziga, qahramonlaming nozik iztirobi, she'rlarda xalq qo'shiqlarinmg kiritilganiga va uning musiqasi chuqur o'zgarishlariga ega boigan. Xalq yodidagi bu chiroyli namunani garmonlashtirib Kozlovskiy o'ziga xos ladlaridan frigiy ladini saqlab qolib, yorqin xarakterli "Tanovar" asarini yaratdi. Aynan shu sabab kompozitor asar yaratishda subdominanta guruh akkordidan foydalangan. Buni asarning boshlanishidan orkestrning kirish qismidanoq guvoh bo'lish mumkin. O'zbek xalq musiqasining xususiyatlaridan noturg'un II, III, IV, VII pog'onalari "Tanovar" garmoniyasida ham mavjud. Bunday usullar garmoniya ifodali xususiyatlarini kengayishiga olib keladi, uning xalq ladlari tarkibini boyitadi. Orkestr kirish qismining rivojlanishi poemaning asosiy qismiga olib keladi. Bu yerda qo'shiqchi "Tanovar" mavzusirii ijro etadi. Unga usul sifatida "re" notasining organ punkti va ko'chirma ko'rinishning xususiyatlari xizmat qilgan. "Tanovar"ning organ punkti nafaqat konstruktiv, balki rang-bo'yoq jihatidan ahamiyatga ham ega. Qiyin subdominanta garmoniyasi, tonika organ punktiga suyangan holda yarim xususiyat birlashuvini hosil qiladi. Xromotizm va alteratsiyalar bilan boyitilgan ijro natijasida o'zbek folklor tarkibida o'ziga xos ladlar boyitilgan. Poemaning cholg'u asboblari bolimida kompozitor o'zbek xalq musiqasidan asoslanib, polifonik imkoniyatlarini rivojlantiradi. Kuy aylanmali qo'shiqlardan foydalanib, Kozlovskiy partituraga

imitatsiya, kontrast ovozlar qo'shgan. Vaqti kelib qo'shiqchi yakkaxon duet ichrochiligi va orkestrning bitta cholg'usidan tashkil topgan mavzuni kanon usulda ijro etish vujudga kelgan (masalan stretta ijroligida yozilgan fagot ozgina o'zgartirilishlar bilan "Tanovar" vokal partiyasi melodiya bilan bog'lanib ketishi). "Tanovar" partiturasidagi qiziqarli o'zgarishlar xalq ijrochiligi va cholg'uchilar jo'rligi uchun yozilgan. Lekin, agar xalq musiqasida alohida kichkina cholg'uchilar ijrolari bo'lgan bo'lsa, Kozlovskiyda esa aksincha, orkestr chiqishida asosiy bolimlar orasida intermediya formasi usuli bo'lgan. Forma bunday ko'rinishda o'z holatini saqlab qoladi, pyesa markazining orkestr epizodi shunchalik rivojlangan. bo'lsa, xuddi shunday uning kirish va tugallanish qismlari ham rivojlantirilgan. Bu qo'shimcha bo'limlaming tematik materiali, 2 taktli qisqa ijro kabi folklor pyesa asosi bilan bog'liq.

