Научная статья на тему 'Tuproq unumdorligini oshirishda fermentlarning roli'

Tuproq unumdorligini oshirishda fermentlarning roli Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
161
44
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Chlorella vulgaris (Beyer) / Scenedesmus obliquus (Turp) / katalaza / proteaza / polifenoloksidaza / ureaza va invertaza

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Ozoda Toirovna Jo’rayeva

Maqolada sug’oriladigan o‘tloq alluvial tuproqda yashil mikrosuvo‘tlari ta’sirida tuproq tarkibidagi katalaza, proteaza, peroksidaza fermentlarning faolligi oshishi hisobiga tuproq unumdorligini oshishi mumkinligi to’liq tushuntirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Tuproq unumdorligini oshirishda fermentlarning roli»

Tuproq unumdorligini oshirishda fermentlarning roli

Ozoda Toirovna Jo'rayeva [email protected] Buxoro davlat universiteti

Annotatsiya: Maqolada sug'oriladigan o'tloq alluvial tuproqda yashil mikrosuvo'tlari ta'sirida tuproq tarkibidagi katalaza, proteaza, peroksidaza fermentlarning faolligi oshishi hisobiga tuproq unumdorligini oshishi mumkinligi to'liq tushuntirilgan.

Kalit so'zlar: Chlorella vulgaris (Beyer), Scenedesmus obliquus (Turp), katalaza, proteaza, polifenoloksidaza, ureaza va invertaza

The role of enzymes in increasing soil fertility

Ozoda Toirovna Juraeva [email protected] Bukhara State University

Abstract: The article fully explains the possibility of increasing soil fertility by increasing the activity of catalase, protease, peroxidase enzymes in the soil under the influence of green microalgae on irrigated meadow alluvial soil.

Keywords: Chlorella vulgaris (Beyer), Scenedesmus obliquus (Turp), catalase, protease, polyphenol oxidase, urease and invertase

Kirish

Hozirgi kunda oziq-ovqatga bo'lgan talabning oshishiga aholi sonining oshishi,ekin maydonlarining qisqarishi,bir necha yillardan beri bir xil monokulturadan foydalanish oqibatida tuproq struturasining buzilishiga, shuningdek suzot suvarning yaqinligi tuproqning sho'rlanish darajasining oshishiga sabab bo'lmoqda. Bundan tashqari sugorish va yerdan foydalanishda to'g'ri agrotexnik qoidalarga rioya qilmaslik natijasida tuproq tarkibidagi katalaza, proteaza, peroksidaza fermentlarning faolligi keskin pasayib ketdi . Bu esa tuproq unumdorligini pasayishiga olib keldi.

Assosiy qism

Tuproq unumdorligini oshirish maqsadida Chlorella vulgaris (Beyer). va Scenedesmus obliquus (Turp.) [1] turiga mansub yashil mikrosuvo'tlari shtammlarini jadal ko'paytirishning optimal usullarini yaratish, va ularni Buxoro viloyatining sug'oridagan, o'rtacha sho'rlangan o'tloqi allyuvial tuproqlarida chigitlarga ekish oldi

ishlovi berishda qo'llash samarasini hamda fermetativ va mikrobiologik jarayonlar dinamikasini aniqlash orqali mineral o'g'itlar fonida qiyosiy o'rganildi.

1-jadvalda sug'oriladigan o'tloqi tuproqda yashil mikrosuvo'tlari va mineral o'gitlar berilgan tuproq namunalarida katalaza fermenti 7- va 15 kunlarigi faolliklari keltirilgan bo'lib bunda mineral o'gitlar ishlatilganda dastlabki tuproqda katalaza faolligi 100 g tuproqda 1,90 kattalikda bo'lsa, etti kun ichida katalaza faolligi 2,16 ga ortganligi aniqlandi. Bu jarayon davom etib, 15 kun ichida faollik 4,01 ga teng ekanligi kuzatildi [2]. Yashil mikrosuvo'tlari suspenziyasi ishlatilgan tajribala katalaza faolligi 3,2 ml/mg O2 ga ko'paygan bo'lsa, 15 kun davomida esa ushbu ko'rsatgich 4,95 ga ko'tarilganligini aniqlandi. Tuproqqa yashil mikrosuvo'tlari suspenziyasi bilan birgalikda, mineral o'gitlar 50% miqdorda qo'shib berilganda tuproqdagi katalaza faolligi bir muncha oshganligi kuzatildi.

