Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH TA’LIM JARAYONIDA DIDAKTIK O‘YINLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI'

BOSHLANG‘ICH TA’LIM JARAYONIDA DIDAKTIK O‘YINLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
boshlang'ich sinf / o'quvchi / didaktik o'yin / aqliy rivojlanish / amaliy faoliyat / qobiliyat / rag'bat.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Fariddun Izatulloyevich Ochilov, Mohruxsor Muhammadsohibzoda Sodiqova

Ushbu maqolada didaktik o„yinlardan dars jarayonida foydalanish usullari, ularning boshlang„ich ta‟lim samaradorligini oshirishdagi ahamiyati haqida so„z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH TA’LIM JARAYONIDA DIDAKTIK O‘YINLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

BOSHLANG'ICH TA'LIM JARAYONIDA DIDAKTIK O'YINLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI

Fariddun Izatulloyevich Ochilov

ChDPU "Boshlang'ich ta'lim metodikasi" kafedras i dotsenti v.b., p.f.f.d. (PhD)

Mohruxsor Muhammadsohibzoda Sodiqova

ChDPU "Boshlang'ich ta'lim" yo'nalishi 2-kurs talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada didaktik o'yinlardan dars jarayonida foydalanish usullari, ularning boshlang'ich ta'lim samaradorligini oshirishdagi ahamiyati haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: boshlang'ich sinf, o'quvchi, didaktik o'yin, aqliy rivojlanish, amaliy faoliyat, qobiliyat, rag'bat.

ABSTRACT

This article talks about methods of using didactic games during the lesson, their importance in increasing the effectiveness of primary education.

Keywords: primary class, student, didactic game, mental development, practical activity, abilities, motivation.

Yurtimizda ta'lim sifatini yanada oshirish, uni keng targ' ib qilish maqsadida bugungi kunda ta'lim jarayonida turli xil pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar, didaktik o'yinlardan foydalanib kelinmoqda. Bu dars jarayoniga yangicha innovatsiyalar bilan yondashmoq deganidir. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad dars jarayonini har tomonlama mazmunli qilish, o'quvchilarning qiziqishini oshirishdan iborat.

Dars jarayonida didaktik o'yinlardan foydalanishning asosiy maqsadi o'quvchilar diqqat-e'tiborini darsga jalb etishdir. Didaktik o'yinlar o'quvchilarning ma'naviy va axloqiy kamolotida, ularning barkamol inson bo'lib kamol topishida ulkan tarbiyaviy ta'sir qudratiga ega. Didaktik o'yinlar davomida bolalar jamoa bo'lib ishlashga, birgalikda ijod qilishga, hamkorlikda ishlashga va mustaqil ishlashga o'rganadilar. Bu jarayonda o'quvchilarda intizomlilik, inoqlik va o'z navbatida, erkin fikr yurita olish ko'nikmalari kuzatiladi. Ma'lumki, 1-sinfga qabul qilinib, maktab ostonasida ilk qadam qo'ygan bolaning faoliyatida o'yin asosiy

432

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

CMrcMqdavjat^

o'rinni egallaydi. O'yin ularning eng sevimli mashg'uloti bo'lib, ular har qanday mashg' ulotni o'yin bilan uyg'unlashtirishga harakat qiladilar.

Boshlang'ich sinf o'quvchilari ta'lim olishlarida dars jarayonini didaktik o'yinlar asosida tashkil etish va shu o'yinlarni ko'rgazmali qurollar bilan boyitish o'quvchilarni hozirjavoblikka, zehnli bo'lishga, har bir ishda tashabbus ko'rsatishga va fanga chuqur qiziqish bilan nazar solishga undaydi. Shuningdek, dars jarayonida olgan nazariy bilimlarini amaliyotda tadbiq qilishga va yanada ko'proq o'qishga undaydi. Natijada, o'quvchilarning kelajakda komil inson bo'lib voyaga yetishishida g'oyat katta tarbiyaviy ta'sir ko'rsatadi. [2]

