Научная статья на тему 'OʻZ DAVRINING YETUK MUHADDIS OLIMI SIFATIDA TANILGAN ABU ABDULLOH MUHAMMAD IBN ALI AT-TERMIZIY'

OʻZ DAVRINING YETUK MUHADDIS OLIMI SIFATIDA TANILGAN ABU ABDULLOH MUHAMMAD IBN ALI AT-TERMIZIY Текст научной статьи по специальности «История и археология»

91
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
diniy ilmlar / sufiyona risolalar / qo'lyozmalar xazinalari / risolat va valoyat nisbati / Termiziy maqbarasi / rusul va anbiyo / hadisi nabaviyya.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Beshim Raximov

Ushbu maqolada Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali At-Termiziyning hayot va ijod yo`llari, At-Termiziy qalamiga mansub asarlar, Hakim Termiziy islomiy ilmlarning turli sohalarida ijod qilganlari, Al Hakim at-Termiziy maqbarasi haqida so`z yuritildi. Allomaning hayotidagi o`chmas xotiralar va avlodlarga qoldirilgan qadrli meroslari haligacha qadrlanib kelmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OʻZ DAVRINING YETUK MUHADDIS OLIMI SIFATIDA TANILGAN ABU ABDULLOH MUHAMMAD IBN ALI AT-TERMIZIY»

O'Z DAVRINING YETUK MUHADDIS OLIMI SIFATIDA TANILGAN ABU ABDULLOH MUHAMMAD IBN ALI AT-TERMIZIY

Beshim Raximov

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali At-Termiziyning hayot va ijod yo'llari, At-Termiziy qalamiga mansub asarlar, Hakim Termiziy islomiy ilmlarning turli sohalarida ijod qilganlari, Al Hakim at-Termiziy maqbarasi haqida so'z yuritildi. Allomaning hayotidagi o'chmas xotiralar va avlodlarga qoldirilgan qadrli meroslari haligacha qadrlanib kelmoqda.

Kalit so'zlar: diniy ilmlar, sufiyona risolalar, qo'lyozmalar xazinalari, risolat va valoyat nisbati, Termiziy maqbarasi, rusul va anbiyo, hadisi nabaviyya.

KIRISH

"Hamma o'z tarixini ulug'laydi. Lekin bizning mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda yo'q. Bu merosni chuqur o'rganishimiz, xalqimizga, dunyoga yetkaza bilishimiz kerak. Bu markazga kelgan odam tariximiz haqida to'la tasavvurga ega bo'lishi, katta ma'naviyat olib ketishi zarur", - dedi Mirziyoyev

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali At-Termiziyning hayot va ijod yo'llari.

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali at-Termiziy (750 - 760 - yillarda, Termiz, -869, Termiz) - Sharqiy sufizmning mashhur namoyondasi, 80 dan ortiq asarlar muallifi. At-Termiziy chuqur ilm va keng dunyoqarashga ega bo'lgani uchun "Al-Hakim"(dono) degan taxallusni olgan. Bu allomaning to'liq ismi — Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn Hasan ibn Bashir (ayrim manbalarda Bishr) al-Hakim at-Termiziy. Hakim at-Termiziyning ilmiy va ijodiy faoliyati haqida ma'lumot Tojiddin Subkiy ("Tabaqot ash-shafT-iyya al-Kubro"), Xotib al-Bag'dodiy ("Tarixi BagMod"), Ibn Hajar al-Asqaloniy ("Lison al-miyzon"), as-Sulamiy ("Tabaqot as-sufiyya") va boshqa bir qator olimlar asarlarida keltirilgan. Hakim at-Termiziy o'z hayoti to'g'risida o'zining "Bad'u shani Abu Abdulloh" asarida bayon etadi. Bu asar 1965-yilda Bayrutda Yahyo Ismoil tomonidan olimning "Xatmul avliyo" asari bilan birga chop etilgan. Hakim