Demak, tuproqda oksidlanish va qaytarilish jarayonida ishtirok qiladigan fermentlar asosiy vakili katalazaning faolligi chigittga ishlov va tuproqqa beriladigan moddalarining tarkibiga bevosita bog'liq ekan.

1-jadval

Sug'oriladigan o'tloqi tuproqda yashil mikrosuvo'tlari va mineral o'g'itlar ta'sirida

katalaza fermentining faolligi

№ Tajrba variantlari Katalaza 3 daqiqa davomida 100g tuproqda ajralgan mg/O2 hisobida Katalaza 5 daqiqa davomida 100g tuproqda ajralgan mg/O2hisobida

kunlar 7 kun 15 kun

1 Daslabki tuproq(nazorat) 1,90+-0,06

2 Tuproq+NPK 2,16+-0,04 4,01+-0,03

3 Tuproq+yashil mikrosuvo'ti 3,19+-0,08 4,95+-0,06

4 Tuproq+yashil mikrosuvo'ti+NPK50% 2,94+-0,05 4,55+-0,05

Izoh: ostiga chizilgan qiymatlar R<0,05 da nazorat varianti (dastlabki tuproq qiymatidan ishonchli farq kiladi.

Tuproq fermentlarining o'zgarishi, ko'llanilgan o'gitlar tuproq va tashqi muhit sharoitiga chambarchas bog'liq ekan (4. 5. 6.-jadval) Fermentlar faolligining o'g'itlar tarkibiga bog'liqligi bir farq ilmiy ishlarda ham o'z ifodasini topgan . Buxoro viloyati sharoitida olib borilgan tajribalar shularni ko'rsatdiki, to'liq mineral o'gitlar qo'llanilganda 1 g tuproq namunasida [3] proteaza faolligi 0,310 mg/ amin azoti miqdoriga to'g'ri kelgan bo'lsa, yana mikrosuvo'tlariga mineral o'gitlarni qo'shib ishlatilganda esa bu ko'rsatgichlar 0.590-0,720 mg/ amin azotga teng ekan. Bordiyu, qo'llaniladigan o'gitlarning tarkibi yanada boyitilsa, yashil mikrosuvo'tlari suspenziyasiga o'simlik tarkibidagi va mineral o'gitlar qo'shib berilsa, sug'oriladigan tuproqlarda proteaza fermentining faolligi yanada oshishini (0,910 mg) ko'rish mumkin (2-jadval).

2-jadval

Sug'oriladigan o'tloqi allyuvial tuproqda proteaza faolligi

№ Tajriba variantlari Proteza faolligi, ig tuproqda mg NH2 hisobida

i Tuproq + NRK (i00 %) 0,310±0,003

2 Tuproq + yashil mikrosuvo'tlari+ NRK (50 %) 0,590±0,007

3 Tuproq + biomassa + NRK (50 % ) 0,720±0,09

4 Tuproq + o'simlik qoldig'i + yashil mikrosuvo'tlari+ NRK (50 % ) 0,910±0,01

Izoh: ostiga chizilgan qiymatlar P<0,05 da nazorat varianti (tuproq + NPK) qiymatidan ishonchli farq qiladi.

Sug'oriladigan o'tloqi allyuvial tuproqda o'simlik qoldiqlari tez parchalanish xususiyatiga ega bo'lib, parchalanishning dastlabki bosqichida qatnashadigan oksidlanish esa qo'llinishida sintez polifenoloksidaza faolligiga chambaras bog'liq. Olib borilgan qator tajribalarda [4], ayniqsa, mineral o'g'itlar bilan birgalikda, yashil mikrosuvo'tlari aralashtirilganda, bu fermentlarning faolligi oshishi 3-jadvalda ko'rsatilgan ma'lumotlarda keltirilgan.

