Научная статья на тему 'FERMENTLARNING TUPROQ UNUMDORLIGI HAMDA BIOLOGIK FAOLLIGIDAGI AHAMIYATI'

FERMENTLARNING TUPROQ UNUMDORLIGI HAMDA BIOLOGIK FAOLLIGIDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
polifenoloksidaza / proteaza / Baykal-EM1 biopreparati / ureaza / invertaza / biologik faollik / a-fruktofuranosidaza / ammonifikasiya / nitrifikasiya.

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Kudratov Xoyitjan Asat Oʻgʻli

Mazkur maqolada tuproqning biologik faolligida fermentlarning ahamiyati hamda tuproqda organik moddalar zaxirasining shakillanishida fermentlarning roli, fermentlarning tuproqda sodir bo‘ladigan metabolizm jarayonlaridagi ishtiroki, fermentlarning tuproq unumdorligidagi ahamiyati keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FERMENTLARNING TUPROQ UNUMDORLIGI HAMDA BIOLOGIK FAOLLIGIDAGI AHAMIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

FERMENTLARNING TUPROQ UNUMDORLIGI HAMDA BIOLOGIK FAOLLIGIDAGI AHAMIYATI

Kudratov Xoyitjan Asat o'g'li

GulDU o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.13837257

Annotatsiya. Mazkur maqolada tuproqning biologik faolligida fermentlarning ahamiyati hamda tuproqda organik moddalar zaxirasining shakillanishida fermentlarning roli, fermentlarning tuproqda sodir bo'ladigan metabolizm jarayonlaridagi ishtiroki, fermentlarning tuproq unumdorligidagi ahamiyati keltirilgan.

Kalit so'zlar: polifenoloksidaza, proteaza, Baykal-EM1 biopreparati, ureaza, invertaza , biologik faollik, a-fruktofuranosidaza, ammonifikasiya, nitrifikasiya.

Kirish

Tuproq unumdorligi fizik-kimyoviy xususiatlariga, gumus qatlami, tarkibida mavjud bo'lgan organik mineral moddalarga va ayniqsa uning takibidagi turli xil foydali mikroorganizmlar to'plamiga, miqdoriga va bioogik faolliklariga bevosta bog'liqdir. O'simliklarning, o'sishi, rivojlanishi, unumli hosil berishida tuproq tarkibida mavjud organik va noorganik moddalar ayniqsa mikroorganizmlarning, xususan keng tarqalishi, xilma-xilligi va fermntativ faolliklari o'ta muhim va o'ta ahamiyatlidir. Binobarin, mamlakatimiz ekin maydonlari, sifati tuproq tarkibi, ularda kechuvchi kimoviy va biologik, ayniqsa mikrobiologik jarayonlarni o'rganish va boshqarish usullarini yaratish, tuproqlar strukturasini yaxshilash, unumdorligini oshirish eng asosiy va dolzarb vazifalardan biridir.

Ma'lumki qora tuproq boshqa tuproq zonalariga nisbatan organik modda zaxirasiga juda boy. Bu tuproqning yuqori qatlamida chirindi miqdori 10-12% ni tashkil etishi bilan boshqa elemementlarga boydir, ya'ni azot, fosfor va mikroelementlari yetarli darajada bo'ladi. Yuqorida aytilgan organik modda zaxirasi ko'pligidan qat'iy nazar, bu zonada fermentlarning faoliyati juda kam bo'lganligi uchun organik modda to'plamlari sekin parchalanish xussiatga ega. O'rta Osiyoda uchraydigan tuproqlarning organik modda zaxirasi juda kam bo'lishiga qaramay, ulardagi fermentlar faolligi kuchli darajada ekanligi tajribada isbotlangan. Qora tuproq zonalaridagi fermentlar ayniqsa, periokisidaza fermenti, 0-1,7 mg/g tuproqda bo'lsa, polifenoloksidaza fermenti esa 0,70-0,95 mg/g ekanlgi aniqlangan. Demak, bu zonadagi tuproqlar organik modda qoldiqlarining zaxirasi parchalanish va mineralizatsiya qilinishi sekin davom etadi. Ya'ni o'simliklarning organik modda qoldiqlarini o'zlashtirish jarayoni juda past. Chunki, ularning biologik faolligi moddalarning kuchli ishlashiga noqulay sharoitlar (havo harorati, tuproq pH ko'rsatkichi, namlik) salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shu bilan bir qatorda kulrang tuproqlarda chirindi moddalarning miqdori kam bo'ladi ya'ni yuqori qatlamida, atigi 1-1,5% ni tashkil etadi. Bu ko'rsatilgan zonada fementlarning, xususan, perioksidazaning faolligi 3-3,5mg/g bo'lsa polifenoloksidaza faolligi 0,50-070 mg/g ekanligi aniqlangan. Ushbu keltirilgan raqamlar organik modda zaxirasining tuproqda to'planib turishi juda past darajada ekanligidan darak beradi. Kulrang tuproq zonalarida organik moddalarning mineralizasiya qilinishi, sintez jarayoniga nisbatan bir necha marta kuchli ekanligidan dalolat beradi. Demak chirindi moddalarning ushbu tuproqda to'planib turishini hisobga olgan holda, xar yili ekin ekish bilan birgada mineral

