Научная статья на тему 'O‘SIMLIK RESURSLARI YORDAMIDA TUPROQ FERMENTATIV HOLATINI YAXSHILASH'

O‘SIMLIK RESURSLARI YORDAMIDA TUPROQ FERMENTATIV HOLATINI YAXSHILASH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tuproq / biologik faollik / bo‘z-o‘tloqi tuproq / unumdorlik / raps / fatseliya / xantal / suli / javdar / katalaza / invertaza / ureaza / polifenoloksidaza / pereoksidazamgbenzox.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Musurmanova Mohinur Murot Qizi, Turdimetov Shaxobiddin Muxitdinovich

Maqolada turli o‘simliklar ekib tuproqqa qo‘shib haydab yuborish natijasida ularning fermentativ holatining o‘zgarishiga oid ma’lumotlar keltirilgan. Tuproqdagi fermentlarning miqdoriga ekilgan ekinlarning ta’siri turlicha bo‘lib, bu o‘simliklarning biologik xususiyatlariga bevosita bog‘liqdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘SIMLIK RESURSLARI YORDAMIDA TUPROQ FERMENTATIV HOLATINI YAXSHILASH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

O'SIMLIK RESURSLARI YORDAMIDA TUPROQ FERMENTATIV HOLATINI YAXSHILASH

1Musurmanova Mohinur Murot qizi, 2Turdimetov Shaxobiddin Muxitdinovich

1Tayanch doktorant, GulDU 2B.f.d., professor v.b. https://doi.org/10.5281/zenodo.13837160

Annotatsiya: Maqolada turli o'simliklar ekib tuproqqa qo'shib haydab yuborish natijasida ularning fermentativ holatining o'zgarishiga oid ma'lumotlar keltirilgan. Tuproqdagi fermentlarning miqdoriga ekilgan ekinlarning ta'siri turlicha bo'lib, bu o'simliklarning biologik xususiyatlariga bevosita bog'liqdir.

Kalit so'zlar: tuproq, biologik faollik, bo'z-o'tloqi tuproq, unumdorlik, raps, fatseliya, xantal, suli, javdar, katalaza, invertaza, ureaza, polifenoloksidaza, pereoksidazamgbenzox.

Tuproq fermentlari uglerod, azot va fosfor kabi elementlarni paydo bo'lishida ishtirok etadi va tuproqdagi organik moddalar dinamikasini tartibga soladi. Shuning uchun ham fermentativ faollik tuproq sifatining indikatori hisoblanadi. Fermentativ faollik qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish sharoitiga ko'ra ham tez o'zgarish qobiliyatiga ega.

E.V.Magda, M.A.Mazirov, M.K.Zinchenkolar katalaza va invertaza fermentlarining tuproqdagi organik moddalar miqdori va shakli bilan uzviy korrelyatsiya borligini aniqlashgan [9].

A.M.Leshkenov, A.X.Zanilov, S.R.Konova [8] tajribalarida siderat ekinlari yordamida tuproqni biofaollashtirishning tuproq nafas olish intensivligiga, organik moddalar miqdoriga va kuzgi bug'doy hosildorligiga ta'siri o'rganilgan. Tuproq biologik faolligining oshishi hisobiga nafas olish intensivligi 19,6-27,3 foizga ortgan.

N.S.Matyuk, O.V.Selitskaya, S.S.Soldatovalar [10] fikriga ko'ra sideratlardan foydalanish natijasida tuproqdagi organik moddalarning zahirasi ko'payadi, tuproq biotasi faollashadi, turli mikrorganizm guruhlarining nisbati o'zgaradi, tuproq unumdorligi ortadi va ekinlarning hosildorligi ortadi.

Mirzacho'l vohasining sug'oriladigan bo'z-o'tloqi tuproqlari o'zlashtirish va sug'orish natijasida turli evolyutsion bosqichlarni bosib o'tgan va o'ziga xos xossa va xususiyatlarga ega bo'lgan [1-7].

Tuproq fermentlari uglerod, azot va fosfor kabi elementlarni paydo bo'lishida ishtirok etadi va tuproqdagi organik moddalar dinamikasini tartibga soladi. Shuning uchu ham fermentativ faollik tuproq sifatining indikatori hisoblanadi. Fermentativ faollik qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish sharoitiga ko'ra ham tez o'zgarish qobiliyatiga ega.

