Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
UO'T: 633.51/11+631.5/559
TUPROQQA TURLI USULDA ASOSIY ISHLOV BERIB, GERBITSIDLAR QO'LLASHNI EKINLARNING UNIB CHIQISHIGA
TA'SIRI
Sh.A.Teshabayev q.x.f.f.d (PhD),
Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti dotsenti B.B.G'ulomov, O.T.Ismoilov, N.F.Rayimjonov
Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari
Tuproqqa ikki yarusli omoch yordamida shudgor qilinib, chigit ekish bilan birga begona o'tlarga qarshi Stomp 33% e.k. gerbitsidi qo'llanilganda oddiy omoch yordamida ishlov berilgan varintlarga nisbatan esa 8,6-5,5 donagacha, yoki 6,24,0% gacha yuqori bo'ladi, o'tmishdosh ekin sifatida parvarishlangan g'o'za maydonidagi begona o'tlarga qarshi uyg'unlashgan kurash kuzgi bug'doy urug'larini unuvchanligiga ijobiy ta 'sir etadi.
Kalit so'zlar: chigit, kuzgi bug'doy, unib chiqish, gerbitsid, begona o't, haydov qatlam, unuvchanlik, omoch, ikki yaruslik pulug.
Respublikamizda g'o'za hamda kuzgi bug'doy ekinlaridan yuqori va sifatli hosil yetishtirish agrotexnologiyalarini takomillashtirish borasida tuproqqa asosiy ishlov berish usullari bilan birga gerbitsidlarni turli xil muddat va me'yorlarida uyg'unlashgan holda qo'llab tadqiqotlar olib borish juda muhim xisoblanadi. O'zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarga mo'ljallangan Harakatlar strategiyasida «3.3... qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat havfsizligini yanada mustahkamlash, ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish» muhim strategik vazifalar sifatida belgilab berilgan.
SHu nuqtai nazardan, paxta hamda g'alla maydonlarida tarqalgan begona o'tlarga qarshi kurashishda tuproqqa asosiy ishlov berish usullari va gerbitsidlarni uyg'unlashgan holda qo'llashning samaradorligini aniqlash hamda amaliyotga keng joriy etish bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borish maqsadga muvofiqdir.
ANNOTATSIYA
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Shu maqsadda begona o'tlarga qarshi uyg'unlashgan kurash yuzasidan tadqiqotlar olib bordik. Turli usulda yerga ishlov berish bilan bir qatorda, begona o'tlarga qarshi shudgorlashdan oldin Dafosat hamda chigit ekish bilan birga Stomp gerbitsidlarini qo'llashni chigitning unib chiqishiga ta'siri bo'yicha fenologik kuzatuvlar olib borildi. Fenologik kuzatuvlar har bir variantda 1 m2 da uch nuqta olib borilgan. Bunda, chigit unib chiqishni boshlagandan so'ng xar uch kunda to'rt marotaba aniqlangan.
Olib borgan ilmiy izlanishlarimida chigitlarning unib chiqishi 21- aprel kuni olib borgan kuzatuvimizda oddiy omoch yordamida yerni 28-30 sm chuqurlikda ishlov berib, shudgorlashdan oldin va chigit ekish bilan birga gerbitsid sepilmagan variantida 1 pm da o'rtacha 114,6 dona chigit unib chiqqan bo'lsa, xuddi shunday ishlov berish usuli qo'llanilib, shudgorlashdan oldin Dafosat gerbitsidini 6,0 kg/ga me'yorda qo'llanilgan variantda 119,9 donani, chigit ekish bilan birga Stomp 33% e.k. gerbitsidi 2,0 l/ga me'yorda qo'llanilganda esa 123,0 dona chigit unib chiqqanligi aniqlandi (1.1-j adval).
1.1-jadval
Turli usulda shudgorlash va gerbitsidlarni chigitning unib chiqish dinamikasiga ta'siri, d/pm.
