Научная статья на тему 'TUPROQQA ISHLOV BERISHNING TUPROQ MIKROFAUNASIGA TA’SIRI'

TUPROQQA ISHLOV BERISHNING TUPROQ MIKROFAUNASIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Агробиотехнологии»

335
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kuzgi bugʻdoy / tuproqqa ishlov berish / tuproq mikroflorasi / bakteriyalar / aktinomisetlar / zamburugʻlar / winter wheat / tillage / soil micro flora / bacteria / actinomycetes / fungi.

Аннотация научной статьи по агробиотехнологии, автор научной работы — S. F. Djurayeva, Sh. X. Rizayev

Ilmiy maqolada tuproqqa turli ishlov berishni birinchi yili 30-35 sm chuqurlikda shudgorlab, keyingi 2-3 yillarda chizel bilan yuza 14-16 sm da ishlov berilganda tuproqdagi mikroorganizmlar soni ortib, ularning faoliyati jadallashib tuproq unumdorligini ortishiga ijobiy ta’sir koʻrsatishi va ushbu sharoitda kuzgi bugʻdoyning oʻsishi, rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratilib, yuqori don hosili olinishi bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The scientific article shows that in the first year of plowing the soil to a depth of 30-35 sm, and in the next 2-3 years, when the soil is cultivated by chiseling to a depth of 14-16 sm, the number of beneficial microorganisms in the soil increases. It is argued that favorable conditions will be created for the growth and development of winter wheat, as well as for obtaining high grain yields.

Текст научной работы на тему «TUPROQQA ISHLOV BERISHNING TUPROQ MIKROFAUNASIGA TA’SIRI»

TUPROQQA ISHLOV BERISHNING TUPROQ MIKROFAUNASIGA

TA'SIRI

Ilmiy maqolada tuproqqa turli ishlov berishni birinchi yili 30-35 sm chuqurlikda shudgorlab, keyingi 2-3 yillarda chizel bilan yuza 14-16 sm da ishlov berilganda tuproqdagi mikroorganizmlar soni ortib, ularning faoliyati jadallashib tuproq unumdorligini ortishiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi va ushbu sharoitda kuzgi bug'doyning o'sishi, rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratilib, yuqori don hosili olinishi bayon etilgan.

Kalit so'zlar: kuzgi bug'doy, tuproqqa ishlov berish, tuproq mikroflorasi, bakteriyalar, aktinomisetlar, zamburug'lar.

The scientific article shows that in the first year of plowing the soil to a depth of 30-35 sm, and in the next 2-3 years, when the soil is cultivated by chiseling to a depth of 14-16 sm, the number of beneficial microorganisms in the soil increases. It is argued that favorable conditions will be created for the growth and development of winter wheat, as well as for obtaining high grain yields.

Keywords: winter wheat, tillage, soil micro flora, bacteria, actinomycetes,

fungi.

Kirish. Zarafshon vohasining kuzgi bug'doy yetishtiriladigan tipik, och tusli va o'tloqi-bo'z tuproqlarini unumdorligi, birinchi navbatda, ulardagi mikrofloraning holatiga bog'liq. Chunki, tuproq o'simliklarni amal davrida sarflagan oziq elementlar miqdorini qanchalik tez va ko'proq qayta tiklasa, uning biologik jadalligi shunchalik yuqori bo'ladi. Tuproqqa asosiy ishlov berish usullari va chuqurligi, kimyoviy vositalarni va o'g'itlarni qo'llash, haydalma qatlamning agrofizikaviy holatini hamda tuproq mikroorganizmlarini

S. F. Djurayeva

ToshDAU SF mustaqil tadqiqotchisi

Sh. X. Rizayev

ToshDAU SF dotsenti, q-x.f.d.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

oziqlanish sharoitini o'zgartirib, o'simliklarga oziq elementlarini

October 5-6

o'zgartiradi, ya'ni tuproqdagi mikroorganizmlar faoliyati bilan tuproqni oziqa rejimi o'rtasida mustaxkam bog'liqlik mavjud [1; 118-b., 2; 46-b. 5; 162-169-b.; 6; 43-56.; 10; 441-443-b.].

Ma'lumki, har qanday tuproq tipida shu tuproq-iqlim sharoitiga xos bo'lgan ma'lum guruhdagi va miqdordagi mikroorganizmlar mavjud bo'lib, shu hududda kerakli biologik muvozanatni saqlab turadi. Bir qator ilmiy tadqiqotlar ma'lumotlariga qaraganda, tuproqlar tarkibidagi mikroorganizm-larning 70% ga yaqinini bakteriyalar, taxminan 27-30 % ni aktinomisetlar va 1-3% ni esa zamburug'lar tashkil etadi. [1; 118-b., 2; 46-b.; 7; 149-152-b.; 8; 295-299-b.].