Didaktik o'yinlar hamma vaqt o'qituvchi uchun o'quvchilarning bilim o'zlashtirishi yoki o'zlashtirilgan bilimlarni amaliyotga qo'llash ko'rsatkichi hisoblanadi. Chex pedagogi Y.A.Komenskiy o'yinni bola faoliyatining asosiy shakli ekanligini ta'kidlab, aynan, o'yin bolaning tabiati va qiziqishlariga mos kelishini aytgan edi [1]. Olim o'yin bolaning aqliy qobiliyatlarini har tomonlama o'stirishi, uning tevarak-atrof haqidagi tasavvurlarini kengaytirishi, nutqini o'stirishini ta'kidlaydi. Shuningdek, bolaning tengdoshlari bilan birgalikda o'ynashi uni tengdoshlariga yaqinlashtiradi. O'yin harakati jarayononida o'quvchilarning bilish faolligini oshirish o'quvchilarning o'z qobiliyatini namoyon qilish, o'yin maqsadiga erishish uchun o'z bilimi, ko'nikma va malakalarini qo'llashga imkoniyat yaratiladi.

O'yin qoidasi o'yin jarayonini to'g'ri tahkil etishga yordam beradi. U o'quvchilar xulqi, ularning o'zaro munosabatlarini tartibga soladi.

O'yin - bola hayotining uzviy qismi. O'yin orqali bola atrof-muhit, tabiat hodisalari, manzaralar, buyumlar, o'simliklar, hayvonlar dunyosi bilan tanishadi. Boshlang'ich ta'lim davrida o'quvchilarning aqliy va jismoniy faoliyatini tashkil qilishda didaktik o'yinlar alohida ahamiyatga ega. Darslarda didaktik o'yinlardan foydalanish o'quvchilar zehnini o'stirish, tez hisoblash ko'nikmalarini oshirishda ham muhim ahamiyatga ega. Didaktik o'yinlar jarayonida o'quvchilar o'yin qoidalariga qat'iy rioya qilishga o'rganadilar, inoqlik his-tuyg' ulari, dunyoqarashlari shakllanib boradi.

Ta'lim jarayonida didaktik o'yinlar o'quvchilarning xususiyatiga ko'ra tashkil etilishi kerak. Bu esa ularga bilim berishni yengillashtirishga, ko'rgazmalilikni ta'minlashga qaratilgan bo'lib, o'quvchilarni toliqtirmaslik, zeriktirmaslik imkonini yaratadi.

Didaktik o'yinlarni xilma-xil tarzda tashkil qilish mumkin. Masalan, qo'g'irchoq, o'yinchoq, rasmlar va tarqatmalar, turli geometrik shakllardan ham foydalanish mumkin. Didaktik o'yinlar maqsadiga ko'ra, 4 omilni o'z ichiga oladi: 1.

433

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

O'yinning vazifasi. 2. O'yinning harakati. 3. O'yinning qoidasi. 4. O'yinning yakuni.

[3]

Har bir didaktik o'yinni boshlashdan oldin o'quvchilarga o'yinning qoidasi, mazmuni, yakuni nimadan iborat ekanini o'qituvchi tomonidan tushuntiriladi. O'quvchilar uni tushunib, anglab, shu asosda harakat qiladilar. Boshlang' ich ta'limda didaktik o'yinlarga axborotlarni tashuvchi manba sifatida qaraladi. Dars jarayonida didaktik o'yinlarni tashkil etish o'quvchilar o'rtasida muloqot qilish, diqqatni jamlash va o'z navbatida hozirjavoblik kabi xislatlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Boshlang'ich ta'lim jarayonida o'yindan muntazam ravishda foydalanish ta'limda tabiiy sharoitni yaratadi. Bu esa o'quvchilarni dars davomida erkin faoliyat olib borishlariga imkon yaratadi. O'yindan samarali va olib borilayotgan darsning mazmuniga mos holda foydalanish o'quvchiga dars davomida berilayotgan manbalarni mustaqil o'zlashtirishini, ijodiy tafakkurini o'stiradi. Shu bilan birga, o'quvchilarning yashirin imkoniyatlari va fanga bo'lgan qiziqishini ochib beradi.

Didaktik o'yinlarga "Do'koncha", "O'z o'rningni top", "Kim tez bajaradi", "So'zdan so'z toping", "Zanjir", "Doiraviy misollar" singari o'yinlar kiradi.

