Научная статья на тему 'TUPROQLARNING BIOLOGIK FAOLLIGINI TURLI XIL EKINLARDAN FOYDALANIB YAXSHILASH'

TUPROQLARNING BIOLOGIK FAOLLIGINI TURLI XIL EKINLARDAN FOYDALANIB YAXSHILASH Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
тuproq / biologik faollik / bo‘z-o‘tloqi tuproq / unumdorlik / raps / fatseliya / xantal / suli / javdar / mikroorganizmlar / chapeka va kaa oziqa muhitlari.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Turdimetov Shaxobiddin Muxitdinovich, Musurmanova Mohinur Murot Qizi

Mazkur maqolada tuproq unumdorligini oshirishda turli xil o‘simlik resurslaridan foydalanganligi hamda ularni tuproqroqdagi mikroorganizmlarga ta’siri yoritib berilgan. Ekilgan ekinlarning tuproq biologik faolligiga taʼsir yuzasidan maʼlumotlar tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TUPROQLARNING BIOLOGIK FAOLLIGINI TURLI XIL EKINLARDAN FOYDALANIB YAXSHILASH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

TUPROQLARNING BIOLOGIK FAOLLIGINI TURLI XIL EKINLARDAN FOYDALANIB YAXSHILASH

1Turdimetov Shaxobiddin Muxitdinovich, 2Musurmanova Mohinur Murot qizi

1B.f.d., professor v.b.

2Tayanch doktorant, GulDU https://doi.org/10.5281/zenodo.13842244

Annotatsiya. Mazkur maqolada tuproq unumdorligini oshirishda turli xil o'simlik resurslaridan foydalanganligi hamda ularni tuproqroqdagi mikroorganizmlarga ta'siri yoritib berilgan. Ekilgan ekinlarning tuproq biologik faolligiga ta'sir yuzasidan ma'lumotlar tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: muproq, biologik faollik, bo'z-o'tloqi tuproq,unumdorlik, raps, fatseliya, xantal, suli, javdar, mikroorganizmlar, chapeka va kaa oziqa muhitlari.

Tuproqning biologik faolligi uning unumdorligining asosiy ko'rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Tuproqning biologik faolligini o'simlik resurslari yordamida oshirish muhim ahamiyatga ega.

E.V.Shatskikh, D.M.Galiev, I.V.Rogozinnikova, A.N.Masliuklarning [3] fikriga ko'ra almashlab ekish tizimiga ko'p yillik dukkakli ekinlarni kiritish tuproqdagi biologik faolligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Tuproqdagi mikrorganizmlarning soni ortadi, o'simlik qoldiqlarining parchalanishi yaxshi bo'ladi, tuproq unumdorligi ortadi.

V.S.Polous, S.P.Stepanov, L.O.Prokopova, S.N.Osaulenkolar [10] tuproqning biologik faolligini stabillashtirish uchun organik mineral o'g'itlar, mikroorganizmlardan foydalanish va resurstejamkor texnologiyalarni qo'llash bo'yicha olib borilgan ishlarni tahlil qilishgan.

V.M.Garmashov, L.V.Garmashovlar [9] tuproqqa minimal ishlov berilganda va ishlov berilmagan sharoitda tuproqning biologik faolligining o'zgarishi bo'yicha ma'lumotlar berishgan. Olingan ma'lumotlarga qaraganda, tuproqqa minimal ishlov berish natijasida biologik faollik-mikroorganizmlarning umumiy soni 1-9 foizgacha ortgan, gumusni mineral holatga keltirishda ishtirok etuvchi mikroorganizmlar esa 2,7-9,6 foizgacha kamaygan.

Turli o'simlik resurslaridan foydalanib tuproqning biologik faolligini oshirish maqsadida maxsus tajribalar qo'ydik. Tajribalar Mirzacho'l vohasi sug'oriladigan bo'z-o'tloqi tuproqlarida o'tkazildi va o'simliklardan suli (II-variant), javdar (III-variant), fatseliya (IV-variant), xantal (V-variant) va raps (VI-variant) ekinlaridan foydalandik.

Mirzacho'l vohasining sug'oriladigan bo'z-o'tloqi tuproqlari o'zlashtirish va sug'orish natijasida turli evolyutsion bosqichlarni bosib o'tgan va o'ziga xos xossa va xususiyatlarga ega bo'lgan [1,2,4-8].

Olib borilgan mikrobiologik tahlillar natijasida tadqiq etilgan tuproq namunalarida ammonifikatorlar siderat ekilmagan variantlar eng kam ko'rsatkichga ega bo'lib, 1 g tuproqda 030 sm qatlamda 1,5 ming donani, 30-50 sm qatlamda esa 30 ming donani tashkil etgan. II-variant ya'ni suli ekilgan variantda ammonifikatorlarning soni 0-30 sm qatlamda 4,5 mln dona, 30-50 sm qatlamda 2,2 mln donani tashkil etgan. Siderat ekilgan variantlar ichida III-variant javdar ekilgan variantda haydov ostki qatlam ammonifikatorlar soni keskin farq qilgan, qolgan variantlarda unchalik keskin farq qilmagan. VI-variant raps ekilganda bo'lib, 0-30 sm qatlamdan ko'ra, 30-50 sm li qatlamda ammonifikatorlarning soni ko'pligi kuzatilgan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