December, 2022

172

at-Termiziyning tavalludi va vafoti sanalari yozma manbalar hamda hozirgi adabiyotlarda turlicha keltiriladi. Ba'zi mualliflar, masalan, Hoji Xalifa "Kashf az-zunun"da Hakim at-Termiziy vafoti yilini milodiy 869 yil deb ko'rsatgan. Allomaning qabr toshida ham shu sana keltirilgan. Hakim at-Termiziy yuz yildan oshiq vaqt umr ko'rganidan kelib chiqilsa, manbalarda ham u 112, 116, yoki hatto 120 yoshgacha umr ko'rgani keltiriladi, u holda alloma I taxminan 750 — 760 yillar oralig'ida tug'ilgan bo'lib chiqadi. Ayni mahalda bundan 30 yil oldin "Al-Hakim at-Termiziy va nazariyyatuhu fil valoyati" asarini yozgan misrlik mashhur olim Abdulfattoh Abdulloh Baraka Hakim at-Termiziy milodiy 820 yilda tavallud topib 112 yil yashab 932 yilda vafot etgan, deb yozgan. Allomaning bolalik va yoshlik yillari haqida manbalarda batafsil ma'lumot berilmagan. "Tarjimai hol" iga ko'ra, u sakkiz yoshidan boshlab diniy ilmlar bilan jiddiy shug'ullangan, yigirma sakkiz yoshida esa Makkaga haj safariga jo'nagan. Safardan qaytgach, Hakim at-Termiziy sufiylik yo'lini tutgan: xilvatga ketib, nafsi, ammorani yengib, sufiyona risolalarni o'rgangan. Uning otasi Ali ibn Hasan bilimdon muhaddis olim bo'lgan, ilm izlab Bag'dodga borgan, o'sha davrning taniqli olimlari bilan xadisning turli masalalari borasida ilmiy munozaralarda faol ishtirok etgan. Volidai muhtaramasi hamda tog'asi ham hadisi nabaviyyaning durust bilimdonlari hisoblanishgan. Binobarin, Hakim at-Termiziy o'z dunyoqarashiga ulkan ta'sir ko'rsatgan bilimli va ilmiy muhitda voyaga yetgan.

At-Termiziy qalamiga mansub asarlarning aksariyati bizgacha yetib kelgan,

«Al-jomi'» («Ja'mlovchi»);

«Ash-shamoil an-nasaviya» («Payg'ambarning alohida fazilatlari»);

«Al-ilal fi-l-hadiys» («Hadislardagi og'ishishlar»);

«Risola fi-l-xilof va-l-jadal» («Hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola»);

«At-tarix» («Tarix»);

«Kitob az-zuhd» («Taqvo haqida kitob»);

«Kitob ul-asmo va-l-kuna» («Ismlar va laqablar haqida kitob») kabi asarlar shular jumlasiga kiradi.

Hakim Termiziy islomiy ilmlarning turli sohalarida ijod qilganlar. Qaysi sohada ijod qilmasinlar, har narsaning tub mohiyatiga, yashirin hikmatiga yetib borishga intilar edilar. Zero, borliqdagi hech narsa behikmat emasligini barchamiz ham sezib turamiz, lekin ularni ko'p ham ko'ra olmaymiz. Hakim Termiziy esa har narsada, u ilm bo'lsin yoki Alloh taolo bandalari uchun yaratgan ne'matlari bo'lsin, ato etgan shariati bo'lsin, ularning barchasida ilohiy hikmatni anglashga, tevarak-atrofda, bizni o'rab turgan dunyoning hikmatli jihatlarini o'zlari anglab yetib, boshqalarni ham ularni ko'ra

December, 2022

173

bilishga targ'ib etar edilar. Shuning uchun ham alloma "al-Hakim", ya'ni "(borliqdagi] hikmatni anglagan zot" nomiga musharraf bo'lganlar.

Hakim Termiziy yozgan asarlar.

