Научная статья на тему 'DARSDАN TASHQARI VAZIYATLARDA O‘TKAZILADIGAN PSIXOLOGIK USULLAR MAZMUNI'

DARSDАN TASHQARI VAZIYATLARDA O‘TKAZILADIGAN PSIXOLOGIK USULLAR MAZMUNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

261
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
metоdik о‟yinlаr / ishtiyоq / geоmetrik shаkllаr / rоmb / tо‟rtburchаk / psixоlоgik mаshg‟ulоtlаr / mаntiqiy о‟yinlаr.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Gulhаyо Fаxriddin Qizi Akmаlоvа

Bоshlаng'ich sinf о'quvchilаrining sinfdаn tаshqаri mаshg'ulоtlаr mаzmunini psixоlоgik bаhоlаsh ushbu mаqоlаdа kо'rib chiqildi. Kichik sinf о'quvchilаrigа tаbiаtshunоslik vа mаtemаtikа bо'yichа bilim berish аyniqsа qiyin. Jumlаdаn, endiginа bоshlаng‟ich sinfgа qаbul qilingаn о‟quvchilаr аyniqsа mаtemаtikа fаnining nаzаriy аsоslаrini о‟zlаshtirishdа о‟qituvchi uchun bir qаnchа murаkkаb vаziyаtlаrni keltirib chiqаrаdi. Mаzhur hоlаtgа esа birinchi sinf о„quvchilаrnning hisоblаsh fаnidаn bоshlаng‟ich tаyyоrgаrlik dаrаjаlаrining fаrqli ekаnligi аsоs qilib kо‟rsаtilаdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DARSDАN TASHQARI VAZIYATLARDA O‘TKAZILADIGAN PSIXOLOGIK USULLAR MAZMUNI»

DARSDAN TASHQARI VAZIYATLARDA O'TKAZILADIGAN PSIXOLOGIK

USULLAR MAZMUNI

Gulhayo Faxriddin qizi Akmalova

Termiz davlat pedagogika instituti 2-kurs magistranti

ANNOTATSIYA

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining sinfdan tashqari mashg'ulotlar mazmunini psixologik baholash ushbu maqolada ko'rib chiqildi. Kichik sinf o'quvchilariga tabiatshunoslik va matematika bo'yicha bilim berish ayniqsa qiyin. Jumladan, endigina boshlang'ich sinfga qabul qilingan o'quvchilar ayniqsa matematika fanining nazariy asoslarini o'zlashtirishda o'qituvchi uchun bir qancha murakkab vaziyatlarni keltirib chiqaradi. Mazhur holatga esa birinchi sinf o'quvchilarnning hisoblash fanidan boshlang'ich tayyorgarlik darajalarining farqli ekanligi asos qilib ko'rsatiladi.

Kalit so'zlar: metodik o'yinlar, ishtiyoq, geometrik shakllar, romb, to'rtburchak, psixologik mashg'ulotlar, mantiqiy o'yinlar.

KIRISH

Buyuk chex pedagogi va olimi Ya.a.Komenskiy inson o'zlashtirishi kerak bo'lgan bilimlarni ketmat-ket hamda bosqichma-bosqich, shuningdek tizimlashtirilgan holda o'rganish haqida o'zning ma'lum va mashhur "Buyuk didaktika" asarida shunday yozadi: Bizni o'rab turgan tabiatda jamiki mavjud narsalar o'zaro bir-biril uzviy bog'liq bo'lib, ushbu mutanosiblik ta'lim jarayonida ham o'z isbotini topgandir. Xususan, dastlabki bir bilim o'zidan keyingi mantiqan bog'langan bilimga shubhasiz yo'l ochmog'i hamda o'zaro bir-birini to'ldirib aloqadorlikda bo'lishi kerak deb hisoblaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun tashkil etiladigan ta'lim-tarbiya masalalari umumiy o'rta ta'lim bosqichida dastlabkisi bo'lganligi sababli boshlang'ich sinf o'qituvchilaridan o'ziga xos ma'suliyat bilan yondashishni taqozo etadi. Ushbu mas'uliyat quyidagi bosqichlarda namoyon bo'ladi:

1. Har bir fan doirasida dars mavzulari va o'quvchilar bilim hamda o'zlashtirish darajalaridan kelib chiqib, ko'rgazmali vositalardan foydalanish jarayonida;

2. Dars davomida esa darsning belgilangan asosiy maqsadlaridan kelib chiqqan holda, didaktik materiallarni qo'llash jarayonida.

