Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINFLARDA DIDAKTIK O‘YINLARNING AHAMIYATI'

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA DIDAKTIK O‘YINLARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2941
179
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
didaktik oʽyin / aqliy rivojlanish / amaliy faoliyat / qobiliyat / rag‘bat.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Yunusova Nargiza Azamatovna

Ushbu maqolada boshlangʽich sinf o‘quvchilarining rivojlanish jarayonida didaktik oʽyinlardan foydalanish usullari, darsga boʽlgan qiziqishini va dars samaradorligini oshirish usullari haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINFLARDA DIDAKTIK O‘YINLARNING AHAMIYATI»

BOSHLANG'ICH SINFLARDA DIDAKTIK O'YINLARNING AHAMIYATI

Yunusova Nargiza Azamatovna

Toshkent viloyati Angren Shahar 6-maktab Boshlang'ich sinf o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7450745

Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarining rivojlanish jarayonida didaktik o'yinlardan foydalanish usullari, darsga bo'lgan qiziqishini va dars samaradorligini oshirish usullari haqida ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: didaktik o'yin, aqliy rivojlanish, amaliy faoliyat, qobiliyat, rag'bat.

Kichik maktab yoshida bolalar didaktik o'yinlarni (syujetli, predmetli, musoboqali) rohatlanib o'ynashadi. Ularda faoliyatning quyidagi elementlari mavjud: o'yinli masala, o'yinli motivlar, masalalarni o'quv faoliyati bilan bog'liq yechimlari. Natijada o'quvchilar o'yin mazmuniga ko'ra yangi bilimlarga ega bo'lishadi. O'quv-biluv masalalarini to'g'ridan-to'g'ri qo'yilishidan farq qilgan holda, didaktik o'yinda u bolaning o'zini o'yinli masalasi sifatida nomoyon bo'ladi. Uni yechish usullari esa o'quv-biluv faoliyatiga tegishli hisoblanadi.

Eng yaxshi didaktik o'yinlar mustaqil ta'lim olish prinsipida tuzilgan, ya'ni, shunday tuzilganki, ularning o'zi o'quvchilarni bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishlariga qarab yo'naltiradi. Ma'lumki, ta'lim olish ikkita komponentni o'zida jamlaydi: kerakli ma'lumotni to'plash va to'g'ri yechimni qabul qilish. Bu komponentlar o'quvchilarda didaktik tajribani ta'minlaydi. Lekin, tajribaga ega bo'lish ko'p vaqtni talab qiladi. O'quvchilarda "bunday tajribaga ega bo'lish"ni ko'paytirish, ularni mustaqil ravishda bu ko'nikmalarga ega bo'lish mashqlariga o'rgatishdan iboratdir. Bunga psixologik tavsifdagi rivojlantiruvchi o'yinlarni kiritish mumkin: krossvordlar, viktorinalar, boshqotirmalar, rebuslar, kriptogrammalar va boshqalar. Didaktik o'yinlar o'quvchilarda predmetga nisbatan qiziqishni uyg'otadi, har bir o'quvchini individual qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatini beradi, bilish faolligini tarbiyalaydi. Didaktik o'yinning muhimligi, u bolalar tomonidan qanday reaksiya qilinishi bilan emas, balki u yoki bu masalani yechish har bir o'quvchi uchun tadbiq qilinishining samaraliligi bilan aniqlanadi. Didaktik o'yinlarning natijaviyligi, birinchidan, ulardan tizimli ravishda foydalanishga, ikkinchidan, o'yinlar dasturining oddiy didaktik mashqlar bilan birgalikda maqsad sari yo'naltirilganligiga bog'liq. Masalan, bilish faolligini rivojlantirish muammosini hal etishda, o'quvchining mustaqil tafakkurini rivojlantirish asosiy masala deb hisoblanishi zarur.

Didaktik o'yin o'rganilayotgan voqea va xodisalarning imotatsion modeli yaratilishi soxasidagi muhim faoliyatidir. Didaktik o'yinlarning boshqa faoliyat turlaridan farqlanadigan muhim belgilari uning tarkibiy qat'iyligidir Didaktik o'yinlarning tarkibiy komponentlari quydagilar:

1. O'yin mantig'i.

2. O'yin harakati.

3. O'yin qoidasi.

O'yin mantig'i asosan uning sarlavhasida aks etadi.

O'yin harakati jarayononida o'quvchilarning bilish faolligini oshirish o'quvchilarning o'z qobilyatini namoyon qilish, o'yin maqsadiga erishish uchun o'z bilimi, ko'nikma va malakalarini qo'llashga imkoniyat yaratiladi.

O'yin qoidasi o'yin jarayonini to'g'ri tahkil etishga yordam beradi. U o'quvchilar xulqi, ularning o'zaro munosabatlarini tartibga soladi.

O'qituvchilar zamonaviy talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib darslarni ilg'or pedagogik hamda didaktik o'yinlardan foydalanish jarayonida ta'lim-tarbiya oshadi.

Didaktik o'yinlarga "Do'koncha", "Nimani taqillatdim", "Mehmonchilik", "O'rningni top", "Kim tezroq", "So'zdan so'z toping", "Farqini top", Jimjitlik", "Zanjircha", "Doiraviy misollar" singari o'yinlarda bolalar tevarak-atrof hayotni, narsalarning sifatini, og'irlik o'lchovi, narx- navolar va boshqalarni bilib oladilar, uarda fazoviy tasavvurlar mustahkamlashadi.

Didaktik o'yinlar, o'qituvchini bolalarga yaqinlashtiradi, o'qituvchi bolalar nazarida tarbiyachigina emas, balki chinakam do'stga aylanadi. Bu hol o'quvchilarning yotsirash hollariga ham barham beradi.