Tuproqqa asosiy ishlov berish usullari va chuqurligi nafaqat tuproqlarni agrofizikaviy xossalariga, balki, o'simlikda o'tadigan barcha hayotiy jarayonlarga hamda tuproqlarning mikrobiologik aktivligiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi [9; 64-67-b.]. Masalan, V.V.Cherenkov, N.Ya.Kutovaya [4; 7-8-b.] tajribalarida, oddiy qora

-5 Л

tuproqlarni zichligi 0,9-1,0 g/sm dan 1,17-1,23 g/sm gacha zichlashganda, tuproq tarkibidagi bakteriya, zamburug', sellyulozani parchalovchi mikroorganizmlar miqdori 0-20 sm qatlamda 1,5-2,0 barobar, aktinomisetlar- 3 barobar, nitrifikatorlar esa 30% kamaygan, bu esa tuproqlarning oziqa rejimini buzilishiga sabab bo'lib, o'simliklar hosilini keskin kamaytirib yuborgan.

Materiallar va uslublar. Tadqiqotlarimiz Zarafshon vohasining o'rta qismidagi Samarqand viloyati Ishtixon tumanining tipik bo'z tuproqlari sharoitida tuproqqa turli ishlov berish usullari va chuqurligining tuproq mikroflorasiga ta'sirini o'rganishga qaratilib, dala tajribalari 6 ta variant, 3 takrorlikda olib borildi. Har bir tajriba variantining uzunligi 50 metr, eni 8,4 metr, har bir paykalchaning maydoni

9 9

420 m , shundan hisobga olingani 210 m ni tashkil etib, barcha tajriba variantlari ketma - ket, sistematik ravishda bir yarusda joylashtirildi.

Tajriba dalasida o'tkazilgan tuproqqa ishlov berish usullari va chuqurliklarini tuproqdagi mikroorganizmlarga ta'siri go'sht peptonli agarda (МПА), Chapek muhitida (Среда Чапека), kraxmal-ammiakli agarda (KAA) uslublar bo'yicha aniqlandi [3; 440-b.].

Olingan natijalar va ularning tahlili. Tajriba natijalarini ko'rsatishicha tuproqqa turli ishlov berish usullari va chuqurligi tuproqdagi mikroorganizmlar miqdoriga sezilarli ta'sir ko'rsatganligi kuzatildi. Masalan, tadqiqotning birinchi yilida tuproqlarning yuza (0-15 sm) qatlamidagi bakteriyalar miqdori, kuzgi bug'doyning amal davrini boshida variantlar bo'yicha o'rtacha 48,6 dan 59,8 mln dona/1g tuproqda mavjudligi aniqlangan

bo'lsa, o'simlikning amal davrini oxiriga kelib, bu ko'rsatkichlar

October 5-6

ko'rsatilgan qatlamda 45,4 dan 55,2 mln donagacha o'zgarganligi kuzatildi. Bunda, eng ko'p miqdordagi bakteriyalar, asosiy ishlov berish 30-35 sm, chizel bilan 14-16 sm, yuza ishlov berish 4-6 va birinchi yili shudgor 30-35 sm + keyingi 2-3 yillarda yuza ishlov berish (4-6 sm) o'tkazilgan variantlar tuprog'ida kuzatilib, ular mos ravishda 54,5; 54,2; 53,4 va 55,2 mln dona 1 g tuproqda tashkil etdi. Bakteriyalar miqdorining bunday o'zgarishi tuproqdagi namlik bilan uzviy bog'liqligini ko'rsatadi. Buni tuproqlarni 15-30 sm qatlamidagi bakteriyalar sonini o'zgarishida yaqqol ko'rish mumkin. Chizel bilan 14-16 sm va yuza 4-6 sm chuqurlikda ishlov berilgan variantlarning 15-30 sm qatlamidagi bakteriyalar soni, shudgorlash otvalli plugda 25-30 va 30-35 sm chuqurlikda o'tkazilgan tuproqlar tarkibidagi bakteriyalar sonidan tegishlicha 8,1 va 2,1 mln yuqori ekanligi aniqlandi. Bu esa, chuqur ishlov berilganda tuproqning pastki qatlamlarida (15-30 sm) namlik miqdorining ortib ketishi bakteriyalar soniga va ularning yashovchanligiga birmuncha zararli ta'sir ko'rsatganligini ifodalaydi.