Tajriba variantlari Kuzatuvlar, kun/dona/pm
13.04 16.04 19.04 21.04
Oddiy plugda 30 sm, chuqurlikda haydash Nazorat (gerbitsidsiz) 36,1 76,3 102,7 114,6
Dafosat 38,3 80,5 107,2 119,9
Stomp 33% e.k. 38,0 80,8 108,5 123,0
Ikki yarusli plugda 30 sm chuqurlikda haydash Nazorat (gerbitsidsiz) 37,5 77,7 104,7 115,2
Dafosat 38,3 81,3 109,7 125,5
Stomp 33% e.k. 38,9 81,9 109,7 128,5
Tuproqni ikki yarusli omochda 28-30 sm chuqurlikda shudgor qilingan va shudgorlashdan oldin hamda chigit ekish bilan birga gerbitsid qo'llanilmagan nazorat variantda 115,2 dona chigit unib chiqqan bo'lsa, xuddi shunday ishlov berish usulida shudgorlashdan oldin Dafosat gerbitsidini 6,0 kg/ga me'yorda qo'llanilgan variantda 125,5 donana, chigit ekish bilan birga Stomp 33% e.k. gerbitsidi 2,0 l/ga me'yorda qo'llanilgan variantda 128,5 dona chigit unib chiqqanligi kuzatildi.
701
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Olib borilgan tadqiqotlarda tuproqqa ikki yarusli omoch yordamida shudgor qilinib, chigit ekish bilan birga begona o'tlarga qarshi Stomp 33% e.k. gerbitsidi qo'llanilganda begona o'tlar bilan zararlanishni oldi olinishi hisobiga chigitlarni unib chiqishi (92,6%) boshqa variantlarga nisbatan 13,3-3,0 donagacha, yoki 9,6-2,2% gacha, oddiy omoch yordamida ishlov berilgan varintlarga nisbatan esa 8,6-5,5 donagacha, yoki 6,2-4,0% gacha yuqori bo'lgani aniqlandi.
Olib borilgan ilmiy tadqiqotlarimizda kuzgi bug'doyning unib chiqishi, qishlab chiqishi hamda amal davri oxirida xaqiqiy ko'chat qalinligiga ta'siri bo'yicha kuzatuvlar olib borildi.
Kuzgi bug'doyda olib borilgan tadqiqotimizning birinchi yilida kuzgi bug'doyning urug'larini unib chiqish darajasiga o'tmishdosh ekin sifatida parvarishlangan g'o'za maydonidagi begona o'tlarga qarshi tuproqqa ikki yarusli plug bilan 28-30 sm chuqurlikda shudgorlash bilan birga gerbitsidlarni uyg'unlashgan holda qo'llashni ta'siri natijasida tuproqqa oddiy plug bilan 28-30 sm chuqurlikda shudgor qilingan variantlarga nisbatan ijobiy ta'sir etib, eng yuqori ko'rsatkich 6-variantda 87,1% ni tashkil etib, nazorat variantiga nisbatan 2,1% gacha yuqori bo'lganligi kuzatildi.
Shuni alohida ta'kidlash zarurki, tadqiqotlar o'tkazilgan yillarning noyabr, dekabr, yanvar, fevral oylarida havo harorati ko'p yillikka nisbatan katta farq bo'lmaganligi, tajriba maydonidagi kuzgi bug'doy maysalarining qishlab chiqishiga sezilarli salbiy ta'sir ko'rsatmadi, lekin, o'tmishdosh ekin parvarishlangan tupoqqa ishlov berish usullariga nisbatan ta'siri birmuncha farqlangani kuzatildi.
Tadqiqotdan olingan natijalariga qaraganda, o'tmishdosh ekin parvarishlangan ishlov berish usullariga bog'liq holda 1 m2 da ko'chatlarni unib chiqishi begona o'tlarga qarshi tuproqqa oddiy plugda 28-30 sm chuqurlikda shudgor qilinib, gerbitsid qo'llanilmagan 1-nazorat variantda o'rtacha 411,3 dona/m2 ni tashkil etgan bo'lsa, ushbu tuproqqa ishlov berish usulida gektariga 6,0 kg/ga me'yorda Dafosat hamda 2,0 l/ga me'yorida Stomp gerbitsidlari qo'llanilgan variantlarda ko'chatlarni unib chiqishi 412,1-425,2 dona/m2 ni tashkil etganligi aniqlandi.
