Научная статья на тему 'ISSIQXONA SHAROITIDA O‘STIRILGAN NO‘XAT O‘SIMLIGINING QIMMATLI XO‘JALIK BELGILARINI QIYOSIY TAQQOSLASH'

ISSIQXONA SHAROITIDA O‘STIRILGAN NO‘XAT O‘SIMLIGINING QIMMATLI XO‘JALIK BELGILARINI QIYOSIY TAQQOSLASH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

133
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o'simlik / kolleksiya / namuna / o‟simlik poya balandligi / no„xat / dukkak / belgi / issiqxona. / plant / collection / sample / plant stem height / pea / legume / sign / greenhouse.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Shahnoza Xurshid Qizi Mirzarahimova, Baxtiyar Xushboqovich Amanov, Hasan Aliqulovich Muminov

Ushbu maqolada jahon kolleksiyasidan keltirilgan no„xat o„simligining morfologik va qimmatli xo„jalik belgilaridan biri bo„lgan o„simlikning bosh poya balandligi va dukakklar soni belgisining qiyosiy tahlili keltirilgan. Olib borilgan izlanishlar natijasida jahon kollektsiyasidan keltirilgan no„xat namunalarining o„simlik poyasining balandligi va dukkaklar sonining yuqori ko„rsatkichlari har ikki belgi bo„yicha CV-106 namunasida kuzatilgan. Ushbu CV-106 namunasini kelgusi genetika va seleksion izlanishlarda boshlang„ich manba sifatida foydalanish tavsiya etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article provides a comparative analysis of the height of the plant stem and the number of pods which is one of the morphological and valuable economic features of the pea plant from the world collection. As a result of the research, the height of the plant stem and the high number of pods from the pea samples from the world collection were observed in the CV-106 sample on both traits. It is recommended that this CV-106 sample will be used as a starting point for future genetics and selection research.

Текст научной работы на тему «ISSIQXONA SHAROITIDA O‘STIRILGAN NO‘XAT O‘SIMLIGINING QIMMATLI XO‘JALIK BELGILARINI QIYOSIY TAQQOSLASH»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-466-470

ISSIQXONA SHAROITIDA O'STIRILGAN NO'XAT O'SIMLIGINING QIMMATLI XO'JALIK BELGILARINI QIYOSIY TAQQOSLASH

Shahnoza Xurshid qizi Mirzarahimova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti magistranti

Baxtiyar Xushboqovich Amanov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti "Genetika va evolutsion

biologiya" kafedrasi prof.v.b., b.f.d.

Hasan Aliqulovich Muminov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti "Genetika va evolutsion

biologiya" kafedrasi dotsenti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada jahon kolleksiyasidan keltirilgan no'xat o'simligining morfologik va qimmatli xo'jalik belgilaridan biri bo'lgan o'simlikning bosh poya balandligi va dukakklar soni belgisining qiyosiy tahlili keltirilgan. Olib borilgan izlanishlar natijasida jahon kollektsiyasidan keltirilgan no'xat namunalarining o'simlik poyasining balandligi va dukkaklar sonining yuqori ko'rsatkichlari har ikki belgi bo'yicha CV-106 namunasida kuzatilgan. Ushbu CV-106 namunasini kelgusi genetika va seleksion izlanishlarda boshlang'ich manba sifatida foydalanish tavsiya etilgan.

Kalit so'zlar: o'simlik, kolleksiya, namuna, o'simlik poya balandligi, no'xat, dukkak, belgi, issiqxona.

ABSTRACT

This article provides a comparative analysis of the height of the plant stem and the number of pods which is one of the morphological and valuable economic features of the pea plant from the world collection. As a result of the research, the height of the plant stem and the high number of pods from the pea samples from the world collection were observed in the CV-106 sample on both traits. It is recommended that this CV-106 sample will be used as a starting point for future genetics and selection research.

Keywords: plant, collection, sample, plant stem height, pea, legume, sign, greenhouse.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-466-470