Mineral azotni o'zlashtiruvchi bakteriyalar sonining tahliliga kelsak, bu ko'rsatkichlar bo'yicha siderat ekilmagan variant eng past ko'rsatkichga ega. Ushbu bakteriyalarning miqdori VI-variant raps ekilganda yuqori ko'rsatkichga ega bo'lib, 0-30 sm qatlamda 310 ming donani, haydalma ostki qatlamda esa 140 ming donani tashkil etgan. II-variant suli ekilgan variantda haydalma va haydalma ostki qatlamda mineral azotni o'zlashtiruvchi bakteriyalar soni deyarli teng-240-270 ming dona atrofida. III, IV va VI-variantlarda ushbu bakteriyalarning soni yuqori qatlamlardan pastga tomon kamaygan. V-variant xantal ekilganda aksincha pastga tomon ortgan-haydalma qatlamda 27 ming g/dona bo'lsa, haydalma ostki qatlamda 29 ming g/donani tashkil etgan.

Chapeka ozuqa muhitida o'stirilgan mikromitsitlar bo'yicha tuproqdagi sonini ko'radigan bo'lsak, nazorat (sideratsiz), II va IV variantlarda uchramagan. III va VI -variantlarning 30-50 sm qatlamida uchramagan. V-variant haydalma qatlamida 3 ming dona, haydalma ostki qatlamda esa 450 donani tashkil etgan.

KAA oziqa muhitidagi mikromitsitlar Chapeka ozuqa muhitida o'stirilgan mikromitsitlar miqdoridan soni va uchrashi ko'proq. I-, II-variantlarda to'liq va IV variantning haydalma ostki qatlamida uchramagan. Eng ko'p uchrashi javdar ekilgan III variantda bo'lib, 1 g tuproqda haydalma qatlamda 4,5 ming donani tashkil etgan. Qolgan variantlarda va chuqurliklarda ularning soni 1000 taga yetmaydi.

Aktinomitsitlar nazorat variantida, suli ekilgan variantning haydalma qatlamida, fatseliya ekilgan variantning haydov ostki qatlamida uchramagan. Aktinomitsitlarning eng ko'p miqdori raps ekilgan variantning haydov qatlamida uchraydi va 1 g tuproqda 12 ming donani tashkil etgan. Shuningdek, xantal ekilgan variantning haydov osti qatlamida ham yuqori ko'rsatkichga ega va 10 ming donani tashkil etgan. Qolgan variantlarda 300 donadan 7,5 donagachani tashkil etgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Musurmanova M.M. Turdimetov Sh.M. Siderat ekinlarni ekishda begona o'tlarning tarqalishini oldini olish va ularga qarshi agrotexnik kurashish choralari. // O'zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali. 2024. 28-son. B. 72-75.

2. Musurmanova M.M. Turdimetov Sh.M. Sideratlarining tuproq unumdorligini oshirishidagi ahamiyati. // Pedagog respublika ilmiy jurnali. 2024. 7 - Tom, 3 - Son. B. 95-97.

3. Shatskikh E.V., Galiev D.M., Rogozinnikova I.V., Masliuk A.N. Biological activity of soil and rates of decomposition of plant residues. // International Transaction Journal of Engineering Management. & Applied Sciences & Technologies. 2020. pp. 1-13.

4. Turdimetov Sh., Esonboyeva N. Mirzaobod tumani gidromorf tuproqlarinig xossalari. Eurasian Journal of Technology and Innovation. Volume 1, Issue 5, May 2023. pp 81-85.

5. Turdimetov Sh., Esonboyeva N. Mirzaobod tumani tuproqlarining meliorativ holati. Международный научно-образовательный электронный журнал «ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В XXI ВЕКЕ». Выпуск №37 (том 3) (апрель, 2023). C. 67-73.

6. Turdimetov Sh., Khudoyberdiyeva Z., Tadjibayev A. Quality Assessment of Gypsum Soils of Mirzachol Oasis. Journal of Population Therapeutics and Clinical Pharmacology, 2023. 30(12), pp. 295-301.

7. Turdimetov Sh., Musurmanova M. Properties of Soils located in different Geomorphological Conditions. American Journal of Agriculture and Horticulture Innovations. Volume 02 Issue 11-2022. pp 01-06.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" 25-26 SEPTEMBER, 2024

8. Turdimetov Sh.M., Musurmanova M.M., Urazalieva M.D., Khudayberdieva Z.A., Esanbayeva NY. MORPHOLOGICAL FEATURES OF MIRZACHOL OASIS SOILS AND THEIR CHANGES. ACTA INNOVATIONS, 2024, 52, 1-8. https://doi.org/10.62441/ActaInnovati ons.52.1.

9. Гармашов В.М. Гармашова Л.В. Биологическая активность чернозема обыкновенного при минимализации обработки и прямом посеве. - Международный научно-исследовательский журнал. -№2 (104) ■ -2021. -Часть 1 - Февраль. -С. 143-147.

10. Полоус В.С., Степанов С.П., Прокопова Л.О., Осауленко С.Н. Возможности стабилизации биологической активности почвы при использовании органических, минеральных удобрений, микроорганизмов и ресурсосберегающих обработок. //-Ж. Успехи современного устествознания. № 1, 2023. С. 13-20.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.