3-jadval

Tuproq namunalaridagi peroksidaza faolligi (i00 g tuproqda/ mg purpurgaalin

xisobida)

№ Tajriba Predoksidaza

Kunlar 7 kun i5 kun

i. Tuproq + NRK 3,84±0,08 3,02±0,04

2. Tuproq + yashil mikrosuvo'tlari 4,40±0,09 4,37±0,06

3. Tuproq + yashil mikrosuvo'tlari+ NRK (50 %) 5,25±0,01 5,10±0,08

Izoh: ostiga chizilgan qiymatlar RF,05 da nazorat varianti (tuproq < P 0,05 da nazorat varianti (Tuproq + NRK) qiymatidan ishonchli farq qiladi.

4-jadval

Tajriba namunalarida tuproq va polifenoloksidaza fermentining faolligi (i00 g

tuproqda/ mg purpurgalli xisobida

№ Tajriba Polifenoloksidaza

Kunlar 7 kun i5 kun

i. Tuproq + NRK (nazorat) 8,99±0,11 7,69±0,09

2. Tuproq + yashil mikrosuo'tlari (50 %) 11,95±0,15 10,89±0,12

3. Tuproq + yashil mikrosuvo'tlari+ NRK (50 %) 12,64±0,19 11,90±0,08

Izoh ostiga chizilgan qiymatlar R<0,05 da nazorat varianti (tuproq + NPK) qiymatida ishonchli farq kiladi.

Sug'oriladigan o'tloqi tuproqda murakkab tarkib va katta ahamiyatga ega modda xisoblangan gumusning hosil bo'lishi va tez parchalanishida ishtirok etadigan peroksidaza fermenti muhim rol uynaydi. Bu keltirilgan mulohaza bizning tajribalarimizda ham o'z ifodasini topdi [5]. Ya'ni, to'liq mineral o'g'itlar qo'llanilgan tuproqda peroksidaza na polifenoloksidaza fermentlarining faolligi i00 g. quruq tuproqda i5 kun davomida 3,0-7,7 mg purpugillin ga teng bo'lsa, aynan shu Tuproqqa

mineral o'gitlar bilan birgalikda, yashil mikrosuvo'tlari qo'shilganda 5,1-11,9 mg purpugallinga to'gri kelganligi kuzatildi. Demak, sug'oriladigan tuproqda organik modda hisoblanadigan gumus miqdorining parchalanishi va sintez qo'lanishi fermentlarning faolligiga chambaras.

Laboratoriya sharoitida 15 kun davomida katalaza, proteaza, preoksidaza va polifenoloksidaza faolligi aniqlandi. Uch oydan sung ham ko'prok namunalarida mikroorganizmlar va fermentlar faolligi oshganligi kuzatildi, biroq o'git qo'llanilmaganda variantda kataliza faolligi deyarli o'zgarmaganligi kuzatildi [6]. Ureaza va invertaza faolligi za sezilarli darajada o'zgardi. Tuproqqa yashil mikrosunuti na mineral O'git birgalikda berilganda katalaza faolliligi 60-90 kunda 2-3 marotabagacha oshganligi aniqlandi (5-jadval).

5-jadval

Yashil mikrosuvytlari ta'sirida sug'oriladigan o'tloqi tuproqda fermentlar faolligi

Tajriba Furmentlar, M ± m

№ Tajriba davomiy- Katalaza, 3 Ureaza, 1g turoqdan Intervaza, 1g tuproqda,

ligi daqiqada ajaralib 24 soatda ajaralib 24 soat ichida hosil

(kunlar) chiqqan O2 mg/g chiqqan N, mg bo'lgan glyukoza, mg

1. Dastlabki tuproq (nazorat) - 11,95±0,04 0,21±0,010 0,6±0,02

2. O'g'it berilmagan tuproq 30 60 90 1,15±0,02 0,99±0,01 1,09±0,01 0,19±0,01 0,12±0,01 0,95±0,01 0,10±0,01 0,07±0,004 0,20±0,01

Tuproq + yashil 30 0,17±0,01 2,09±0,02 3,99±0,02 0,26±0,01 0,15±0,011

3. mikrosuvo'tlari+ NRK 60 0,39±0,02 0,27±0,01

(50 %) 90 0,45±0,02 0,51±0,02

Izoh: ostiga chizilgan qiymatlar P<0,05 da nazorat varianti (birlamchi tuproq qiymatidan ishonchli farq kiladi.

