Научная статья на тему 'OʻTGAN ZAMON FE’L SHAKLLARINING TARAQQIYOTI'

OʻTGAN ZAMON FE’L SHAKLLARINING TARAQQIYOTI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
9844
233
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fe’l / zamon / affiks / tuslash / oʻtgan zamon / kategoriya / verb / tense / affix / inflection / past tense / category

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — F. Maxmudboyeva

Ushbu maqolada fe’l va uning zamon kategoriyasi hamda oʻtgan zamon fe’l shakllari haqida soʻz boradi.Bundan tashqari maqolada eski oʻzbektilida va hozigi oʻzbek tilimizdaoʻtgan zamon shakllari qanday shaklda boʻlganligi xususida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF PAST TENSE VERB FORMS

This article talks about the verb and its tense category and the past tense forms of the verb. In addition, the article discusses the past tense forms in the old Uzbek language and in our modern Uzbek language.

Текст научной работы на тему «OʻTGAN ZAMON FE’L SHAKLLARINING TARAQQIYOTI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'TGAN ZAMON FE'L SHAKLLARINING TARAQQIYOTI Maxmudboyeva Feruza Tolibjon qizi

GulDU magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7315579

Annotatsiya. Ushbu maqolada fe'l va uning zamon kategoriyasi hamda o'tgan zamon fe'l shakllari haqida so'z boradi.Bundan tashqari maqolada eski o'zbektilida va hozigi o'zbek tilimizdao'tgan zamon shakllari qanday shaklda bo'lganligi xususida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: fe'l,zamon,affiks,tuslash,o 'tgan zamon,kategoriya

РАЗВИТИЕ ФОРМ ПРОШЛОГО ВРЕМЕНИ ГЛАГОЛА

Аннотация. В данной статье говорится о глаголе и его категории времени и формах прошедшего времени глагола.Кроме того, в статье рассматриваются формы форм прошедшего времени в староузбекском языке и в нашем современном узбекском языке.

Ключевые слова: глагол, время, аффикс, словоизменение, прошедшее время, категория.

DEVELOPMENT OF PAST TENSE VERB FORMS

Abstract. This article talks about the verb and its tense category and the past tense forms of the verb. In addition, the article discusses the past tense forms in the old Uzbek language and in our modern Uzbek language.

Key words: verb, tense, affix, inflection, past tense, category

Fe'lning grammatik mohiyati haqida gapirar ekanmiz, shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, fe'l asosiy so'z turkumlaridan biri bo'lib, o'z ma'nosi, grammatik shakllari va sintaktik vazifalari bilan boshqa so'z turkumlaridan ajralib turadi. Fe'l ish-harakatni, mavjudlikni, holatni va munosabatni zamon nuqtai nazaridan aniqlagan holda jarayon tarzida voqelik bilan bog'laydi.

Fe'l - harakat, holat yoki jarayonni ifodalab, zamon, aspekt, mayl, nisbat, perfekt, modallik va boshqa shu kabi grammatik kategoriyalarga ega bo'lgan so'z turkumidir. Fe'llar harakat ma'nosini bildiruvchi so'zlardir.Fe'llar gapda ma'lum bir sub'yekning harakatini ifodalab keladi.

Fe'l murakkab kategoriyalarga boy so'z turkumi hisoblanadi.Fe'llarning grammatik kategoriyalari fe'l turkumiga kiruvchi so'zlarning sintetik yoki analitik shakllarini o'zaro qarama-qarshi qo'yish vositasida ifodalanadi.Grammatik zamon kategoriyasi tillarda eng ko'p tarqalgan fe'l kategoriyalaridan biridir.Fe'lning zamon kategoriyasi ish-harakatning nutq sodir bo'lishi paytiga nisbatan amalga oshishini ko'rsatadi.Nazariy jihatdan bu kategoriya gapirilayotgan paytda, gapirilayotgan paytdan oldin, gapirilayotgan paytdan keyin sodir bo'ladigan ish-harakatni ifodalaydi.Ko'pchilik tillarda zamon grammatik kategoriyasi ana shu uch xususiy ma'nodan tashkil topgan.

Fe'ldazamonqo'shimchalari:

Fe'ldan anglashilgan harakatning nutq momentiga nisbatan bajarilishi yoki bajarilmaslik paytini bildiradigan shakllarga zamon shakllari, bunday shakllar tizimiga zamon kategoriyasi deyiladi.

Zamon turini belgilashda so'zlanayotgan nutq vaqti asosiy tayanch nuqta bo'lib hisoblanadi. Ana shunga ko'ra zamonlar uch xil bo'ladi:

• O'tgan zamon

• Hozirgi zamon

• Kelasi zamon

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Fe'ldan anglashilgan harakatning nutq so'zlanayotgan vaqtdan oldin bo'lib o'tganligini bildirgan shakllar o'tgan zamon shakllari sanaladi.O'tgan zamon shakllariga quyidagilar kiradi:

-di - keldi, bordi; -gan - kelgan, borgan; -ib - kelib, borib; -man,-san,-dir

- kelganman, borgansan, ko'rgandir...

