IRRIGATSIYA EROZIYAGA UCHRAGAN TIPIK BO'Z TUPROQLARNING UNUMDORLIGINI OSHIRISH YO'LLARI JMaxkamova Aliya Shinibaevna 2Kamilov Bobir Sultonovich
1Tosh DAU Agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi assistenti 2Tosh DAU Agrokimyo va
tuproqshunoslik kafedrasi dotsenti 1 aliyatursunova0@gmail. com https://doi.org/10.5281/zenodo.10084742
Annotatsiya. Maqolada irrigatsiya eroziyaga uchragan tipik bo'z tuproqlarning unumdorligini oshirishda biopreparatlarni, organik o'g'itni ma'danli o'g'itlar muxitida qo'llash uning bioximik o'zgarishlarini, mikrobiologik jarayonlarining jadallashuvini va organik modda miqdorini oshganligi aniqlandi. Bu esa o'z navbatida g'o'za hosildorligini samarali tarzda ortganligi va tuproq unumdorligini oshirish yo'llari yana bir bor aniqandi.
Kalit so'zlar: Eroziya, irrigatsiya, gumus, biopreparat, o'g'it, bioximik o'zgarishlar, tipik bo'z tuproq.
Annotatsiya. В статье отмечено, что при применении биопрепаратов и органических удобрений в среде с минеральными удобрениями для повышения продуктивности типичных сероземов, подверженных ирригационной эрозии, приводит к ее биохимическим изменениям, ускорению микробиологических процессов, определенному увеличению количество органических веществ. Это, в свою очередь, привело к изменению урожайности хлопка и плодородия почв.
Ключевые слова: Эрозия, орошение, гумус, биопрепарат, удобрение, биохимические изменения, типичная сероземы.
Abstract. Abstract: The article notes that the use of biological products and organic fertilizers in an environment with mineral fertilizers to increase the productivity of typical gray soils subject to irrigation erosion leads to biochemical changes, acceleration of microbiological processes, and a certain increase in the amount of organic substances. This, in turn, led to changes in cotton yields and soil fertility.
Keywords:Erosion, irrigation, humus, biological product, fertilizer, biochemical changes, typical gray soil.
Kirish Bugungi kunda "qishloq xo'jaligini intensiv rivojlantirish bilan bog'liq holda ko'pgina omillar shuni ko'rsatadiki, yerlarni degredatsiyaga uchrash darajasi va qo'lami ortib bormoqda, bunda tuproqlar eroziyaga uchraydi, oziqa moddalari zahirasi kamayadi va sho'rlanish ortadi. Antropogen degredatsiyaga qishloq xo'jaligi yerlarining 34 foizi (1 660 mln.ga) uchragan. Mavjud haydaladigan yerlarda ularda ishlov berish va jadallashtirish imkoniyatlari tuproqlar eroziyasi sababli va uglerod, oziqa moddalari xamda tuproq bioxilma-xilligini kamayishi tufayli cheklangan". Bu borada tuproq-iqlim sharoitiga mos keladigan agrotexnik, agrofizikaviy chora-tadbirlar ishlab chiqish, tuproq unumdorligini yaxshilash, tiklash va oshirish, fan va amaliyot yutuqlaridan keng foydalanishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Respublikamizda sug'oriladigan tuproqlardan samarali foydalanishda resurstejamkor texnologiyalarni joriy etish orqali ilmiy asoslangan dehqonchilikni rivojlantirish bo'yicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilib, muayyan natijalarga erishilmoqda.
Tuproqning suv va shamol eroziyasidan muhofaza qilish muammosi borgan sari dolzarblashib bormoqda. Ushbu muammoni yechishda o'z vaqtida zarur ekologik choralarni ko'rish uchun zamonaviy huquqiy-uslubiy choralarni qo'llashni taqazo etadi.
Tadqiqotning metodologiyasi va obyekti. Toshkent viloyati Piskent tumani tog' oldi zonasida tarqalgan sug'oriladigan turli darajada eroziyaga uchragan lèss va lèssimon yotqiziqlarda shakillangan tipik bo'z tuproqlar.Tahlil natijalari—Dala tajribalarini o'tkazish uslublaril asosida olib borilgan, yani gumus I.V. Tyurin usulida. GPA - umumiy mikroorganizmlar son miqdorini aniqlash; Eshbi oziqa muhiti- azotofiksator bakteriyalami aniqlash usullarida ishlangan.
