Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINFLARDA DIDAKTIK O‘YINLARNING AHAMIYATI'

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA DIDAKTIK O‘YINLARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1579
106
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
boshlang‘ich sinf / didaktik / o‘yin / maktab / predmet / o‘quvchi / bilim / faoliyat / masala.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Atajanova Muazzam Baxtiyarovna, Babajanova Sadoqat Baxodirovna

Ma’lumki, boshlang‘ich sinf yosh avlodning kelajagi uchun poydevor vazifasini o‘taydi. Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilariga yangi mavzularni tushuntirishda didaktik o‘yinlarning ahamiyati nihoyatda katta. Shuning uchun ham mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda didaktik o‘yinlarning ahamiyati haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINFLARDA DIDAKTIK O‘YINLARNING AHAMIYATI»

JffiTALQINVA

\-/TADQIQOTLAR №2 2022

^fiMuviVuiLwn №2 2022

^^ ilmly-uHuOty jumali W

BOSHLANG'ICH SINFLARDA DIDAKTIK O'YINLARNING AHAMIYATI

#

>

! ¡ > '* * ' >

Atajanova Muazzam Baxtiyarovna

Xorazm viloyati Xiva tumanidagi 10-son umumiy o'rta ta'lim

maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi

Babajanova Sadoqat Baxodirovna

Xorazm viloyati Xiva tumanidagi 10-son umumiy o'rta ta'lim

maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7239435

Annotatsiya: Ma'lumki, boshlang'ich sinf yosh avlodning kelajagi uchun poydevor vazifasini o'taydi. Kichik yoshdagi maktab o'quvchilariga yangi mavzularni tushuntirishda didaktik o'yinlarning ahamiyati nihoyatda katta. Shuning uchun ham mazkur maqolada boshlang'ich sinflarda didaktik o'yinlarning ahamiyati haqida so'z yuritiladi.

Annotation: It is well known that the primary school serves as a foundation for the future of the younger generation. Didactic games are very important in explaining a new topic to young schoolchildren. That is why this article discusses the importance

of didactic play in primary school.

Kalit so'zlar: boshlang'ich sinf, didaktik, o'yin, maktab, predmet, o'quvchi, bilim, faoliyat, masala.

Key words: elementary school, didactic, game, school, subject, student, knowledge, activity, issue.

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida har bir o'quvchining darslarda faol qatnashishini ta'minlovchi mashg'ulot shakllari alohida o'rinni egallaydi. Bu masalalarni ta'limning o'yinli shakllari texnologiyasi orqali muvaffaqiyatli hal qilish mumkin. O'yin tashqi tomondan tashvishsiz va yengil ko'rinadi. Aslida esa, u o'yinchidan yuqori darajada energiya sarflashni, fikrlashni, o'zini tuta bilishni, mustaqil harakat qila olishni talab qiladi. Didaktik o'yinlar - bu atamani bevosita o'yinlarga nisbatan ishlatish mumkin, chunki u maqsadli ravishda didaktikaning bir

turiga kiradi.

Boshlang'ich sinflarda didaktik o'yinlarning ahamiyati nihoyatda katta hisoblanadi. Shu o'rinda, Xitoy muatafakkiri Konfutsiyning so'zlarini eslatib o'tishni joiz deb topdim: "Aytsang - unutaman, ko'rsatsang - eslab qolaman, o'zim bajarib -

! K*

anglab yetaman". Bu so'zlarga ortiqcha izoh shart emas.

Kichik maktab yoshidagi bolalar didaktik o'yinlarni (syujetli, predmetli, musobaqali) rohatlanib o'ynashadi. Didaktik o'yinlarda faoliyatning quyidagi

_______•______-j. • ______1„ • __________1„1___:

elementlari mavjud: o'yinli masala, o'yinli motivlar, masalalarni o'quv faliyati bilan

31><}>

u>,* ^ №

JffiTALQINVA 1

\-#TADOIOOTLAR No2 2022

№2 2022

ilmly-uslubly juniali

miiif-iwuuif juiiian

bog'liq yechimlari. Natijada o'quvchilar o'yin mazmuniga ko'ra yangi bilimlarga ega

