ТАЪЛИМ МУАММОЛАРИ
DIDAKTIK O'YINLARDAN FOYDALANIB TALABALARNING GRAFIK
SAVODHONLIGINI OSHIRISH
Maxkamov G'ulomjon Usmonjonovich NamMQI, t.f.f.d(PhD), [email protected] (tel:939382588)
Nazirjon Qosimjonov Hoshimjon o'g'li NamMQI, st.o'q, [email protected] (tel:777770944)
Annotatsiya: ushbu maqolada hozirgi texnika olamining muhim fundamenti hisoblangan chizmalar haqida, oliy o'quv yurtlarida muhandislik grafikasi fanlarini o'qitishda didaktik o'yinlarning ahamiyati, dars jarayonida qo'llaniladigan didaktik o'yinlar haqida qisqacha to'xtalib o'tilgan.
Аннотация: в данной статье кратко рассматриваются рисунки, которые считаются важной основой современного технического мира, значение дидактических игр при преподавании инженерной графики в высших учебных заведениях, а также дидактические игры, используемые в ходе урока.
Abstract: in this article, drawings, which are considered an important foundation of the modern technical world, the importance of didactic games in the teaching of engineering graphics in higher educational institutions, and didactic games used in the course of the lesson are briefly discussed.
Kalit so'zlar: didaktika, o'yin, chizma, ta'lim, dars, didaktik o'yin, grafik aloqa, texnika
tili.
Ключевые слова: дидактика, игра, рисование, обучение, урок, дидактическая игра, графическая коммуникация, технический язык,
Key words: didactics, game, drawing, education, lesson, didactic game, graphic communication, technical language.
Shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi zamon bilan hamnafas mamlakatimiz ham kundan-kunga rivojlanib texnika-texnologiya, mashinasozlik va ishlab chiqarish sohalarida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Ishlab chiqarish sohalari va zavod fabrikalarning rivojlanishi va ularda ishlab chiqariladigan mahsulotlarga bo'lgan talabni ortib borishi, o'z navbatida malakali kadrlarga bo'lgan extiyojni ham ortib borishiga sabab bo'lmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olsak, texnik va texnologik jarayonlarda ishlarni tashkil etadigan yuqori malakali texnik ma'lumotga ega bo'lgan kadrlarga bo'lgan ehtiyoj ham sezilarli darajada oshib bormoqda.
Insonlar bir-biri bilan aloqada bo'lish uchun turli xil muloqot vositalaridan foydalanadilar. Muloqotning eng ommabop, til tanlamaydigan, tarjimonsiz ham tushuniladigan, tushuntiriladigan turi chizmalardir!. Chizma grafik aloqaning eng qadimiy va keng tarqalgan turi hisoblanadi. Chizmalar yordamida turli xil yirik binolar, mashinalar, mashina qismlari, tibbiyot asboblari ishlab chiqariladi. Chizmalar nafaqat texnika sohasida, balki odamlar hayot kechirishi uchun muhim bo'lgan sohalarda ham yo'ldosh hisoblanadi. Masalan, chizmalarga qarab kiyim -bosh, poyabzallar tikiladi, turli mebellar yasaladi, temir yo'llar yoki avtomobil yo'llari quriladi.
Ta'lim jarayonida talabalarga muhandislik grafikasi fanlarini o'qitishda hamda fanga bo'lgan qiziqishlarini rivojlantirishda darsning shakli muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda global internet tarmoqlari va axborot oqimlarini hisobga olmay dars mashg'ulotlarini an'anaviy usullarda tashkil etilishi talabalarda darsga bo'lgan qiziqishlarini pasayishiga olib kelmoqda. Bunday holatlar yuzaga kelmasligi uchun esa o'qituvchi dars shaklini to'g'ri tanlashi lozim. Talabalarga darsni tushuntirish bilan bir qatorda, ulardagi charchoq, stressni oldini olishda hamda mavzuni to'la-to'kis yetkazib berishda didaktik o'yinlarning ahamiyati muhim
TAMHM MYAMMOHAPH
hisoblanadi. Talabalarda o'yin faoliyati jarayoni bilan birga aqliy rivojlanish, jismoniy, estetik va axloqiy tarbiya ham amalga oshiriladi.
Talabalarning ta'lim olish jarayoni faoliyati, o'yin faoliyati bilan uyg'unlashgan darslar didaktik o'yinli darslar deb nomlanadi.
Didaktik o'yinli mashg'ulotlarni o'quvchlarning bilim olish va o'yin faoliyati-ning uyg'unligiga qarab: syujetli-rolli o'yinlar, ijodiy o'yinlar, ishbilarmonlar o'yini, konferentsiyalar, o'yin-mashqlarga ajratish mumkin.
O'qituvchi-pedagog avval talabalarni individual (yakka tartibdagi), so'ngra guruhli o'yinlarga tayyorlashi va uni o'tkazishi, o'yin muvaffaqiyatli chiqqandan so'ng esa, ularni ommaviy o'yinlarga tayyorlashi lozim. Chunki o'quvchilar didaktik o'yinli mashg'ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lishlari, bundan tashqari, guruh jamoasi o'rtasida hamkorlik, o'zaro yordam vujudga kelishi lozim.
