Научная статья на тему 'O‘YIN VA PEDAGOGIK USULLARNI ISHLATGAN HOLDA MATEMATIKA FANIGA BO‘LGAN QIZIQISHINI OSHIRISH KO‘NIKMALARI'

O‘YIN VA PEDAGOGIK USULLARNI ISHLATGAN HOLDA MATEMATIKA FANIGA BO‘LGAN QIZIQISHINI OSHIRISH KO‘NIKMALARI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
o‘yin / texnologiya / foydalanish / o‘quvchilar / matematika / qiziqish / rivojlantirish.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Botirova M.B

Ushbu maqolada matematika fanini o‘qitishda yangi o‘yin va usullardan foydalanish afzalliklari haqidagi ma'lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘YIN VA PEDAGOGIK USULLARNI ISHLATGAN HOLDA MATEMATIKA FANIGA BO‘LGAN QIZIQISHINI OSHIRISH KO‘NIKMALARI»

O'YIN VA PEDAGOGIK USULLARNI ISHLATGAN HOLDA MATEMATIKA FANIGA BO'LGAN QIZIQISHINI OSHIRISH

KO'NIKMALARI

Botirova M.B

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11214532

Annotatsiya: Ushbu maqolada matematika fanini o'qitishda yangi o'yin va usullardan foydalanish afzalliklari haqidagi ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: o'yin, texnologiya, foydalanish, o'quvchilar, matematika, qiziqish, rivojlantirish.

Ta'lim jarayonidagi ilg'or pedagogik texnologiyalarni faol qo'llash, ta'lim samaradorligini oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy etish bugungi kunning dolzarb mavzularidan biridir. O'quvchilarni fikr doirasini, dunyoqarashini o'stirish, ularni erkin tinglovchidan, erkin ishtirokchiga aylantirmoq nihoyatda muhim. O'qituvchi darsda boshqaruvchi, o'quvchilar esa ishtirokchiga aylanmog'i lozim. Ana shu vaziyatni uddalashda innovatsiya faoliyati ko'p qirrali samara keltiradi. Shu sababdan ham maktab oldida innovatsion faoliyatga asoslangan pedagogik yondashuvlar va nazariyalar, yangiliklarni yaratish, tatbiq etish va ulardan foydalanishning yaxlit, maqsadga yo'naltirilgan faoliyatga aylantirish talab etilmoqda. Xuddi shu kabi ta'lim tarbiya sohasida ham so'nggi yillarda pedagogik texnologiyaga amal qilina boshladi. Dars jarayonida keng qo'llanilayotgan samarali usullardan "Klaster", "Ishchanlik o'yini", "Zigzag", "Kubik", "BBB", "Tarmoq", "Diagramma","Topag'on", "Doiraviy misollar", "Sirli son", "O'yin topishmoq", "Tez javob", "Rebus", "Nima yo'qolib qoldi?" kabi didaktik o'yinlardan ko'proq foydalanish ta'lim samaradorligini oshirishga yordam beradi va shulardan foydalanib kelmoqdaman. Matematika fani o'rganilishi jihatdan boshqa sohalarga nisbatan biroz qiyinroq bo'lganligi uchun o'quvchilarda bu sohaga qiziqish, o'zlashtirish darajasi farq qiladi. Shuning uchun ham darslarda o'quvchilarga yaqinroq bo'lishga, qiziqarli misol, masalalar bilan boyitilishiga to'g'ri keladi. Ayniqsa, o'quvchilarda teorema, yoki qiyinroq masalalarni hal etish davomida miyaning qabul qilish darajasi susayib, ularda zerikish alomatlari sodir bo'la boshlaydi. Agar o'qituvchi bu holatni o'z vaqtida sezib, ularni bu holatdan chiqarishga harakat qilmasa, bu darsdan kutilgan maqsadga erishib bo'lmaydi. "O'qituvchi - kishi ruhining muhandisidir" deb bejiz aytilmagan. Shunday ekan, o'qituvchi o'quvchilar aqliy faoliyatini vaqti bilan o'zgartirib turish xususiyatiga egadir. O'quvchilarning dars jarayonida to'laqonligi sezilgan vaqtda didaktik o'yinlar tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Ish tajribalarimizda ko'p qo'llaydigan bunday o'yin turlaridan "Ishchanlik o'yinlari"ni misol qilib olishimiz mumkin. Bunday o'yin turida o'quvchilar o'rtasida aqliy ish yuzasidan musobaqa tashkil qilinadi. Musobaqada tez, to'g'ri, chaqqon holda ishni yakunlagan guruh g'olib sanaladi. Haqiqatdan ham, bolalarda bilim olishdan ham birinchi bo'lish, o'qituvchining rag'batini eshitish ishtiyoqi ancha kuchli bo'ladi. Mohir o'qituvchilar mana shu vaziyatdan unumli foydalanadilar."Ishchanlik o'yini"da arifmetik misollar, algebraik soddalashtirish, masala-misollar, geometrik masalalar, test savollari yoki viktorina savollaridan foydalanish mumkin. Hamma hollarda ham bu vazifalar qisqa muddatda hal etilishi lozim bo'lganligi uchun sarf etiladigan vaqt ham shunga mos bo'ladi. Tajribalarimizdan ma'lumki, matematikadan tashkil etiladigan didaktik o'yinlardan "Ishchanlik o'yinlari"ni o'tkazish dars