O'tkazilgan tajribalarning o'g'itsiz variantda 90 kun davomida katalaza faolligi deyarli o'zgarmaganligi kuzatildi. Ureaza va intervaza fermentlarining faolligi 30 kunlik tajribaga nisbatan 90 kunligida ancha o'zgarganligi kurildi. Tajriba davomida utloki tuproqda mikrosuvo'tlari bilan bir farqda to'liq mineral o'g'itlar ko'shib ishlatilganda, katalaza faolligi 30 kundagicha nisbatan [7-10], 60-90 kun davomida 23 barobar oshganligi aniqlandi. Fermentlarni faolligining oshishi, ayniksa, ureaza na invertaza faolligi tuproqda organik moddalarning tez parchalanib, o'simliklarning o'zlashtira oladigan shakliga o'tish jarayonida asosiy xizmat vazifani o'taydi. Adabiyotlardan ma'lumki, invertaza va ureaza fermentlar faolligi tuproqdagi organik moddalar miqdoriga bevosita bog'liqdir. Fermentlar faolligi bilan birgalikda shu muddatlarda ko'yilgan tajriba variantlarida (1.6-jadval) mikroorganizmlarning umumiy son o'zgarishlari, ko'llanilgan o'g'itlar tarkibiga bog'liq ekanligini ko'rsatdi.

6- jadval

Sug'oriladigan allyuvial tuproqda yashil mikrosuvo'tlari ta'sirida mikroorganizmlar

miqdori va nafas olish

Tajriba davomiy-ligi kun Mikroorganizlarning umimiy miqdori (1g

№ Tajriba tuproqqa, keltrilgan, mingta hujayra), M ± m

variatlari Amon Oligonit-rofillar Zamburug'lar 100g tuproqda ajralgan SO2, mg

1. Birlamchi tuproq (nazorat) - 100±2,01 16±4,0 3±0,07 11,4±0,3

2. O'g'it berilmagan tuproq 30 60 90 360±2,10 530±3,00 1490±1,90 11±0,3 7±0,2 9±0,25 9,9±0,4 8±0,2 10±0,3 20,1±1,0 19,5±1,1 14,9±0,60

Tuproq + yashil 30 7100±12,0 75110±90,0 814±4,0 1950±30 18±0,99 31,0±0,8

3. mikrosuv-o'tlari+ 60 7500±67 29±0,30 26,9±0,6

NRK (50 %) 90 4100±49 37±0,40 25,6±0,4

Izoh: ostiga chizilgan qiymatlar P<0,05 da nazorat varianti (birlamchi tuproq qiymatidan ishonchli farq kiladi.

Xulosa

Binobarin, o'tgan variantga nisbatan yashil mikrosuv o'tlari bilan birgalikda to'liq mineral O'gitlar aralashtirib, ko'llanilganda ammonififarqlar umumiy soni 7-8 barobarga ortdi. Namuna tuprog'iga nisbatan tajriba variantlarida oligonitrofillar miqdori 5-6 marotiba oshganligi dikkatga sazovordir. Ushbu tuproq namunasida dastlabki 30 kun davomida uning nafas olish darajasi yuqori ko'rsatkichlarga ega bo'ldi. Birok, keyingi kunlarda tuproqning nafas olishi kuchli darajada kamaydi. Bunda tuproq mikroagregat tarkibida mayda o'lchamli zarrachalar ulushi ko'payganligi tufayli, uning nafas faolsizlanganligi bilan izohlash mumkin.

