Научная статья на тему 'Использование дидактических игр для активизации деятельности учащихся на уроках химии'

Использование дидактических игр для активизации деятельности учащихся на уроках химии Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
88
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Общество и инновации
ВАК
Область наук
Ключевые слова
метод / дидактика / технология / интерактивность / находчивость / сплоченность. / method / didactics / technology / interactive / resourcefulness / intelligence.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Дильбар Шайзакова, Севара Муллабоева

В данной статье рассматривается применение методов дидактической игры в обучении химии учащихся 7-х классов, в формировании необходимых цитирований у учащихся, пробуждении интереса к науке, формировании мировоззрения и новых навыков, заданиях, связанных с развитием умения понимать мира, запоминать формулы, формировать желание побеждать на основе своих исследований и знаний.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Use of didactic games to increase student activity in chemistry lessons

This article examines the application of didactic game methods in teaching chemistry to 7th grade students, in the formation of the necessary citations among students, awakening interest in science, the formation of a worldview and new skills, tasks related to the development of the ability to understand the world, memorize formulas, form the desire to win based on their research and knowledge

Текст научной работы на тему «Использование дидактических игр для активизации деятельности учащихся на уроках химии»

Жамият ва инновациялар -Общество и инновации -Society and innovations

Journal home page:

https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Use of didactic games to increase student activity in chemistry lessons

Dilbar SHAYZAKOVA1 Sevara MULLABOYEVA2

Tashkent region Chirchik State Pedagogical Institute

ARTICLE INFO ABSTRACT

Article history:

Received March 2021 Received in revised form 20 March 2021 Accepted 15 April 2021 Available online

20 May 2021

Keywords:

method,

didactics,

technology,

interactive,

resourcefulness, intelligence.

This article examines the application of didactic game methods in teaching chemistry to 7th grade students, in the formation of the necessary citations among students, awakening interest in science, the formation of a worldview and new skills, tasks related to the development of the ability to understand the world, memorize formulas, form the desire to win based on their research and knowledge.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.

This is an open access article under the Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Kimyo darslarida o'quvchilar faolligini oshirishda didaktik o'yinlardan foydalanish

Kalitso'zlar.

Metod,

didaktika,

texnologiya,

interfaol,

topqirlik,

birdamlik.

ANNOTATSIYA_______________________________________________

Ushbu maqolada 7-sinf o'quvchilariga kimyo fanini o'qitishda didaktik o'yin usullarini qo'llash orqali, o'quvchilarda zarur bo'lgan kompetensiyalarni shakllantirishda, fanga bo'lgan qiziqishni uyg'otish, dunyoqarashini va yangi ko'nikmalarni shakllantirish, olamni anglash qobiliyatini rivojlantirish, formulalarni eslab qolish, izlanishlari va bilimlari asosida g'olib bo'lishga intilishni shakllantirishga doir topshiriqlar to'g'risida so'z yuritilgan.

1 Doctor of Philosophy (PhD), Tashkent regional Chirchik State Pedagogical Institute, Chirchik, Uzbekistan. E-mail: [email protected]

2 Magistr, Tashkent regional Chirchik State Pedagogical Institute, Chirchik, Uzbekistan.

Жамият ва инновациялар - Общество и инновации - Society and innovations

Special Issue - 4 (2021) / ISSN 2181-1415

IScience

through ti**e A*d Cf>Ace

Использование дидактических игр для активизации деятельности учащихся на уроках химии

АННОТАЦИЯ_________________________________________________

В данной статье рассматривается применение методов дидактической игры в обучении химии учащихся 7-х классов, в формировании необходимых цитирований у учащихся, пробуждении интереса к науке, формировании мировоззрения и новых навыков, заданиях, связанных с развитием умения понимать мира, запоминать формулы, формировать желание побеждать на основе своих исследований и знаний.