KIRISH

No'xat o'simligini tarixiga nazar soladigan bo'lsak vatani Janubiy-G'arbiy Osiyo hisoblanib Hindiston, Italiya, Gretsiya, Bolgariya, Misr, Jazoir, Marokko, Turkiya, Eronni katta maydonlarida yetishtiriladi. Hindistonda no'xatdan organic kislotalar ishlab chiqiladi. O'rta Osiyoda no'xat qadimdan ekiladi. Yer yuzida 13,5 mln.ga, maydonga ekiladi, shu jumladan Hindistonda-9,6 mln.ga. O'rtacha don hosili-9,7 s/ga, yalpi hosil-13,1 mln.tonna. No'xat tuproqni azot bilan boyitadi, no'xatdan keyin dala toza holatda qoladi. No'xat ekish uchun ham dala begona o'tlardan toza bo'lishi kerak. No'xat uchun yaxshi o'tmishdosh-kuzgidonli ekinlar, poliz ekinlar, makkajo'xori, kungaboqar, bir va ko'p yillik o'tlar. No'xatdan keyin kartoshka, g'o'za, makkajo'xori, boshoqli donli ekinlar ekish tavsiya etiladi. No'xatni no'xatdan keyin ekish tavsiya etilmaydi, chunki kasallik va zarakunandalar ko'payadi. Oxirgi yillari no'xat sug'oriladigan sharoitda yetishtirilmoqda. Bunda no'xat donli ekinlar va g'o'zadan keyin ekiladi. No'xat donli ekinlar uchun yaxshi o'tmishdosh deb hisoblanadi. Bir gektarda no'xat 40 kg/ga sof azot qoldiradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Dukkakli don ekinlari insoniyatni oqsilli ozuqa bilan ta'minlash, don yetishtirishni ko'paytirish, tuproq unumdorligini oshirish kabi muammolarni hal qilishga yordam beradi [1]. Shu jumladan no'xat o'simligining doni yuqori kaloriyali ozuqa mahsuloti bo'lib tarkibida 30 % gacha oqsil, 4 % gacha kraxmal, 8 % gacha yog', qand, sellyuloza, mineral moddalar va vitaminlar mavjud. No'xat quvvatbaxshligi, to'yimliligi jihatidan go'shtga yaqin turadi. Bundan tashqari keying yillarda no'xatni suvli yerlarda ekish joriy etilmoqda, chunki bunday yerlarda uning hosildorligi lalmidagiga qaraganda ancha yuqori bo'ladi [2]. 100 g no'xat ozuqaviy qiymati faqat 55 kkal, bir xil miqdorda sabzavot 5 g oqsil, 0.2 g yog', 8.3 g karbongidrat va 5.5 g parhez tolasi o'z ichiga oladi. So'nggi yillarda dunyo bo'ylab organic mahsulotga ega bo'lgan talabning ortib borishi, organic dehqonchilikka asoslangan ekin maydonlarining kengayishiga va organic mahsulot yetishtirishni sezilarli darajada ortib borishiga asos bo'lmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlari va chorva mollari uchun yem-xashak ishlab chiqarishning jadallashishi dukkakli - don ekinlari, jumladan, no'xat donini yetishtirishni ko'paytirishni taqazo etadi [3].

No'xat o'simligi issiqsevar, yorug'sevar, bahorgi ekin. Boshqa dukkakli ekinlarga nisbatan qurg'oqchilik va sho'rga chidamli, urug'i 2-5 haroratda unib chiqadi, past haroratda sekin o'sadi. Bahorda unib chiqqan maysasi 6-8 gacha qora

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-466-470

sovuqqa chidamli. No'xat (Cicer arietinum L.) o'simligini gullash va mevasi shakllanish davrida issiqlikka talabchan. Namlik me'yordan ortiq bo'lsa kasallanadi, shone va guli to'kiladi. O'zidan changlanadi. O'suv davri 70-190 kun, sho'rga chidamsiz o'simlik turidir. No'xat bug'doy va g'o'za uchun yaxshi o'tmishdosh hisoblanadi. No'xat keng qatorlab (qator orasi 45-60 sm) yoki yoppasiga qatorlab (qator orasi 15 sm), ba'zan sepma usulida ekiladi. Ekish usuliga va nav biologiyasi va morfologiyasiga qarab 150-200 kg/ga urug' sarflanadi. O'zbekistonda no'xat lalmikor (8-10 s) va suvli yerlarda (20-25 s) 4-5 ming gektar maydonga ekiladi [5]. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda no'xatni Zimistoniy, Lazzat, O'zbekiston-32, Yulduz navlari ekiladi. Sug'oriladigan yerlarda qator orasi 1-2 marta kultivatsiya qilinadi. No'xat kam sug'oriladi. Gullash davrida suvni kam me'yorda berish yaxshi natija beradi, to'liq pishganda bargi to'kiladi, dukkagi deyarli chatnamaydi, pishib yetilgan o'simlik qo'l kuchi yordamida poyasi o'rib olinadi va dala sharoitida yoki maxsus tashgkil etilgan hududga keltiriladi hamda urug'i ajratib olinadi [4].

F.I.Matkarimov va boshqalar tomonidan dukkakli ekinlarga shu jumladan no'xat o'simligining qimmatli xo'jalik belgilariga mikrobiologik preparatlarning ta'siri o'rganilgan [6].

X.Nurgaliyev va boshqalar tomonidan no'xat o'simligining turli tizmalarida o'simliklardagi qimmatli xo'jalik belgilari qiyosiy tahlil qilingan [7].

Tajribamiz issiqxona sharoitida, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti "Genetika va evolutsion biologiya" kafedrasi issiqxona tajriba maydonida olib borildi. Tadqiqot obyekti sifatida O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasiga qarashli Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi institutining "Donli ekinlar genetikasi selektsiyasi va urug'chiligi" laboratoriyasida mavjud jahon kolleksiyasidan keltirilgan no'xatning CV-126, CV-119, CV-106 va CV-102 namunalaridan foydalanildi. Institutning issiqxona tajriba maydoniga no'xat o'simligi urug'lari quruq holda har bir urug' oralari 10 sm oraliqda, 5 sm chuqurlikda, 5 m maydonga ekildi. Tajribada no'xat o'simligi poyasining balandligi, bitta o'simlikdagi dukkak soni belgisi o'rganildi.