samaradorligini oshiradi, o'quvchilar faolligini oshirishning muhim omili sifatida ta'sir etadi. Agar o'quvchilar har bir fandan olgan bilimlarini hayotga tatbiq eta olmasa, amalda ulardan foydalanolmasa, quruq fan bo'lib qolaveradi, o'qituvchining mehnati zoye, o'quvchining vaqti behudaga sarflangan hisoblanadi.

Matematika fani qiziqarli va murakkab fan. Dastlab bu fanni o'rganishda ko'p murakkabliklarga duch kelamiz. Ayniqsa boshlang'ich ta'lim o'quvchilarida bu fanni dastlab o'rgatishda ancha qiyinchiliklar bo'ladi. Boshjang'ich ta'lim har bir o'quvchi uchun muhim ahamiyatga, sababi o'quvchi bu bosqichda deyarli ko'p bilimga ega bo'lmaydi. O'quvchining keyingi bosqichlardagi bilimi va bilimga chanqoqligini shu bosqichdan shakllantirib borish zarur va bu fan o'qituvchisida katta ma'suliyatni ta'lab etadi. O'qituvchi bu borada juda mahoratli bo'lishi kerak. Hech bir o'quvchini nazardan chetda qoldirmasligi maqsadga muvofiqdir. Dars jarayonida o'quvchi e'tibori chalg'ishi yoki qiyin mavzular tufayli charchashi mumkin. Shunday hollarda matematik o'yinlardan foydalanish ancha samarali va barcha o'quvchining e'tiborini jalb etishda yordam beradi. Boshlang'ich ta'lim o'quvchilarida doimiy mashqlar bajarish vaqtida o'qituvchi tomonidan ularni zeriktirib qo'ymaslik maqsadida fanga oid qiziqarli mashqlar va o'yinlar bajartirilsa, o'quvchida fanga nisbatan qiziqish paydo bo'ladi. Shu bilan birgalikda o'yinlar fanga oid bo'lganligi sababli o'quvchilar mavzudan chetga chiqib ketishmaydi.

Matematikani shakllantirish uchun didaktik o'yinlar shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo'linadi:

- Raqamlar va raqamlar bilan o'yinlar

- Sayohat vaqti o'yinlari

- Kosmos joylashishini o'rgatuvchi uchun o'yinlar

- Geometrik shakllar bilan o'yinlar

- Mantiqiy fikrlash uchun o'yinlar

Birinchi guruh o'yinlarini bolalarga oldinga va orqaga hisoblash ta'limini o'z ichiga oladi. O'yin mazmunidan foydalanib, bolalar teng va teng bo'lmagan ob'ektlar guruhlarini taqqoslash orqali 10 ichida barcha raqamlarning shakllanishi bilan tanishadilar. Sanoqning pastki yoki yuqori chizig'ida joylashgan ikkita guruh raqamlari taqqoslanadi. Buning uchun bolalar ko'p xonali raqam har doim yuqori o'rinda kichik xonali raqmlar past qismda bo'ladi degan tushuncha yo'q. Shunday o'yinlarni o'ynash orqali bolalar "Qaysi raqam etishmayapti?" , "Qancha?", "Xatoni tuzating", "Raqamlarni olib tashlang" kabi o'yinlarda 10 ichida raqamlar bilan erkin masalalar yechishni o'rganadilar va ularni so'zlar bilan ifodalay oladilar.