Tuproqni oziqa rejimiga ma'lum ko'rsatkichlarda ta'sir ko'rsatadigan azotofiksatorlar va nitrifikatorlar miqdori kuzgi bug'doyning vegetasiya davrini boshida tuproqqa turli ishlov berish usullari va chuqurligiga bog'liq bo'lmagan holda tegishlicha tuproqning yuza (0-15 sm) qatlamida o'rtacha uch yilda 34,5-35,8 va 45,9-51,0 ming dona 1 g tuproqda tashkil etgan bo'lsa, bu ko'rsatkichlar vegetasiya davrining oxirida ishlov berish usullari va chuqurligiga qarab turlicha ko'rsatkichlarda ekanligi hisobga olindi. Masalan, asosiy ishlov berish shudgor 30-35 sm chuqurlikda o'tkazilgan maydonchalarning tuproqlaridagi azotofiksatorlar soni oldingisiga nisbatan 9,5-9,6 ming donaga ko'paygan holda, nitrifikatorlar esa 11,28,9 ming dona 1 g tuproqda ortganligini ko'rsatdi. Xuddi shunday o'zgarishlar tajriba variantlari tuproqlarining 15-30 sm qatlamlarida ham kuzatildi.

Tadqiqotlarimizda tuproqlar tarkibidagi zamburug'lar va aktinomisetlar miqdori tuproqqa turli ishlov berish usullari va chuqurligi bilan bog'liq ekanligi, ya'ni nam tuproqlarda zamburug'lar va aksincha, namlik kam bo'lganda aktinomisetlar miqdori ko'proq ekanligi aniqlandi. Tajribaning shudgor 25-30 va 3035 sm chuqurlikda o'tkazilgan variantlari tuproqlaridagi zamburug'lar miqdori (0 -15 sm da) kuzgi bug'doy amal davrining boshida tegishlicha 69,6 va 72,0 ming donani, yuza ishlov berilgan (4-6 sm) hamda 30-35 sm chuqurlikda shudgor, keyingi 2-3 yillarda yuza yumshatish o'tkazish mo'ljallangan variantlarda esa 73,8-75,0 ming dona 1 g tuproqda, o'simlikning amal davrini oxirida bu ko'rsatkichlar mos holda 80,8-81,0 va 82,5-83,4 ming dona 1 g

tuproqda tashkil etdi. Aktinomisetlar soni, ko'rsatib o'tilgan

October 5-6

tuproqqa ishlov berish usullari va chuqurliklarida kuzgi bug'doyning vegetasiya davrining oxirida boshlang'ich ko'rsatkichlarga nisbatan mos ravishda 1,6-1,2 va 0,10,5 ming donaga ko'p ekanligi aniqlandi.

Tuproqqa turli ishlov berish usullari va chuqurligining tuproq mikroflorasiga ta'siri, tadqiqotlarimizning ikkinchi yilida yanada sezilarli bo'ldi. Buni, ayniqsa, chizel bilan 14-16 sm, yuza 4-6 sm va shudgor 30-35 sm chuqurlikda, 2-3 yillarda yuza ishlov berish o'tkazilgan variantlar tuproqlaridagi mikroorganizmlar miqdorida kuzatish mumkin. Tajribaning ko'rsatib o'tilgan ishlov berish usullari va chuqurligi qo'llanilgan (4,5,6 variantlar) variantlari tuproq 0-15 sm qatlamidagi bakteriyalar soni, kuzgi bug'doy amal davrining boshida tegishlicha 56,3; 61,4 va 59,6 mln donani, azotofiksatorlar 36,7-36,3; nitrifikatorlar 51,2-51,7; zamburug'lar 73,6-74,1, aktinomisitlar 46,6-46,8 ming dona 1 g tuproqda mavjudligi aniqlangan bo'lsa, bu ko'rsatkichlar o'simlikning amal davrining oxirida esa mos ravishda 52,3-56,8; 45,546,2; 62,3-61,6; 82,7-84,6 va 48,2-46,7 ming dona 1 g tuproqda tashkil etdi.