Barcha qisqa ijrolar kuychanlik jihatidan bir xil: ular birinchi kuy asosida yozilgan. "Tanovar" partiturasida xalq cholg'ularidan faqatgina nog'ora qollanilgan. Kompozitor simfonik orkestrning asoslaridan olib, o'zbek cholg'u ansamlini ijrosini o'zgartirdi. Torli cholg'ular guruhi jo'rli cholg'ular guruhiga aylantirildi: torli cholg'ulaming pitsikatosining ijrosi xalq cholg'usini eslatadi. Birinchi skripkalar va alt partiyalarida xalq ijrochiligining usullaridan - nolish, birinchi tovushdan ikkinchi tovushga boigan glissandolar ishlatilgan. Partiturada asosiy oiinni urma cholg'ular egallaydi (litavralar, barabanlarning bir necha turlari, uchburchak cholg'usi, tamburin, tarelkalar, nog'ora). Lekin urma cholg'ulaming guruhlari toiiq ijro bilan faqatgina kirish qismida ishlatiladi. Kirish qismning birinchi takti, bitta urma cholg'uga berilgan, shundan so'ng darhol ritmik akkomponiment koi'inishi aniqlangan va bu xalq ijrochiligi usullarida chaqiradii. Keyinroq akkomponiment funksiyasi bas torli cholg'ulariga. o'tadi (violonchellar va kontrabaslar). Shunday qilib akkomponiment, xalq musiqasi usullaridan o'sib, nafaqat ritmik, balki garmonik ifodaga ega. Ritm ovozni jo'rligi kuy tayanchining turg'uni boiib, pyesaning barcha cho'ziluvchan joylarida asosiy ahamiyatligini saqlab qolishda davom etadi. Obrazli mazmuni, qo'shiqlari, uning ichki dinamikasi sekinasta o'sib boradigan hissiyotli kuchlanish, oxirida katta pasayish bilan uzilish - orkestr bayonotida ko'rinadi. Boshlangandagi yorqin faktura avj joyida birdaniga kuchli va toiiq ovozga aylanadi. Faqat shu yerdagina kompozitor orkestrda tuttidan foydalangan.

O'zining katta bolimlari bilan "Tanovar" partiturasi nozik sur'at, yumshoq, orkestr tembrining aralashmalari bilan ta'riflanadi. "Tanovar" vokal-simfonik poemasi tinglovchilarning "chegirmalar" tayyorgarligisiz yozilgan bo'lsada, ko'pgina olqishlarga sazovor boidi. Kozlovskiyning qiyin garmonik va orkestr usullari katta mashhurlikni egallashga to'sqinlik qilmadi, chunki bu usullar "O'zbek xalq kuylari" asosida betakror mazmunga ega ekanligi, ijodiy tomondan chuqurlantirilishi uning mazmuni va ichki kechinmalami ko'rsatib berganligi aniq boidi", Kozlovskiyning

boshqa zamonaviy partituralari singan "Tanovor"ni ham mashhurlik darajasiga ko'tarilishiga betakror va iqtidorli Halima Nosirova o'zining qaytarilmas harakatlari va o'zbek xalq qo'shiqlarining yuqori pog'onadagi aylanmalari bilan ko'rsatib katta hissa qo'shgan. Bu asar nafaqat O'zbekistonda, balki butun dunyoga ham mashhur bo'lgan asarlar qatoriga kiradi. Akapella (ital. capella musiqada xor jamoasi. Dastlab faqat qo'shiqchilardan iborat bo'lgan; keyinchalik, cholg'u musiqa rivoji natijasida vokal-cholg'u musiqa jamoalariga aylangan. O'zbekistonda xor san'ati ravnaq topib, turli xor jamoalari, shu jumladan, O'zbek davlat fílarmoniyasi xor kapellasi (1952), O'zbekiston televideniesi va radiosi xor kapellasi (1960) tashkil etilgan; ba'zi maxsus orkestrlarning nomi (harbiy kapella, raqs kapellasi va b.

Akapella - cholg'ular jo'rligisiz xor ijrochiligi. Professional xor san'ati uslubi sifatida o'rta asrlarda katolik cherkovidagi diniy marosimlarda yuzaga kelgan. O'zbekistonda kapella janrining asoschisi M.Burhonovdir. Uning an'analarini O'rta Osiyo kompozitorlari va o'zbek kompozitorlaridan S.Boboyev, M.Nasimov, LAkbarov, B.Umidjonov, M.Bafoyevlar davom ettirishgan.

