Научная статья на тему 'G‘ALLA ZARARKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI KURASH CHORALARI'

G‘ALLA ZARARKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI KURASH CHORALARI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
4570
306
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
g‘alla o‘simligi / g‘alla zararkunandalari / zararli xasva / biologik kurash / kimyoviy kurash. / grain crops / grain pests / harmful weeds / biological control / chemical control.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Alimardonov, Shuxrat Raxmonovich, Nurullaev, Azamxon Komiljon O‘g‘li

Ushbu maqolada insoniyatning eng asosiy oziqa asosi xisoblangan bug‘doy(g‘alla) o‘simligi xaqida so‘z boradi. G‘alla juda ko‘plab turli xil kasalliklar va zararkunandalar bilan jiddiy, ba’zan juda kuchli darajada zararlanadigan o‘simliklar qatoriga kiradi. Bugungi kunga kelib Respublikamiz g‘allazorlarida 50 turdan ortiq turli tuman zararkunanda hasharotlar g‘allaga zarar yetkazyotganligi kuzatilgan. Shuningdek maqolada zararli xasvaning biologik xususiyatlari, yashash sharoiti, zarar yetkazishi va unga qarshi kurash choralari xaqida ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, shu asosida g‘allada tarqalgan xashorotlarga kimyoviy ko‘rashish chora-tadbirlari bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GRAIN PESTS AND MEASURES AGAINST THEM

This article talks about the wheat (wheat) plant, which is the most basic food base of mankind. Grain is one of the most severely, sometimes very strongly affected plants with many different diseases and pests. To date, more than 50 species of various pests have been observed in the grain fields of the Republic. The article also provides information on the biological properties of pests, living conditions, damage and control measures, on the basis of which chemical control measures against insects in grain are described.

Текст научной работы на тему «G‘ALLA ZARARKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI KURASH CHORALARI»

Scientific Journal Impact Factor

О

G'ALLA ZARARKUNANDALARI VA ULARGA QARSHI KURASH

CHORALARI

Alimardonov Shuxrat Raxmonovich

Qiziriq agrotexnologiyalar texnikumi o'qituvchisi shuxratalimardonov960@gmail .com Nurullaev Azamxon Komiljon o'g'li Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti izlanuvchi-tadqiqotchisi nurullayevazamxon@gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada insoniyatning eng asosiy oziqa asosi xisoblangan bug'doy(g'alla) o 'simligi xaqida so 'z boradi. G'alla juda ko 'plab turli xil kasalliklar va zararkunandalar bilan jiddiy, ba'zan juda kuchli darajada zararlanadigan o'simliklar qatoriga kiradi. Bugungi kunga kelib Respublikamiz g'allazorlarida 50 turdan ortiq turli tuman zararkunanda hasharotlar g'allaga zarar yetkazyotganligi kuzatilgan. Shuningdek maqolada zararli xasvaning biologik xususiyatlari, yashash sharoiti, zarar yetkazishi va unga qarshi kurash choralari xaqida ma'lumotlar keltirilgan bo 'lib, shu asosida g 'allada tarqalgan xashorotlarga kimyoviy ko 'rashish chora-tadbirlari bayon etilgan.

Kalit so'zlar: g'alla o'simligi, g'alla zararkunandalari, zararli xasva, biologik kurash, kimyoviy kurash.

This article talks about the wheat (wheat) plant, which is the most basic food base of mankind. Grain is one of the most severely, sometimes very strongly affected plants with many different diseases and pests. To date, more than 50 species of various pests have been observed in the grain fields of the Republic. The article also provides information on the biological properties of pests, living conditions, damage and control measures, on the basis of which chemical control measures against insects in grain are described.

Keywords: grain crops, grain pests, harmful weeds, biological control, chemical control.

В этой статье рассказывается о пшенице (пшенице), которая является основной пищевой базой человечества. Зерно - одно из наиболее сильно, иногда очень сильно пораженных растений множеством различных болезней и

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

вредителей. На сегодняшний день на зерновых полях республики отмечено более 50 видов различных вредителей. В статье также представлена информация о биологических свойствах вредителей, условиях жизни, повреждениях и мерах борьбы, на основе которых описаны меры химической борьбы с насекомыми в зерне.