Ikkinchi guruh matematik o'yinlari (o'yinlar- sayohat vaqti) bolalarni haftaning kunlari bilan tanishishga xizmat qiladi . Haftaning har bir kunining o'z nomi borligi tushuntiriladi. Bolalar hafta kunlarining nomini yaxshiroq eslab qolishlari uchun ular turli rangli doiralar bilan ko'rsatililadi. Kuzatish har kuni rangli doiralar bilan ko'rsatilib, bir necha hafta davomida amalga oshiriladi. Bu bolalar mustaqil ravishda haftaning kunlarining ketma-ketligi o'zgarmasligi haqida xulosa chiqarishlari uchun maxsus amalga oshiriladi. Bolalarga hafta kunlari nomidan haftaning qaysi kuni sanalganligi taxmin qilinadi: dushanba - hafta oxiridan keyingi birinchi kun, seshanba - ikkinchi kun, chorshanba - haftaning o'rtasi. , payshanba - to'rtinchi kun, juma - beshinchi. Bunday holatdan keyin o'yinlar hafta kunlarining nomlarini va ularning ketma-ketligini aniqlash oson bo'ladi . Bolalar "Jonli hafta" o'yinini o'ynashni yoqtirishadi. Buning uchun 7 tartibda bolalar chaqiriladi , tartib qayta hisoblab chiqiladi va haftaning kunlarini ko'rsatadigan turli rangdagi doiralarni olinadi. Bolalar shunday ketma-ketlikda turishadi, chunki haftaning kunlari tartib bilan

o'tadi. Misol uchun, haftaning birinchi kunini ko'rsatadigan qo'llarida sariq doira bo'lgan birinchi bola - dushanba, va hokazo.

Uchinchi guruh kosmosda joylashish o'yinlarini o'z ichiga oladi.

Fazoviy tasvirlar bolalarni barcha turdagi faoliyati jarayonida doimiy ravishda kengayib borishi va mustahkamlanishi kerak. O'qituvchining vazifasi bolalarni maxsus yaratilgan fazoviy vaziyatlarda harakat qilish va berilgan shartga ko'ra ularning o'rnini aniqlashini o'rgatishdir. Didaktik o'yinlar yordamida va mashqlar orqali bolalar u yoki bu narsaning boshqasiga nisbatan o'rnini so'z bilan aniqlash qobiliyatiga ega bo'ladilar. Masalan, qo'g'irchoqning o'ng tomonida quyon, qo'g'irchoqning chap tomonida piramida va hokazo. Bola tanlanadi va o'yinchoq unga nisbatan yashiriladi (orqada, o'ngda, chapda va boshqalar). Bu bolaga qiziqish uyg'otadi va ularni ongini ishlatishni tashkil qiladi. Bolalarni qiziqtirish natijjasini yaxshilash uchun, o'yin mavzulari ertak qahramonlari bilan bo'lishi kerak. Masalan, "O'yinchoq top" o'yini - "Tunda, guruhda hech kim yo'q bo'lganda," bolalar: "Karlson bizga uchib keldi va sovg'a sifatida o'yinchoqlar olib keldi. Karlson hazil qilishni yaxshi ko'radi, shuning uchun u o'yinchoqlarni yashirdi. O'yinchoqlar va ularni qanday topish mumkinligini xatda yozilgan" . Keyin xat yoziladi, unda: "Siz o'qituvchi stoli oldida turishingiz kerak, o'ngga 3 qadam bosishingiz kerak va hokazo." Bolalar topshiriqni bajaradilar va o'yinchoqlarni topadilar. Keyingi vazifalarda o'yin yanada qiyinlashadi - ya'ni xatda o'yinchoqning joylashuvi tavsifi berilmaydi, faqat o'yinchoqni topishi aytiladi. Sxemaga ko'ra, bolalar ob'ektning qayerdaligini aniqlashlari kerak bo'ladi.

Matematika faniga oid o'yinlar ko'p. Quyida ulardan boshlang'ich ta'lim o'quvchilari uchun ba'zilarini keltiramiz:

1. " Xo'p " o'yini. Bu o'yinda ikki ishtirokchidan tortib istalgancha ishtirokchi qatnashishi mumkin. Bunda 1 dan boshlab natural sonlarni sanash lozim. Har 3 ga karrali son kelganda bu sonni aytmay " xo'p" deyiladi. Agar qatnashchi 3 ga karrali son kelganda "xop" ni aytmasa , 3 ga karrali son aytib qo'ysa yoki to'xtab qolsa u yutqazadi va oxirgi ishtirokchi qolguncha o'yin davom etadi.