Xor jamoasining ijrochilik malakasi vokal-xor ijrochilik mahoratlari bilan uzviy bog'liq bo'lib - hamohanglik, soz, talaffuz, badiiy ifoda vositalari, nafas olish, tovush hosil qilish va uni shakllantirishdan iboratdir. Buning uchun jamoa ijro (konsert) paytida albatta tik turgan holatda bo'lishlari lozim. Repetitsiyalar (mashqlar) paytida esa o'tirib mashg'ulotlar o'tkazilsa ham bo'laveradi. Bunday holatda xonandalardan gavdani to'g'ri tutish, yuz, bo'yin, yelka mushaklari erkin bo'lib, kuylayotgan paytda xalqum va pastki jag' tomoqni siqmasligi, boshini erkin tutishi tavsiya etiladi. Ma'limki, inson nafas olish organlari orqali nafas olib tovush hosil qiladi. Kuylaganda nafas olish oddiy nafas olishdan farq qiladi va nafas tez olinib, sekin chiqariladi. Nafas olish bir necha turga bo'linadi: - pastki qovurg'alar kengayishi orqali nafas olish; - yelka kengayishi orqali nafas olish; - qorin bilan nafas olish; ko'krak bilan nafas olish; - zanjir uslubida nafas olish. Tovush nafas va ovoz apparatlarining harakati natijasida hosil bo'ladi. Hosil bo'lgan tovushni rezonatorlar kuchlantirib turli tembr beradi. Rezonatorlar: bosh rezonator - yuqorigi; ko'krak rezonatori - pastki bo'lib, o'zining hajmini artikulyatsiya orqali o'zgartirib turadi. Ovoz qo'yishning o'ziga xos murakkab tomonlari mavjud: to'g'ri tovush hosil qilish va uni shakllantirish. Professional akademik xorda «ochiq» (oq tovush ) bo'lishiga xormeysterlar asosan yo'l qo'yishmaydi. Lekin milliy ijrochilik uslublari bilan yaqinlashtirilgan yarim ochiq tovush hosil qilish ayrim musiqiy badiiy jamoalarga xosdir. Ayniqsa, folklor bilan bog'liq bo'lgan qayta ishlangan asarlarni shu uslubda ijro etish keng tinglovchilar ommasiga ma'quldir. Xor ijrochiligida legato, ya'ni ohangning bir tekis bog'lanishi; nonlegato - alohida bog'lanmasdan ijro etish (tovushlar orasida nafasni ushlash orqali hosil qilish); stakkato - tovushlarni uzib, qisqa ijro etish (tovushlar orasida nafas olmasdan) kabi ijro uslublari uchraydi.

Ovoz imkoniyatlari tembr, tassitura, diapazon, o'tish notalari va primar jarang kabi belgilar y ig 'inidisiga ko'ra aniqlanadi, shu sababli vokal ishi ovoz va m usiqiy im koniyatlar bilan tanishtirishdan boshlanadi. Tembr - ovoz bo'yog'i (yum shoq, tez, quloq, tarangli, barxat vash .k.) Tembrga ko'ra har bir ovozga tovushlar bo'yoq tipiga ko'ra rang topish mumkin, iliq va sovuq tonlardan foydalanib. Masalan: Bolalar so'roviga ko'ra tovush ranga belgilashadi ko'p yillar davomida aynan bir xil ranglar belgilangan. fa - sariq (iliq) sol - ming (Mayin) lya - qizil (barqaror, quyuq) si -havorang, deyarli to 'q ko'k (uchuvchan, ba'zan o'qqa o'xshatiladi) do 2 -oq, mi 1 -qavorang, ba'zan nastarin rangi (sovuq) re 1 - jigar rang (bir ovozdan) - (quyuq, iliq). do 1 - qora Diapazon tovushlar yig'ilish bilan belgilanib, uni ovoz bilan kuylash mumkin (o 'quvchi diapazonini aniqlash). Diapazon -chekka yuqori notadan chekka past notagacha masofa. Odatda ishchi (mashq) diapazoni konsert diapozonidan kengroq.