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

o'g'itlarni ohak bilan birga qo'shib, tuproqqa qo'llash yaxshi samara berayotganiligi qayd etilgan [2-3].

Asosiy qism

Tuproqdagi fermentlar faolligi mikroorganizmlarning metobolizimi va tuproq sharoitiga bevosta bog'liqligi bilan birga, metobolizmda qatnashadigan fermentlar sintez qilishiga ham bog'liq. Masalan proteaza va ureaza tuproqdagi organik azotning minerallanish jarayonlarini amalga oshiradi, yani tuproqdagi nitrifikasiya va ammonifikasiya jarayoni natijasida, o'simliklar uchun tez o'zlashtiriladigan azot birikmalarining hosil bo'lishiga olib keladi. Tuproq uchun o'ta muhim bo'lgan mazkur reksiyalarda katalizatorlik vazifasini bajaradigan bu fermentlarning ahamiyati va faolliklari behisobdir. Shu bilan birga, katalaza fermenti undan ajralib chiqadigan kislarod va boshqa elementlar bilan bog'ilqligi, shunningdek organik moddalarning tuproqda ko'p yoki kamligiga qarab, ushbu fermentning ish funksiyasi doimo o'zgarib turadi. Masalan O'zbekiston sharoitida sur tuproqlari katalaza fermenti faolligi xilma-xil bo'lib, ulaning miqdori tuproqdagi chirindi moddalar zahiralarning oz yoki ko'pligiga bevosita bog'liqdir Yuqorida ko'rsatilgan proteaza va ureaza fermentlari bir muhitda sodir bo'layotgan reksiyalarning ikki tomomnlama xususiyatlarini, ya'ni organik birikmalarning gidrolizlanishi va mineralizasiya qilishi bilan tugallanadi. Bu ikki jarayon oqimi bir-biriga bog'liq holda davom etadi.

Invertaza fermenti (a-fruktofuranosidaza) turli uglevodlarning glukoza va fruktoza molekulalariga bo'linishini katalizlaydi. Ko'p ma'lumotlar invertaza faolligi bilan tuproqning biologik faolligi, undagi organik moddalarning tarkibi, dala ekinlarining hosildorligi va qishloq xo'jaligida foydalanish paytida tuproqning o'zgarishi o'rtasidagi bog'liqlikni tasdiqlaydi (Xaziev FX., 1972; Galstyan A..Sh., 1978; Vasilieva L.I., 1980). Shudgorlash chuqurligi oshishi bilan tuproqning yuqori qatlamidagi invertaza faolligi biroz pasayadi, bu esa bu tuproq qatlamining kamayishi bilan izohlanadi, chunki chuqur shudgorlash paytida o'simlik qoldiqlarining asosiy miqdori quyi qatlamlarga joylashtiriladi. O'rnatishdan keyingi qoldiqlarning katta qismi tuproqning yuqori qatlamida qolipsiz shudgorlash paytida to'planishi o'simliklarning vegetatsiya davri oxirigacha 30-40 sm qatlamda invertaza faolligining 5-15% ga pasayishiga olib keladi [2-3].

Urug'lantirilgan fonda invertaza faolligi shudgorlagandan keyingina o'rtacha 5% ga oshdi. Tuproqqa ishlov berishning qolipdan yasalmagan usullariga ko'ra, o'g'itlar bu fermentning faolligiga ta'sir qilmagan. Ureazaning ta'siri azotli organik birikmalar molekulalarida azot va uglerod (CO-IN) o'rtasidagi bog'lanishning gidrolitik bo'linishi bilan bog'liq.

