Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
QORAQALPOG'ISTON TUPROQ-IQLIM SHAROITIDA
BAQLAJONNI JAHON KOLLEKSIYA NAVLARINI YETISHTIRISH
Saparniyozov Mahkamjon
Toshkent DAU Nukus filiali 2-kurs magistranti Ilmiy rahbari: dotsent Abdrimova Gulbahor Maxkambek_0595@mail.ru
ANNOTATSIYA
Qoraqalpog'iston tuproq-iqlim sharoitida baqlajonni jahon kolleksiya navlarini (10 xildagi) yetishtirish bo 'yicha tavsiyalar.
Kalit so'zlar: baqlajon navlarining sho'rlanishga chidamliligi, tuproq va urug'larni tayyorlash va ekish, ko'chatlarni o'tqizish muddatlari, baqlajonni yetishtirish agrotexnologiyasi.
АННОТАЦИЯ
Рекомендации по выращиванию мировых сортов баклажанов (10 сортов) в почвенно-климатических условиях Каракалпакстана.
Ключевые слова: засоление сортов баклажанов, подготовка и посев почвы и семян, сроки посадки рассады, агротехника выращивания баклажанов.
ABSTRACT
Recommendations for growing world collection varieties of eggplant (10 varieties) in the soil-climatic conditions of Karakalpakstan.
Keywords: salinity resistance of eggplant varieties, preparing soil and seeds for planting, timing ofplanting seedlings, agrotechnology of eggplant cultivation.
KIRISH
Statistik malumotlarga qaraganda yiliga sabzavot istemol qilish aholi jon boshiga Xitoyda 377 kg, O'zbekistonda 274 kg, Tunis va Gavana 272kg, Turkiya 254 kg, AQSh va Rossiyada 113 kgni tashkil qiladi. Bundan ko'rininib turibdiki, dunyo bo'yicha va yurtimizda sabzavot yetishtirish hamda istemol qilinishi bo'yicha yetakchi o'rinlarda turadi[1].
Yuqoridagi statistika ma'lumotlarida ko'rsatilganidek, ekologik mintaqa bo'lishiga qaramasdan sabzavot yetishtirish bo'yicha yetakchilik qilmoqda. Lekin asosiy sabzavot ekinlari pomidor, kartoshka, piyoz, karam, sabzi, chuchuk qalampir bo'lib qolmoqda. Yani ekiladigan sabzavot ekinlari assortimenti kam. Shuni hisobga olgan holda davlat reestridan o'tgan va yuqori geterozisli 80 dan ortiq sabzavot ekinlari turlarini yetishtirishni kengaytirishimiz zarur. Sababi sabzavot ekinlarining barcha qismlaridan foydalanish mumkin. Bu esa birinchi navbatda aholi salomatligini
Scientific Journal Impact Factor
O
mustahkamlashga va ekologik xavflarga kurashish immunitetini oshiradi. Qolaversa davlatimmz iqtisodiyotiga ham juda katta hissa qo'shadi.
Mavzuning o'rganilganlik darajasi. Bilamizki O'zbekistonda baqlajon o'simligining Feruz, Avrora, ZaminFl, Surxon go'zali, Barselona kabi navlari ekilmoqda. Bularni hammasi o'ziga yarasha nav belgi hususiyatlariga ega. Misol uchun texnik pishgan holdagi baqlajon vazni quyidagicha Feruz 110-115 kun 150-200gr, Avrora 110-120 kun 180-220gr, Surxon go'zali 98 kun 130gr, Zamin 95 kun F1 160gr, Barselona 105 kun 250g[2].Bu navlar Qoraqalpog'iston tuproq iqlim sharoitida yashxi natija bermasligi aniqlandi. Ushbu mintaqaga moslashuvchan, kasallik va zararkunandalarga chidamli, yuqori hosilli navlarni yetishtirish maqsadida jaxon kolleksiya namunalaridan 8 ta va O'zbekiston Davlat reestridan o'tgan 2 ta baqlajon navlarini tanlab oldik. 1-yilgi tajribalarda 5 xildagi nav namunalarimiz juda yaxshi natijalar berdi.