#

bo'lishadi. O'quv-biluv masalalarini to'g'ridan to'g'ri qo'yilishidan farq qilgan holda, didaktik o'yinda u bolaning o'zi o'yinli masalaning o'zi sifatida namoyon bo'ladi. Uni yechish usullari esa o'quv-biluv faoliyatiga tegishli hisoblanadi. Bolalar hodisalar doirasidagi ma'lumotlar bilan chegaralanib qolmasdan, o'yin faoliyati bilan bog'liq yangi tushunchalarni egallashga faol harakat qilishadi. To'plangan bilimlar tizimlashtirilib, kichik maktab yoshidagi bolalar ta'limga nisbatan o'z faoliyatarini

qayta moslashtirishadi. Endi u nafaqat o'yinlar nuqtayi nazaridan, balki o'yin davomida paydo bo'lib, rivojlangan o'quv-biluv qiziqishlari bilan birgalikda amalga oshiriladi. Demak, didaktik o'yinlar bolalar tomonidan bilimlarni o'zlashtirish uchun qulay bo'lgan shart-sharoitni paydo qiladi.

Eng yaxshi didaktik o'yinlar mustaqil ta'lim olish prinsipida tuzilgan, ya'ni shunday tuzilganki, ularning o'zi o'quvchilarni bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishlariga qarab yo'naltiradi. Ma'lumki, ta'lim olish ikkita komponentni o'zida jamlaydi: kerakli ma'lumotni to'plash va to'g'ri yechimni qabul qilish. Bu komponentlar o'quvchilarda didaktik tajribani ta'minlaydi. O'quvchilarda "bunday tajribaga ega bo'lish"ni kopaytirish, ularni mustaqil ravishda bu ko'nikmalarga ega bo'lish mashqlariga o'rgatishdan iboratdir. Bunga psixologik tavsifdagi

»

rivojlantiruvchi o'yinlarni kiritish mumkin: krossvordlar, viktorinalar, boshqotirmalar, rebuslar, kriptogrammalar va boshqalar.

Didaktik o'yinlar o'quvchilarda predmetga nisbatan qiziqishni uyg'otadi, har bir o'quvchining individual qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatini beradi, bilish

faolligini ta'minlaydi. Didaktik o'yinning muhimligi, u bolalar tomonidan qanday

........... , „ . , . , ............

reaksiya qilinishi bilan emas, balki u yoki bu masalani yechish har bir o'quvchi uchun tatbiq qilinishining samaraliligi bilan aniqlanadi.

Didaktik o'yinlarning natijaviyligi, birinchidan, ularda tizimli ravishda foydalanishga, ikkinchidan, o'yinlar dasturining oddiy didaktik mashqlar bilan birgalikda maqsad sari yo'naltirilganligiga bog'liq. Masalan, bilish faolligini rivojlantirish muammoni hal etishda, o'quvchining mustaqil tafakkurini rivojlantirishda asosiy masala deb hisoblanishi zarur.

Demak, kichik maktab yoshida o'yinlardan bolalarning o'quv va mehnat J-jt faoliyatini yengillashtiruvchi va tashkil etuvchi vosita sifatida foydalanish mumkin. Ta'lim jarayonida o'yin elementlari o'quvchilarda ijobiy emotsiyalarni yuzaga keltirib, ularning faolligini oshiradi. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilar, o'yin

4 1 > ^^ "'l "1 >

tavsifiga ega, mehnatga taalluqli topshiriqlarni qiziqish bilan bajaradilar. O'yin

! !>»

faoliyati bolalar hayotining barcha tomonlarini shakllantirishda, masalaning qo'yilishida va harakatlanish usullarini tanlashda yordam beradi.

P i i a « Foydalanilgan adabiyotlar:

:• i -il i> |» : * ^

LTALQIN VA ¡TADQIQOTLAR

ilmiy-uslubry jurnali

№2 2Q22

1. R.Yo'ldoshev, R.Xusainova, U.Bobojonova. Ta'limning inteгfaol metodlari(metodik qo'llanma). Urganch-2011.

2. G'. Yo'ldoshev, S.Usmonov. Pedagogik texnologiya asoslari. Toshkent-2004.

3. www.ziyo.uz.

>4*

-^fV-líT --^SfV-^ï f.—

221

q >3*

Щ >

¡¿ft

q

Ы >

ц

q > >

wi >

Ы:>

q

Ы >

q

Рч > ^й >

■ i

) j ж

q j>jr> q >stb

Ш

5*M >

q > Ы >

q щъ

Щ >

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.