Ключевые слова: зерновые культуры, вредители зерна, вредные сорняки, биологическая борьба, химическая борьба.

KIRISH

Bugungi kunga kelib Respublikamiz g'allazorlarida 50 turdan ortiq zararkunanda hasharotlar g'allaga zarar yetkazishi kuzatilgan. Katta maydonlarga eng ko'p tarqalib, jiddiy zarar yetkazadigan asosiy zararkunandalardan zararli xasva, shira, trips, shilimshiq qurt, shved va gessen pashshalari, vizildoq qo'ng'iz, ola saraton(sikada), poya arrakashi va boshqalar xisoblanib, ayrim yillarda qulay sharoit paydo bo'lganida ommaviy ko'payib, keng maydonlarga tarqaladi hamda sezilarli darajada hosilga zarar yetkazadi.

G'alla zararkunandalar bilan sezilarli, ba'zan kuchli darajada zararlanadigan o'simliklar qatoriga kiradi.

Bug'doy bu zararkunandalar bilan zararlanganda hosildorlik 30-50% kamayishi mumkin. Respublika sharoitida bu asosiy zararkunandalarga qarshi samarali kurashish uchun o'rtacha sutkalik havo harorati 8-10°S daraja bo'lganda maysalarning tuplanish davridan boshlab har haftada zararkunandalarning tarqalishini nazorat qilib borish talab etiladi[1].

2020 yil Respublika miqyosida 1077.6 ming gektar g'alla maydonlaridan 877,7 ming gektar maydon zararli xasva va boshqa zararkunandalar g'alla xosiliga ziyon keltirgan( 1 -j adval).

1-jadval

2020 yilda g'alla maydonlarida zararkunandalarni tarqalishi

Zararli xasva va

Hududlar Ekin maydoni, ga boshqa zararkunandalar, ga

Qoraqalpog'iston 53,0 19,0

Respublikasi

Andijon 76,2 73,1

Buxoro 60,6 24,8

Jizzax 101,5 101,5

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Qashqadaryo 141,0 141,0

Navoiy 38,0 24,8

Namangan 74,0 70,0

Samarqand 101,2 35,9

Surxondaryo 93,0 93,0

Sirdaryo 85,0 85,0

Toshkent 116,1 116,1

Farg'ona 104,7 84,8

Xorazm 33,2 8,8

Jami 1077,6 877,7

Yuqoridagi ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki eng ko'p zarar Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent va Andijon viloyatlariga to'g'ri kelarkan. Nisbattan kam zararlanish esa Xorazm, Samarqand, Buxoro hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi hisobiga to'g'ri keladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Zararli xasva bug'doyning tuplanish, nay tortish, boshoq tortish va pishish fazalarida poya va boshog'ini zararlaydi. Zararkunanda ko'proq tog'li va tog'oldi mintaqalarida uchraydi.

Zararli xasva voyaga yetgan holda o'simlik qoldiqlari va barg xazonlari ostida qishlaydi. 2015-2016 yillarda Samarqand viloyatida olib borilgan kuzatuvlar natijasida, g'alla ekiladigan tumanlarda zararli xasva mart-aprel oyining 1-o'n kunligida qishlovdan chiqa boshlagani aniqlandi (2-jadval). Tuxum qo'yish aprel oyining 2-o'n kunligidan may oyining 2- o'n kunligigacha davom etgan. Dastlabki lichinkalar aprel oyining 2-3-o'n kunliklarida paydo bo'lib, iyun oyining o'rtalarigacha lichinkalar uchragan.

Yangi avlodning dastlabki yetuk xasvalari iyun oyining 1 va 2-o'n kunliklarida paydo bo'lib, yetuk xasva iyun oyining 2-o'n kunligidan boshlab qishlovga ko'chishi kuzatilgan. Zararli xasva so'ruvchi hasharot bo'lib mart oyining uchinchi o'n kunligi - aprel oyi davomida g'allazorlar tomon uchib tarqala boshlaydi. Naychalash davrida zararlangan poya boshoq chiqarmaydi yoki butunlay oq boshoq (ya'ni puch) bo'lib qoladi. Pishmagan boshoq zararlanishi natijasida don tarkibidagi oqsil va kleykovina miqdori kamayib ketadi(2-jadval).