"Do'kocha" tipidagi o'yinni misol qilsak, o'quv qurollari sotib olish va bir necha o'quv qurollari narxini hisoblab chiqishiga, necha pul "qaytarib" berish kerakligi haqida o'ylab ko'rishga ham to'g'ri keladi.

Tajriba shuni ko'rsatadiki didaktik o'yinlar bolalarda do'stlik, birodarlik, mehnatkashlik hissini tarbiyalash va taraqqiy etishga yordam beradi.

"Bo'sh kelma", "Eng yaxshi hisobchi", "Ko'rganini eslab qolish diktanti" singari o'yinlarni o'tkazish paytida o'quvchilar sinf xonasida jim bo'lishga, o'zlarini tuta bilishlariga, sinf xonasida odob saqlash, hurmat kabi odobga ega bo'ladilar. Didaktik o'yinlar o'zining tashkil etish shakillariga ko'ra: individual (yakka), guruhli va yalpi (butun sinf o'quvchilari ishtirokida bo'ladi). Xulosa o'rnida shuni takidlash kerakki, darslarda o'quvchilar yoshiga tabiatiga mos bo'lgan didaktik o'yinlar dars jarayonining samarali chiqishi uchun xizmat qiladi.

"Jim" o'yini. O'yinning maqsadi: O'quvchilarning o'n ichida "+", "-" belgilari haqidagi bilim va malakalarini oshirish, sinash. O'yin guruhlarda o'ynaladi. O'yin jihozi: Raqamiar yozilgan tarqatmalar, misollar, jadval. O'yinning borishi: Jadvallar

doskaga osib qo'yiladi, doskaga bo'r bilan yoziladi. O'yin ovoz chigarmagan holda o'tkaziladi. O'qituvchi ko'rsatkich bilan 7 va 5 ni ko'rsatadi. O'quvchilar o'ylab 2 yozilgan tarqatmani ko'rsatadilar. "Bilmasvoyning xatolari" o'yini O'yinning maqsadi: o'quvchilarning o'n ichida "+", "-" ishoralari haqidagi bilimlarini mustahkamlash, bilim va malakalarini, mustaqil fikrlash qobiliyatini o'stirish. O'yinning borishi: Doskaga ifodalar yoziladi. Har bir qatordan bittadan o'quvchi doskaga chiqadi va xatolarini tuzatadi. 10-7=4 10-3=6 7-3=5

3+2=6 4+3=8 4+1=6

"Kim epchil" o'yini. O'yin maqsadi: Hozirjavoblik, topqirlik malakalarini oshirish. O'yin jihozi: 2 ta savatcha ifodalar yozilgan olmalar 12-6; 2+8; 7+5; 4+8; 10-3 va hakozo. Stol ustida "olmalar" yozib qo'yiladi. Doskaga 2 o'quvchi chiqadi. Stol ustidagi "olmalar"dagi ifodalarning natijalarini aytib savatga sola boshlaydilar. Ifodaning qiymatini to'g'ri topmagan o'quvchi ularni savatga sola olmaydi. Qaysi o'quvchi savatga ko'p "olma" tergan bo'lsa, o'sha o'quvchi g'olib bo'ladi.

Ko'pgina faoliyat turlarini muvaffaqiyatli o'zlashtirib olish o'quvchilarda masofa tushunchalarini shakllanishi bilan bog'liq, narsalarni o'ziga nisbatan muvozanatini aniqlab bilish ko'nikmasi va o'zini turli manbalarga nisbatan holatini bilish bilan bog'liq. Ular kitobni o'ng va chap betini, qog'ozni yuqori va pastki qismini ajrata olgan holda ko'rsatilgan yo'nalishda chizib o'tkazish kabilarni biladilar. Shuning uchun o'yin faoliyatlarida bolalar bunday yo'nalishlarda doimiy tarzda, tizimli ravishda mashq qilishlari kerak. Bu maqsadga "Mashinist turadigan xona quramiz", "Yuqori havo masofasiga mo'ljallangan shakllar" o'yinlari qaratilgan. Bu o'yinlarda bolalar ko'rgazmalar asosida "chapdan", " o'ngdan", "oradan", "chapdan, o'ngga", " o'ngdan chapga", " yuqoriga", "pastga" kabi tushunchalarni egallab oladilar. "Eng yaxshi izquvar", "Raqam bilan ifodalangan kartochkani top" o'yinlarida o'quvchilar narsalarga nisbatan o'zlarini holatini aniqlaydilar va aksincha narsalarni o'ziga nisbatan holatini aniqlaydilar. "Samolyot harakat doirasini aniqla" o'yini bolalar bilimlarini chuqurlashtiradi va ma'lum bir tizimga tushiradi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, didaktik o'yindan foydalanilganda bolalarning darsga qiziqishi ortadi, diqqatni jamlash rivojlanadi, dars materiallarini o'zlashtirish yengillashadi hamda matematik kompetentsiyalar shakllanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Toxirov J, Muxammedova G. "Matematika"darslarida innovatsiya; T: TDPU 2012 y

2. U.A.Roziqov, N/H.Mamatova Matematika va turmush nomli qo'llanma, T: "Fan"nashriyoti, 2020 y,127 b

3. Boshlang'ich ta'lim jurnali. 2014-yil

4. Tolipov O', M.Usmonboyeva. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. T. 2015-yil.

5 Aliev A. O'quvchilarning ijodkorlik qobiliyati. -Toshkent: O'qituvchi, 2016. 6. Boboyeva Yu.K. Hozirgi zamon umumiy ta'lim maktabida o'qitish metodlari. - Toshkent:O'qituvchi,2017

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.