Tessitura - asar tovushlarining diapazonga nisbatan yuqori joylashuvi. Tessitura turining asardagi diapazon birinchi qilishning balandligi belgilaydi. Yuqori baland tovushlar bo'lsa, demak tessitura baland bo'ladi. Diapazonni mashqlarda aniqlash mumkin: bosqichli joylashgan notalar ( yaxshisi bitta unli tovushda jarangli undoshlar bilan) uch ovozliliklar (trezvuchie) kuylash. Diapazonni belgilash ovozning o'rta uchastkasidan, sekvension pastga va yuqoriga yarim tonlar bo'yicha boshlash kerak. Diapazonni belgilashda o 'tish notalari aniqlanadi. O'tish notalari, jarang xarakteri, bosh va ko'krak notalari hajmi ovoz tilini aniqlashda hal qiluvchi rol o'ynaydi. Ovoz imkoniyatlari bilan tanishishda va diapazonni belgilashda erkin va tabiiy jarangga ega bitta yo bir nechta tovushni almashtirish mumkin. Bunday jarangli tovushlar -primar tovushlar deyiladi. Ovoz tembri va tili ularda yaxshi namoyon bo'ladi. Tabiiy tembrni aniqlash - pedagogning birinchi galdagi vazifasi. M.I.Glinka kuylashga o'rganishni primar tovushlardan boshlab, ularning jarang sifatini diapazonning barcha tovushlariga o'tkazishni taklif qiladi. Vokal va musiqy imkoniyatlar bilan tanishgandan keyin yakka tartibda ish boshlanadi.

Tovush hosil qiladigan harakatlar bilan tovush holatda tasavvur aloqasi vokal eshitish asosidir. Bu tushuncha shuningdek, boshqa hislar: vibratsion, rezonator va to'qima osti boshi hissini ham o 'zgacha oladi. Vokal eshitish deb nafaqat to'g'ri xonandalik jarangi xususiyatlarini sezish, ularni noto'g'risidan farqlash, balki ovoz apparati ishini sezish, boshqa xonanda u yoki bu jarangda nima qilayotganini m ushaklarda his qilish tushuniladi. Nafaqat ovoz jarangini tinglash, balki uning kuylash chog'idagi ishini aniq tasavvur etish, ovoz apparatida nima bo'layotganini sezish -har bir xonanda va pedagog egallash lozim bo'lgan vokal eshitish aynan shu. Vokal eshitish asta-sekin, vokal texnikasini egallagan sari rivojlanadi. kuylashni boshlaganlar, odatda, buni bilishmaydi. Boshlovchi xonanda u yoki bu jarang qay tarzda hosil bo'lishini na hislarda tasavvur qiladi va tushuna oladi. Asta-sekin u