Olingan natijalarning statistic tahlili EXCEL 2016 dasturida amalga oshirildi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Tajribamizda issiqxona sharoitida jahon kolleksiyasidan keltirilgan no'xat o'simligining CV-126, CV-119, CV-106 va CV-102 namunalarda bosh poya balandligi, dukkak soni kuzatildi va qiyosiy tahlil qilindi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-466-470

Tadqiqot natijalariga ko'ra, jahon kolleksiyasidan keltirilgan no'xat o'simligi namunalarining bosh poya balandligi belgisini tahlil qilganimizda 71,8 - 107,0 sm oralig' idagi qiymatlarni tashkil etdi.

Bu yerda no'xat o'simligining bosh poya balandligi belgisini yuqori ko'rsatkichi CV-106 namunasida (107,0 sm) qayd etildi. Nisbatan past ko'rsatkich CV-112 namunasida aniqlanib uning bosh poya balandligi 92,8 sm ekanligi kuzatildi (1-rasm).

'V-126 CV-119 CV-106 CV-11

1-rasm. Issiqxona sharoitida o'stirilgan no'xat o'simligi poyasining balandligi,

sm

No'xat o'simligining boshqa namunalarida (CV-119, CV-126) esa bosh poya balandligi 71,8-72,4 sm oralig'idagi miqdorlarni tashkil etdi.

Jahon kollektsiyasidan keltirilgan no'xat namunalarining dukkaklar soni belgisi bo'yicha tahlil qilganimizda 48,0-87,0 dona oralig'idagi miqdorlarni tashkil etdi. Dukkaklar soni belgisi bo'yicha eng yuqori ko'rsatkich CV-106 namunasida aniqlandi (2-rasm).

100 80 60 40 20 0

87.0

48i ГЦ

76,0

CV-126 CV-119 CV-106 CV-102

2-rasm. Issiqxona sharoitida o'stirilgan no'xat o'simligining dukkaklar soni,

dona

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-466-470

Uning dukkaklar soni o'simlikda 87,0 dona ekanligi kuzatildi. Nisbatan past ko'rsatkichlar CV-102, CV-126 namunalarida aniqlanib, dukkaklar soni 76,0-79,0 dona oralig'idagi miqdorlarni tashkil etdi.

No'xat o'simligining eng past ko'rsatkichi CV-119 namunasida kuzatilib, uning dukkaklar soni 48,0 dona ekanligi aniqlandi.

XULOSA

Xulosa qilib shuni ta'kidlashimiz mumkinki, olib borilgan izlanishlar natijasida jahon kollektsiyasidan keltirilgan no'xat namunalarining o'simlik poyasining balandligi va dukkaklar sonining yuqori ko'rsatkichlari har ikki belgi bo'yicha CV-106 namunasida kuzatildi. Ushbu CV-106 namunasini kelgusi genetika va selektsion izlanishlarda boshlang'ich manba sifatida foydalanish tavsiya etiladi.

REFERENCES

1. Murtazoyev M.Z., Mamarximov O.M., Qodirov O'.G., O'simlikshunoslik// "Fan va texnologiyalar" Toshkent-2012. 51 b.

2. Chirkov V.N. Donli ekinlar// "O'qituvchi" Toshkent-1975. 225 b.

3. Yo'ldosheva Z. No'xat.// [Onlayn ensiklopediya]

4. Matkarimov F.I., Baboyev S.K., Davronov Q.D., Qulmamatova D.E., Toxirboyeva D.U. No'xat yetishtirish texnologiyasi (Amaliy tavsiyalar).//Tavsiyanoma. "Navro'z". Toshkent. 2020. 23-b.

5. Fayzullayeva D.U., Jo'rayeva D.U., Shoymurodov A. Lalmikor maydonlarda no'xat ekining boshlang'ich manbalari.// Молодой ученый. - 2020. - №39. (329). С. 195-197.

6. Фаррух Илхомович Маткаримов, Саидмурод Кимсанбаевич Бабоев, Дилафруз Улугбековна Тохирбоева, Ойбек Эгамберди угли Холлиев. Влияние биопрепаратов на урожайность бобовых культур. Academic Research in Educational Sciences,Vol. 1 No. 1, ISSN 2181-1385, page 313-323, 2020

7. Хайриддин Абдумажитович Нургалиев, Фаррух Илхомович Маткаримов, Ойбек Эгамберди ^ли Холлиев, Саидмурод Кимсанбоевич Бабоев. Кузги нухат намуналарида кимматли-хужалик белгиларининг киёсий тахлили. Academic research in educational sciences, Volume 2, Issue 9, ISSN: 2181-1385, page 556-560. doi: 10.24412/2181-1385-2021-9-556-560

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.