Baqlajonning jaxon kolleksiya nav namunalarini Orolo'yi regionida tupoq va iqlimi, ekish muddatlari, o'sishi va rivojlanishi, kasallik va zararkunandalari va vegetatsiya davrini o'rganish asosiy maqsadimiz.
Hozirda O'zbekistonda ekilib kelinayotgan ko'pgina baqlajon navlari Orol bo'yi regionida o'sishi va rivojlanishi birmuncha yaxshi emas. Aholini yaxshi va sifatli baqlajon mahsulotlari bilan taminlash maqsadida kolleksiya namunalarimizni Qoraqalpog'iston tuproq iqlim sharoitida ekish muddatlaridan tortib, vegetatsiya davrigacha bo'lgan barcha tadbirlarni nazoratga olib kuzatib va taqqoslab bormoqdamiz.
Kolleksiya nav namunalarimizni ekish muddatlari( ko'chat tayyorlash va o'tqazish) 3 xil muddatda, agrotexnik tadbirlar, o'simlikda kuzatiladigan o'zgarishlar, zararkunandariga qarshi kurash choralari va o'simlik bo'yi, mevasining shakli, ranggi, og'irligi, o'rtacha bir tupdagi hosildorligi aniqlanib borildi.
D.N.Pryanishnikovning dala tajribalarida kuzatuvlar olib borish, A.T.Bolotovning o'g'itlarni tajriba dalalarida qo'llash, A.G.Doyarenkoning dala tajribalarini o'tkazishda tuproqning fizikaviy hossalari, suv va havo rejimlarini tekshirish usullaridan foydalanildi.
Sho'rga bardoshlilik hususiyatiga ko'ra baqlajon yuqori sho'rlanishga(1% gacha) chidamli hisoblanadi. Qoraqalpog'iston tuproq-iqlim sharoiti asosan yuqori va o'rtacha sho'rlanishga ega. Shuni inobatga olgan holda baqlajonni jahon kolleksiya
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
A.N.Engelgard,I.A.Stebut,
A.E.Zaykevich,
P.A.Kostichov,
Scientific Journal Impact Factor
0
navlarini (10 xildagi), Qoraqalpog'iston tuproq-iqlim sharoitida yetishtirish bo'yicha ilmiy izlanishlar va kuzatuvlar olib bormoqdamiz. Qoraqalpog'iston Respublikasi tuproq-iqlim sharoiti bahor nisbatan kech kirib keladi va tuproq yetarli darajada qizimaydi. Shu sababli baqlajonning vegetatsiya davrini hisobga olgan holda mart oyining 1-dekadasi oralig'ida issiqxona va teplisalarda urug' ekish jarayoni olib borildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Tuproqni tayyorlash. Gumus, torf toza tuproqqa 4/1 nisbatda qo'shiladi va yaxshilab 3 marta sug'oriladi, keyin karate va oltingugurt bilan ishlov beriladi. Keyin tuproq paketchali stakanchiklar yoki yog'och yashiklarga solinadi. Ochiq dalaga ekishdan oldin tuproqni yahshilab sug'oriladi keyin esa tuproq chuqur ag'darilib tekislanadi, begona cho'plardan tozalanadi va egatlar (70-35sm, 60-30sm ekish sxemasiga moslab) tortiladi.
Urug'larni tayyorlash. Urug'larni ekishdan oldin uni sifatiga va unuvchanligini etiborga olish kerak. Baqlajon nav belgilaridan kelib chiqqan holda urug'i o'rtacha yiriklikda 1 grammda 120-350 dona bo'ladi, hajmi o'rtacha 2-4 mm, ko'rinishi yassi, buyraksimon chuqurchali, rangi sarg'ish-jigarrang bo'ladi[3]. Ekishdan 2-3 hafta oldin urug'larni urug'lanishini tekshiramiz 10 dona urug' bir kun davomida iliq suvda namlanadi, so'ng namlangan matoga yoki bir nechta qatlamlarga o'ralgan doka ustiga qo'yiladi, nish urganlarini hisoblab chiqiladi. Fevral oyi oxirida ekkan (10 xildagi nav namunalarimni) urug'lari 96 % i unib chiqdi. Baqlajonni Qoraqalpog'iston Respublikasi tuproq-iqlim sharoitida yaxshi unib chiqishi uchun 2 soat sho'r suvga solib keyin ekilsa, sho'rlanishga chidamli bo'ladi.