Ta'lim bu o'quvchilar uchun dars jarayonida beriladigan bilim, ko'nikma va malakalarnining ongli o'zlashtirilgan hamda

April, 20

171

mustahkamlangan rejali shaklidir.

Yetuk boshlang'ich sinf o'qituvchilarining pedagoglik tajribasi shu narsani ko'rsatmoqdaki, boshlang'ich sinf ,matematika darsliklaridagi barcha mavzularda psixologik usullardan foydalanish mumkin. Hatto, «o'nlik» mavzusidagi birinchi darslarda ham didaktik o'yinlardan foydalanish imkoniyatlari katta:

Masalan: 1). «Qo'shningni top» o'yinida 1-sinf o'quvchilari «o'nlik» mavzusidagi bir xonali raqamlar ketma- ketligida har bir (1 va undan boshqa) raqamning har ikk tomondagi qo'shnilarini topish bo'yicha amaliy ishlarni bajaradilar. o'qituvchi raqamlar to'plamidan biror (masalan, 4) sonni olib, o'quvchilarga ko'rsatib, o'quvchilarga bu (5) raqamning o'ng va chap tomondagi qo'shnilari qanday raqamlardan iborat bo'lishini so'rab, ularni topib, raqamlar qatoriga qo'yib bo'sh joylarni to'ldirish kerakligini so'raydi. Mazkur o'yinni individual yoki kichik-kichik guruhlar tashkil etgan holda ham tashkil etsa bo'ladi. Ushbu didaktik o'yindan maqsad qilingan asosiy ta'limiy maqsad, birinchi sinf o'quvchilarining bir xonali sonlar raqamlardan iborat bo'lishligini va sonlar ikki va undan ortiq raqamlardan tuzilishi kerakligi xususida dastlabki tasavvurlarni uyg'otishdan iboratdir. Rivojlantiruvchi maqsad esa ularni o'ngdan chapga va chapdan o'ngga qarab sanash, hisoblash ko'nikmalarini mustahkamlagan holda malakaga aylantirishdir.

«Do'konda» o'yini ikkinchi sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, ularning «100 lik» sonlari ichida og'zaki hamda yozma hisoblash ko'nikma va malakalarini mustahkamlash orqali ularga ta'limiy va iqtisodiy tarbiya berishga mo'ljallangan didaktik o'yindir.

Mazkur o'yindan ko'zlangan asosiy maqsad, ikkinchi sinf o'quvchilari bilan 100 soni va yuzliklar xonasini tashkil etuvchi birliklar haqidagi umumiy tushunchalarni aniq hamda keltirilgan sonlar misolida o'rganish va o'zlashtirishdan so'ng mustahkamlashdan iboratdir.

Ushbu o'yin davomida o'quvchilar do'kondan bir nechta o'yinchoqlar xarid qilishi va ularning umumiy qiymati 100 miqdoridan oshib ketmasligi talab qilinadi. Bu o'yinning yechimi turfa xil va variantbop bo'lganligi sababli ham o'yin yanada hayajonli va qiziqarli bo'ladi.

- «o'xshashlarini nomma-nom ayt», nomli o'yinda to'rtinchi sinf o'quvchilari planimetrik geometrik figuralar ichida o'zaro mutanosiblarini ajratib, ularning nomlarini to'liq talaffuz etish orqali geometrik figura va shakllar to'g'risidagi bilimlarining qanchalik to'g'ri va mustahkam ekanligini aniqlab oladilar. Masalan, sinf partasi ustidagi uchburchak, to'rtburchak, doira, yarim doira aylanalar (yarim aylana), ko'pburchaklar va boshqalar o'zaro aralashgan yoki yonma-yon bo'ladi. o'quvchilar esa ularni turma-tur,

April, 20

172

nomma-nom ajratishlari kerak.