Tuproqqa ikki yarusli plug bilan 28-30 sm chuqurlikda shudgor qilingan variantlarda ham yuqoridagi qonuniyat saqlanib qolganligi kuzatilib, ko'chatlarni unib chiqishi nazorat variantda 424,9 dona/m2 ni, Dafosat hamda Stomp gerbitsidlari qo'llanilgan variantlarda o'rtacha 435,5-435,6 dona/m2 ni tashkil etib, tuproqqa oddiy plug bilan shudgor qilingan variantlarga nisbatan 13,6; 23,4; 10,1 dona/m2 gacha ko'p ekanligi qayd etildi.
1.2. Kuzgi bug'doyning unuvchanligi
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
SHuni alohida ta'kidlash zarurki, kuzgi bug'doy begona o'tlariga qarshi qo'llanilgan gerbitsidlar tur va me'yorlarini o'simlikning qishlovdan chiqishi va saqlanib qolinishiga bo'lgan ta'siri ko'chatlarni qishlab chiqishi hamda amal davrining oxirida xam kuzatildi.
Olingan ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, qishdan chiqqan kuzgi bug'doy ko'chatlar soni variantlar kesimida tahlil qilinganida, o'tmishdosh ekin sifatida g'o'za parvarish qilingan maydonda begona o'tlarga qarshi oddiy plugda 28-30 sm chuqurlikda shudgor qilingan fonga nisbatan tuproqqa ikki yarusli plug bilan 28-30 sm chuqurlikda shudgor qilingan fonda ko'chatlarni qishdan chiqishi va amal davri oxirida xaqiqiy ko'chat qalinligi orasidagi farq sezilarli bo'lganligi kuzatilib, nazorat variantda 9,4-12,4 dona/m2 gacha, gektariga 6,0 kg/ga me'yorda Dafosat gerbitsidi qo'llanilgan variantlarda 29,8-35,8 dona/m2 gacha, gektariga 2,0 l/ga me'yorda Stomp gerbitsidi qo'llanilgan variantlarda 24,8-31,8 dona/m2 gacha yuqori bo'lganligi qayd etildi.
Keltirilgan ma'lumotlarga asoslanib, quyidagicha xulosa qilish mumkinki, o'tmishdosh ekin sifatida parvarishlangan g'o'za maydonidagi begona o'tlarga qarshi uyg'unlashgan kurashni kuzgi bug'doy dalasidagi begona o'tlarga keyingi ta'siri hamda g'o'za qator orasiga 15-20 sm chuqurlikda kultivator yordamida ishlov berishni kuzgi bug'doy urug'larini unuvchanligi va xaqiqiy ko'chat qalinligiga ijobiy ta'sir etganligi kuzatildi. Keyingi tadqiqot yillarda ham yuqoridagi qonuniyatlar saqlangan holda shunga yaqin ma'lumotlar olinganligi kuzatildi
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 iyundagi PF-5742-son «Qishloq xo'jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida" gi farmoni.
2. Amirqulov O., Qurbonnazarov M. G'alla maydonlaridagi begona o'tlarga qarshi suspenziya va pestitsidlarni uyg'unlashgan holda qo'llash // Agro Ilm. 2016. - № 1 (39). - B. 47-48.
3. Aripov A. Zamonaviy usullar - mo'l hosilga zamin // O'zbekiston qishloq xo'jaligi. -2016. -№ 3. -B. 11.
4. Aripov A. Kuzgi bug'doyni begona o'tlardan himoyalash texnologiyasi //O'simliklar himoyasi va karantini. -2016. -№ 1 (7). -B. 6-7.
5. Teshabayev SH.A., Xoshimov I.N. "G'o'za maydonlarida o'suvchi begona o'tlarga qarshi uyg'unlashgan kurash" AGRO ILM 2020 №1.B. 57-59
XULOSA