Bu o'yin "Xo'p " deb nomlanib, murakkab sonlarning bo'linish alomatlari bilan bog'liq. Yuqorida 3 ga karrali son asos qilib olingan va o'quvchi har 3 ga karrali son kelganda xo'p deydi, ya'ni fikrlaydi. Bunda biz faqat 3 ga karrali emas boshqa sonlarni ham olishimiz mumkin. Masalan 2,4,5,6,7,... sonlarini ishlatishimiz mumkin. Bu o'yindan esa o'quvchi sonlarni bo'lishda og'zaki bajarishni o'rganadi.

2. "Matematik atamalar" o'yini. Bu o'yinda ham bir necha qatnashchilar ishtirok etishi mumkin. Qatnashchilar bir qator bo'lib turishadi va navbat bilan matematik atama aytishadi. Bir atamani qaytadan aytgan yoki 5 soniya aytolmay qolgan qatnashchi yutqazadi va o'yindan chiqib ketadi. O'yin so'ngi ishtirokchi qolguncha davom etadi.

Bu o'yindan faqat matematika fani uchun emas boshqa fan uchun ham foydalansak bo'ladi, sababi o'yinda fanga oid atama asos qilib olingan. Yuqoridagi o'yinda misol qilib matematik atamalardan foydalanilgan. Matematik atamalardan bir nechtasini misol qilib ko'rsatamiz : son, raqam, tengsizlik, tenglama, sonli ifoda, masala, uchburchak , to'rtburchak va hokazolar. Bu o'yin orqali o'quvchi fanga oid o'ziga tanish atamalardan tashqari bilmagan boshqa atamalarni ham o'rganadi.

3. "Tub son o'rniga qarsak" o'yini. Bu o'yinda ham istalgancha ishtirokchi qatnashishi mumkin. Bu o'yinda ishtirokchilar qator bo'lib turadilar va raqamlarni aytish davomida tub son to'g'ri kelib qolsa, o'sha sonni aytmasdan qarsak chalishadi. Agar ishtirokchi qarsak chalish

o'rniga tub sonni aytsa yoki belgilangan muddatdan otib to'xtab qolsa yutqazadi va o'yinni tark etadi. O'yin so'ngi ishtirokchi qolguncha davom etadi.

Yuqoridagi o'yin o'quvchi uchun natijasi ancha samarali, chunki tub sonlar ketma-ketligini aniq bir progressiya orqali ifodalab bo'lmaydi. O'quvchi bu o'yinda ishtirok etish uchun tub sonlar ta'rifini bilishi kerak.

Bu o'yin juda mashhur o'yinlardan biri hisoblanadi , sababi har qanday sonni o'ylaganingizdan qat'iy nazar natija bir xil ya'ni 1 soni bo'ladi. Bundan tashqari o'qituvchi o'quvchilarga o'zlari istagan sonni o'ylashini aytadi. O'quvchilar tomonidan shu son ustida ma'lum bir arifmetik amallar bajariladi. O'qituvchi natijani o'quvchi hisoblashidan oldin aytadi va o'quvchida misolga nisbatan ham o'qituvchi salohiyatiga ham qiziqish uyg'otadi.

Hozirgi kunda juda ko'p o'yinlar mavjud. Men o'rganishlarim natijasida ulardan matematika faniga oid bir qisminigina yoritib o'tdim. Biz o'rganmagan lekin maktab darslarida boshlang'ich ta'lim o'qituvchilari tomonidan foydalanilgan juda ko'p matematik o'yinlar mavjud. Matematik o'yinlar dars jarayonida juda muhim o'rin tutadi. Boshlang'ich ta'lim o'quvchilari ishtirokidagi har bir darsning 5 minutida mavzuga oid biror o'yindan foydalanilsa mavzuning o'zlashtirilishi yaxshi natija beradi .

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Axmedov M,Abduraxmonova N,Jumayev M. Matematika.O'qituvchi kitobi.- Toshkent-2003.

2. Ibrohimov R. «Matematikadan masalalar to'plami». T. O'qituvchi, 1995.

3. Xamedova N.A, Ibragimova Z, Tasetov T. Matematika. Darslik. T.: Turon-iqbol, 2007. 363b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.