G.Sodiqova va boshqalarning ma'lumotiga ko'ra [6] tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligini oshirish maqsadida Baykal-EMl biopreparati, go'ng, biogumus va ma'danli o'g'itlar qo'llanilib, tuproq mikrobiologik jarayonlari kuzatilgan. Mikroorganizmlarning taksonomik guruhlari vakillari soniga organik va biopreparat qo'llash sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Biogumus va biopreparat qo'llash aktinomitsetlar, bakteriyalar soniga ko'proq ta'sir ko'rsatsa, zamburug'lar miqdoriga go'ng va biogumus va biopreparat qo'llash yuqori ta'sir etdi. Mineral o'g'itlar tuproq ammonifikatorlar va oligonitrofillar soniga ijobiy ta'sir etdi. Barcha variantlarda bakteriyalarning yuqori miqdori kuzatildi. Umuman olganda tuproqqa biogumus va biopreparat qo'llash yuqori samara bergan.

Turli mualliflar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, tuproq fermentlarining faolligi tuproq unumdorligining qo'shimcha diagnostik mezoni sifatida ishlatilishi mumkin va ferment faolligining o'zgarishi antropogen ta'sirni ko'rsatishi mumkin. Fermentlar uzoq muddatli saqlashda ham yuqori barqarorlikni namoyish etadi, bu fakt, shuningdek, past

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS"

_25-26 SEPTEMBER, 2024_

eksperimental xatolik, fermentativ faollik parametrlarini tuproq holatining diagnostik ko'rsatkichi

sifatida ishlatishga yordam beradi. (Bezuglova O.S., Gorbov S.N., Morozov I.V) [4].

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Zarqum, R. (2023). TUPROQNING BIOLOGIK FAOLLIGI HAMDA UNGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR. Innovations in Technology and Science Education, 2(14), 450-453.

2. Tokhirov B.B., Mustafoyev X., Tagayeva M.B. Production of microscopic always, their use in livestock and poultry // Экономика и социум. 2021, №. 4-1. p. 426-427.

3. Xodjimurodova N.R., Xakimova N.X., Tog'aeva M.V. Buxoro vohasi sug'oriladigan o'tloqi alluvial tuproqlarida mikroorganizmlar faolligi G'G' Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to'plami. Guliston, 2020. 166 b.

4. Bezuglova O.S., Gorbov S.N., Morozov I.V.// v kn. «Ekologicheskie problemi antropogennix landshaftov Rostovskoy oblasti». Tom 1. Ekologiya goroda Rostova-na-Donu.-Rostov-na-Donu: Izd-vo SKNTsVSh, 2003. - S.

5. Zarqum, R. (2023). TUPROQLAR BIOLOGIK FAOLLIGIGA ORGANIK O 'G 'ITLARNING TA'SIRI. UNIVERSAL JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES, 7(6), 3-7.

6. Sodiqova G. va boshqalar. Tuproqdagi mikrobiologik jarayonlar - tuproq unumdorligining asosiy ko'rsatkichidir. // O'zbekiston tuproqlarining unumdorlik holati, muhofazasi va ulardan samarali foydalanish masalalari" Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi. Toshkent, 2013. B.182-184.

7. Turdimetov, S., & Rakhimov, Z. (2021, April). EVOLUTION OF PROPERTIES OF IRRIGATED GRASSLAND SOILS. In International Scientific and Current Research Conferences (pp. 65-69).

8. Zafarjonzoda, R. Z. (2022, October). ANTROPOGEN OMILLAR TA 'SIRIDA TUPROQ BIOLOGIK FAOLLIGINING O 'ZGARISHI. In E Conference Zone (pp. 80-82).

9. Turdimetov Sh., Khudoyberdiyeva Z., Tadjibayev A. Quality Assessment of Gypsum Soils of Mirzachol Oasis. Journal of Population Therapeutics and Clinical Pharmacology, 2023. 30(12), pp. 295-301.

10. Rahimov, Z. (2024). MIKROORGANIZMLARNING TUPROQDAGI AHAMIYATI. Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и исследований в области управления, 1(7), 108-111.

11. Abdukarimovna, Q. D., & Zafarjonzoda, R. Z. (2024). TUPROQ BIOLOGIK FAOLLIGINING UMUMIY TUSHUNCHASI. Science and innovation, ^(Special Issue 39), 156-158.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.