Bugungi kunda respublikamizda barkamol avlodni tarbiyalashda, o'sib kelayotgan farzandlarimizga zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalangan holda ta'lim berish, ijobiy natijalarga erishishda o'z samarasini berib kelmoqda.

Mamlakatimiz ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar o'zining yorqin samaralarini berdi. Shu bilan birga, ertangi kunimizni yanada yuksaltirishga mustahkam zamin yaratish, biz boshlagan buyuk ishlarni davom ettirishga qurbi-qudrati yetadigan, hech kimdan kam bo'lmasdan hayotga kirib kelayotgan yetuk va barkamol, mustaqil fikrlaydigan yangi avlodni kamol toptirish, bugun erkin fikrlaydigan, ongli yashaydigan, siyosiy, huquqiy va ma'naviy saviyasi tobora o'sib borayotgan, o'z kelajagini, kim uchun va nima uchun mehnat qilayotganini o'zida aniq tasavvur etayotgan barkamol avlodni tarbiyalashni davr taqozo etadi [1].

Aksariyat rivojlangan davlatlarda dastlabki kimyoviy bilimlar boshlang'ich sinfda “Tabiatshunoslik” fanining tarkibiy qismi sifatida o'qitila boshlanadi. Kimyo fanini o'qitish bilan bir qatorda yosh avlodga tabiatni asrash, sog'lom turmush tarsi, tirishqoqlik, hamkorlik qilish, mehnatsevarlik kabi ijobiy sifatlarni o'quvchilarda rivojlantiradi.

Rivojlangan davlatlardan Xitoy, Yaponiya, Italiya, Finlandiya, Rossiya, AQSH, Germaniya ta'limining rivojlanish tarixini o'rganishda, sohalardan biri kimyo sohasining o'rni alohida etiborga ega. Masalan, Xitoyliklarning fikricha - kimyo bu fandagi liberal san'atdir. O'rta maktablarda kimyo ta'limining maqsadi ba'zaviy bilimlar berishdan iboratdir. O'quvchi kelajakda kimyoga oid mutaxassislik tanlasa, daturdan tashqari zarur bilimlarni mustaqil o'rganishi kerak bo'ladi. Aksariyat davlatlarda kimyo fani alohida fan emas, balki “Science” geologiya, geografiya, biologiya fanlari bilan birga umumiy fan sifatida o'qitiladi [2].

Fanning o'quvchiga qay darajada chuqur berilishi esa, uning kelajakda egallaydigan kasbiga va fanga bo'lgan qiziqishiga qarab belgilanadi. O'quvchilar umumiy o'rta ta'lim maktablarida kimyo fanini o'qitishni 7-sinfdan boshlaydilar.

Ko'pchilik o'qituvchilar dars jarayonida mavzuni tushuntirishda faqatgina darslikda berilgan nazariy ma'lumotlarni keltirish bilan qanoatlanadilar. O'quvchilarga fanning ahamiyatini, har bir o'qitayotgan mavzularning xayotning aynan qaysi jabhasida qo'llashni yetarlicha tushuntira olmaydilar. Bu bilimlar o'quvchilarda kimyo ularga kelajakda keraksiz fan sifatida taassurot uyg'otishga sabab bo'ladi. O'quvchilarga kimyoni o'qitishda hayot bilan bog'langan holda ulani zeriktirmasdan didaktik o'yinlarni qo'llagan holda bilim berish fanning ahamiyatini his etishlariga va fanga nisbatan qiziqishlari ortishiga sabab bo'ladi.

Kimyo faniga o'quvchilarni qiziqtirish usullaridan biri bu darslarktik o'yinlardan foydalanishdir.

Ключевые слова:

метод,

дидактика,

технология,

интерактивность,

находчивость,

сплоченность.

