Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA DIDAKTIK O‘YINLARNING O‘QUVCHI SHAXSINI SHAKLLANTIRISHDAGI O‘RNI'

BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA DIDAKTIK O‘YINLARNING O‘QUVCHI SHAXSINI SHAKLLANTIRISHDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2767
180
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
didaktik o‘yinlar / boshlang‘ich sinf / maktab / ona tili / xotira / aqliy faoliyat / bilim. / didactic games / primary school / school / native language / memory / mental activity / knowledge.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — M. Qurbonova, D. Qutlimuratova, B. Sobirova

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga dars o‘tish jarayonida didaktik o‘yinlarning katta ahamiyatga egaligi haqida so‘z boradi. Bola hayotida bog‘chadan so‘ng maktabning dastlabki davrlari muhim o‘rin tutadi. Shu bois boshlang‘ich ta’lim davri o‘quv-tarbiya jarayonidagi eng mas’uliyatli davrdir. Bu paytda bolaning savodi chiqishi bilan birga, uning dunyoqarashi shakllanadi, tafakkur qilish malakasi rivojlanadi. Bu davrda bolaning zehnini o‘stirishga qaratilgan har bir mashg‘ulot bola aqlining tarkib topishi va rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham bu davrda, avvalo, ta’lim jarayonini qiziqarli, ta’sirli qilib tashkil etishga, ijobiy o‘quv motivlarini hosil qilish va uni rivojlantirishga e’tibor qaratish lozim. Chunki, bu muddat bolaning o‘yin faoliyatidan aqliy faoliyatiga, ya’ni o‘quv faoliyatiga o‘tganligi bilan xarakterlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF DIDACTIC GAMES IN THE FORMATION OF THE STUDENT'S PERSONALITY IN THE LESSONS OF THE NATIVE LANGUAGE IN THE PRIMARY GRADES

This article talks about the great importance of didactic games in the process of teaching primary school students. The first periods of school after kindergarten play an important role in a child's life. Therefore, the period of primary education is the most critical period in the educational process. At this time, along with the literacy of the child, his worldview is formed, his thinking abilities develop. During this period, any activity aimed at the development of the child's psyche has a great influence on the composition and development of the child's psyche. Therefore, during this period, first of all, it is necessary to pay attention to the organization of the educational process in an interesting and effective way, to the creation of positive motives for learning and its development. Because this period is characterized by the transition of the child from play activity to intellectual activity, that is, to educational activity

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA DIDAKTIK O‘YINLARNING O‘QUVCHI SHAXSINI SHAKLLANTIRISHDAGI O‘RNI»

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

BOSHLANG'ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA DIDAKTIK O'YINLARNING O'QUVCHI SHAXSINI SHAKLLANTIRISHDAGI O'RNI Qurbonova Mashhura Muzaffar qizi

UrDU 3-bosqich talabasi Qutlimuratova Dinora Ravshanbek qizi

UrDU 3-bosqich talabasi Sobirova Bakposhsha Maqsudbek qizi

UrDU 3-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6983763 Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilariga dars o'tish jarayonida didaktik o'yinlarning katta ahamiyatga egaligi haqida so'z boradi. Bola hayotida bog'chadan so'ng maktabning dastlabki davrlari muhim o'rin tutadi. Shu bois boshlang'ich ta'lim davri o'quv-tarbiya jarayonidagi eng mas'uliyatli davrdir. Bu paytda bolaning savodi chiqishi bilan birga, uning dunyoqarashi shakllanadi, tafakkur qilish malakasi rivojlanadi. Bu davrda bolaning zehnini o'stirishga qaratilgan har bir mashg'ulot bola aqlining tarkib topishi va rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun ham bu davrda, avvalo, ta'lim jarayonini qiziqarli, ta'sirli qilib tashkil etishga, ijobiy o'quv motivlarini hosil qilish va uni rivojlantirishga e 'tibor qaratish lozim. Chunki, bu muddat bolaning o'yin faoliyatidan aqliy faoliyatiga, ya'ni o'quv faoliyatiga o'tganligi bilan xarakterlanadi.

Kalit so'zlar: didaktik o'yinlar, boshlang'ich sinf, maktab, ona tili, xotira, aqliy faoliyat,bilim.