Bu o'yindan ko'zlangan ta'limiy maqsad ham o'ziga xos bo'lib, o'yin so'ngida yaqqol namoyon bo'lishi bilan ahamiyatlidir. o'quvchilar bu geometrik shakllar qanday rang va qanday kattalikda bo'lishidan qat'iy nazar bir nom ostida atalishini va ularning har biri alohida o'z nomlari (kvadrat, rom, trapetsiya, parallelogramm, to'g'ri to'rtburchak) yordamida atalishini guruh bo'lgan holda topishadi.

o'yin davomida bolalarning yuz-u ko'zidan tabassum arimaydi va har biri o'yinga singib juda katta ishtiyoq bilan qatnashishadi.

Bir so'z bilan aytganda, psixologik ta'sirga asoslangan usullar orqali o'quvchilarning darsga bo'lgan qiziqishlari, ishtiyoqlari namoyon bo'lib, dars samaradorligi hamda natijadorligi yuqori bo'ladi.

Boshlang'ich sinf matematika darslarida qo'llaniladigan har bir o'yindan, albatta, muayyan didaktik maqsadlar nazarda tutiladi. Qo'llaniladigan o'yinlarning eng muhim ahamiyati ham ana shunda bo'lib, ushbu maqsadlar o'zaro uyg'un hamda bir-birini to'ldirgan holda bo'ladi.

Psixologik ta'sirga ega o'yinlar o'zining shakli jihatidan asosan maktabgacha ta'lim muassasalarida o'ynaladigan ijodiy psixologik mashg'ulotlar va o'yinlardan ham, o'qituvchi o'zi suhbat asosida og'zaki yo'l bilan tushuntiradigan va o'quvchilardan birma-bir so'rab chiqish natijasida mustahkamlanadigan psixologik treninglardan ham tamomila farq qiladi. Psixologik usullardan o'qitish, o'rgatish maqsadlari ko'zlanadi, ularda ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadlar o'zaro uyg'un va bir-birini to'ldirgan holda olib borilishi, ayniqsa o'ziga xosdir. Bolalar g'olib chiqish niyatida jiddu jahd bilan mashq qiladilar, berilgan har bir topshiriqlarni bajarishga odatlanib qolishadi, natijada ularda didaktik vazifalarni bajarishga bo'lgan qiziqish orta boradi. Yuqori turdagi usullar har bir darsning maqsadlarini, har bir topshiriqdan ko'zlangan maqsad va vazifalarni yaxshiroq anglab olishga yordam beradi.

Psixologik usullar ta'lim va darslarning ko'rgazmaliligini, o'qituvchining oratorlik qobiliyati hamda o'quvchilar harakatini o'z ichiga oladi, buning natijasida idrok qilishda (ko'rish, eshitish, teri sezgisi belgilarida) mutanaosiblik tug'iladi. Bu esa o'qituvchi tomonidan aytilgan topshiriqlarni o'quvchilar o'ylab bajarishiga va o'sha aytilgan vazifalarni tushuntirib berishlariga, ya'ni psixologik usullar qoidalarini o'quvchilarning o'zlari mustaqil bajarishlariga imkoniyat yaratadi. Psixologik usullarning bu tarzda amalga oshirilish xususiyatlari o'quvchilar faoliyatini kuzatish hamda tahlil qilish uchun qulay vaziyatlarni taqdim qilishi bilan xarakterlidir.

Psixologik usullar bolaning tafakkur doirasidan tashqari uning his-tuyg'ulariga ta'sir ko'rsatib, unda o'qishga bo'lgan ijobiy munosabat va qiziqishni paydo qilib tarbiyalab boradi.

April, 20

173

o'quvchilar o'yinni zo'r mamnuniyat bilan bajaradilar. Darsda tashkil qilinadigan o'yin boshlanishini esa diqqat bo'lib kutadilar, natijada ushbu holat ularning tasavvur doiralariga ham ko'chib beixtiyor navbatdagi dars soatining quvonchli manzarasi gavdalanadi.

Har bir didaktik o'yinda o'quvchilarning aksariyat qismi yoki butun bir sinf o'quvchilari ishtirok qiladi. Masalan, «Doiraviy misollar» o'yinida butun bir sinf masala yechadi, «Zanjircha»da esa 10nafargacha, «Do'koncha»da esa 8-12 nafar, «Narvoncha» da esa deyarli barcha o'quvchilar masala hamda misol yechadilar.