134

Жамият ва инновациялар - Общество и инновации - Society and innovations

Special Issue - 4 (2021) / ISSN 2181-1415

IScience

through ti**e A*d Cf>Ace

Didaktik o'yin - bu jamoa tajribasini o'zgartirishga va yaratuvchanlikka yo'naltirilgan hatti -harakatlarni mustaqil boshqarishni takomillashuvlga imkoniyat beradigan faoliyat turidir. “O'yin” atamasining turli tillardagi tarjimasiga qaraganda, “hazil”, “kulgi” degan ma'nolarni anglatadi. Ayni vaqtda o'yin metodlari katta mashhurlikka ega bo'lib, hilma - hilligi bilan ajralib turadi. Didaktik o'yinlarda asosiy e'tibor natijaga emas, jarayonga qaratilgan bo'ladi.

Agar didaktik o'yin guruxlarga bo'lingan holda tashkil etiladigan bo'lsa, bu o'quvchilarning ma'suliyatini oshiradi, hattoki eng passiv o'quvchi o'rtoqlari oldida uyalib qolmasligi uchun ham faol bo'lishga harakat qiladi.

Darsda guruhlarga bo'linib o'yin ko'rinishidagi topshiriqlarini bajarish vaqtida bilimi va fikrlash jarayoni kuchliroq bo'lgan o'quvchilar, o'yin davomida bilimi pastroq o'quvchilarga yordam berishga harakat qiladilar. Chunki hamkorlikda ishlash g'alabaga olib keladi. G'alaba esa o'quvchilarni yana o'yinni davom ettirishga jalb qiladi, o'zlariga bo'lgan ishonchini oshirishga yordam beradi. O'quvchilarda qo'rqoqlik, odamovilik kabi salbiy jihatlari yo'qolishi kuzatiladi. Bunda didaktik o'yinlarning nafaqat ta'limiy balki, tarbiyaviy ahamiyatga ham ega ekanligi namoyon bo'ladi [3].

Darslarda didaktik o'yinlardan foydalanish o'qituvchining o'quvchilarga tarbiyaviy ta'sirining ortishiga olib keladi. Didaktik o'yin darsning mustahkamlash qismida, yoki butun dats maboynida qo'llash mumkin.

Didaktik o'yinlar jarayonida o'quvchilar o'yin qoidalariga qafiy rioya qilishga o'rganadilar, inoqlik his-tuyg'ulari dunyoqarashlari shakllanib boradi. Ta'lim jarayonida didaktik o'yinlar o'quvchilarning xususiyatiga ko'ra tashkil etilishi kerak. Bu esa ularga bilim berishni yengillashtirishga, ko'rgazmalilikni ta'minlashga qaratilgan bo'lib, o'quvchilarni toliqtirmaslik imkonini yaratadi. Har bir didaktik o'yini boshlashdan oldin o'quvchilarga o'yining qoidasi, mazmuni va yakuni nimadan iborat ekanini o'qituvchi tomonidan tushuntiriladi. O'quvchilar uni tushunib anglab shu asosda harakat qiladilar. Bu bosqichlarni quyidagicha belgilab olish mumkin:

Tayyorlov davri. O'yin natijasiga ta'sir etuvchi mas'uliyatli bosqich bo'lib, asosiy vazifa o'quvchilarni o'yinning maqsadi, mavzusi, qoidasi, shartlari bilan tanishtirish.

O'yinni tashkiletish. O'quvchilarni guruhlarga bo'lib, vazifalar beriladi.

O'yinni o'tkazish. Belgilangan vazifalar yakka va guruhlarga birlashtirilib, o'quvchilar topshiriqlarni bajarishadi.

O'yin natijalari. Natijani baholash, xulosalash, ya'ni o'yinning o'quv-bilish natijalarini tahlil

qilish.