РОЛЬ ДИДАКТИЧЕСКИХ ИГР В ФОРМИРОВАНИИ ЛИЧНОСТИ УЧАЩЕГОСЯ НА УРОКАХ РОДНОГО ЯЗЫКА В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ Аннотация. В данной статье говорится о большом значении дидактических игр в процессе обучения учащихся начальных классов. Первые периоды учебы в школе после детского сада играют важную роль в жизни ребенка. Поэтому период начального обучения является наиболее ответственным периодом в образовательном процессе. В это время вместе с грамотностью ребенка формируется его мировоззрение, развиваются мыслительные способности. В этот период всякая деятельность, направленная на развитие психики ребенка, оказывает большое влияние на состав и развитие психики ребенка. Поэтому в этот период в первую очередь необходимо обратить внимание на организацию учебного процесса в интересной и эффективной форме, на создание положительных мотивов обучения и его развитие. Потому что этот период характеризуется переходом ребенка от игровой деятельности к деятельности интеллектуальной, то есть к учебной деятельности.

Ключевые слова: дидактические игры, начальный класс, школа, родной язык, память, мыслительная деятельность, знания.

THE ROLE OF DIDACTIC GAMES IN THE FORMATION OF THE STUDENT'S PERSONALITY IN THE LESSONS OF THE NATIVE LANGUAGE IN THE PRIMARY

GRADES

Abstract. This article talks about the great importance of didactic games in the process of teaching primary school students. The first periods of school after kindergarten play an important role in a child's life. Therefore, the period of primary education is the most critical period in the educational process. At this time, along with the literacy of the child, his worldview

UIF-2022: 8.2 ISSN: 2181-333

is formed, his thinking abilities develop. During this period, any activity aimed at the development of the child's psyche has a great influence on the composition and development of the child's psyche. Therefore, during this period, first of all, it is necessary to pay attention to the organization of the educational process in an interesting and effective way, to the creation of positive motives for learning and its development. Because this period is characterized by the transition of the child from play activity to intellectual activity, that is, to educational activity.

Keywords: didactic games, primary school, school, native language, memory, mental activity, knowledge.

Bolalarga o'yinni o'rgatishdan muayyan ta'limiy maqsad nazarda tutiladi. O'yinning eng muhim ahamiyati ham ana shundadir. O'yin o'tkazilish shakllari va usullari ta'limning boshqa turlaridan farq qiladi. Didaktik o'yin usullari cheksiz, takrorlash va o'zgartirish, unga turli yangiliklar kiritish imkoni bor. Masalan, biz "Jimjitlik" o'yinining 5-7 xilini butun sinf bilan hamda ayrim bolalar bilan 10 martadan ko'proq takrorlab o'tkazdik, "Nima o'zgardi?" turidagi o'yin 5 xil turli ko'rsatmali material bilan o'tkazildi. Natijada o'yin malakalarining bir xilda va mustahkam bo'lishiga hamda o'yinning har bir qoidasini tinglay bilish va unga rioya qilishiga erishish imkonini beradi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Didaktik o'yinlar o'zining shakli jihatidan, asosan, bog'chada o'ynaladigan ijodiy o'yinlardan ham, o'qituvchi o'zi hikoya qilib berish yo'li bilan tushuntiradigan va o'quvchilarni birma-bir so'rab chiqish natijasida mustahkamlanadigan o'yinlardan ham bir tomonlama farq qiladi. Didaktik o'yinlar o'qitish vazifasiga xizmat qiladi va qiziqarli, maroqli, tushunarli darajada olib boriladi. Bolalar g'olib chiqish maqsadida jon-dili bilan mashq qiladilar, berilgan har bir topshiriqni albatta bajarishga odatlanib qoladilar, natijada ularda didaktik topshiriqlarni bajarishga bo'lgan qiziqish orta boradi. Didaktik o'yinlar har bir darsning maqsadini, har bir mashqning maqsadi va vazifalarini yaxshiroq tushunib olishga yordam beradi. Didaktik o'yinlar ta'limning ko'rgazmaliligi, o'qituvchining nutqini va bolalar harakatini o'z ichiga oladi, buning natijasida idrokda (ko'rish, eshitish, teri sezgisi belgilarida) birlik tug'iladi. Bu esa o'qituvchining aytganlarini bolalarning o'ylab olishiga va aytilganlarni ifodalab berishlariga, ya'ni didaktik o'yin qoidalarini o'zlari bajarishlariga undaydi. Didaktik o'yinlarning bu tarzda tuzilish xususiyatlari o'quvchilar faoliyatini tahlil qilish imkonini beradi. Shuning uchun ham barcha bolalar o'yin vaqtida zo'r qiziqish bilan harakat qiladilar.