Tadqiqot natijalari va muxokamasi. Xozirgi ekologik sharoitida tuproqning biologik faolligining o'rganadigan ko'p mutaxassislar diqqatini tuproqda bo'layotgan mikrobiologik faolliklarning tuproq unumdorligiga tasiri, ularning axamiyati kabi qator muommolarga jalb qilmoqda. Shulardan biri tuproqda berilayotgan o'g'itlarning mikroorganizmlar ishtirokida o'zlashtirilishi va undagi qiyin o'zlashtiriladigan organik moddalar jarayonlarni modifikatsiya qilish yo'llarini ferment reaksiyalariga bog'lanib o'rganish muommolari turadi. Tuproqda modda almashinuvi va organik moddalarning parchalanishi va sintez energiyasi fermentlar ishtirokida sodir bo'ladi. Tuproqda fermentativ jarayonlar natijasida qiyin o'zlashtiradigan oziqa elementlarning birikmalari o'simliklar va mikroorganzmlar uchun onson o'zlashtiradigan turlarga o'tadi.
Demak, tuproq unumdorligi shakillanishi bevosita unda kechadigan fermentativ jarayonlar bilan bog'liqdir. Xaziev F.X. (1985) ta'kidlashicha tuproqning fermentativ faolligining shakillanishi va dinamikasi undagi funksional ekologik jarayonlaring kelib chiqishi fermentlarning immobilizatsiya faolligini ushbu sharoitda xosil bo'lishiga bog'liqdir. Tuproqlardagi fermentlar tashqi nomaqul sharoitlarga turg'unligi bilan farqlanadi va umuman immobilizatsiyalangan qatorida ( Gafurova 1995). Yilning xar xil faslida tuproqning namlanish rejimi va xaroratiga ko'ra fermentlarning faolligi xar xil yo'nalishda o'zgaradi. Aliev S.A., Gadjieva D.A., (1976) larning ma'lumotiga ko'ra tuproqdagi fermentlarning faolligini mavsumiy dinamikasi turli tuproq-iqlim mintaqasiga ko'ra xar xiligi va umumiy mavsumiy dinamika qonuniyati turli iqlim rejimida bo'lish mumkinligi aniqlangan. Fermentarning oksidlanish tiklanish aktivligi ko'proq xollarda gidrotermik sharoitlar bilan bog'liq bir qator ilmiy asarlarda tuproqdagi fermentativ aktivligiga tabiiy ekologik omillar va tuproqning ba'zi xossalari bulardan organik moddalarning miqdori mikroorganzmlar oziqa elementlar loyli minerallar yani tuproq namligi, xarorati pH ga ta'siri ko'rsatilagan. Gafurova L.A., va boshqa, (1999); Yuldasheva S. (2008), Nabieva G.I.(2008), Shadraimova K.I. (2012) Tuproq hosil qilish jarayonining yo'nalishini umumiy ko'rinishda aniqlovchi fermentlardan biri katalaza deb fikr bildirgan bir qator olimlar (Magidan 1997, Kuznesov 2008). Shuning uchun xam tuproqdagi fermentlar faolligi tuproq unumdorligini, hosildorligini ko'rsatuvchi omillardan biri hisoblanadi.
Biz tajriba olib borgan, sug'oriladigan eroziyaga kam uchragan tipik bo'z tuproqlarni tahlilini o'tkazdik. Sug'oriladigan tipik bo'z tuproqlar ta'minlanish darajasiga ko'ra gumus miqdori kam, harakatchan fosfor miqdori bo'yicha juda yuqori va almashinuvchan kaliy miqdori bo'yicha kam ta'minlangan tuproqlar jumlasiga kirishi aniqlandi (jadval-1).
1- Jadval. Eroziyaga uchragan sug'oriladigan tipik bo'z tuproqlar tarkibini organik o'g'it va biopereparatlar ta'sirida o'zgarishi
Variantlar № Gumus Umumiy Mikroorganizmlarning turlari KXB
miq-dori azot % Ammo- Fosfor Oligo- Mikro- Akti-
% hiso- hisobi nifika- parcha- nitrofil- mitset- nomi-
bida da torlar lovchi bakte lar lar setlar
riyalar
Kuchsiz eroziyaga uchragan tuproq
1.Nazorat +NPK 0.715 0.059 1.5x108 1.5x106 1.0x106 3.x104 3x104
2.NPK+Rizо kom-1 0.886 0.061 2.5x108 9x106 5.2x105 9x104 1.8x105
3.NPK+guma t-Ыа 0.883 0.072 2,2x108 1.0x107 1.5x106 3.0x104 1.0x105
4.NPK+parra nda go'ngi 0.738 0.061 2.0x108 6x105 2.7x105 6x104 3x104
Keltirilgan raqamlardan ko'rinib turibdiki, 2, 3 variantda tuproqda gumus modda to'planishi mikroorganizimlarning ish faoliyatiga bog'liq. Natijada tuproqning g'ovakligi, xavo va suv o'tkazuvchanligi xamda uning fizikaviy, kimyoviy xususiyatlari nazorat variantga qaraganda o'zgarganligini ko'rish bilan birga undagi mikroorganizmlar o'sib, rivojlanib o'g'itlarni qayta ishlashda bu organizmlarning o'simliklarga kerakli oziq moddalar yetkazib berishda mikroorganzmlarning ulkan xissa qo'shganini xam kuzatish mumkin. Rizokom-1, gumat-Na, parranda go'ngi solingan variantlarda mikroorganizmlaring rivojlanishi shak shubxasizdir. Bu variantda ammonifikatorlar va fosfor parchalovchi bakteriyalar soni ko'payligini ko'rish mumkin. 1 g tuproqda mikroorganzmlarning ming donna xujayra hisobida 2.5x108 ni tashkil etgan bo'lsa, nazorat variantda bu ko'rsatkichlar 1.5x108 ni tashkil qilgan.