Turli xil ekinlardan foydalangan holda fermentlar faolligini oshirish maqsadida tajribalar qo'ydik. Tajribalar nazorat hamda raps, fatseliya, xantal, suli, javdar ekinlari ekilgan variantlarda katalaza, invertaza, ureaza, polifenoloksidaza, pereoksidazamgbenzox fermentlarining miqdoriga ta'siri o'rganildi.

Tuproqdagi invertaza fermenti miqdori bo'yicha faqat nazorat variantida pastga tomoni pasayish kuzatildi. Qolgan variantlarda tuproq haydalma qatlamidan ko'ra, haydalma ostki qatlamida uning miqdori ko'proq ekanligi kuzatildi. Invertaza fermenti bo'yicha yuqori miqdor javdar ekilgan variantda kuzatildi, 0-30 sm qatlamda 0,90 glyukoza/g tuproqsoat, 30-50 sm qatlamda esa 3,20 glyukoza/ g tuproq soat ni tashkil etgan. Raps ekini ekilgan variantda ham

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

haydov ostki qatlamda 3,0 glyukoza/ g tuproq soat dan yuqori bo'ldi. Qolgan siderat ekinlari ekilgan variantlarda 2,0-2,60 glyukoza/ g tuproq soat ni tashkil etdi.

Ureaza fermentining miqdori bo'yicha barcha variantlarning ko'rsatkichlari bir-biriga yaqin, 0,04-0,07 mg NH4+/ g tuproq 6 s atrofida. Shuningdek, haydalma qatlami va haydalma ostki qatlamdagi miqdori ham unchalik farq qilmadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Musurmanova M.M. Turdimetov Sh.M. Siderat ekinlarni ekishda begona o'tlarning tarqalishini oldini olish va ularga qarshi agrotexnik kurashish choralari. // O'zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali. 2024. 28-son. B. 72-75.

2. Musurmanova M.M. Turdimetov Sh.M. Sideratlarining tuproq unumdorligini oshirishidagi ahamiyati. // Pedagog respublika ilmiy jurnali. 2024. 7 - Tom, 3 - Son. B. 95-97.

3. Namozov X.Q, Turdimetov Sh.M. O'zbekiston tuproqlari va ularning evolutsiyasi. // darslik. Toshkent, O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2016.

4. Turdimetov Sh., Khudoyberdiyeva Z., Tadjibayev A. Quality Assessment of Gypsum Soils of Mirzachol Oasis. Journal of Population Therapeutics and Clinical Pharmacology, 2023. 30(12), pp. 295-301.

5. Turdimetov Sh., Musurmanova M. Properties of Soils located in different Geomorphological Conditions. American Journal of Agriculture and Horticulture Innovations. Volume 02 Issue 11-2022. pp 01-06.

6. Turdimetov Sh., Urazalieva M., Esonboeva N. PROPERTIES AND QUALITY ASSESSMENT OF HYDROMORPHIC SOILS OF MIRZACHOL OASIS. Eur. Chem. Bull. 2023,12 (Special Issue 1, Part-B), 3992-4000.

7. Turdimetov Sh.M., Musurmanova M.M., Urazalieva M.D., Khudayberdieva Z.A., Esanbayeva NY. MORPHOLOGICAL FEATURES OF MIRZACHOL OASIS SOILS AND THEIR CHANGES. ACTA INNOVATIONS, 2024, 52, 1-8. https://doi.org/10.62441/ActaInnovati ons.52.1.

8. Лешкенов А. М., Занилов А. Х., Конова С. Р. Агроэкологическая эффективность приема биоактивации почвы при минеральной системе питания озимой пшеницы на фоне последействия сидератов // Известия Кабардино-Балкарского научного центра РАН. 2023. № 2(112). С. 39-49.

9. Магда Е.В., Мазиров М.А., Зинченко М.К. Активность каталазы и инвертазы при различной интенсивности механической обработки почвы // Владимирский земледелец. 2022. №2. С. 24-30.

10. Матюк Н.С., Селицкая О.В., Солдатова С.С. Роль сидератов и соломы в стабилизации процессов трансформации органического вещества в дерново-подзолистой почве. Известия ТСХА, выпуск 3, 2013. С.63-64.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.