TADQIQOT NATIJALARI

O'yinsiz tom ma'nodagi aqliy rivojlanish bo'lishi mumkin emas. O'yin o'quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni uyg'otadigan uchqundir. O'yin boshlang'ich sinf o'quvchilarda ma'lum sifatlarni shakllantirish uchun kattalar - o'qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar tomonidan qo'llaniladigan usul. O'yin vositasida o'quvchilarning bilim o'zlashtirish jarayoni qulaylashadi, turli xil predmetlar bilan munosabatda bo'lishga o'rganadi, shuningdek, ularda muomala madaniyati shakllanadi. O'yin vositasida bolaning shaxsi shakllanadi, unda kelgusida o'quv va mehnat faoliyatini tashkil etish va insonlar bilan munosabatga kirishishga oid ruhiy xususiyatlar shakllanadi. O'yin orqall bolalar borliqni o'rganadi va dunyoni o'zgartirishga harakat qiladi. Shunday qilib o'yin inson faoliyatining shakllanishiga asos soladi.

KIRISH

MUHOKAMA

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

O'yinda inson borliqni aks ettirish qobiliyatini namoyon qiladi. O'yinnning eng muhim ahamiyati shundaki, unda ilk bor bolaning dunyoga ta'sir etish ehtiyoji paydo bo'ladi va shakllanadi. Maktab yillargacha o'yin shakllari yanada kengroq rivojlanadi. O'quvchining o'yin faoliyati juda ko'p soha olimlarining, ya'ni, faylasuflar, sotsiologlar, biologlar, san'atshunoslar, etnograflar, ayniqsa, pedagoglar va psixologlarni qiziqtiradi. Psixologiyada bola psixikasining rivojlanishida o'yining hal qiluvchi ahamiyatga ega deb qaraladi. Faqat o'yindagina bolada shaxsning hamma tomonlari birlikda va o'zaro ta'sirda shakllanadi. O'yingina bola psixikasida rivojlanishning yuqoriroq stadiyasiga o'tish uchun muhim zamin yaratadi. Didaktik o'yin o'rganilayotgan voqea va hodisalarning immitatsion modeli yaratilish sohasidagi aktiv faoliyatdir. O'yinning boshqa faoliyat turlaridan muhim farqi shundaki, uning predmeti inson faoliyatidir. Didaktik o'yinda faoliyatning asosiy turi hamkorlikdagi o'quv faoliyatidir. Bugungi kunda respublikamizda Prezidentimiz rahbarligida kompyuter texnologiyalaridan foydalanishga katta e'tibor berilmoqdaki, inson o'z faoliyatida kompyuter texnologiyalarini o'zlashtirishda foydalanuvchi sifatida o'zini namoyon qilish shart bo'lib qolmoqda. Chunki insoning butun hayoti axborotni saqlash, uni qabul qilishdan iborat. Ammo inson miyasi qanchalik mukammal bo'lmasin, juda katta miqdordagi axborotlarning hammasini xotirasida saqlay olmaydi va kelajak avlodga to'liq yetkazib bera olmaydi. Shuning uchun axborot texnologiyalardan foydalanishga zaruriyat tug'iladi. Darhaqiqat, axborot texnologiyalari fan-texnikaning muvaffaqiyatli rivojlanishini ta'minlash, o'quvchilarning innovatsiya va intellektual faoliyatini rivojlantirish asosini tashkil etadi. Shu jihatdan ham ta'lim va tarbiya jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish ta'lim samaradorligini oshirish uchun, avvalo, o'rgatish lozimligini keltirib chiqardi. Shuning uchun boshlang'ich sinf o'quvchilarida kompyuter bilan ishlash ko'nikmasini shakllantirish zarur bo'ladi. Mazkur muamoni hal etish maqsadida Xalq ta'limi vazirligining 2011-yil 9-iyundagi "Umumta'lim maktablari uchun 2011-2012 o'quv yiliga mo'ljalangan o'quv rejani tasdiqlash to'g'risida " gi 123-sonli buyrug'iga ko'ra maktab ixtiyoridagi soatlar hisobidan 2-4-sinflarda informatika darslarini tashkil qilish ko'rsatilgan. Buyruqda ko'rsatilgan vazifalarni bajarish, ya'ni boshlang'ich ta'limda kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish tizimini ishlab chiqish, o'quvchilarning kompyuter savodxonlik darajasini oshirish lozimligini anglatadi. Chunki, boshlang'ich ta'limda o'qitiladigan bu fan axborot texnologiyalari bilan qurollanish yo'llarini o'rgata oladi. Hozirgi kunda kompyuter texnologiyasi yordamida hisoblash, yozish, o'qish, o'rganish, gapirish, chizish, maketlar tayyorlash, axborot qabul qilish, qayta ishlash,o'ynash mumkin. Shu jihatdan ham boshlang'ich sinflarda fanlarni o'qitishda multimedia vositasida tabiat hodisalarini namoyish qilishda, o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilishda, o'zlashtirishda foydalaniladi.