Urug'larni ekish. Teplisa va parniklarda qutilar va plyonkali stakanchiklarga yuqoridagi nisbatda tuproq aralashmasi bilan to'ldiriladi, urug'larni sepish va ustidan elak bilan yana torf sepiladi (1 sm qalinlikda). Plyonkali stakanchiklarga 2sm chuqurlikda donalab ekiladi. Havo harorati 20-25 oS da, tuproqniki 16-20 oS, namligi 75-80% bo'lishi kerak. Urug'lar 5-7( 5 kun 2021-yil) kunda unib chiqadi. Unib chiqqan navlarga har 7 kunda, karbamid suspenziya yo'li bilan (1 osh qoshiq 1 litrga). Ko'chatlar 2 ta chinbarg hosil qilgandan keyin har kuni 3-4 soat shamollatib turiladi. Ochiq dalaga tortilgan egatlarga 70-35sm sxemada urug'lar namlanib sepiladi. Keyin esa 1-2 sm chuqurlikda tuproq bilan yengil aralashtirildi. So'ngra yengil qum yoki boshqa narsa bilan mulchalash ishlari olib boriladi.
Ko'chatlarni o'tqizish. Qoraqalpog'iston Respublikasi tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib ko'chatlarni aprel oyi 1-2-dekadasida yerga o'tqiziladi.
Scientific Journal Impact Factor
o
Ko'chatlar nav belgi hususiyatlaridan kelib chiqqan holda 4-5 barg hosil qilganida, bo'yi esa 10-20 sm bo'lganida yerga o'tqizamiz. Yegatlarga 70-35sm, 60-30 sm sxemada uyachalar yasab chiqiladi va suv bilan ko'chatlar o'tqaziladi. Ko'chatlarni o'tqazish paytila organik o'g'itlar solinsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Ko'chatlar o'tqazilgandan 5-6 kun o'tib yoniga 10 x10 sm chuqurlikda 50 g karbamid beriladi va 4-5 kundan keyin sug'oriladi[4]. Tuproq namligi o'rtacha 70%, nordonligi pH 6.0 .
O'sishi, rivojlanishi va hosildorligi . Qoraqalpog'iston tuproq va iqlim sharoiti juda noqulay hisoblanadi. Shuni inobatga olib, tuproq morfologik xossalarini, sho'rlanish darajasini (0.9%) kuzatish zarur. Qolaversa, ob-havo malumotlarini doimiy kuzatib borish maqsadga muvofiq. Ayniqsa, bahor kunlarida bunga juda e'tiborli bo'lish kerak. Uzoq yillik kuzatishlar davomida Qoraqalpog'istonda aprel oyida salqin kunlar juda ko'p marotaba kuzatilgan. Biz tajriba olib borayotgan 2020 yil aprel oyining 1-dekadasida shimoldan sovuq havo oqimi kirib keldi va ko'pchilik o'simliklarni sovuq urib ketdi[5]. Tajriba ishlari olib borilayotgan daladagi nav namunalarini somon va boshqa xas cho'plar bilan ehtiyotkorlik bilan himoya qilishimiz natijasida yosh nihollar saqlab qolindi. Bu yil esa bahorda keskin iqlim o'zgarishi kutilmadi[6]. Mart, aprel oylarida baqlajon o'simligining fiziologik va biologik hususiyatlaridan kelib chiqqan holda, yerni tez-tez sug'orish (7-10 kunda) va chopiq (begona o'tlardan tozalagan holda) qilib turilishi zarur. O'simlikni oziqlantirish jarayonida barcha madaniy o'simliklardagi kabi mineral o'g'itlarni me'yorida berilsa va organik o'g'itlar ko'proq qo'llanilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Baqlajonga 1 gektarga vegetatsiya davrida tarkibiy hisobda 100-120 kg azot, 140-150 kg fosfor, 80 kg atrofida kaliy qo'llaniladi. Baqlajon nav namunalarimiz ko'chatlari o'tqizilgandan so'ng 20-25 kun ichida gul chiqara boshlaydi va mevaga kiradi.