eshitishga tayanib texnikani ishlaydi va unda eshitish tasavvurlari va uning mushakda aks etish o'rtasida ko'p sonli aloqalar shakllana boshlaydi. Shu asosda kuylash chog'ida ovoz apparati ishini tasavvur qilish va sezish qobiliyati rivojlanadi. Shunday qilib, vokal eshitishni shakllantirish vokal ko'nikmalarini rivojlantirish jarayonida kechadi. "Kuylay oladigan kishi, oldindan, ya'ni tovush hosil bo'lish momentidan avval mushaklarni ma'lum va oldindan belgilangan musiqiy tonni am alga oshirish uchun barcha mushaklarni qay tarzda yetkazishni biladi; u hatto m ushaklar bilan, ovoz yordam ida o'z tafakkuri uchun kuylash m umkin, istalgan tanish qo'shiqni" mashg'ulotlar vaqtida vokal pedagog o'quvchi texnologiyasini tahlil qiladi: uning ovoz apparati ishini o'z mushaklarida tasavvur qiladi. O'quvchi kuylaganda vokal pedagog hamma vaqt u bilan birga ichida kuylaydi va shu sababli kam chiliklarni to'g'rilash uchun kerakli mushak usulini aytib bera oladi. O'quvchi esa boshqa xonandaning vokal texnologiya xususiyatlarini o'z ovoz apparati mushaklari vositasida xis etgandagina idrok eta oladi. Tovush va ovoz apparati ishi haqida tasavvurlar o'rtasidagi o'zaro uzviy aloqalam i ayrim xonandalar chiqish oldidan to'g'ri xirgoyi uchun, pal mushak energiyasini sarflamay qo'llashdadi. Yaxshi xonanda kuylaganini diqqat bilan tinglash apparat ichki kuylash tufayli kuylovchi holatga kelishi uchun yetarli. Faol ichki kuylash ovoz apparatini amalda ovoz chiqarib kuylash kabi "qizdira"oladi. Bu o'zaro aloqa asosida chiqishdan oldin hech qachon yomon kuylash, noto'g'ri jarangini eshitmaslik kerak. Ko'p tinglash ham mumkin emas, toki ovoz apparati ko'p musiqa eshitishdan toliqishi mumkin. Fiziologik tomondan xonandaning vokal eshitish asosida qobiqda bir vaqtda ta'sirlangan uchastkalar orasidagi reflektor aloqalar hosil bo'lishi yotadi. Kuylash chog'ida xonanda o'z ovozini eshitadi, ovoz apparati ishi haqida kinestik tasavvur oladi; turli vibrasion hodisalarni sezadi, agar oyna oldida kuylasa, o'z harakatlarini ko'radi va sh .k. Bir so'z bilan, turli xil hislarning butun kompleksi bir paytda va ko'p marta harakat qilgani bois bu barcha hislar o'rtasida mustahkam aloqa hosil bo'ladi. Miya qobig'i harakat hujayrasining qobig'ning boshqa sohalari bilan aloqasi, Pavlov aytgan kompleks analizator bilan, aloqasi ko'p sonli va turfa keng. "qobiqning kinestezik xujayralari qobiqning barcha qujayralari, barcha Tashqi ta'sirlar kabi organizmning turli ichki jarayonlari vakillari bilan bog'liq bo'lishi m umkin va amalda bog'lanadi ham. Bu harakatlar ixtiyoriyligi, ya'ni fiziologik asosdir". Shunday qilib, ovoz ustida ishlash barcha jarangni nazorat qiluvchi analizatorlar tizimi o'rtasida aloqalar rivojlanishi bilan kechadi.

Vokal harakatlarni sezgi organlari kompleksi boshqaradi. Shu sababli har bir xonanda nafaqat o'zi chiqarmoqchi bo'lgan jarangini ichki eshitish bilan eshitadi, balki sezadi qam. Har bir xonanda "vokal jarangining tana sxemasiga ega, unga turli organda va ovoz apparati qism laridan turli sezgilar kiradi. Shunga ko'ra, vokal texnikasining turli tiplari bu sezgilar tizimida turlicha aks etadi. Xonanda sezgilari

ancha indiviudal bo'lsa-da, ular orasidan u yoki bu jarang tili uchun xarakterlarini ajratish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Tillaxo'jayev, O. "FORMATION OF INTERNATIONAL VIRTUE IN STUDENTS THROUGH STUDYING THE LIFE AND CREATION OF COMPOSER SULAYMON YUDAKOV." Web of Scientist: International Scientific Research Journal 3.11 (2022): 122-127.

2. Askarova, S. "DEFECTS IN THE VOICE OF PUPILS AND WAYS TO ELIMINATE IT." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10.11 (2022): 418-420.

3. Askarova, S. "SPECIFIC ASPECTS OF STUDENTS'SINGING SKILLS DURING ADOLESCENCE." Open Access Repository 9.11 (2022): 216-218.

4. Asqarova, S. "XOR VA XORSHUNOSLIK FANI DARSLARIDA KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH." Eurasian Journal of Academic Research 2.7 (2022): 62-65.

5. Shodiyeva, G., and O. Sobirova. "UZBEK NATIONAL INSTRUMENTS OF THE LATE XIX AND EARLY XX CENTURIES." International Journal of Early Childhood Special Education 14.7 (2022).

6. Eminjanovna, Shodiyeva Gavhar. "IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF THE USE OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE FORMATION OF HEARING ABILITIES OF NATIONAL MUSIC IN STUDENTS." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.12 (2022): 47-50.

7. Tursinovich, Nosirov Dilmurodjon. "Development Methods of Teaching Disciplines Orchestric SpecializationsII." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 38-41.

8. Tursinovich, Nosirov Dilmurodjon. "Advanced in Improving the Effectiveness of the Music Culture Lesson Role and Importance of Pedagogical Technologies." INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION 1.5 (2022): 76-78.