Tadqiqotlarimizda tajriba dalasining nazorat (shudgor 20-25 sm chuqurlikda) varianti tuproqlari tarkibidagi mikroorganizmlar miqdori (0-15 sm qatlamda) kuzgi bug'doy vegetasiya davrining boshida bakteriyalar - 47,5 mln donani, azotfiksatorlar - 44,1 nitrifikatorlar - 58,5, zamburug'lar - 77,8 ming dona 1 g tuproqda aniqlangan bo'lsa, bu ko'rsatkichlar otvalli plugda 30-35 sm chuqurlikda shudgor qilingan (3-variant) tuproqlarida mos ravishda 8,1 mln 1 g tuproqda yuqori 9,0; 8,9;5,8 va 1,3 ming 1g tuproqda kam; 14-16 sm chuqurlikda chizellanganda (4-variant) - 9,0 ko'p 8,5; 8,2; 4,9 va 0,2; yuza 4-6 sm chuqurlikda ishlov berilganda (5-variant) - 13,1 ko'p 8,4; 8,0; 5,0 va 0,2 kam; otvalli plugda 30-35 sm chuqurlikda shudgor, keyingi 2-3 yillarda yuza yumshatish o'tkazilganda (6-variant) - 11,1 ko'p, 8,3; 7,5; 2,8 va 0,1 ming dona 1g tuproqda kam bo'lganligi aniqlandi. Mikroorganizmlar miqdorining kamayishi, ko'rsatib o'tilgan variantlar tuproqlari 15-30 sm qatlamlarida hamda kuzgi bug'doy vegetasiya davrining oxirida barcha variantlar tuproqlarining har ikkala (0-15; 15-30 sm) qatlamlarida ham aniqlandi.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, tuproqqa ishlov berish chuqurligi kamaytirilgan (4,5,6-variantlar) variantlar 0-15 sm qatlamlaridagi bir guruh bakteriyalar, zamburug'lar va aktinomisetlar miqdori kuzgi bug'doy amal davrining boshida yuqori ko'rsatkichlarda hisobga olingan bo'lsa, amal davrining oxirida, bir qator foydali mikroorganizimlar sonini kamayganligi (tuproqni qurishi, haroratni oshishi) va ularning tarkibini o'zgarganligi kuzatildi. Kuzgi bug'doy amal davrining oxirida, shudgor (25-30; 30-35 sm

chuqurlikda) qilingan variantlar tuproqlari tarkibidagi

October 5-6

mikroorganizmlar miqdori, yuza ishlov berilgan (4,5,6-variantlar) paykalchalarnikidan birmuncha kam bo'lganligi qayd etildi.

Xulosa. Tuproqqa turli ishlov berishni chizel bilan 14-16 sm, yuza ishlov 4-6 sm chuqurlikda, ayniqsa, otvalli plug bilan 30-35 sm chuqurlikda shudgorlash va keyingi 2-3 yillarda yuza yumshatish o'tkazilganda tuproqdagi foydali mikroorganizmlar soni ortib, ularning faoliyati jadallashib tuproq unumdorligini ortishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bu esa, ushbu sharoitda yetishtiriladigan kuzgi bug'doyning o'sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit hamda, undan mo'l va sifatli don hosili olish uchun zamin yaratadi.

REFERENCES

1. Войнова-Райкова Ж., Ранков В., Ампова Г. Микроорганизмы и плодородие. -М.: Агропромиздат, 1986. -118 с.

2. Каршиев А.Э., Бобомирзаев П.Х. Роль сорта, сроков инорм посева в технологии выращивания твердой пшеницы на богарах. Ж. Актуальные проблемы современной науки, Москва, 2022, № 4 (127). - С. 44-47.

3. Методы агрохимических, агрофизических и микробиологических исследований в полевных хлопковых районах. -Ташкент: 1963. -440 с.

4. Черенков В.В., Кутовая Н.Я. Изменения микробиологических процессов в обыкновенном черноземе //Ж. Земледелие. -1996. - № 6. -Б. 7-8.

5. Остонакулов Т.Э., Шамсиев А.А., Амантурдиев И.Х., & Турсунов Г.С. (2022). Оценка сортов батата и разработка технологии их возделывания в Узбекистане. Международный научно-исследовательский журнал, (4-1 (118)), 162-169.

6. Osamu Arakawa, Alisher Botirov. The interaction of rootstocks, water and soil humectants and young apple tree growth. Academic Research in Educational Sciences, 3(Special Issue 1), 2022. 43-56.

7. Ризаев Ш.Х. Сорные растения зерновых полей и меры борьбы с ними. Актуальные проблемы современной науки. Информационно аналитеческий журнал, Россия. № 2, 2017.149-152 с.

8. Ризаев Ш.Х. Влияние ресурсосберегающих технологий обработки почвы на сорные растения и урожайность озимой пшеницы. Современное состояние, традиции и инновационные технологии в развитии АПК: Матер. Межд. научно-прак. конф. Башкирский ГАУ.-2020,-с. 295-299.

9. Rizayev Sh.X. Effekt of agrotechnikal measures on the agrophysikal properties of the soil. International Journal of

October 5-6

Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022

Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative

Google Scholar indexed Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

Innovation Engineering and Management Research [IJIEMR]". ISSN. 2456-5083. Vol-09, Issue-11 Nov-2020. -P: 64-67.

10. Buriev A.A., Oripov R.O. Rizayev Sh.X. Influence of repeated sowing on agrophysical soil properties, water permeability and yield of winter wheat. International Journal of Progressive Sciences and Technologies (IJPSAT). ISSN: 2509-0119. © 2020 International Journals of Sciences and High Technologies. Vol. 24 No. 1 December 2020, pp. 441-443.

® ©

October 5-6) Republican Scientific and Practical Conference

©

o1

582

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.