Didaktik o'yinlarni barcha darslarda, ayniqsa, o'zlashtirilishi qiyin bo'lgan darslarda o'tkazish tavsiya etiladi. O'rganishlar natijasida tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, o'yin holatlarida o'quvchida ko'rish keskinligi sezilarli darajada oshadi. O'yinda o'quvchining tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqati, qobiliyatlari rivojlanadi. Bundan tashqari irodaviy fazilatlari ham shakllana boshlaydi.
Didaktika - grekcha so'z bo'lib, o'qitish, o'rgatish kabi ma'nolarni bildiradi. "Didaktika" atamasi ilk bor 1613-yilda nemis tilshunosi va o'qituvchisi Volfgang Ratkening asarlarida paydo bo'lgan. Ammo didaktika nazariyasi bo'yicha birinchi fundamental asar 1657 -yilda chex o'qituvchisi va yozuvchisi Yan Amos Komenskiy tomonidan o'zining "Buyuk didaktika" asarida taqdim etilgan [1].
A.Makarenko o'zining asarlarida o'yin irodani, jamoa bilan ishlash ko'nikmalarini tarbiyalash, amaliy ko'nikmalarni shakllantirishning kuchli vositasi sifatida qaraladi. U bolalarning rolli o'yinlari kattalar uchun bo'lgani kabi, bolaning rivojlanishi uchun ham muhim ahamiyatga ega deb hisoblardi [2].
O'yinlar bolaning asosiy faoliyat shakli hisoblanib, ta'lim va tarbiyaviy ahamiyati bois olimlar turli tadqiqotlar o'tkazishiga asos bo'ldi. Natijada XX asrning 60-yillarida AQShda, so'ngra, Yevropa mamlakatlarida turli didaktik o'yinlar qo'llanila boshlandi. Didaktik o'yinlarning yana bir turi aqliy hujum usulini birinchi marta 1939 -yilda A.F. Osborn qo'llagan. U muammolarni quyi-dagicha yechishga asoslanadi:
- Muammoli vaziyat yaratish;
- G'oyalarni shakllantirish;
- Eng yaxshi g'oyalarni tanlash, tekshirish va baholash.
Ta'lim jarayonida didaktik o'yinlardan foydalanish masalalari Rahmonov I., Ro'ziev E. I., Ashirboyev A. O., Omonov H., Xo'jayev N., Madyarova S. E., Abdurasulov S., Tolipov N. kabi olimlarning ilmiy tadqiqot ishlarining ma'lum bir qismini tashkil etadi. Ayniqsa, ustoz Ikrom Rahmonov muallifligidagi "Chizmachilikdan didaktik o'yinlar" nomli kitobining o'rni beqiyos. Ushbu kitobda keltirib o'tilgan didaktik o'yinlar ta'lim jarayonida ko'plab "Chizma geometriya va muhandislik grafikasi" darslarida foydalanib kelinmoqda.
Didaktik o'yinlar bo'yicha adabiyotlar va ilmiy ishlarni ko'proq kichik yoshga mo'ljallanganligiga guvoh bo'lamiz. Oliy ta'lim talabalari uchun mo'ljallangan metodlarni esa nisbatan kamroq uchratamiz.
Didaktik o'yinlar intellektual (aqliy), harakatli hamda aralash o'yinlar kabi turlari mavjud. Didaktik o'yinlar ta'limning o'yin shakli bo'lib, ta'limning dastlabki bosqichlarida, ya'ni maktabgacha va boshlang'ich ta'lim davrida juda ham keng qo'llaniladi. Boshlang'ich ta'limda ko'proq harakatli yoki aralash didaktik o'yinlar qo'llanilsa, yuqori sinflarda yoki oliy ta'lim bosqichida ko'proq intellektual didaktik o'yinlar qo'llaniladi. Buning asosiy sababi bolaning yoshi hisoblanadi. O'quvchilar yoshlik payti o'yinga bo'lgan qiziqishi ilm olishdan
KYPHHHffl BA TA'MHM HHMHH ^YPHAHH, 2023, №5-6
117
ТАЪЛИМ МУАММОЛАРИ
ko'ra yuqoriroq bo'lishini hisobga olib, o'yin vositasida bolaga bilim berish yaxshi natija beradi.
Dars jarayonida birinchi navbatda o'qituvchi sinf xonasiga kirib kelishi bilan o'quvchilarni o'ziga jalb qila olishi ularni ilm olishga moslashtirishi, tayyorlashi muhim hisoblanadi. Bunda u turli o'yinlardan foydalanishi ayni muddao. Oliy ta'limda muhandislik grafikasi darslarida qo'llanish mumkin bo'lgan bir necha didaktik o'yinlarni ko'rib chiqamiz.