9. Tursunovich, Nosirov Dilmurod. "A BRIEF ANALYSIS OF THE LIFE AND CREATIVITY OF CONDUCTOR ARTURO TOSKANI." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 90-95.

10. TURSINOVICH, NOSIROV DILMURODJON. "Uzbek National Musical Instrument Performance." JournalNX 7.1 (2021): 315-318.

11. Nosirov, Dilmurod Tursunovich. "The role of music in the development of our national spirituality." ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL 11.1 (2021): 679-684.

12. Sabirovna, Rasulova Saida. "Analysis Of The General State Of Music Education In A Secondary School." Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching 1.1 (2021): 112-116.

13. KHOLJURAYEVICH, MADAMINOV NASIMJON, and FOZILOV KAXRAMON MADAMINOVICH. "The Role of Folklore in the Emergence of the Art of Singing." JournalNX 7.1: 128-130.

14. Kholjurayevich, Madaminov Nasimjon, and Fozilov Kahramon Madaminovich. "The role of music culture in inculcating the idea of national independence in the minds of the younger generation." ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 11.5 (2021): 71-74.

15. Irgasheva, Nilufar, and Kahramon Fozilov Nasimjon Madaminov. "DEVELOPING STUDENTS'MUSICAL CULTURE AND UNDERSTANDING BY LISTENING TO MUSIC." European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol 8.7 (2020).

16. Axmedovich, Turdiev Shavkat. "PROBLEMS OF INCREASING PEDAGOGICAL SKILLS OF MUSIC EDUCATION TEACHER." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 75-78.

17. AXMEDOVICH, TURDIEV SHAVKAT. "Use of Pedagogical Technologies in Conducting." JournalNX 7.1: 149-151.

18. Madaminovich, Fozilov Qaxramon. "Problems of Orchestra Performance in The Practice of Training Smugglers." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 42-45.

19. FOZILOV, QM. "PROBLEMS OF ORCHESTRA PERFORMANCE IN THE PRACTICE OF TRAINING SMUGGLERS." ЭКОНОМИКА: 206-209.

20. Madaminovich, Fozilov Qaxramon. "Problems of Orchestra Performance in The Practice of Training Smugglers." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 42-45.

21. Tursunov, B. (2021). «DOIRA» CHOLG'USINING PAYDO BO'LISHI. Oriental Art and Culture, 2(4), 83-87.

22. Yo'Ldashev, A., & Mahmudova, O. S. Q. (2022). PRIMA RUBOBNING YARATILISH TARIXI. Oriental Art and Culture, 3(3), 129-132.

23. Yuldashev, A., & Mahmudova, A. (2023). The Formation of Categories in the Art of Uzbek Folk Music Performance. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 2(1), 28-31.

24. Boboyev, V. (2022). KONSERT IJROCHILIGI REPERTUARINI SHAKLLANTIRISH. Oriental Art and Culture, 3(4), 323-325.

25. Boboyev, V. (2022). The Multifaceted Creative Artist Chokariy-Matyusuf Kharratov. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(3), 77-80.

26. Madaminov, S. (2022). A Look at the Lifepath of Niccolo Paganini. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(6), 39-41.

27. Madaminov, S. (2021). The Importance of Music Education in Out-of-School Education. International Journal of Culture and Modernity, 11, 371-377.

28. Madaminov, S. (2021). MUSIQA VOSITASIDA O'QUVCHILARNI MILLIY RUHDA TARBIYALASHGA DOIR TARBIYAVIY ISHLARNI TASHKIL ETISH MASALALARI. Oriental Art and Culture, 2(4), 361-369.

29. Tursunov, B. (2022). LIVES DEVOTED TO THE ART OF DOIRA. Oriental Art and Culture, 3(4), 340-343.

30. Tursunov, B. S. (2022, December). THE ROLE AND DEVELOPMENT OF THE DOIRA INSTRUMENT IN THE HISTORY OF OUR COUNTRY. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 130-132).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.