Didaktik o'yinlarni o'tkazish o'quvchilarga quyidagicha mas'uliyat yuklaydi:

- o'yinlarni o'tkazish jarayonida faol bo'lish;

- diqqat va e'tiborli bo'lish, do'stlarini gapini bo'lmaslik;

- o'z vazifasini aniq bajarish;

- ko'rgazmali qurollar tayyorlash;

- birdamlik va hamjihatlik kuchini his qilish;

- o'zaro ishonch;

Didaktik o'yinlar texnologiyasi qisqa vaqtda amalga oshiriladigan, tizimlashgan guruhiy mashg'ulotlar bo'lib, ularni o'tkazish oson va oldindan tayyorgarlik ko'rish shart emas. U ko'p vaqt olmaydi. Didaktik o'yinlar o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishlarini kuchaytirib, darsning boshida, o'rtasida ohirida o'tkazish tavsiya qilinadi [4].

Yangi pedagogik texnologiyaga bag'ishlangan adabiyotlar va maqolalarda bir qator didaktik o'yinlar haqida so'z yuritilib, innovatsion metod sifatida taqdim etilmoqda. Ana shulardan kimyo darslaridan qo'llanish mumkin bo'lgan ayrim o'yinlar haqida so'z yuritamiz:

135

Жамият ва инновациялар - Общество и инновации - Society and innovations

Special Issue - 4 (2021) / ISSN 2181-1415

IScience

through ti**e A*d Cf>Ace

7-sinf kimyo faninining ayrim mavzularini o'qitishda didaktik o'yinlardan foydalanish “Rebus" o'yini

Izohli lug'atga ko'ra, rebus - bu "rasmlar, raqamlar, harflar yoki belgilar yordamida shifrlangan so'z yoki ibora". Rebus XV asrning o'rtalarida Frantsiyada paydo bo'lgan. Shundan so'ng, jumboqlar Angliya, Italiya, Germaniya davlatigacha etib brogan. Rebus deyarli hamma davlatlarda qo'llanilib kelinayotgan topishmoqlardir. Reybus o'yini qo'llanilganida o'uvchlarning fikrlash doirasini oshiradi, dunyo qarashini kengaytiradi, mantiqiy fikrlashni, fikrini bayon qilishni o'rganadi. Quyida berilgan kimyoviy rebus topishmoq asosida o'quvchi kimyoviy asboblar nomini bilish bilan birga qo'shimcha tarzda ularning vazifalarini ham aytishi mumkin.

P235

P234

KA

V2345

So'ngra o'quvchi tomonidan quyidagi fikr mulohazalarni bildirishi uchun anketa savollari beriladi.

1. Rebus o 'yinida berilgan topshiriqlarni qiziqib bajardingizmi, o 'yin sizga yoqdimi?

2. O 'yin davomida o ' zingizni qanday xis qildingiz?

3. Nima deb o 'ylaysiz do 'stlaringizning fikri sizning fikringiz bilan bir hilmi?

4. Yan qanday jumboqli rebislarni o 'rganib bajarishni hohlar edingiz?

5. Rebus tuzishingizda sizga do 'stlaringizni ko 'magi kerakmi?

6. Ushbu rebus o 'yinidan so 'ng sizning fikringiz - ".........."

O'quvchi fikri quyidagicha bo 'lishi mumkin: Rebus haqiqatan ham mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi, buni keltirilgan misollar tasdiqlaydi. Jumboqlarni echish juda qiziq. Men jumboqlarni echish qoidalari, qachon paydo bo 'lganligi haqida ko 'p narsalarni bilib oldim va sinfdoshlarim ham bu mashg' ulotni yaxshi ko 'rib bajarishdi. Boshqa jumboq turlarini o 'rganishni istardim: Anagramma, Metagramma va hk. Men buni albatta qilaman va ishim natijalarini sinfdoshlarim bilan baham ko 'raman, ehtimol ulardan biri ham menga qo'shilishga qaror qilishi mumkin. Mening fikrim: Jumboqlarni eching, mantiqiy fikrlashingizni rivojlantiring - bu juda qiziq!