Bundan tashqari, o'yin jarayonida hatto bolalardan ba'zi birlari bevosita aniq bir harakatlar bilan ishtirok etmasa ham, ular o'yinda imo -ishoralar yordamida bilvosita qatnashadilar. Masalan, ko'zlarini yumib, kim necha marta taqillatganini hisoblaydilar yoki barmoqlari yordamida sanashga tushib ketishadi. Xayolot olamlarida tasavvur qilish uchun bir zum tek qolishadi, tinglash uchun diqqat qilishadi va hakozolar. «Eng yaxshi hisobchi», «Kim aniqroq va tezroq» kabi psixologik mashg'ulotlar va o'yinlarda esa hattoki chetdan kuzatib sinfdoshlarining qanchalik epchil hamda hisoblash ko'nikmalarini tahlil qilib boradilar. Bu esa o'qituvchi uchun yordam bo'lib uning jamoa bilan qaror qabul qilishi tezlashadi.

Bizga ma'lumki, bolalar o'qishning o'zidagina to'liqligicha rivojlana olmaydilar, balki ular o'yin jarayonida gina nazariy bilimlarini mustahkamlab imtihondan o'tkazib olishadi, o'zaro hamjihat bo'lishga,jamoaviy ishlashga, natija uchun har biri astoydil kirishishga o'rganadilar.

Psixologik usullarning tarbiyaviy ahamiyati nimalardan iborat?

Tajribalar shuni ko'rsatmoqdaki, psixologik usullar o'zaro hamjihatlik va intizomlilikni tarbiyalashga yordam berar ekan, chunki har bir o'yinda oxirgi natija muhim bo'lib g'alaba qozonishga intilish bilan bog'liq, bu esa o'yin shartlari va qoidalariga qat'iy hamda izchil rioya qilishni talab etadi. «Kim aniqroq va tezroq?», «Bo'sh kelma», «Eng yaxshi hisobchi», «Ko'rganni eslab qolish diktanti» singari psixologik topshiriqlar o'tkazish paytida o'quvchilarning sinf xonasida jimjitlik hukm surishiga, o'quvchilarning o'zlarini nazorat qilishlariga, partadan ohista turib turib, shovqin qilmay doskada hoziru nozir bo'lishlariga, so'ng o'rinlariga osoyishtalik bilan qaytib kelib o'tirishlariga, topshiriqlarni diqqat bilan tinglashlariga, raqamlarga diqqat bilan e'tibor qilishlariga erishiladi.

Bundan tashqari, o'yin o'tkazilayotgan vaqtda o'yinqaroq bolalarning xulq-atvori tamoman o'zgarib ketadi. Ular darhol o'zlarini qila boshlaydilar, o'qituvchining o'yin shartlarini ko'rsatib berishini kutmaydilar ham, qoidalarni o'zlari bajonidil va mustaqil

April, 20

174

bajaradilar. Psixologik usullar vaqtida o'quvchilarda uyushqoqlik, vaqtni iloji boricha taqsimot qilish qobiliyatlari shakllanib boradi.

Tajribalar shuni ko'rsatmoqdaki, psixologik usullar bolalarda do'stlik, oliyjanoblik, mehnatsevarlik fazilatlarini tarbiyalash va o'stirishga yordam beradi. «Kim turgan saf yaxshiroq», «Zanjircha», «Narvoncha», «Bilgan kishi sanashni davom ettiraversin» singari ruhiy ta'sirga ega o'yinlar o'tkazilayotganda o'quvchilar o'z o'rtoqlari, o'zi turgan saf yoki jamoa, qator va so'ngida esa o'z sinflarining nomi uchun bellashadilar.

odatda o'quvchilar o'yin davomida bir-birlariga yoki jamoadoshlariga dalda bo'lib turadilar, agar jamoadoshlari topshiriqni to'g'ri uddalay olsa, undan behad mamnun bo'ladilar va u bilan faxrlanishni boshlaydilar.