Hakim Termiziy qalamiga mansubasarlar haqida yozgan mualliflar, uning asarlarining soni haqida turli raqamlarni keltirganlar. Ba'zilarning fikrlariga ko'ra uning asarlari soni to'rt yuztaga yaqin bo'lsa, yana boshqalar Hakim Termiziy saksonta yoinki qirqta asar yaratganligi haqida yozgan. Jumladan, misrlik olim, shayx Abdulfattoh Abdulloh Barakaning yozishicha, Hakim Termiziy to'rt yuzdan ortiq asarlar yaratgan bo'lib, ulardan oltmishga yaqini 30 bizgacha yetib kelgan. Eng muhimi, Hakim Termiziyning bizgacha yetib kelgan asarlari, ilmiy merosining muhim qismi "Ma'rifati ahodis ar-Rasul"ni tashkil qiladi. Mana shu asarlaridan, eng avvalo, payg'ambar alayhissalomning hadislariga bag'ishlangan "Navodir al-usul fi Rasul" ("Rasululloh hadislarini bilishda nodir usullar"] nomli asarini aytish kerak. Bu asar, shuningdek, "Salvat alorifiyn va bo'ston al-muvahhadiyn" ("Oriflar ovunchog'i va Allohning yagonaligiga ishonuvchilar bo'stoni") deb ham ataladi. Hijriy 1294 (1876)-yilda Istanbulda chop etilib, o'zi tanlab olgan 31 291 hadisdan iborat ushbu kitobda Hakim Termiziy o'z qarashlarini mufassal holda sharhlagan. Ushbu asarning bir qo'lyozma nusxasi O'zbekiston musulmonlari idorasining kutubxonasida saqlanadi. Hakim Termiziy asarlarining aksariyati qo'lyozma holda ja honning yirik shaharlaridagi qo'lyozmalar xazinalarida saqlanadi. Jumladan, Parij milliy kutubxonasida quyidagi asarlarning qo'lyozmalari mavjud: "Kitob ussalot va maqosiduhu" ("Namoz va uning maqsadlari"), "Kitobu-1- -hajj va asrorihi" ("Haj va uning sirlari"), "Kitobu-l-ihtiyotot" 32 ("Ehtiyotkoriik yo'llari"}, "Kitobu-l-juma al-lozim ma'гifotiho" ("Bilish lozim bo'lgan jumlalaг"}, "Kitobu-l-furuq va man'attaraduf ' ("Faгqlar va tarodif (ketma-ketlikni)ni man qilish"), "Kitob haqiqat ul-odamiya" ("Insoniyat haqiqati to'g'гisida kitob"), "Kitob ure al-muvahhidiyn" ("Yakka Xudoga e'tiqod qilganlaming zavqi"), "Kitobu-1- a'zo va-n-nafs va yusammo kazolika g'avr ul-umuf' ("A'zolaг va jon yoki ishlaming mohiyati haqida kitob"). Allomaning keyingi yillarda nashr etilgan asarlaridan tasavvufga oid ikki asarini ko^satish mumkin. Ulaгdan biгi "Kitob haqiqat al-odamiya" ('Tnsoniyat haqiqati to'g'гisida kitob") va ikkinchisi ''Adab an-nafs" (''Nafs odobi") nomli asaridir. Hakim Termiziy asarlarini shartli ravishda besh guruhga (majmuaga) bo'lish mumkin. Allomaning asarlari Parij, Qohira, Damashq, Iskandariya, Istanbul va London kabi shaharlardagi qo'lyozmalar jamg'armalarida saqlanadi.

Hakim At- Termiziyning hayotidagi o'chmas xotiralar.

Fariduddin al-Attorning yozishicha, yoshi yigirma yettiga yetganda Hakim Termiziy ikki 12 o'rtog'i bilan o'sha paytda butun

December, 2022

174

Sharqda ilm-u ma'rifatning eng yirik markazlaridan biri sanalgan Bag'dodga borib ta'lim olishni niyat qilganda, birdan onasi betob bo'lib qoladi va unga: "Ey o'g'lim! Men bir mushtipar, zaifa ayol bo'lsam, menga sendan bo'lak boshpanoh bo'lib yordam beradigan biror kimsa bo'lmasa, mening butun borlig'im faqat sen bilan bog'liq bo'lsa. Sen meni kimga tashlab ketmoqchisan?" - deb unga iltijo qiladi. Volidasining bu so'zlari Hakim Termiziyga qattiq ta'sir qilib, u ilm talabidagi ushbu safaridan voz kechadi. Uning ikki o'rtog'i esa safarga otlanib yo'lga tushadilar. 13 Ushbu voqeadan keyin ma'lum vaqt o'tgach, Hakim Termiziy Bag'dodgaborolmaganligi uchun g'oyatda afsuslanib, maqbaralardan birining yonida yig'lab xafa bo'lib turganida, uning yonida yuzidan nur yog'ilib turgan bir shayx paydo bo'ladi va undan yig'isining sababini so'raydi. Termiziy unga yuz bergan voqeani birma-bir aytib beradi. Shunda shayx: "Istasang, men senga har kuni turli ilmlardan saboq berib, seni o'qitaman", -deydi. Hakim Termiziy uning bu so'ziga darhol rozi bo'ladi. Bu hol bir necha yil davom etadi. So'ng u bilsa, bu kishi Xizr alayhissalom ekanlar. 14 Uning bu saodatli marhamatga erishishi volidai mushfiqasining duosi barokotidan bo'lgan >d&di. Ayni shu voqea boshqa manbalarda biroz boshqacharoq tarzda hikoya qilinadi. Bu hikoya haqiqatmi yoki afsonaviy rivoyatmi, qanday bo'lmasin, uning oilasi haqida muayyan darajada tasavvur beradi. Chunonchi, ushbu hikoyadan ma'lum bo'lishicha, u ota-onasining yakka-yu yagona farzandi bo'lgan, onasining iltijosiga qaraganda, ularning oilasida al-Hakimdan boshqa unga boshpanoh bo'lib qaraydigan kimsa bo'lmagan. U o'z onasiga 15 mehribon, uni boquvchisiz tashlab ketishga jur'at qilmagan -oilaparvar, qanchalik ilm olishga ishtiyoqi kuchli bo'lgani bilan o'z volidasining so'ziga quloq solib, uning duosini olganligi bois oxiroqibatda u ilm olishda ham o'z maqsadiga erishadi. Shuningdek, manbalarda uning oilaviy ahvoli uning rafiqasi soliha, taqvodor, pokiza ayol bo'lganligi ularning oltita farzandi bo'lganligi, shuningdek, Hakim Termiziyning o'z farzandlari bilan munosabatlari haqida ham ba'zi ma'lumotlar keltirilgan.

