Научная статья на тему 'MATEMATIKA DARSLARIDA DIDAKTIK O‘YINLARDAN SAMARALI FOYDALANISH USULLARI'

MATEMATIKA DARSLARIDA DIDAKTIK O‘YINLARDAN SAMARALI FOYDALANISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4485
1194
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
matematika / didaktik o‘yinlar / zamonaviy ta’lim / ko‘rgazmalilik / o‘yin qoidasi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dadajonova Dilafruz Yulchibayevna

Ushbu maqolada matematika darslarida didaktik o‘yinlardan samarali foydalanish usullari hususida so‘z boradi va misollar yordamida tahlil etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MATEMATIKA DARSLARIDA DIDAKTIK O‘YINLARDAN SAMARALI FOYDALANISH USULLARI»

JffiTALQINVA 1

\-/TADQIQOTLAR No4 2022

«Cl

ilmiy-uslubiy JumaH

MATEMATIKA DARSLARIDA DIDAKTIK O'YINLARDAN SAMARALI

M*

>

FOYDALANISH USULLARI

Dadajonova Dilafruz Yulchibayevna

Farg'ona tumani 4-IDUM boshlang'ich sinf o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7257237

Annotatsiya: Ushbu maqolada matematika darslarida didaktik o'yinlardan samarali foydalanish usullari hususida so'z boradi va misollar yordamida tahlil etiladi.

Kalit so'zlar: matematika, didaktik o'yinlar, zamonaviy ta'lim, ko'rgazmalilik, o'yin qoidasi.

! J>

Har tomonlama barkamol insonni shakllantirish bugungi jamiyatimiz oldida

+ rrrn n r\ r\\ rK m o o o 1 oí o rrl o n Kin Krv'l iK ^ /"v 1 m A/irln Urv/i-rm m n 1/lnK rv ' n n rl m I n n rl o

turgan dolzarb masalalardan biri bo'lib qolmoqda. Hozirgi maktab o'rindiqlarida

>

*

o'tirgan yosh avlod ertaga bizning qo'limizdan ishimizni oladigan, hayotimizni davom ettirib, o'zidan keyingi avlodga yetgazuvchi vorislarimiz, O'zbekiston buyuk kelajagining egalaridir. Barkamol avlod haqida so'z borganda, davlat ta'lim

standartlarini, o'quv dasturlari va o'quv adabiyotlarini takomillashtirish. Oliy va o'rta maxsus ta'lim, umumta'lim tizimida ta'lim yo'nalishlari va mutahasisliklarini bugungi kun talabalari nuqtai nazaridan qayta ko'rib chiqish zarur. Shuningdek, o'quv jarayoniga yangi axborot va pedagogik texnalogiyalarni keng joriy etish,

bolalarimizni komil inson etib tarbiyalashda jonbozlik ko'rsatadigan o'qituvchi va

,...... ....... .....

domlalarga e'tiborimizni yanada oshirish, qisqacha aytganda, ta'lim tarbiya tizimini

sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko'tarish diqqatimiz markazida bo'lishi

darkor. Shu sababli zamon talablariga to'liq javob beraoladigan pedagogik texnalogiyalarni barcha fanlarga,xususan,matematika darslarida ham joriy qilish ishlari hozirgi davr talabidir.

Ma'lumki 1-sinfga qabul qilinib, maktab ostonasida ilk qadam qo'ygan bolaning faoliyatda o'yin asosiy o'rinni egallaydi. O'yin ularning eng sevimli mashg'uloti bo'lib, ular har qanday mashg'ulotni o'yin bilan uyg'unlashtirishga harakat qiladi.

J-jt

Shunday ekan o'qituvchi o'quvchi faoliyatidan ularning sevimli mashg'uloti -

o'yinni siqib chiqarmasdan, undan maqsadga muvofiq foydalanish bilan ta'lim

jarayonining samaradoligini oshirishi maqsadga muvofíqdir. O'yin bola hayotining j > ' ^^ i uzviy qismidir. O'yin orqali bola atrof - muhit, tabiat hodisalari, manzaralar,

buyumlar o'simliklar hayvonlar dunyosi bilan tanishadi.

O'quvchilarning aqliy va jismoniy faoliyatini tashkil qilishda didaktik o'yinlar

alohida o'rin egallaydi. Matematika darslarida didaktik o'yinlardan foydalanish

o'quvchilar zehnini o'stirish, tez hisoblash ko'nikmalarini oshirishda muhim

* : j*

H* *>L

JffiTALQINVA 1

\-/TADQIQOTLAR No4 2022

¡ImlyuHuOiy jumali i»--r «-W"

»

Mllliy-UWUUIT juilion

ahamiyat ega. Didaktik o'yinlar jarayonida o'quvchilar o'yin qoidalariga rioya qilishga o'rganadilar, inoqlik hissi, dunyoqarashlari shakllanib boradi.

Ta'lim jarayonida didaktik o'yinlar o'quvchilarning xususiyatlariga ko'ra tashkil etilishi kerak. Bu esa ularga bilim berishni yengillashtiradi, o'quvchilarni toliqtirmaslik imkonini beradi.

Didaktik o'yinlar 2 xil tasnifga egadir. Didaktik o'yinlarni xilma - xil tashkil qilish mumkin.

Qo'g'irchoqlar, o'yinchoqlar, rasmlar va tarqatmalar, turli geometrik

shakilardan ham foydalanish mumkin. Didaktik o'yinlar maqsadga ko'ra 4 omilni o'z ichiga oladi :

JS

1.O'yinning vazifasi; 2.O'yinning harakati; 3.O'yinning qoidasi; 4.O'yinning yakuni.