Tuproqning nafas olishi berilgan har xil o'gitlar tarkibigagina bog'liq bulmasdan, balki tuproqning nam tutishiga ham bog'liqligi tajribada kuzatildi. Ko'pchilik olimlar o'z izlanishlarida tuproqning nafas olish va fermentlar faolligi tuproqka berilgan o'gitlar tarkibiga bog'liq, degan xulosaga kelganlar. Laboratoriya sharoitida olib borilgan tajriba shularni ko'rsatdiki, mart oyining 1-chi va 2-chi un kunligida tuproqdan SO2 ajralib chikishi yuqori darajaga ko'tarilgan bo'lsa, uchinchi o'n kunlikda bu ko'rsatgich 100 g tuproqda 24 soat davomida 29 mg/SO2 ajralib chiqqanligini ko'rsatdi. Bu jarayon tuproqning 30% namligida kuzatildi. Ammo, aprel oyining 10 kunligida SO2 ning ajralib chiqishi 18% ga kamaygan bo'lsa, shu oyning 20-kunligida tezda ko'tarila boshladi. Tuproqda SO, ning asta sekin ko'tarilishi 60% namlikda kuzatildi. Birok, 90% namlikda esa tuproqning nafas olishi keskin kamayganligi kuzatildi.

Bahor faslida tuproqning nafas olishi uning namlanish darajasiga bog'liq ekanligi o'rganilgan muddat va sharoitlarda undagi fermentlar faolligi va namlikning tasiri o'rganildi. Jumladan, katalaza fermentlarning faolligi tuproqning 30% va 60% namlikda kuchayishi kuzatildi (1 -rasm).

Rasm. 1. Tuproq namligiga bog'liq xolda katalaza faolligi (laboratoriya sharoitida) Katalaza faolligi bilan qatorda tuproqdagi proteaza faolligi o'rganilib, (2-rasm). Olingan ma'lumotlar mart oyining 10 kunligidan oxirgi kunlariga qadar proteaza faolligi oshib borgan bo'lsa, aprel oyida bu ko'rsatkichlar bir tekis ortishi kuzatilgan. Ammo, 90% namlikda proteaza faolligi keskin kamayib ketganligi kuzatildi. Demak, tuproqning o'z me'yorida nafas olishi va fermentlar faolligining kuchayishi tuproq namlik darajasining 30 va 60% ligida yaxshi natijalar berar ekan. Namlik darajasi yuqori bo'lgan (90%) tuproqda biologik faolliklarning keskin kamayishi kuzatildi.

Rasm 2. Tuproq namligiga asosan proteaza faolligi (laboratoriya sharoitida)

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Aгафонов Е.В. Влияние минеральных и бактериальных удобрений на урожайность гороха на обыкновенном карбонатном черноземе [Текст] / Е.В. Aгафонов, М. Е. Стукалов, Л.Н. Aгафонова // Реферативный журнал (биология). - 2002. - № 2. - С. 50.

2. Aдерихин, П.Г. Aзот в почвах Центрально-Черноземной полосы [Текст] / П.Г. Aдерихин, A.П. Щербаков. - Воронеж, 1974. - С. 6-150.

3. Баймишева Е.Х. Влажность почвы и урожайность гороха в зависимости от систем удобрения и способов основной обработки почвы [Текст] / Е.Х. Баймишева, Г.И. Казаков // Материалы 46-й научно-практической конференции

профессорско-преподавательского состава, сотрудников и аспирантов. - Самара, 1999. - С. 26-27.

4. A.E.Xolliyev, Jo'rayeva O. Ecophysiological properties of white oats //Conferences - 2021. - С. 50-52.

5. Jo'rayeva O. G'o'zaning dorivorlik xususiyati //Центр научных публикаций (buxdu. Uz). - 2021. - Т. 3. - №. 3.

6. Jo'rayeva O. Sadokda baliq yetishtirish texnologiyasi //Центр научных публикаций (buxdu. Uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

7. Jo'rayeva O. Sho'rlangan tuproqlarda g'o'zaning o'sish fiziologiyasi //Центр научных публикаций (buxdu. Uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

8. Jo'rayeva O. Роль фитопланктона в народном хозяйстве //Центр научных публикаций (buxdu. Uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

9. Jo'rayeva O. Medikal and food properties of algai //Центр научных публикаций (buxdu. Uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

10. Jo'rayeva O. Durability and productivity characteristics of sorghum //Conferencea. - 2023. - С. 12-17.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.