Boshoqdagi 2% donlarning zararli xasva bilan zararlanishi bunday donning un ishlab chiqarish uchun yaroqsiz bo'lib qolishiga olib keladi. Bug'doy hosildorligini

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

60% gacha kamaytiradi. Zararli xasva zararlagan paykallardan olingan urug'lik donning unib chiqishi 50% gacha kamayadi. Bitta urg'ochi xasva o'rtacha 100-180 hatto 300 tagacha tuxum quyadi va yiliga 1 marta avlod beradi (Xo'jaev, 2015 y.)[2].

Zararli xasva iyul-avgust oylarining oxirida qishlovga ketish uchun tog' yon bag'rilariga hamda adirliklarga uchib boradi (yetuk zoti) hamda shu yerda o'simlik qoldiqlari ostida qishlovga ketadi. Ayrim yillarda zararli xasvaning 30-40 foizi g'alla ekilgan maydonlarning haydalmaydigan uvatlarida qishlab qolishi o'tkazilgan kuzatuvlarda aniqlandi.

2-jadval

Zararli xasvaning fenologik rivojlanishi Samarqand viloyati 2016 y

Tumanlar Mart Aprel' May Iyun'

1 2 3 1 2 3 1 2 3 1 2 3

T T T N N B G SP MP TP

Bulung'ur (+) (+) (+) (+) + + +

+ - - - + + (+)

Paxtachi T T N N B G SP MP TP

(+) (+) (+) + + +

+ - - - _ - + (+- ) (+)

Shartli belgilar: (+) - tinim davridagi yetuk zot + - yetuk zotntng uchishi • - tuxum (1-3) - yosh lichinkalar Bug'doyning rivojlanish bosqichlari:

T - tuplashi N - naychalash B - boshoqlash G - gullash SP - sut pishishi MP - mum pishishi TP - to'liq pishishi

2020 yilda Respublikamiz g'alla maydonlarida zararli xasvani 654,5 ming gektar maydonda xosilning katta qismini yo'qotilishiga sabab bo'ldi.

Kurash choralari. Zararli xasvaga karshi agrotexnik- seleksiya, biologik xamda kimyoviy kurash tizimi tavsiya etiladi.

1. Xasvaga karshi kurashda agrotexnik tadbirlar aloxida o'rin tutadi. Bunga eng avvalo xosil yigilganidan keyin birinchi galda xasva bilan zararlangan dalalarni

Scientific Journal Impact Factor

O

shudgorlash kiradi. Zudlik bilan o'tkazilgan bu tadbir natijasida xasva uchun qo'shimcha yem bo'lishi mumkin bo'lgan to'kilgan don va qushimcha oziklanayotgan xasvalar yerga ko'milib nobud bo'ladi. Erta baxorda kuzda ekilgan g'alla ekinlarini mineral o'g'itlar bilan oziqlantirish va suspenziya qo'llash: baxorgi donln ekilarni ekishdan oldin yukori saviyada agrotexnik tadbirlarni o'tkazish - yerga ishlov berish, o'g'itlash, yukori sifatli urug'ni erga muddatlarla ekish xam xasva zararini birmuncha kamaytiradi[3].

2. Chidamli navlar tanlash. Erta pishar navlar ekilganda xasva ularga to'liq rivojlanib ulgurmaydi. Xozirgi davrda xasva zarariga bardosh beradigan xamda zararkunanda rivojlanishi uchun yokimsiz navlar yaratilganki, bularni ekish qo'shnmcha mablag' sarfisiz ekinlarni ximoya kilishni taminlaydi Shunday navlar xam mavjudki, ular xasva so'lagiga ferment ta'siriga uchramaydi va iztirob chekmanli.

3. Kechiktirmay yig'im-terim o'tkazish Bu tadbir shundan iboratki, agarda g'alla yig'amini boshoqlar sutmum davrida ayrim qilib, yani oldin o'rib, keyin yanchilsa. zararkunanda to'liq oziqlaniga ulgurmaydi va fiziologik zaif bo'lib qshplab kiriladi. Bundan tashqari. ko'pgina xasva lichinkalari mexanik ravishda ezilib o'ladi.