Fosfor parchalovchi bakteriyalarning miqdori Rizokom-1 biopreparati qo'llanilagan variantda kuzatildi ya'ni 9x106 (KXB) koloniya hosil qiluvchi bakteriyalar grammini tashkil etdi. Haydalma qatlamida bu jarayonlar albatta mikroorganizmlar faolligi, maxsuli bevosita tuproqda organik moddalarning shakillanishi tuproqda gumus hosil bo'lishiga ta'sir etadi deb qaraladi (G.I. Jumaniyazova). Yuqorida keltirilgan raqamlardan shularni aniqlashimiz mumkinki, tuproqqa berilayotgan o'g'itlarning aloxida ta'siri, shu muhitda yuz berayotgan biologik jarayonlarning bir xil emasligini ko'rsatadi. Nazorat variantda gektariga 30,7 s/ga hosil olingan bo'lsa, mineral o'g'it bilan go'ng berilgan variantlarda bu ko'rsatkichlar 33,1 s/ga ni tashkil etgan. Olingan ma'lumotlar shularni ko'rsatadiki, mineral o'g'itlar bilan birga biopreparat Rizokom-1, gummat ishlatilgan variantda paxta hosili ancha ko'paygan.
Xulosa To'plangan ma'lumotlarga ko'ra shuni ta'kidlash joizki, tuproq unumdorligini ko'rsatkichi bioximik o'zgarishlarini, mikrobiologik jarayonlarning jadallashuvini va shuningdek organik modda miqdorini bir muncha oshganligi kuzatildi. Demak, bu usul tuproq unumdorligini oshirishga organik modda zaxiralari ko'payib, ularning mineralizatsiyalanish jarayoni asta sekin kuchayganligidan dalolat beradi. Bu o'z navbatda g'o'za hosildorligi va tuproq unumdorligining o'zgarishiga sabab bo'lgan.
REFERENCES
1. Abdukadirov Sh., Djumaniyazov I., Turdiev S., Sattarov O. Сохранение плодородия почвы: проблемы земледелия. // Agroilm. O'zbekiston qishloq xo'jaligi. - Toshkent, 2007. - №1(1). - S.33.
2. Abdullaev B.N., Shakarova S.O'. Eroziyalashgan yerlarda o'g'it qo'llash va ekish usulining tuproq unumdorligiga ta'siri / Почва, климат, удобрение и урожай: актуалные проблемы и перспективы Республиканская научно-практическая конференция, посвященная 100 летию Националного университета Узбекистана имени Мирзо Улугбека Москва -2018., Б.430-434
3. Maxsudov X.M., Gafurova L.A., "Eroziyashunoslik" "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" davlat ilmiy nashriyoti Toshkent- 2012 B. 24-30 Burxanova D.U. Biopreparat va organo-mineral o'g'itlar ta'sirida tuproqlarning mikrobiologik faolligini o'zgarishi. QarDU xabarlari. №6 (36). Qarshi, 2018. -B.136-140.
4. Усанбаев Н.Х., Сейтназаров А.Р., Намазов Ш.С., Беглов Б.М. Технологическая схема и оптимальный режим получения органо- минеральных удобрений на основе Ангренского бурого угля и рядовой фосмуки Центральных Кызылкумов International scientific review, 11-12 2021
5. Нарбаева Х.С., Джуманиязова Г.И., Ким А.А., Джураева Г.Т. ПХБ-деструктивная активность солеустойчивых фосформобилизующих ризобактерий хлопчатника. Доклады АН РУз, Ташкент, 2012, № 3. С. 63-66.
6. Kamilov B.S., Maxkamova A.Sh. Sug'oriladigan tipik bo'z tuproqlarning agrofizik xususiyatlariga eroziya jarayonlarining ta'siri. Oziq-ovqat havfsizligida o'simliklar himoyasining innovatsion texnologiyalar mavzusidagi halqaro ilmiy-amaliy anjumani Toshkent-2021. b.16-22
7. Ниязалиев Б.И. Влияние органоминералных компостов на содержание питателных веществ в типично-сероземной почве и продуктивност хлопчатника. Аграрная наука. -Москва, 2016.-№ 1.С.5-7.
8. Maxkamova A., Kamilov B.Importance of humine preparation and organic fertilizers in improving the fertility of eroded typical gray soils E3S Web of Conf. International Scientific and Practical Conference "Environmental Risks and Safety in Mechanical Engineering" (ERSME-2023). - Volume 376. - P. 1-6