XULOSA

Xalq pedagogikasida shakllanib kelgan bolalarni o'qitish va tarbiyalashda didaktik o'yinlardan keng foydalanish an'analari o'qituvchilaming amaliy tajribalari va olimlarning ishlarida rivojlantirildi. Chex pedagogi Ya.A. Komenskiy o'yinni bola faoliyatining asosiy shakli ekanligini ta'kidlab, aynan o'yin bolaning tabiati va qiziqishlariga mos kelishini aytgan edi.Olim o'yin bolaning aqliy qobiliyatlarini har tomonlama o'stirishi, uning atrof-tevarak haqidagi tasavvurlarini kengaytirishi, nutqini o'stirishini ta'kidlaydi. Shuningdek, tengdoshlari bilan birgalikdagi o'yin uchun tengdoshlariga yaqinlashtiradi. Bolalar tarbiyasida didaktik o'yinlardan ikki yo'nalishda foydalaniladi: Barkamol insonni shakllantirish va tor didiktik maqsadlarda.

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

O'yin o'quvchi faoliyatining asosiy shaklidir. O'yin - muhim aqliy faoliyat turlaridan biri bo'lib, unda o'quvchi qobiliyatining hamma turlari rivojlanadi, uning atrof olam haqidagi tasavvurlari kengayadi, nutq boyligi oshadi. Didaktik o'yinlar o'quvchining turli-tuman qobiliyatlari, idroki, nutq va diqqatining rivojlanishiga samarali ta'sir ko'rsatadi. Hozirgi davrda pedagoglar tomonidan tayyor mazmun va qoidalarga ega bo'lgan o'yinlar yaratilmoqda. Bola shaxsida ma'lum sifatlarni shakllantirishga xizmat qiladigan o'yinlarda aniq qoidalar berilgan bo'ladi. Tayyor qoida va mazmunga ega bo'lgan o'yinlarga quyidagi xususiyatlar xos bo'ladi: o'yin oshiriladi. O'yin g'oyat (yoki vazifasi) va o'yin ta'siri o'yin mazmunini tashkil etadi; o'yin ta'siri va o'ynayotganlar munosabatlari o'yin qoidasi asosida boshqariladi. Qoidalar va tayyor o'yin mazmuni o'quvchilarni o'yinni mustaqil tashkil etishlariga yordam beradi. Didaktik o'yinlari uch turga ajratish mumkin: og'zaki, so'zlar yordamida o'ynaladigan o'yinlar, o'yin mashg'ulotlari, mashhur harakatli) o'yinlari Didaktik o'yinlar uchun ajoyib g'oyasi va o'yin vazifalari muhim ahamiyatga ega. Didaktik o'yinning eng muhim elementi uning qoidasi hisoblanadi.

REFERENCES

1. Abdullaeva H. A., Bikbaeva N.U. va boshq. Boshlang'ich ta'lim konsepstiyasi. Boshlang'ich ta'lim. 1998. 6 -son, -12 - 24 betlar.

2. Abdurahmanova N., Jumaev M., O'rinboeva L. Boshlang'ich sinflar uchun matematikadan didaktik materiallar. -T.: «Istiqlol», 2004, - 65 bet.

3. Azizxo'jaeva N.Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.-T.: «O'qituvchi», 2003. - 23 - 48 bet.

4. Abdieva D. Soros bilan hamkorlik - yutuqlar kaliti. Boshlang'ich ta'lim. 2003. 2-son, 1722 bet.

5. Bo'ronova Sh. Ona tili darslarida interfaol metodlardan foydalanish. Uzluksiz ta'lim. 2004. 3-son. - 34-38 betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.