Bu shakllar garchi o'tgan zamon umumiy ma'nosi asosida birlashsa ham, lekin ularning har qaysisi bir-biri bilan ma'lum ma'nosiga ko'ra farqlanadi.

-gan shakli -di ga nisbatan harakatning nutq so'zlangan vaqtdan ancha oldin ro'y berganini bildiradi.

-ibdi, -ibman, -ibsan shakllari esa so'zlovchi nutq momentidan oldin ro'y bergan harakatni boshqa shaxsdan eshitganligini yoki oldindan kutilgan harakatning amalga oshganligini bildiradi.

M: O'g'rini eshakka teskari mindiribdi ( ertakdan )

- di shakli umuman harakatning nutq momentidan oldin bajarilganligini bildiradi. Hozirgi zamon o'zbek tilida o'tgan zamonning yaqin o'tgan zamon, uzoq o'tgan zamon,

o'tgan zamon hikoya fe'li, o'tgan zamon davom fe'li vao'tgan zamon maqsad fe'li farqlanib, ularning har biri o'z ifoda vositasiga ega. Yaqin o'tgan zamon fe'l o'zagiga -di affiksini qo'shish va tuslash, uzoq o'tgan zamon sifatdosh yasovchi-gan affiksini qo'shish va tuslash, (edi, ekan to'liqsiz fe'llarning - gan affiksini olgan fe'l formasi bilan birikishi natijasida), o'tgan zamon hikoya fe'li fe'l o'zagiga ravishdosh yasovchi -b(ib) affiksini qo'shish va tuslash, o'tgan zamon davom fe'li -(a)r affiksi yordamida yasalgan hozirgi zamon sifatdoshiga edi to'liqsiz fe'lini tuslab biriktirish, -yotgan affiksi bilan yasalgan hozirgi zamon sifatdoshiga edi to'liqsiz fe'lini tuslab biriktirish, fe'l o'zagiga - moqda affiksini qo'shib, edi to'liqsiz fe'lini tuslab biriktirish va o'tgan zamon maqsad fe'li o'zagiga - moqchi affiksini qo'shish hamda, edi to'liqsiz fe'lini tuslab biriktirish yoki - degan affiksi yordamida yasalgan kelasi zamon sifatdoshiga edi to'liqsiz fe'lini tuslab, biriktirish bilan ifoda etiladi.

Yaqin o'tgan zamon:

Men ishladim - Biz ishladik. Sen ishlading - Siz ishladingiz. U ishladi - Ular ishladilar. Uzoq o'tgan zamon:

Men ishlaganman - Biz ishlaganmiz. Sen ishlagansan - Siz ishlagansiz. Men ishlagan edim. - Biz ishlagan edik. Sen ishlagan ekansan - Siz ishlagan ekansiz. U ishlagan emish -Ular ishlagan emish(lar).

O'tgan zamon hikoya fe'li:

Men ishlabman - Biz ishlabmiz.

Men ishlab edim - Biz ishlab edik.

Sen ishlabsan - Siz ishlabsiz.

Sen ishlab eding - Siz ishlab edingiz va

hokazo.

O'tgan zamon davom fe'li:

Men ishlar edim - Biz ishlar edik. Men ishlardim - Biz ishlardik. Men ishlayotgan edim - Biz ishlayotgan edik. Men ishlamoqda edim - Biz ishlamoqda edik va hokazo.

O'tgan zamon maqsad fe'li:

Men ishlamoqchi edim - Biz ishlamoqchi edik. Men ishlaydigan edim - Biz ishlaydigan edik va hokazo

O'tgan zamon fe'li eski o'zbek tilida ham ko'p shaklli bo'lib, bu shakllarning har biri ma'nosi va qo'llanishiga ko'ra o'ziga xos xususiyatlarga ega.

O'tgan zamon shakllari tuzilishiga ko'ra dastavval ikki guruhga bo'linadi: I) o'tgan zamon fe'lining sodda shakllari;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

2) o'tgan zamon fe'lining murakkab shakllari.