Har bir didaktik o'yinni boshlashdan oldin o'yinni qoidasi, mazmunini, yakunini nimadan iborat ekanligi tushuntiriladi. O'quvchilar uni tushunib anglab shu asosida harakat qiladi. Didaktik o'yinlar tuzilishiga ko'ra 2 asosiy guruhga bo'linadi: syujetli-rolli o'yin va o'yin - mashqlar.

Syujetli-rolli o'yin biror syujetga asoslanadi, ro'llarga bo'linadi, o'yin harakteri va qoidasi bo'ladi. Masalan: "Kema marshrutini aniqla", "Telefo'n", "Telegraf", "To'p kimga beriladi?" kabilar.

O'yin- mashqlarda faqat alohida o'yin elementi kiritgan bo'lib, yoki topishmoq, biror qoida yoki o'yinning biror harakati olinadi. Bunday o'yinlarga "Zanjir", "Jim", "Matematik estafeta", "Doiraviy misollar", "Uychani to'ldir" kabilar kiradi. Bu tur

<5

o'yinlarni tashkil qilish oson, uni o'tgazishga kamroq vaqt ketadi, lekin o'quvchilarda syujetli-rolli o'yinlar o'yin-mashqlarga ko'ra ko'proq qiziqish uyg'otadi.

O'yindagi o'quvchilarning o'quv - bilish faoliyatiga ko'ra o'yinlarni yana bir necha turga ajratish mumkin:

1.O'quvchi faqat ijrochi sifatida qatnashadigan o'yinlar: bunda o'quvchilar namunada ko'rsatilganidek harakat qiladilar. Masalan: "Naqsh tuzamiz" o'yini kabi.

2.O'tilgan bor mavzuni esga olib, takrorlashni talab qiladigan o'yinlar. Bunda J-jt masalan o'quvchilarning arifmetik amallarni bajarish yuzasidan olgan bilim, ko'nikma va malakalari mustahkamlanadi. Bunday o'yinlarga "Matematik baliqchi", "Eng yaxshi uchuvchi", "Parashutni qo'ndir'' o'yinlar kiradi. Biror bir narsani

i ] >

o'zgartirish bilan bog'liq bo'lgan o'yinlar. Bunday o'yinlarda o'quvchilar berilgan masala va misolni ularga mantiqiy bog'liq bo'lgfan boshqa masala va misol bilan almashtiradilar. Masalan; "Matematik estafeta", "Zanjir", "Doiraviy misollar", ya'ni bunday o'yinlarga o'z-o'zini va bir-birini nazorat qilishga o'rgatuvchi o'yinlar ham

kiradi: "Nazoratchilar", "Bilmasvoyni tekshir" va hokazo.

m >

m ^ » j

80

Шу

1 Ч>

. vjTALOIN VA • ^TADOIOOTLAR

ilmiy-uslubiy jumaH

№4 2Q22

>

Ы>

>>

Ы J> 1 >J>

b>4r> >>

Ы у-

ЩУ

Ы*

>>

} >5> 1 >£>

1 >

>)> »

'¿fi,

J

>

эй* *ф>

Ы j>

Ы > i >j>

Ы >

Matematika darslari xususiyatdan kelib chiqib, o'yin- musobaqalarni va olimpiada o'yinlarini ham ajratish mumkin. Musobaqa-o'yinda topshiriqlarni bajarishning tezligi va to'g'riligi e'tiboгga olinsa, olimpiada o'yinlarida topshiriqning mazmuni, bajarilish sifati birinchi o'ringa qo'yiladi.

Didaktik o'yinlar bolaning his- tuyg'usiga ta'siï etib, unda o'qishga ijobiy munosabat va qiziqish xislatini tarkib toptiradi. Bolalar o'yinda zo'rmamnuniyat bilan ishtirok etadilar. O'yin boshlanishini sabrsizlik bilan kutadilar, ularning ongida beixtiyor ertangi o'quv kunining quvonchli manzarasi gavdalanadi.

Har bir didaktik o'yinda ko'pchilik bolalar yoki butun bir sinf o'quvchilari ishtirok etadi. Masalan, "Doiraviy misoUa^' o'yinida hamma bolalar masala yechadi. "Zanjircha" da 10 nafa^ "Do'koncha"da 8 - 12 nafar bola, "Naгvoncha"da esa hamma o'quvchilar masala yechadilar. Bundan tashqari, o'yin jarayonida hatto bolalaráan ba'zi biriari ishtiгok etmasa ham, икг o'yinda imo-ishoralar bilan qatnashadilar. Masalan, ko'zlarini yumib, kim necha marta taqillatganini tinglaydilar. "Eng yaxshi hisobchi", "Kim aniqroq va tezroq kabi o'yinlarda o'z o'rtoqlarining misolni qanchalik to'gri- noto'g'ri yechayotganlarini kuzatib boradilar. Bu esa oqituvchiga o'quvchi faoliyatiga individual munosabatda bo'lish imkonini beradi. Didaktik o'yinlar kuzatuvni, o'xshashlik va farqlarni aniqlash qobiliyatini rivojlantiradi, fikriashni, e'tibomi va tasavvumi yaxshilaydi. Dare jaгayonida qo'llash darslarning qiziqarli va tushunarli bo'lishini ta'minlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. "Pedagogik texnologiya asoslari" J.G'.Yoldoshev,S.A.Usmonov.Toshkent-2004-y

2. N.U.Bikboyeva, E.Ya.Yangiboyeva va boshqala^ "Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi", T.: "O'qituvchi", 2005;

3. "Xalq ta'limi" jumali.

4. "Ma'rifat" gazetasi;

81

J> * >

шъ

ш

Ц J>

> J •

s1 >i#;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

*ф> Ы+

ч >j# Ш >

^Н i

1-7*.

04 >

m >

i> *

ц >P § > >

q

q >0

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.