Al Hakim at-Termiziy maqbarasi.

Musulmonlar uchun muqaddas bo'lgan Al Hakim at-Termiziy maqbarasi me'moriy yodgorlik bo'lib, qadimgi Termiz shahrining chekkasida joylashgan. Maqbarada buyuk islom arbobi, turli falsafiy va diniy asarlar muallifi, darveshlar jamoasining yaratuvchisi Abu Abdulloh ibn Hasan ibn Bashir al-Hakimiy at-Termiziy maqbarada dafn etilgan. U xalq orasida Termiz-ota deb ham nomlanadi. Afsonaga ko'ra, o'n yoshida unga vahiy kelib, bir qariya unga bilim bergan. Vaqt o'tishi bilan u shuhrat qozondi, lekin ota-onasining uyida kamtarona yashashni davom ettirdi. Hakim at-Termiziy shahid sifatida vafot etdi - qarilik chog'ida shaharga bostirib kirgan

December, 2022

175

ISSN: im-rnS

Cite-Factor: 0,S9 j SIS: 1,12 j ASI-Factor: 1,З j SJIF: 5,7 j UIF: 6,1

dushmanlar uni boshidan judo qildilar (IX asr oxiri). Afsonaga ko'ra, Chingizxon ushbu noyob durdonadan hayratda qolgan, o'z qo'shiniga yodgorlikka zarar bermaslikni buyurgan, chunki u bu binoni odamlar emas, balki xudolar yaratgan deb ishongan. Maqbara ustida gumbaz ko'tarilgan, bino ichida esa juda hashamatli bezaklar bor. Marmardan yasalgan va noyob naqshlar va arab yozuvlari bilan bezatilgan avliyoning qabr toshli diqqatni o'ziga tortadi. Ansamblning yonida sal keyinroq qurilgan jome masjidi joylashgan. At-Termiziy majmuasi hududida yana bir nechta qiziqarli diqqatga sazovor joylar mavjud: Chillaxonalar - milodiy V-X asrlarga oid qadimiy g'or inshootlari, qadimgi Tarmita shaharchasining xarobalari (Eski Termiz), Termiz shahri va Termiz shahar muzeyi.

Avliyo haqidagi sufiyona tasavvurlarni birinchi bo' lib nazariy asoslab, hukuk borasida ularni rusul va anbiyo bilan amalda tenglashtirgan ham, aftidan, Hakim at-Termiziydir. Allomaning risolat va valoyat nisbati, sufiylikdagi avliyolik darajasi to'g'risidagi g'oyalari taniqli olim Ibn Arabiy ijodida o'z rivojini topdi. Ibn Arabiy o'z asarlariga ko'pincha Hakim at-Termiziy risolalaridan katta-katta bo'laklar kiritgan. Tadqiqotchilar ta'kidlashicha, Hakim at-Termiziy budda-viylik, xristianlik va moniylik ta'limotlaridan xabardor bo'lgani ehtimol. Uning asarlarida shu ta'limotlar ta'sirini ko'rish mumkin. Allomaning chuqur va har tomonlama bilimini e'tirof etgan zamondoshlari unga faxrli al-Hakim donishmand rutbasini bejiz berishmagan.

REFERENCES

1. «TAFAKKUR NASHRIYOTI» TOSHKENT - 2019, '' Hakim AT-TERMIZIY''

2. "Ma'naviyat yulduzlari" (Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, Toshkent, 1999)

3. Mirziyoyev,'' Mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda yo'q", 2018

XULOSA

December, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.