4. Biologik usul. Xasvaga qarshi kurashda tuxumxo'r telenomuslarning ahamiyati kattadir. Shuning uchun bularning rivojlanishi uchun kuzda dala atrofila to'p-to'p poxol koldirib, sharoit yaratilishi kerak. Don ekiladigan xo'jaliklarla biolaboratoriyalar tashkil etib, ularda boshqa kushandalar qatorida telenomusni ham maxsus usul bo'yicha ko'paytirib dalaga chiqarish mumkin[4].

5. Zararkunandalarning zichligi yukori bo'ladigan dalalarni kimyoviy usulda ximoya kilishni rejalashtirib qo'yish lozim. Zararli xasva va bir qator boshqa xasharotlarning asosiy qishlab chiqadigan joyi dala chetidagi uvatlar bulganligi sababli hasharotlar aniqlangan uvatlarda havo harorati 10-12°S dan oshgandan keynn (mart oyining 1-2-nchi un kunligi). g'alla ekilgan paykalning 20-30 m chetiga va uvatlarga. xar ikkala tomonidan kuyidagi birorta dori bilan OVX traktor purkagichini birtaraflama ishlatib yoki motorli ko'p apparati bilan ishlov berish zarur: BI-58 (danadim) 40% em.k. - 1.5 l/ga. fufanon 57% em.k - 1.2-2,0 l/ga. siperfos(nurell-D) 55% em.k, - 0,5 l/ga, desis 2,5% em.k- 0,25 l/ga. karate 5% em.k, -0,15-0,2 l/ga. sumi-alfa 5% emk. - 0,2-0,25 l/ga, sipermetrin 25% em.k. -0,2 l/ga kinmiks 5% em.k - 0.2 l/ga[4].

Yukoridagi dorilarni buldoyzorlarda ishlatilgan muddat bilan dala atrofidagi tutlarning bargini kesib olishgacha bo'lgan vaqt 45-50 kunni tashkil etishi lozim.

Scientific Journal Impact Factor

XULOSA

Keyinchalik. bug'doy boshoqlab, gullab xosilga kirganida xasva ko'payib hosilga xavf tudirsa yukoridda kayd etib o'tilgan insektisidlarni har birini ishlatish mumkin, ammo birinchidan - ushbu dala chetidan tut daraxtlari 400-500 m va undan nari bo'lishi kerak. Ikkinchilan - OBX-28 purkagichn emas. balki shtangali traktor purkagichlari hamda ko'l apparati bo'lishi shart(samolyot yoki del'taplanlarni ishlatish umuman mumkin emas).

ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Kimsanboyev X.X., Sulaymonov B.A., Rashidov M.I., Boltaev B.S. "G'o'za zararkunandalariga qarshi biolaboratoriyalarda hasharotlarni ko'paytirish va qo'llash asoslari" - Toshkent. "Talqin", 2007 y.

2. Hamroyev A., Xasanov B., Azimov J., Ochilov R. "Boshoqli don, sholi, makkajo'xori ekinlari zararkunanda kasalliklariga va begona o'tlarga qarshi uyg'unlashtirilgan kurash tizimiga oid yon daftarcha" - Toshkent, 1998. 81-b.

3. Xo'jaev Sh.T. "Insektisid, akarisid, biologik faol moddalar va fungisidlarni sinash bo'yicha uslubiy ko'rsatmalar" - Toshkent 2003.-103 b.

4. O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligida ishlatish uchun ruxsat etilgan pestisidlar va agroximikatlar ro'yxati. - Toshkent, 2013. 336 6.

REFERENCES

1. Kimsanboev X.X., Sulaymonov B.A., Rashidov M.I., Boltaev B.S. "Basics of insect propagation and application in biolaboratories against cotton pests" Tashkent. Talqin, 2007.

2. Hamroev A., Khasanov B., Azimov J., Ochilov R. "Side booklet on a coordinated control system for cereal, rice, and corn crops against pests and weeds" - Tashkent, 1998. 81-p.

3. Khojaev Sh.T. "Guidelines for testing insecticides, acaricides, biologically active substances and fungicides" Tashkent 2003.-103 p.

4. The list of pesticides and agrochemicals allowed for use in agriculture of the Republic of Uzbekistan. -Tashkent, 2013. 336 p.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.