"Kim tez bajaradi" o„yini. O'yin maqsadi: hozirjavoblik, topqirlik malakalarini oshirish. O'yin jihozi: 2 ta savatcha, ifodalar yozilgan (12-6; 2+8; 7+5; 4+8; 10-3 va hokazo) olma shaklli karton qog'ozlar. Stol ustiga "olmalar" yoyib qo'yiladi. Doskaga 2 o'quvchi chiqadi. Ular "olmalar"dagi ifodalarning natijalarini aytib savatga sola boshlaydilar. Ifodaning qiymatini to'g'ri topmagan o'quvchi ularni savatga sola olmaydi. Qaysi o'quvchi savatga ko'p "olma" tergan bo'lsa, o'sha o'quvchi g'olib bo'ladi. [4]

"Zanjir" o„yini. Bu o'yinda o'qituvchi bir so'z aytadi. Shu so'zning tugagan harfidan boshab bolalar so'zni davom ettiradi. O'yin orqali bolalarning barchasi darsga jalb etiladi.

"Zukkolar" o'yini. O'yinning maqsadi: ko'paytirish va bo'lishga doir amallar yechish malakalarini mustahkamlash. O'yin jihozi: uchta bayroqcha. O'yinning borishi: qatorlararo o'tkaziladi. Qatorlar nomi doskaga yoziladi va o'quvchilar soni teng bo'linadi. O'qituvchi har bir qatorning oxirida o'tirgan o'quvchiga bayroqchani beradi. O'qituvchi son aytadi. Masalan: 1-qatorga 6 soni, 2-qatorga 4 soni, 3-qatorga 5 soni. Bayroqchalarni olgan o'quvchi 6 • 2= 12 deb bayroqchani oldingi partadagi o'quvchiga uzatadi. 12 • 2 = 24; 24 : 3 = 8; 8 • 5= 40; 40 : 4 = 10. O'quvchilar natija qaysi son bilan tugasa, shu son bilan boshlanadigan ifoda tuzishi kerak bo'ladi. Bayroqcha 1-partaga kelganda oxirgi o'quvchi 6 soni hosil bo'ladigan ifoda bilan o'yinni yakunlashi kerak bo'ladi. Qaysi qatorning bayroqchasi birinchi partaga tez

434

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

yetib kelsa, o'sha qator g'olib bo'ladi. Go'lib qatorning nomi yozilgan joyda bayroqchalar biriktirib qo'yiladi. [4]

"Bu qaysi shakl?" o'yini. O'yinning maqsadi: geometrik shakllar bilan tanishtirish. Ularga ta'rif berish malakasini oshirish. Og'zaki nutqni rivojlantirish. O'yin jihozi: konvertlarga solingan geomatrik shakllar. O'yinning borishi: doskaga bir o'quvchi chiqadi. Konvertdagi shaklni qaysi ekanini ko'rib olib, o'quvchilarga murojaat qiladi. "Qo'limdagi geometrik shaklning uch tomonida uch burchagi bor, uning tomonlari har xil uzunlikda bo'lishi ham mumkin. Bu qaysi shakl?". Shaklga to'g'ri ta'rif bergan va shaklning nomini to'g'ri topgan o'quvchi rag'batlantiriladi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, didaktik o'yinlardan foydalanilganda o'quvchilarning darsga qiziqishi ortadi, diqqatni jamlashi rivojlanadi, dars materiallarini o'zlashtirishi yengillashadi, shu bilan birga, ularning fikri, atrof muhitga munosabati, sinchkovlik qobiliyati oshib boradi.

REFERENCES

1. Yo'ldoshev J., Usmonov S. Pedagogik texnologiya asoslari. - T., 2004

2. Ibragimov R. Boshlang'ich maktab o'quvchilarida bilish faoliyatini shakllantirishning didaktik asoslari. - T., 2001

3. G'afforova T. Boshlang'ich ta'limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar. O'quv qo'llanma. - T.: "Tafakkur", 2011. - 160 b.

4. Toxirov J., Muhammedova G. Matematika darsida innovatsiya. - T., 2012

435

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.