1. O'tgan zamon fe'lining sodda shakllari. Eski o'zbek tilida o'tgan zamon fe'lining -di-di -ti /-ti, -mlsh/-mish, -g'an-gan, -qan,-kan, -b (-ib /-ib // -ub -üb) affikslari bilan hosil bo'luvchi sodda shakllari amalda bo'lib, oldingi davrlarga oid ayrim manbalarda -duq /-duk affiksi bilan hosil bo'luvchi shakl ham qo'llangan. O'tgan zamon fe'lining -di-di //-ti /-ti affiksli shakli barcha turkiy tillar uchun umumiy bo'lib, bu shaklning ma'nosi bo'yicha ham turkiy tillar o'rtasida deyarli farq yo'q.

xv asrdan boshlab she'riy asarlarda I shaxs birlik affiksi -men qisqargan -m shaklida ham qo'shilgan, ya'ni barmish-men tarzidagi shakl o'rnida barmisham tarzidagi shakl qo'llangan. Bu davrdagi she'riy asarlarda I shaxs birligi uchun asosan shu shakl amalda bo'lgan. Masalan: Furqatindin bolmisham zar-u zaif (Lutfiy). Dayr aro bu nav kim, zar olmisham ishq bandig'a giriftar olmlsham (Navoiy). Rozg'arim tiyra-yu zar-u parish an olmisham // saya-dek aftaadalig'da natavan olmisham (Muqimiy).

-mish /-mish affiksli o'tgan zamon fe'lining III shaxs birligi odatda ko'rsatkichsiz bo'lib, ba'zan unga turur (durnr) holat fe'li yoki uning qisqargan shakllari tur / / tur, dur // dur qo'shilgan. XV asrdan oldingi davrlarda holat fe'li turur shaklida qo'shilgan: Muhammad bizni ne iichiin oqlmlsh turnr? Kun 'ang'a ... payg'ambar turur taqi ulqaymish turnr . Bu nedin tokulmish turur?.Mundin ozga og'lum bolmlshl yoq turur (Saroyi).(l)

2. O'tgan zamon fe'lining murakkab shakllari.O'tgan zamon fe'lining murakkab shakllari eski o'zbek tilida ham fe'lning zamon ma'nosini anglatuvchi sodda shakllariga to'liqsiz fe'l qo'shilishi bilan hosil bo'ladi. To'liqsiz fe'l eski o'zbek tilida er- yoki e- shaklida qo'llangan:

XIV asrning oxirlariga qadar er- shaklida, undan keyingi davrlarda -er shaklida ham, eshaklida ham qo'llanavergan. O'tgan zamon fe'lining murakkab shakllarini hosil qilishda to'liqsiz fe'l -di affiksli o'tgan zamon (erdi yoki edi) shaklida qo'shiladi.To'liqsiz fe'lning ermish II emish, erkan Ilekan, erki, erinch, ergay kabi shakllari esa turli modallik ma'nolarni ifodalashga xizmat qilib, zamon nuqtayi nazaridan yangi shakl hosil qilmaydi. Eski o'zbek tilida o'tgan zamon fe'lining quyidagi murakkab shakllari iste'molda bo'lgan: -mish +erdi, -di +erdi, -duq+erdi, -g'an+erdi, -b+turur+erdi , -b+dur+erdi , -b+erdi, -a+turur- +erdi , -a+dur+erdi, -a+erdi, -r+erdi (mas+erdi), -g'ay+erdi. Bulardan -mlsh+erdi, -dl+erdi, -r+erdi (mas+erdi), -g'ay+erdi shakllari qadimgi turkiy yodgorliklarda ham faol iste'molda bo'lgan, boshqalarining yozuv yodgorliklarda qo'llanishi XIII-XIV asrlardan boshlab kuzatiladi.

Eski o'zbek tilidagina emas,hozirgio'zbek tili bo'yicha ham o'tgan zamon fe'liga oid ayrim masalalar deyarli yoritilgan emas,ba'zi masalalar aniqlik kiritishni talab qiladi.Masalan, o'tgan zamon fe'li formalarining miqdorini belgilashda o'zbek tilshunoslari o'rtasida birlik yo'q(2)

V.V.Reshetov va A.A.Koklyanovalar hozirgi o'zbek tilidagi o'tgan zamon fe'lining quyidagi 6 ta formasini ko'rsatadi.Bular:-di,-gan,-ib,-gan edi,-ib edi,-ar edi.Bu formalar oldindan Polivanov tomonidan qayd qilingan edi.

Xulosa qilib aytadigan bolsak,fe'lningo'tgan zamon shakli haqida turli qarashlar mavjud bo'lsa-da yuqorida keltirilgan 6ta forma asos bo'lib xizmat qilib kelmoqda.

Hozirda biz o'tgan zamon fe'li shakllarini shu tartibda tasnif qilib kelmoqdamiz:

REFERENCES

1.G'.Abdurahmonov,Sh. Shukurov,Q.Mahmudov "O'zbek tilining tarixiy grammatikasi" -

T.,2008.

2.Shukurov.Sh "O'zbek tilida fe'l zamonlari taraqqiyoti".-T.,1976.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.