Shuni ham alohida ta'kidlash kerakki, o'yin o'tkazilayotgan paytda o'quvchilarda hasad, asabiylashish, odobsizlik qilish holatlari kabilar uchramaydi.

Psixologik usullar kreativ shaxsni, shuningdek ruhan sog'lom, aqlan yetuk shaxslarni tarbiyalashga katta yordam beradi, chunki har bir o'yin, uning har bir takrorlanishi topshiriqni bajarishga o'zgacha yondashuv bilan birgalikda aqliy tafakkur hamda tarbiyaviylikni talab qiladi. Bu esa uni hal qilishda ijodiy tafakkurni keltirib chiqaradi.

Psixologik mashg'ulot va o'yinlarda tirishqoqlik, kreativlik, matonatlilik, sabrlilik, ma'suliyatlilik singari eng kerakli irodaviy fazilatlar tarkib topadi hamda toblanib boradi. Masalan, «Doiraviy misollar» o'yinida berilgan misollarning barini yechish kerak, aks holda, oxirgi sonning birinchisiga to'g'ri kelish-kelmasligini aniqlab bo'lmaydi.

Eng ahamiyatlisi esa psixologik va didaktik o'yinlar o'qituvchini o'quvchilarga ham qalban ham ruhan yaqinlashtiradi, o'qituvchi bolalar nazarida oddiy pedagoggina bo'lmay, balki chinakam do'st va hamfikrga ham aylanadi.

XULOSA

Ta'lim jarayonida psixologik usullar mohiyati va ahamiyatini chuqurroq, shu bilan birgalikda aniqroq tasavvur qilish maqsadida mazkur maqolada qo'llaydigan ta'lim shakllari, o'yin, didaktik topshiriq, o'yin topshiriqlari singari tushunchalarning tavsifiga va ularning mazmunini ochib berishga to'xtalib o'tishilishi zarur hisoblanadi.

o'yin - bolalarning ongi, qalbiga singib ketgan va ularning kundalik hayotlarida ajralmas qismga ega bo'lgan faoliyatdir. o'yin sinfda o'tilgan o'quv jarayonini mustahkamlash uchun

April, 20

175

ajoyib imkoniyatdir. Tajribalar shuni isbotlaganki, o'yin kichik yoshdagi o'quvchilarning kerakli hayotiy ehtiyoji va talabidir.

Didaktik o'yin - ta'lim beruvchi usul bo'lib, mazkur usul muayyan ta'limiy maqsadlarga qaratilgan bo'ladi, ya'ni o'tilgan o'quv materialini aniqlashga, mustahkamlashga va uning mohiyatini ochib berishga qaratilgan bo'ladi. Har bir didaktik o'yinni o'tkazishda muayyan maqsad, albatta, ko'zlanadi. Didaktik topshiriq darsga qo'yiladigan umumiy maqsadning yuzaga chiqishida asosiy vosita bo'lin xizmat qiladi. Har bir didaktik o'yinning o'ziga xos qoidalari bo'lganligi sababli ushbu qoidalarga amal qilinmasa, o'yinning o'yin sifatidagi dolzarbligi, binobarin, o'yinning ta'lim-tarbiyaviy,psixologik, mantiqiy ahamiyati o'z ma'nosini yo'qotadi.

o'yin qoidalari o'yin topshirig'iga kiritilib, o'qituvchining bolalarga o'yinning qanday o'ynalishini, kim g'olib chiqqan hisoblanishini va hokazolarni tushuntirish tarzida beradigan topshirig'I bo'lib xizmat qiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi o'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli Farmoni // Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 06/22/113/0330-son

2. o'zbekiston Respublikasining Qonuni. Ta'lim to'g'risida. o'RQ-637-son. 2020 yil 23 sentyabr. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020 y., 03/20/637/1313-son.

3. Interfaol metodlardan foydalanish // Boshlang'ich ta'lim, 2008. №11, 2631 bet

4. Sherimbetova Z.Sh. Boshlang'ich sinflardagi o'zlashtirmovchi o'quvchilarning psixologik xususiyatlari: psixol. fan. nomz. diss... Toshkent, 2007. - 160 b.

5. Jumaev M.E., Tadjieva Z.G'. Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi. - Toshkent: o'qituvchi, 2006.

April, 20

176

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.