Baqlajonga ko'pincha o'rgimchakkana, shiralar va oqqanotlar zarar yetkazishi mumkin. Bularga qarshi Nurel D 0.5 l/ga; Tolstar 0.8 l/ga preparatlari qo'llanildi. Bizning tajribamizda zararkunandalardan biri xisoblangan shiralar uchradi. Bunda K-89 navi shiralarga nisbatan chidamsizroq ekanligi aniklandi. Zararkunandalarga qarshi Bi 58 1-1.5l/ga preparatini, biologik usulda Brakon(Bracon) va Oltinko'z (Chrysopa carnea steph) larni yubordik.
Baqlajonning gullashi va meva berishi kech kuzgacha (sovuq urguniga) qadar davom etadi. Gullari oqish sariq, qizg'ish sariqdan qo'ng'ir qizg'ish tusgacha bo'ladi. Ayniqsa K-195 nav namunamizning gullari siyohrang tusda, poyasi va barglarida tikonlar hosil qilganligi bilan ajralib turdi. Baqlajonning nav belgi hususiyatlaridan kelib chiqib texnik pishishi 90-124 kun, vegetatsiya davri 150-170 kun yoki kech
Scientific Journal Impact Factor
kuzgacha davom etadi. Ilmiy izlanishdan maqsadimiz sho'rlanishga chidamli navlami tanlash va yetishtirish.
Nav namun alari Ekish muddatlari (Kun/oy) Ekish sxemasi (Sm)
Plyo nka ostig a Ochiq dalaga Plyon ka ostiga Ochiq dalaga
K-8 07.03 10.04 60*30
K-31 07.03 10.04 70*30
K-32 07.03 10.04 70*30
K-36 07.03 10.04 Qutil 70*30
K-77 07.03 14.04 ar va staka 60*30
K-89 07.03 14.04 n idish ga 60*30
K-92 07.03 14.04 60*30
K-195 07.03 14.04 70*30
K-210 14.03 20.04 70*30
K-211 14.03 20.04 70*30
Ekish chuqurligi
(Sm)
Plyonka Ochiq ostiga dalaga
Mevasini Umumi Veget
ng y hosili atsiya
og'irligi . davri
é é (Kg)
(Dona/gr (Kun) )
va
idishga
2 300-350 6 80100
2-3 300-400 8 80105
1-2 250-280 5 80100
1-2 200-250 5 80110
2-3 300-400 8 90110
2 300-350 9 85110
2 300-400 11 100120
2 400-450 10 85100
1 200-250 5 85110
1 200-350 8 90115
Scientific Journal Impact Factor
0
XULOSA VA TAKLIFLAR.
Qoraqalpog'iston iqlim sharoitida olib borilgan tajribalarimiz asosida K-77, K-89, K-92, K-195 nav namunalari o'zining hosildorligi bilan boshqa nav va namunalardan ajralib turdi. Bundan ko'rinib turibdiki, aholini yil davomida baqlajon mevalariga bo'lgan ehtiyojlarini ko'proq ta'minlanishiga erishiladi. Shu orqali elimiz dasturxoni xilma-xilligi ortadi va yashash tarzi yanada farovon bo'ladi.
REFERENCES
1. "Baqlajon yetishtirish" Agrobank ATB, 100 kitob, 17-kitob 17-22 betlar.
2. Zuev Vladimir Ilich, Qodirxo'jaev Orif, Adilov Maxmud Mirvasitovich,Umidilla Akramovich " Sabzavotchilik va Polizchilik" Toshkent 2010-yil. 32-bet.
3. CULTIVATION OF WORLD COLLECTION VARIETIES OF EGGPLANT IN KARAKALPAKSTAN SOIL-CLIMATIC CONDITIONS. Mahkamjon Saparniyozov, Nauchniy jurnal Internauka chast 2