"Davom ettir" o'yinini o'qituvchi darsni boshlab, tashkiliy ishlarni, salomlashish, yo'qlamalarni amalga oshirib bo'lgandan keyin o'tkazishi mumkin. Ushbu o'yin oldingi darslar davomida o'rganib kelingan mavzularda uchragan turli atamalar, shaxslar ismlari yoki turli ilmiy terminlarni esga olishga, bolaning xotirasini undagi ziyraklikni oshirishga ijobiy xizmat qiladi. O'yin quyidagicha o'tkaziladi. O'qituvchi o'quvchilardan o'tilgan darsdagi berilgan vazifani qabul qilib olgandan keyin, o'qituvchi o'zi birinchi bo'lib ilmiy atama aytadi va qolgan talabalarga ushbu atamaning oxirgi harfiga boshlanadigan boshqa bir atamani aytishi kerak bo'ladi. Masalan, Asimptota, Aksonometriya, Ayqash, Shtrix-punktir, Radius, Simmetriya ... shu holatda davom etib boradi.
"Bu qaysi shakl" o'yini: bu o'yinni turli yoshdagi o'quvchilarning bilim darajasiga moslab turli bosqichlarda o'tkazsa bo'ladi. Bu o'yin asosan o'quvchilarni turli xil shakllar va geometrik jismlar bilan tanishishda, ular haqida ma'lumotlar topishda yordam beradi. Ushbu o'yinni nafaqat maktab o'quchilariga balki oliy ta'lim bosqichida ham o'tkazsa bo'ladi. Bunda geometrik jismlar: kub, prizma, piramida, parallelopiped, sinusoida, konus, shar, silindr va shu kabi geometrik jismlar, agarda maktab oqo'vchilariga chizmachilik darslarida bo'lsa, geometrik shakllardan foydalanib o'tkaziladi.
O'yinning maqsadi: o'quvchilarni geometrik jismlar bilan tanishtirish. Ularga ta'rif berish malakalarini oshirish va nutqni rivojlantirish.
O'yin jihozi: konvertlarga solingan geometrik jismlar rasmlari.
O'yinning borishi: talabalar uch guruhga bo'linadi va o'quvchilar soni bo'yicha teng bo'linadi. Doskaga har bir guruhdan bir o'quvchi chiqadi va konvertdagi shakl yoki jismni qolgan jamoadoshlarida ko'rsatmagan holda, o'zining jamoasiga tushuntiradi. "Qo'limdagi jismning 6 ta yoqlari bor. Qarama-qarshi yoqlari o'zaro parallel. Bu qaysi jism?", yoki "qo'limdagi jismning asosi doiradan, bitta uchi hamda yasovchilardan iborat. Bu qaysi jism?" kabi so'zlar bilan tushuntiradi.
O'yinning yakuni: Eng yaxshi tushuntirgan va to'g'ri topa olgan jamoa o'yin g'olibi hisoblanadi. G'olib jamoaning faol o'quvchilari rag'batlantiriladi.
O'qituvchi-pedagog didaktik o'yinli mashg'ulotlarni o'tkazishga yaxshi tayyor-garlik ko'rishi va uni o'tkazishda turli didaktik talablarga rioya qilishi maqsadga muvodiq bo'ladi. Xususan, darsda o'tkazilayotgan didaktik o'yinlar dasturda qayd etilgan mavzularning ta'limiy va tarbiyaviy maqsad va vazifalarini hal qilishga qara-tilgan bo'lishi lozim. Bundan tashqari, o'tkazilayotgan odob-axloq normalariga mos kelishi va o'yinlar tuzilishi jihatidan mantiqiy ketma-ketlikda bo'lishi kerak.
Oliy ta'lim muassasalarida nafaqat muhandislik grafikasi fanlarida, balki, barcha fanlarda didaktik o'yinlardan foydalanib turishi tavsiya etiladi. Chunki yuqorida bayon etilgani kabi o'yinlar aqliy charchoq, ruxiy toliqishlar oldini oladi hamda tashqi axborot oqimlariga talabalarni chalg'ishini oldini olib dars mavzularini o'zlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
ADABIYOTLAR
1. Хуторской, А.В. Современная дидактика: учеб. для вузов. / А.В. Хуторской -СПб.: Питер, 2015. - 498 с.
2. Макаренко А.С. Лекции о воспитании [Электронный ресурс]: Произведения А.С. Макаренко. Работы о воспитании. - Режим доступа: http: // www.makarenko.edu.ru /biblio. htm
TAЪЛИM MУAMMОЛAPИ
3. E.I.Ro'ziyev, A.O.Ashirboyev. Muhandislik grafikasini o'qitish metodikasi. —T.: «Fan va texnologiya», 2010, 248 bet.
4. Qulnazarov B. B. Chizma geometriya: bakalavriat ta'lim yo'nalishlari talabalari uchun o'quv qo'llanma/ -T.: O'zbekiston nashriyot matbaa ijodiy uyi. 2006. 144b.
5. Rahmonov I. va boshq. Chizmachilik. Oliy o'quv yurtlari talabalari uchun o'quv qo'llanma. /I.Rahmonov, N .Qirg'izboyeva, A. Ashirboyev, A.Valiyev, B .Nigmanov. «Voris -nashriyot», 2016-yil. - 456 b.
6. https://ru.wikipedia.org - ochiq ensiklopediya
КУРИЛИШ BA TAЪЛИM ИЛMИЙ ЖУPНAЛИ, 2023, №5-6
119