136

Жамият ва инновациялар - Общество и инновации - Society and innovations

Special Issue - 4 (2021) / ISSN 2181-1415

IScience

through ti**e A*d Cf>Ace

"Konseptual jadval"

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

"Konseptual jadval" grafik organayzeri o'quvchi (tinglovchi) larni o'rganilayotgan mavzu (masala yoki muammo) ni ikki yoki undan ortiq jihatlari bo'yicha taqqoslashga o'rgatadi. Undan foydalanishda o'quvchi (tinglovchi) larning mavzu yuzasidan mantiqiy fikrlash, ma'lumotlarni tizimli bayon qilish qobiliyatlari rivojlantiriladi [5].

Mashg'ulotlar chog'ida orgonayzer jadvaldan quyidagicha foydalaniladi:

1. O'qituvchi echimi topilishi lozim bo'lgan mavzu (masala) ni aniqlaydi.

2. O'quvchilar mavzu va organayzerdan foydalanish qoidasi bilan tanishtiriladi.

3. O'quvchilar kichik guruxlarga biriktiriladi.

4. Guruxlar o'zlari tanlagan topshiriqlarni bajarishadi.

5. Guruxlar yechimlarni sinf (guruh) jamoasi hukmiga havola etadi.

6. Guruxlarning yechimni sinf (guruh) jamoasida muhokama qilinadi.

O'quvchi (tinglovchi) lar e'tiboriga quyldagi na'munani tavsiya etiladi. O'quvchilar jadval asosidagi topshiriqlarni jamoa bo'lib yoki mustaqil tarzda bajarishlari mumkin:

"OksidIar"mavzusida "Konseptual jadval" ni yakka tartibda to'ldirish namunasi.

Oksid nomi Kimyoviy formulasi Asosli oksid Kislotali oksid Amfoter oksid Befarq oksid

Uglerod (IV) oksidi CO2 CO2

Kaliy oksidi K2O K2O

Oltingugurt (IV) oksidi SO2 SO2

Uglerod (II) oksidi CO CO

Oltingugurt (VI) oksidi SO3 SO3

Natriy oksidi Na2O Na2O

Alyuminiy oksidi AhO3 AhO3

Fosfor (V) oksidi P2O5

Azot (I) oksidi N2O N2O

Marganes (IV) oksidi MnO2 MnO2

Xlor (VII) oksidi □2O7 □2O7

"Oksidlar"mavzus\da "Konseptual jadval" ni jamoa bo'lib to'ldiradi va raqamlangan

kataklarga reaksiya tenglamalarini yozadi.

Oksid nomi Kimyoviy formulasi Asosli oksid Kislotali oksid Kislotalar Asoslar H2O

Oltingugurt (VI) oksidi SO3 1 - - 7 9

Kaliy oksidi K2O - 3 5 - 10

Alyuminiy oksidi Al2O3 2 4 6 8 -

Uglerod (II) oksidi CO - - - - -

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Д.А. Шайзакова. Педагогические условия в совершенствования образования по химии. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования Сборник статей по материалам

137

Жамият ва инновациялар - Общество и инновации - Society and innovations

Special Issue - 4 (2021) / ISSN 2181-1415

IScience

through ti**e A*d Cf>Ace

XII международной научно-практической конференции. ИНТЕРНАУКА. №6 (12). -М.: 2018. - С. 61-64.

2. Xasanova X. Do'stova Z. Limyo darslarida qiziqarli didaktik o'yinlar. Maktabda kimyo jurnali. - 2017. - B. 11.

3. Пак М.С., Бондаренко Д.К. Дидактический материал в обучении химии. -Санкт-Петербург: (Осипова). - 2013. - С. 45.

4. G.A. Ixtiyarova, D.J. Bekchanov. M.Sh. Ahadov Kimyoni o'qitishda zamonaviy texnologiyalar. Toshkent. - 2020. - B. 57-64.

5. O'.X. Muxamedov, M.H. Usmonboyev, S.S. Rustamov. Ta'limni tashkil etishda zamonaviy interfaol metodlar. O'quv-uslubiy tavsiyalar. Toshkent. - 2016. - B. 28.

138

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.